Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Download 0,82 Mb.
bet93/104
Sana18.06.2023
Hajmi0,82 Mb.
#952229
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   104
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI

IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:

    1. Sodda gaplarning grammatik asosini aytib beradi.

    2. Bir bosh bo’lakli gapning fikr (hukm) ifodalovchi mustaqil birlik ekanligini izohlab beradi.

    3. Bir bosh bo’lakli gapning ikki bosh bo’lakli gapdan farqini ko’rsatib beradi.

    4. Bir bosh bo’lakli gapning to’liqsiz gap emasligini izohlab beradi.

    5. Bir bosh bo’lakli gapning so’z-gaplardan farqlarini aytib beradi.

    6. Bir bosh bo’lakli gaplarda predikativlikning ifodalanishini asoslab beradi.

    7. Bir bosh bo’lakli gap bosh bo’lagining kesimlik xususiyatlarini ochib beradi.

1-asosiy masalaning bayoni.
Malumki, biz tashqi olam tasirida tug’ilgan o’y-fikr, his-tuyg’u, istak-niyatlarimizni asosan, gaplar orqali ifodalaymiz va suhbatdosh-tinglovchiga etkazamiz. Biz bunda maqsadimiz,sharoit-vaziyat, bilim va malakalarimizga bog’liq holda gaplarning turli tiplaridan foydalanamiz. Ana shunday gaplardan biri bir sostavli deb ham yuritiladigan bir bosh bo’lakli gapdir. Bir bosh bo’lakli gap sodda gapning bosh bo’laklarning miqdoriga ko’ra bir turidir. Ma’lumki, bu jihatdan sodda gaplar ikkiga bo’linib, uning boshqa bir turi ikki bosh bo’lakli gap deyiladi. Bunday gaplarda fikr ikki bosh bo’lak, ya’ni ega va kesimning qo’shilishidan hosil bo’lgan gap orqali ifodalanadi. Masalan: Bahor keldi Olam anvoyi gullar bezagan ko’m-ko’k libosga burkandi.
Bir bosh bo’lakli gapda esa fikr shaklan ega yoki kesimni eslatuvchi bitta bosh bo’lak bilan ifodalanadi. Biroq bu bunday gaplarda ega yoki kesimning «tushib qolganligi»ni yoki etishmasligini bildirmaydi ( U to’liqsiz gap emas). Ikki bosh bo’lakli gap ham fikrning to’liq ifodasidir. Bir bosh bo’lakli gap ham ikki bosh bo’lakli gap singari odatdagi, normal hodisadir. Boshqacha aytganda, ikki bosh bo’lakli gap ham, bir bosh bo’lakli gap ham fikrning sodda gap shaklidagi grammatik jihatdan to’liq shakllangan mustaqil yashash formasidir. Ular o’rtasidagi farq bosh bo’laklarning miqdorida, xolos. Bir bosh bo’lakli gapda bir-biriga nisbat berib o’rganiladigan ikki bosh bo’lak bo’lmaydi. Shuning uchun bu erdagi bosh bo’lakni kesim yoki ega deb tushunilmaydi. Biroq u o’z logik-grammatik xususiyatlariga ko’ra yo kesim sostavini, yo ega sostavini eslatib turadi. Jumladan: Bahor. Erta tong. Oydin kecha kabilar egani yoki ega sostavini eslatadi. Bu suvni ichib bo’lmaydi. Avval o’yla, keyin so’yla. Ketsang-ketaver kabi gaplar esa kesim yoki kesim sostavidan iboratdir.
Xullas, bir bosh bo’lakli gaplar ikki sostavli gapning kesimi yoki egasi tushib qolgan qismi emas. Ular fikrning bir bosh bo’lak orqali ifodalangan mustaqil bir ko’rinishidir. Shuning uchun to’liqsiz gaplarni bir bosh bo’lakli gap deb bo’lmaydi, chunki to’liqsiz gaplarda bo’laklar sharoit talabiga ko’ra haqiqatan tushirilgan bo’ladi. Hozir qaysi fasl haqida gapirayotgan edik ? – Bahor. Buni: Bahor. Hamma yoq ko’m-ko’k qurshovidagi Bahor bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Birinchi holdagi Bahor to’liqsiz gapdir, u aslida to’ldiruvchining qisqargan shaklda ifodalangan (aslida Bahor haqida), kesim avvalgi so’roqdan anglashilib turgani uchun tushirib qoldirilgan. Keyingi holdagi Bahor esa fikrning shu shakldagi normal ifodasidir. U sharoit tufayli kesimidan ajratilib ifodalanilayotgani yo’q. U fikrning shunday holatdagi ifodasidir. Gapga xos tugallangan intonatsiya bu so’zga gaplik sifatini baxsh etadi. Bular aksariyat predmetning nomini bildiruvchi so’zlardan tashkil topgani uchun atov gap yoki nominativ gap deb yuritiladi.
Bir so’zning fikr ifodalovchi birlikka aylanishi so’z-gaplarga ham xosdir. Biroq shundan kelib chikib, ularni bir bosh bo’lakli gap deb bo’lmaydi. Chunki so’z-gap deb ataladigan Ha. Yo’q. Mayli. Barakallo. Xayr. Bas. kabi sintaktik hodisalarni bo’laklarga ajratib bo’lmaydi.Ularni sintaktik tabiatiga ko’ra malum gap bo’lagi deb hisoblash grammatik qonun-qoidalarga to’g’ri kelmaydi. Bunday so’zlar yaxlit holda gap hisoblanib, bir so’zdan iborat bo’lganligi uchun so’z-gap deb yuritiladi va sodda gaplarning yana bir alohida turini tashkil qiladi.
Shu munosabat bilan bir bosh bo’lakli gap bosh bo’lagining sintaktik maqomini aniqlab berish ehtiyoji tug’iladi. Bu o’rinda bir bosh bo’lakli gaplarda bir-biriga nisbatan belgilanadigan ikki bosh bo’lak yo’q, shuning uchun bir bosh bo’lakli gap bosh bo’lagini ega yoki kesim deb bo’lmaydi, biroq shu bilan birga, ularni ana shu bosh bo’laklarni eslatib turadi deyish bilan ham ish bitmaydi. Har qalay, bunday fikr-talqin masalaga oydinlik kiritmaydi. Bu erda bir bosh bo’lakli gap bilan predikativlik va predikativlikning asosiy ifodalanmishi bo’lgan kesim munosabatlarining aniqlanishi bilan masala ijobiy hal etiladiganga o’xshaydi.
Malumki, gap hammadan burun obektiv borliqni ifodalaydi. Bu-ularning obektiv manosi, mazmuni. Biroq gap orqali obektiv borliq konkret holda emas, umumlashtirilgan holda, kishining jamiyat hayotida tug’ilgan ijtimoiy ongi nuqtai nazaridan ifodalanadi. Bu shundan iboratki,gapning mazmunida obektiv borliqdan tashqari kishining o’sha borliqqa munosabati ham ifodalanadi.Bu munosabat modallik deb yuritiladi. Biroq obektiv modallik gap mazmunidagi asosiy narsadir. Unga qo’shiladigan modal mano grammatik abstraktsiya xarakterida bo’lib, gapda kommunikativ funktsiya tufayli yuzaga keladi. Chunki gap faqat aloqa jarayonida tuziladi. Aloqa jarayonida gap tuzish degan so’z – nimaningdir belgi- xususiyatini tasdiqlash yoki inkor qilish,nimaningdir mavjud yoki mavjud emasligini tasdiqlash (keng manoda : iltimos,buyruq ham nimaningdir mavjud emasligidan kelib chiqqan tasdiq) demakdir.Tasdiqlash yoki inkor qilish esa predikativlik hodisasi bo’lib, modallik ana shu predikativlikning bir elementidir.
Modallik grammatik zamon va shaxs shakllari bilan qo’shilib predikativlikni tashkil qiladi. Masalan, Endi yozganingni izohlab ber deyilganida anglashiladigan malum shaxs va harakat uning obektiv (material) mazmuni bo’lsa, o’sha shaxsning harakatini tasdiqlaydigan so’zlovchining aniq ishonchi, undash manosi (modallik), harakatning nutq so’zlanib turgan paytdan oldin yuz berganligi manosi (o’tgan zamon), harakatning boshqaruvchisi II shaxs ekanligi manosi birgalikda gapning predikativligini tashkil qiladi.
Demak, predikativlik gap manosini ifodalaydi. U gapning grammatik manosidir.
Predikativlik, odatda,bitta so’zning shaxs-son formasi bilan ifodalanishi mumkin bo’lgani uchun gap bitta so’zdan (yoki so’z formasidan) iborat bo’la oladi.Masalan: Eshitdim.-O’qituvchiman.
Gapning predikativlikka ega bo’lishining o’zi bu birlikning o’ziga xos fonetik shakllanishini ham taqozo qiladi: predikativlik mavjud bo’lgan joyda, albatta, intonatsion shakllanish bo’ladi.Chunki intonatsiya gapning tashqi formasidir.U gapning boshlanish va tugash chegaralarini ko’rsatadi. Kishilarning o’zaro aloqa qilishlari gap orqali amalga oshirilgani uchun intonatsiya ham predikativlik kabi kommunikativ funktsiya bajaruvchi vosita bo’lib, u gapning uchinchi muhim belgisidir.
Shunday qilib, gap-obektiv borliqning kishining unga bo’lgan munosabati orqali ifodalaydigan leksik-grammatik va intonatsion butunlikdan iborat bo’lgan alohida in’ikos shaklidir.
Ko’rinib turibdiki, ushbu tavsif-nazariy malumot Endi yozganingni izohlab ber. Eshitdim. O’quvchiman gaplari misolida isbotlab berildi. Bu gaplar esa bir bosh bo’lakli gaplardir. Ayni gaplarni sen endi yozganingni izohlab ber, men eshitdim. Men o’qituvchiman tarzida shakllantirish mumkin. Shaklda o’zgarish bo’lgan bo’lsa-da, mazmunda o’zgarish yuz bergani yo’q. Biz nima qildik? Biz bir bosh bo’lakli gapni ikki bosh bo’lakli gapga aylantirdik. Demak,biz mazkur gaplarga yana bitta bosh bo’lak qo’shdik. Bu bosh bo’lak, malumki, ega deyiladi. Demak, biz yuqorida keltirgan bir bosh bo’lakli gaplar ikki bosh bo’lakli gaplarning kesimi mavqeidagi bosh bo’lakka egadir. Bundan boshqacha bo’lishi ham mumkin emas Chunki gapning mohiyatini belgilovchi grammatik mano-predikativlik va intonatsion tugallik kesim orqali voqelanadi. Shu manoda yuqorida keltirilgan bir bosh bo’lakli gaplarning bosh bo’lagini bemalol kesim deyish mumkin. Bu nafaqat bosh bo’lagi fel bilan ifodalangan bir bosh bo’lakli gaplarga, balki Bahor. Ko’m-ko’k dala! tipidagi atov gaplarga ham taalluqlidir. Chunki mazkur so’zlar intonatsiya va sintaktik qurshov tufayli atalmishlarining nutq so’zlanib turgan paytda mavjudligi to’g’risidagi hukmni ham bildiradi. Bu esa faqat kesimga xos xususiyatdir. Demak, Bahor. Ko’m-ko’k dala tipidagi bir bosh bo’lakli gaplar kesimsiz ega gaplar emas,balki aslida kesimning o’zidir.
Bir bosh bo’lakli gaplar mano- vazifasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: a) shaxsi aniq gap; b) shaxsi noaniq gap; v) shaxsi umumlashgan gap; g) shaxssiz gap; d) atov gap.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish