Undan keyin ikkinchi gʻoz joʻr boʻlibdi:
– Gʻa, gʻa-gʻa-gʻa, gʻa-gʻa, gʻa-gʻa-gʻa!…
Ulardan soʻng uchinchisi xonish qilibdi:
– Gʻa, gʻa-gʻa-gʻa, gʻa-gʻa, gʻa-gʻa-gʻa, gʻa-gʻa-gʻa. Uchinchi gʻozdan keyin toʻrtinchi gʻoz ham:
– Gʻa, gʻa-gʻa-gʻa, gʻa-gʻa, – deb qoʻshiq boshlabdi.
Oxiri hamma gʻozlar birgalikda qichqirib, “gʻa-gʻa-gʻa”lashga
tushibdilar:
– Gʻa-gʻa-gʻa, gʻa-gʻa-gʻa, gʻa-gʻa-gʻa, gʻa-gʻa-gʻa… Qachonki, gʻozlar qoʻshigʻi tamom boʻlsa, ertak ham tugaydi.
Shundagina tulki gʻozlarni yeydi.
Biroq aqlli gʻozlar qoʻshiqni toʻxtatishni oʻylashmabdi. Ular hozir ham “gʻa-gʻa-gʻa, gʻa-gʻa-gʻa”, – deb qichqirib turishgan emish”.
Aka-uka Grimmlarning ertaklari olam kezib, ularning nomlarini jahonga yoyib yuribdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |