Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar


So’z o’zgartuvchi qo’shimchalar



Download 0,82 Mb.
bet12/104
Sana18.06.2023
Hajmi0,82 Mb.
#952229
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   104
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI

So’z o’zgartuvchi qo’shimchalar. 1-jadval

Kelishiklar



Egalik qo’shimchalari.

Shaxs - son qo’shimchalari



Nomi

qo’shim
chasi

Shaxs

Birlik

Ko’plik

Shaxs

1-tur

2-tur

Bosh k.

Qarat
qich k.


Tushum k.


Jo’na
lish.k.


O’rin
-payt.k


Chiqish
k.



O
-ning
-ni

-ga
-ka


-qa

-da

-dan


1-sh.

2-sh.

3-sh.


-m,-im

-ng-ing

-i,
-si


-miz
-imiz
-ngiz
-ingiz
-lari



1-shaxs
2-shaxs


3-shaxs

-m, -k

-ng
-ngiz
0,-lar


-man
-miz


-san,
-siz


o,-lar


1. Bulardan egalik va shaxs-son qo’shimchalari bog’li nutqda mustaqil so’zlarni o’zaro sintaktik aloqaga kirituvchi vositalar sanalsa, kelishik qo’shimchalari bundan tashqari, ergash gaplarning bosh gapga bog’lanishida ham ishtirok etadi. Qiyoslang: Universitetda o’qiyman. Universitetda o’qiyotganimda, akam mendan doim xabar olib turdi.


2. Fe’l shakllarini yasovchi qo’shimchalar: - r, -ar, -gan, -b, -ib, -gach,-guncha, -gani, -sa kabilar. Bular ko’proq ergash gaplarning kesimi vazifasida kelib,ularni bosh gapga bog’lash uchun xizmat qiladi. Bunda ulardan ayrimlari, xususan, sifatdosh yasovchi –r, -ar, -gan, -yotgan qo’shimchalari to’liqsiz fe’l (edi, ekan) yoki kelishik qo’shimchasi, asosan – o’rin-payt kelishigi shakli yoki ko’makchilar bilan birga keladi. Masalan: Nigora biznikiga tez-tez kelib turgani uchun, onam hammani ularnikiga borishga majbur qilar edi. Chet el tovarlari har yoqni to’ldirib, kosiblarning bozori kasod bo’ldi. Er to’ymaguncha, el to’ymas. Otasi o’sha kuni ham kelmagach, ularni vahima bosdi. Borsam, yo’q ekansiz. Hozir mamlakatimizning qaysi burchagiga bormang, u erda bunyodkorlik ishlarining avj olganiga guvoh bo’lasiz. O’t o’chiruvchilari etib kelguncha uy yonib, kul bo’lgan edi.
3. Ko’makchilar. Ko’makchilar ham xuddi so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar singari gap bo’laklarini va qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vosita hisoblanadi. Masalan: Paxta mashina bilan terilganda, o’z xususiyatini birmuncha yo’qotadi. Sen uchun hech narsamni ayamayman. Shisha bo’shagan sayin, Saidiy o’zini Salimxonga yaqinroq seza boshladi.
4. Yuklamalar. Yuklamalar gap bo’laklari va gaplarga qo’shimcha ma’no yuklashi bilan birga bog’lovchi vazifasini ham o’taydi. Bu ko’proq ham, –u, -yu, -da, -mi yuklamalariga xosdir. Masalan: Kelibdi-yu ketibdi. Sen-u men. Keldi-da ketdi. ”Ham” yuklamasi ham bog’lovchi, ham yuklama vazifasini o’taydi.
5. Bog’lovchilar. Bog’lovchilar sodda gap qismlarini, qo’shma gap qismlarini o’zaro grammatik va mazmuniy aloqaga kiritish uchun xizmat qiladi. Masalan: Suylab beray Zaynab va Omon, sevgisidan yangi bir doston. Havoni bulut qopladi, ammo yomg’ir yog’madi.
6. Olmoshlar. Olmoshlar ergash gaplarning bosh gapga bog’lanishida va matn qismlarining o’zaro bog’lanishida xizmat qiladi. Masalan, Toleim shuki, Vatanda bir guliston tanladim. Bu gapda ergash gapni bosh gapga bog’lashda-ki yuklamasi ishtirok etish bilan birga, olmosh mazmuniy “puch” so’z bo’lganligi uchun keyingi gap ana shu “puch” so’zning ma’nosini izohlash, uni “to’ldirish” uchun xizmat qilmoqda. Demak, olmosh asosida ikki gap bog’lanadi.
Olmosh matn hosil qilish vazifasini ham bajaradi. Bu vaqtda mikro matnning birinchi qismida qatnashgan ot, sifat, son o’rnida keyingi gapda olmosh almashinib keladi va bu almashinish matn qismlarini bir butun ichida birlashtirishga xizmat qiladi. Masalan: Bu erimning yaqin o’rtog’i To’lanboy ismli kishi edi. U qiz tanlab – tanlab yoshini o’tkazib qo’ygan,oxiri qirqni qoralab qolganda uylangan, o’zi kichginagina, har gapiga maqol yoki matal qo’shib gapiradigan so’zamol kishi edi. U kelgan davra birdan yashnab ketar, to’y-hashamlarda u bo’lmasa, o’rni izlanib turadi. U o’zini katta olmas edi.
Bu mikromatndagi gaplarning sintaktik aloqasi birinchi gap tarkibida kelgan atoqli ot To’lanboyning keyingi gaplarda III shaxs kishilik olmoshi bilan almashinish orqali yuzaga chiqadi.
7. Bog’lama. Bog’lama ega va kesimning birikishida shaxs-son, zamon ma’nolarini ifodalash uchun xizmat qiladigan yordamchidir. U shu ma’nolarni o’zicha ko’rsata olmaydigan, shu ma’nolarni ifodalovchi formalarga ega bo’lmagan so’zlar bilan birga kelib, ularni ega bilan grammatik jihatdan bog’laydi. (Biz o’qituvchi bo’ldik. U chavandoz edi).
Demak, bog’lama kesim ot bilan (keng ma’noda) ifodalanadigan gaplarda ega va kesimning birikishini ko’rsatuvchi bo’lmoq, hisoblamoq, edi, ekan kabi yordamchilardir.
8. Gap bo’laklarining tartibi. So’zlarning sintaktik vazifalari maxsus ko’rsatkichlar bilan ifodalanmaganda, ya’ni yuqoridagi leksik-grammatik vositalar bo’lmaganda, ularning sintaktik aloqasida tartib(nutqda tartib va intonatsiya) bosh rolni o’ynaydi. Bunda so’zning sintaktik vazifasi, asosan, tartib orqali belgilanadi. Tartib o’zgarsa, mazmun bilan birga sintaktik holat ham o’zgaradi. Katta bino - bino katta. Toshkent - O’zbekistonning poytaxti. O’zbekistonning poytaxti – Toshkent kabi.
9. Intonatsiya. Intonatsiya ham turli sintaktik aloqalarni ifodalashda xizmat qiladigan vositadir. Biror gruppada intonatsion o’zgarish bo’lar ekan, bu odatda sintaktik bo’linishning, mazmunning boshqaligini ko’rsatadi. Masalan : qalin muqovali-kitob (muqova qalin). – qalin - muqovali kitob (kitob qalin). U - ahmoq odam emas ( u aqlli)- U ahmoq, odam emas. (U aqlli emas,axmoq).
Bog’lovchisiz qo’shma gapning shart, qarama-qarshilik, sabab kabi ma’nolarni ifodalovchi qismlarida ham maxsus intonatsiya bo’ladi. Masalan: Kunduzi issiq-kechasi sovuq (qarama-qarshilik: kunduzi issiq, lekin kechasi sovuq), tong otdi – men ketdim (harakatning tez almashinishi, harakat tezligi: Tong otdi-yu, men ketdim). Sen kel,u boradi (shart : Sen kelsang, u boradi) kecha boraolmadim: uyga mehmonlar kelib qolishdi (sabab: kecha borolmadim, chunki uyga mehmonlar kelib qolishdi).



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish