Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

Ikkinchi guruh – ijmo‘ hamda qiyos normalaridir. 
Musulmon huquqida normalarning mazmuni, ya’ni ifodalanish 
shakliga ko‘ra insonning u yoki bu harakatini baholashga qaratilgan 
normalarni quyidagi beshta turga ajratish qabul qilingan: majburiy; 
tavsiya etuvchi; ruxsat beruvchi; tanbeh beruvchi; (biror hatti-harakatni 
qilishdan qaytaruvchi normalar); taqiqlovchi. 
Arab xalifaligida aholi tabaqa mansubligiga qarab toifalarga 
ajratilmagan. Chunki shaxs huquqiy holati uning diniy e’tiqodiga qarab 
belgilangan. Shariat bo‘yicha faqat musulmonlargina to‘la fuqarolik 


 95
huquqiy maqomiga ega bo‘lgan. Masixiy (xristian) yoki yaxudiy diniga 
e’tiqod qiluvchi shaxslar jamiyatda ancha past mavqega ega bo‘lib, ular 
davlatga og‘ir soliqlar to‘lashga majbur bo‘lganlar. Shariat normalari 
ularga nisbatan jinoyat sodir qilganda yoki musulmonlar bilan shartnoma 
(bitim) tuzgan hollardagina qo‘llanilgan. Feodal munosabatlarning 
rivojlanishi qullar huquqiy maqomiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Ular shariat 
bo‘yicha huquq subyekti hisoblanmagan, ammo xo‘jalarning roziligi bilan 
ular mulk orttirishi va savdo faoliyatini amalga oshirishi mumkin bo‘lgan.  
Musulmon huquqshunosligida fuqarolarning huquqiy layoqati, va 
rasmiy muomala huquqiga ega bo‘lish va o‘z xatti-harakati uchun qonun 
oldida javobgarlik masalasi mukammal ishlab chiqilgan. Balog‘at yoshiga 
yetgan va aqliy sog‘lom bo‘lgan shaxslarga to‘la ma’nodagi fuqarolik 
huquqi va muomala layoqati maqomi berilgan. Balog‘atga yetganlik 
to‘g‘risidagi xulosa chiqarish va belgilash har biri alohida hollarda qozilar 
ixtiyoriga berilgan. Balog‘at yoshiga yetmagan, aqlan zaif, mastlik 
holatida bo‘lgan shaxslar uchun huquqiy layoqatning cheklab qo‘yilishi 
tushunchasi ham aniq aks ettirilgan.  
Shariatda ashyo va turli xildagi mulkiy munosabatlarga tegishli 
normalar ham muhim o‘rin tutadi. Musulmonlar alohida turdagi ba’zi 
narsalarga mulkiy egalik qilish huquqidan mahrum etilgan. Bular: havo, 
dengiz, sahro, masjid va shunga o‘xshashlar. Bundan tashqari, 
musulmonlar uchun harom hisoblangan may, cho‘chqa go‘shti, islom 
aqidalariga zid kelgan kitoblar va boshqalar ham taqiqlangan. Bunday 
harom narsalar zabt etish paytlarida tag tomiri bilan quritib yuborishga 
harakat qilingan. 
Mulkchilikning yerga egalik qilishning munosabatlariga ham katta 
e’tibor berilgan. Davlat mulki alohida guruhlarga ajratilgan. Xususiy 
yerlar, tashlandiq yerlar, yaroqsiz maydonlar va boshqalar shular 
jumlasidandir.  
Shariatda mulkchilik huquqi va uning vujudga kelishi usullari 
mukammal tarzda aks ettirilgan. Ammo, ularning ba’zilari haqida alohida 
mazhablarda turli fikrlar mavjud bo‘lgan. Zabt etilgan yerlar umumiy 
qoidaga muvofiq davlat mulki sifatida qaralib, xalifalar va amirlar 
ixtiyoriga o‘tgan. Dushman qo‘lidan kuch vositasida olib qo‘yilgan 
mulklar bir necha turlarga bo‘lingan. Birinchisi, qo‘lga kiritgan shaxslar 
mulkiga aylangan, ikkinchisi, davlat ixtiyoriga topshirilgan, uchinchi turi, 
masjidlar va shu kabilar ixtiyoriga berilgan. Mulkka egalik qilishning 
yana quyidagi turlari ham keng tarqalgan: vorislik; shartnoma va tanib 
olingan ashyolar.  


 96
Arab xalifaligida tarkib topgan mulkchilik munosabatlari izchil 
rejalashtirilgan va shariat normalari yordamida himoya qilingan. Xususiy 
mulkchilik huquqi Olloh tomonidan berilgan inoyat hisoblangan, unga 
doimiy va cheklanmagan, mutloq va mustahkam deb qaralgan. Arab 
xalifaligida feodal munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari yerga egalik 
qilishning mulkchilik huquqini tartibga soluvchi shariat normalarida o‘z 
aksini topgan. Ummaviylar (661–750-y.) sulolasi davrida yerning asosiy 
qismi davlat yoki boshqa jamoalar mulki xisoblangan. Shu bilan bir 
qatorda musulmon jamoalarining ilk hududlarini tashkil qiluvchi yerlar 
(Makka va unga tutash yerlar) – xijoz alohida huquqiy maqomga ega edi. 
Bu yerlarda faqat musulmonlar o‘rnashishi mumkin edi. Abbosiylar 
hukmronligi davrida yerga egalik qilishning harbiy va iqta shakllari ham 
tarqalgan. Iqta yer egalari o‘z qo‘li ostidagi yerlarda yashovchi aholidan 
o‘z hisobiga soliq undirgan. Vaqt o‘tishi bilan iqta yerlari nasldan naslga 
o‘ta boshladi. Natijada u o‘z xususiyati bilan mohiyat jihatidan xususiy 
mulkchilik huquqi asosida belgilangan yerlarga yaqinlashib qolgan.  
Mulkiy munosabatlarni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan 
shariatning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri vaqfdir. Bunday mulklar 
mulkdor tomonidan o‘z xohishi bilan biror diniy muassasaga yoki xayr-
ehson tarzida berilgan. Vaqf yerlari har qanday davlat soliqlaridan ozod 
etilgan.  
Shariatda rim huquqidan farqli o‘laroq majburiyatlar haqida umumiy 
ta’limot mavjud bo‘lmagan. Lekin shartnoma huquqining asosiy 
masalalari har tomonlama ishlab chiqildi. Majburiyatlar muddatli va 
muddatsiz, jazoli va jazosiz, ikki tomonlama va bir tomonlamaga 
bo‘lingan. Arab jamiyati uchun ayniqsa alohida xususiyatga ega bo‘lgan 
o‘ziga xos bir tomonlama majburiyatlar, nazr (ahd) keng tarqalgan. 
Shariat bo‘yicha shartnoma ikki tarafning o‘zaro roziligi natijasida 
vujudga keladigan aloqa hisoblanib, mulkchilikning tengsizlik 
sharoitlarida yaqqol rasmiy xususiyatga ega bo‘lgan. Bitim shartlari 
rasmiy va og‘zaki tarzda ifoda etilgan. Shartlar bajarilishi qat’iy 
belgilangan bo‘lib, o‘z navbatida  muqaddas hisoblangan. Shariatda bitim 
va shartnomalarning turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular: oldi-sotdi, 
ijara, qarz, tuhfa, yuk, hamkorlik, ittifoq va boshqalardan iborat bo‘lgan. 
Bularning hammasiga alohida-alohida tarzda o‘zaro yuridik munosa-
batlarning ko‘rinishi sifatida qaralgan. 
Shariat va islom dini uylanmaslik, bo‘ydoqlikka salbiy holat sifatida 
qaraydi, nikoh esa diniy majburiyat hisoblanadi. Oila va nikoh masalasi 
nihoyatda mukammal ishlab chiqilgan. Majburiyatlar jiddiy va o‘ta 


 97
mas’uliyat bilan izchil ifoda etilgan, uning juz’iy jihatlariga ham e’tibor 
bilan yondashilgan.  
Shariatda nikohning bekor qilinishi sabablari va uning tartib-qoida 
hamda rasm-rusumlari mufassal ifoda etilgan. Shariatda o‘z tartibi va 
huquqiy oqibatlari jihatidan taloqning bir necha turlari mavjud bo‘lgan. 
Jumladan, uzil-kesil bo‘lmagan taloq turi ham bo‘lib, u o‘ziga xos sinov 
muddatini o‘tashi lozim bo‘lgan. Nikoh va nikohning bekor qilinishi 
«Hidoya» va boshqa musulmon huquqi manbalarida batafsil bayon 
etilgan. Bu murakkab va mufassal jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Qur’onda 
(2 bob, 237 oyat) erkak xotinini taloq qo‘ygan holda shariat taqozosi 
bo‘yicha unga muayyan mulk va ashyo ajratib berishi lozim bo‘lgan. 
Ayol eridan ajrashishi uchun asosli dalillar ko‘rsatishi va faqat qozi 
orqaligina bu ishni amalga oshirish mumkin bo‘lgan. Ammo buning 
shartlari qat’iy belgilab qo‘yilgan, masalan: er jismoniy nuqsonga molik 
bo‘lsa, xotini bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lsa, yoki uning hayot 
kechirishi uchun yetarli sharoit yaratib bera olmasa va hokazo. 
Vorislik huquqi nihoyatda murakkab va muammoli bo‘lib, alohida 
mazhablarda bir-biridan keskin farq qilgan. Vorislik asosan ikki yo‘l, 
qonuniy va vasiyat qilish yo‘llari bilan amalga oshirilgan. 
Jinoyat va jazoga tegishli normalar musulmon huquqida eng sust 
ishlab chiqilgan holatlar hisoblanadi. Asosiy jinoyatlar va ularga 
mo‘ljallangan jazolar bevosita shariatning asosiy manbalariga taalluqli. 
Eng avvalo, Muhammad payg‘ambarimiz xatti-harakatlari va shakllaridan 
kelib chiqib jazo ko‘lami belgilangan va jinoyatning og‘ir-yengilligi 
aniqlangan. 
Shariat qonunlarini mensimaslik davlat a’yonlari tomonidan o‘ta 
xavfli jinoyatlar hisoblanib, xudoga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar deb 
tan olingan va bu turdagi jinoyatlar afv etilmagan. Islom dinidan 
qaytganlar o‘lim jazosiga hukm qilingan va mol-mulki musodara etilgan. 
Davlat boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar, qo‘zg‘olonlar va 
hokimiyatga qarshilik ko‘rsatish harakatlari ham shafqatsiz jazolangan. 
Yana shunday jinoyatlar turkumiga, og‘ir diniy gunoh deb hisoblangan 
talonchilik (talonchilik maqsadida qilingan qurolli tajovuz), o‘g‘irlik, 
spirtli ichimliklar iste’mol qilish, fahsh ishlari bilan shug‘ullanish ham 
kirgan.  
Ayrim jinoyatlar turkumi uchun urug‘-qabila tuzumi urf-odatlaridan 
kelib chiqqan holda gunohkorni bevosita jabrlanuvchi tomonidan 
jazolashga yo‘l qo‘yilgan. Bunda qonli qasos kelib chiqqan, qotil tovon 
to‘lash evaziga qutulib qolish imkoniyati ham shariatda ko‘zda tutilgan. 


 98
O‘g‘irlik paytida qo‘lga tushgan o‘g‘rini o‘ldirish jinoyat hisoblanmagan. 
Agar aybdor bexosdan tan jarohati yetkazgan bo‘lsa, faqat tovon to‘lash 
bilangina cheklanilgan.  
Shariat bo‘yicha qasos olish, qonga-qon, jonga-jon qonuni 
mustahkamlangan va unga yo‘l berilgan. Narsa yoki pul bilan bunday 
jazodan qutulish choralari ham belgilangan. Ushbu usul agar 
jabrlanuvchining qarindosh urug‘lari jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni 
qoplash maqsadida rozi bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirilgan (tovon 
miqdori 100 ta tuya yoki 1000 dinordan iborat bo‘lgan). Shariatda og‘ir 
jinoyatlar uchun shafqatsiz jazo turlari ham belgilangan. 
Keyingi davrlarda sinfiy munosabatlarning taraqqiy topishi va feodal 
jamoat tartibini mustahkamlash uchun yengil tan jarohati, beboshlik, 
poraxo‘rlik, qimor o‘yinlari va shu kabilar jinoiy xatti-harakatlar sifatida 
qaralib, sud muhokamasi vositasida jazoga mahkum etila boshladi.  
Qator jinoyatlar uchun belgilanadigan o‘lim jazosi osish yoki tanani 
nimtalash yo‘li bilan ommaviy ravishda, ya’ni omma ko‘z oldida amalga 
oshirilib, so‘ngra o‘lik tana xalqning ommaviy g‘azabiga havola qilingan. 
Suvda cho‘ktirish yoki tiriklayin ko‘mish jazo turlari ham mavjud 
bo‘lgan. Tana va tana a’zolariga jarohat yetkazish bilan jazolash usuli 
ham keng tarqalgan. Qo‘lni kesish, savalash, toshbo‘ron qilish, ko‘zga 
tortish va boshqalar shular jumlasidandir. Qamoqda saqlash Arab 
xalifaligida odatda sudgacha bo‘lgan vaqtda amal qilgan. Asta-sekin jazo 
shakliga kirib borgan va undan umrbod qamoq jazosiga hukm qilishda 
foydalanilgan. 
Musulmon huquqida sharmanda qilish usuli bilan jazolash turlari 
ham mavjud bo‘lgan. Bularga: soqolini kesib qo‘yish, salla o‘rash 
huquqidan mahrum qilish, o‘lkamiz hududida mavjud bo‘lgan jazolash 
turlaridan biri eshakka teskari mindirish kabi boshqa tahqirlash tanbehlari 
ham mavjud bo‘lgan. Jamiyat uchun unchalik xavfli bo‘lmagan kichik 
jinoyatlar uchun badarg‘a qilish jazosi ham qo‘llangan. 
Arab xalifaligi davlati va huquqini o‘rganish asnosida uning 
keyingi davrlardagi holatiga to‘xtalib o‘tish lozim. Musulmon huquqi 
o‘zining murakkabligi, serqirraligi, manbalari ko‘pligi, turli yo‘na-
lishdagi huquq maktablarining mavjudligi bilan boshqa huquqiy 
tizimlardan farq qiladi. Musulmon huquqining O‘zbekiston hududida 
yoyilishi, mamlakat hayotida mustahkam o‘rin egallashi xalifalikning 
mintaqada olib borgan siyosati, islom dinini yoyish borasidagi sa’y-
harakati bilan uzviy bog‘liq. 


 99
Movarounnahrdan yetishib chiqqan huquqshunos olimlar musulmon 
huquqi nazariyasi va amaliyoti rivojiga katta hissa qo‘shganlar. Ularning 
samarali faoliyati tufayli musulmon huquqining turli soha va institutlariga 
oid asarlarning yaratilishi uning nazariy zaminini mustahkamladi.  
O‘zbekiston hududida Hanafiylar huquq maktabi ta’limotining keng 
yoyilishi, oqibat natijada barcha huquqiy muammolarni ushbu maktab 
namoyandalari fikr-mulohazalariga tayangan holda hal qilish bilan bir 
qatorda, mintaqada musulmon huquqidan tashqari odat huquqi va ijobiy 
huquq normalarining ham amal qilishiga imkoniyat yaratdi. O‘tgan qariyb 
ming yillik davr mobaynida musulmon huquqi nazariyasi, amaliyoti, 
manbalari, soha va institutlarida keskin o‘zgarish yuz bermadi. 


 100
V BOB.  IX–XIII ASRLARDA O‘ZBEKISTON  

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish