Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Download 0,82 Mb.
bet99/104
Sana18.06.2023
Hajmi0,82 Mb.
#952229
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI

6. bo’lmoq bog’lamasining ravishdosh,shart feli,ot,olmoshlar bilan birikkan tuslangan shakli bilan.Masalan: Ilmni mashaqqatsiz egallab bo’lmaydi.Oyni etak bilan yopib bo’lmas. G’ofur aka, sizga nima bo’ldi? Bu olmani esa bo’ladi.
7. Ayrim ravish, ot, undov, so’zlar bilan.
Masalan: Senga yaxshi-ya ! Aytishga oson! Aytishga uyat !
Muhokama uchun savollar
2.4.1. Shaxssiz gapning talqini.
2.4.2. Shaxssiz gapni shaxsi aniq,shaxsi noaniq,shaxsi umumlashgan gaplar bilan qiyosi.
2.4.3. Shaxssiz gap kesimining morfologik shakllari.
2.5 – asosiy masala: Atov gap .
Darsning maqsadi : Atov gapning logik-grammatik tabiatini yoritish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI .
2.5.1. Atov gapning tarifini aytib beradi.
2.5.2.Atov gapni tavsiflaydi.
2.5.3.Atov gap bosh bo’lagining morfologik shakllarini
ko’rsatib beradi.
2.5.4.Atov gaplarning intonatsiya bilan bog’liqligini izohlab beradi.
2.5 – asosiy masala bayoni.
Predmet, voqea-hodisaning mavjudligi to’g’risidagi hukmni bildiruvchi bir bosh bo’lakli gap atov gap deyiladi. Masalan: O’rtada katta stol. Stolning ustida guldor choynak. Bahor. Hamma yoq ko’m-ko’k libosga burkangan.
Biror narsaning nomini aytish, borar voqea-hodisani atash bilan gap hosil bo’lmaydi. Gap uchun predikativlik va gapga xos tugallangan intonatsiya shart. Atov gapda predikativlik maxsus yo’l bilan ifodalanadi: unda gapga xos intonatsiya bo’ladi. Aslida so’z,so’z birikmalari bo’lgan nominativ birliklar gapga xos intonatsiya bilan aytiladi.Natijada mazkur so’z va birikmalar narsa-hodisalarning atamasigina bo’lib qolmay, balki shu narsa-hodisalarning nutq so’zlanib turgan momentda mavjudligini ham tasdiqlaydi, shu haqda hukmni ham bildiradi: Masalan: Qirq beshinchi yil. May oyi. G’alaba bayrami ! Amudaryo! Amudaryo deganlari shu ekan-da!
Demak, biror narsa-hodisaning atamasi tugallangan intonatsiya tufayli predikatsiya bildirgandagina, ana shu atalayotgan narsa –hodisalarning mavjudligini tasdiqlash sifatiga ham ega bo’lgandagina gap sanaladi.Boshqa hollarda gap sanalmaydi.Binobarin:

  1. Turli asarlarning nomlari, sarlavhalar, viveska va boshqalar – faqat atash bildiradigan so’z birikmalari nominativ, atov gap sanalmaydi. «Sirdaryo haqiqati», «Yoshlar telekanali», «Yozuvchi», «Gazmol», «Sirdaryo viloyati hokimligi» kabilar.

  2. Gapga mazmunan o’xshash bo’lgan ushbu kabi sintaktik hodisalar ham atov gap bo’la olmaydi.Qovun. U bir pishgan osh. Ona ! Bu so’zda olam-olam mano bor. Bular logik urg’u olayotgan so’zlardir. So’zlovchi ular asosida yotgan narsalarga ma’noviy-mantiqiy urg’u berayapti, e’tiborni shu narsalarga jalb qilyapti.

  3. Menga kitob, Yozda kanikul.tipidagi gaplar esa hukm ifodalasa-da, atov gap emas, ular biror sabab bilan kesimi tushirib qoldirilgan to’liqsiz gaplardir.

Atov gap bosh bo’lagi substantiv xarakterda bo’lib,predikativlik ifoda qiladi.Buning uchun u zamon kategoriyasi bilan bog’lanib, tugallangan intonatsiya bilan aytiladi: Ko’m-ko’k dala. Sayohatchilar miriqib dam olishyapti. Bunda atov gap alohida intonatsiya bilan aytilib,predmetning hozirgi zamonda mavjudligi tasdiqlanyapti.
Nominativ gaplar ko’proq badiiy asarlarda yoki matbuot-televidenieda voqea-hodisalarni bevosita, to’g’ridan-to’g’ri berishda, tabiat hodisalarini, turli voqealarni tasvirlashda ishlatidi.Ular nutqning ixcham,ifodali formalaridan biridir.
Atov gaplarning bosh bo’lagi asosan ot va otlashib kelgan so’zlar bilan ifodalanadi. Masalan: Tong. Navro’z tongi. Erta ko’klam. Ko’m-ko’k dalalar. Chet elga sayohatga borish. Bu gap hammaga moydek yoqib tushdi.
Atov gaplar logik-grammatik xususiyatlariga ko’ra ikkiga bo’linadi:

  1. Mavjudlikni tasdiqlash xarakteridagi atov gaplar. Kech kuz. Tashqarida izillar yomg’ir.

  2. Ham mavjudlikni tasdiqlash,ham ko’rsatish xarakteridagi atov gaplar. Ana samolyot ! Uchishini qara. Mana bizning qishloq.Butun tuman uni biladi. Mana mening bedam. Bu tipdagi atov gaplarda emotsionallik avvalgisiga qaraganda kuchli bo’ladi.

Ayon bo’ladiki,atov gaplar narsa-hodisalarning nutq so’zlanib turgan paytda mavjudligini tasdiqlovchi, tugallangan intonatsiya bilan aytiladigan bir bosh bo’lakli gaplardir. Ular asosan bosh kelishikdagi ot yoki otlashgan so’zlar bilan ifodalanadi. Shuning uchun ular shaklan egaga o’xshasalar-da,ega emas,balki eganing vazifasini ham o’z zimmasiga olgan kesimdir.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish