Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Download 0,82 Mb.
bet47/104
Sana18.06.2023
Hajmi0,82 Mb.
#952229
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   104
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI

Buyruq gaplar 13- jadval



Buyruq gapni hosil qiluvchi vositalar


Semantik guruhlari

Misollar


1.

2.


Buyruq maylidagi fe’l shakllari: -y
(-ay), -ylik (-aylik),
-gin, -in, -sin.
Buyruq ohangi (kesimi aniqlik maylidagi gaplarda)

  1. Sof buyruq gaplar

  2. Maslahat, nasihat gaplar

  3. Iltimos gaplar

4. Istak, tilak, maqsad gaplar

Ertaga ishga chiqing!
Kundalik gazeta xabar-lari bilan tanishib boring.
Ozgina choy bering.
Davron suring hur mehnatda, asti tol-mang. (A.Po’lat)
Bugun bir kinoga boray.



Muhokama uchun savollar
1. Gaplarni tasnif qilishda nimalarga asoslaniladi?
2.Darak, so’roq, buyruq,undov gaplarni hosil qiluvchi vositalar.
3. Ifoda maqsadiga ko’ra gap turlarida intonatsiyaning turlari.
2 – masala.Gaplarning voqelikka munosabatiga ko’ra turlari.
Darsning maqsadi: talabalarda tasdiq va inkor gap haqida tushuncha hosil qilish.
Identiv o’Quv maQsadlari:
2.1. Gaplarning borliqqa munosabatiga ko’ra turlarini aytib beradi.
2.2. Tasdiq gaplar va inkor gaplarning ma’no vazifasini aytib beradi.
2.3. Inkor gaplarning hosil bo’lish usullarini ko’rsatib beradi.
2.4. Tasdiq gaplarni inkor gaplarga aylantira oladi.
2.5. Berilgan matnni tasdiq va inkor gaplarga ajratadi.
2.6. Berilgan so’zlardan tasdiq va inkor gaplar tuza oladi.
2.7. Tasdiqdan inkor, inkordan tasdiq kelib chiqishini isbotlab beradi.
2 - masala bayoni:
Gapning tasdiq va inkor formasida bo’lishi uning hamma turiga xos, lekin logik jihatdan qaraganimizda, tasdiq va inkor hodisasi xabar berishning eng xarakterli xususiyatidir. Bu jihatdan uning darak gap bilan zich bog’liq ekanligi anglashiladi. Biroq tasdiq va inkor mazmunini bildirish so’roq gap va undov gaplarning ayrim turlari uchun ham xosdir. Bunda intonatsiya ham muhim rol o’ynaydi. Demak, gaplar borliqqa munosabati jihatidan ikki turga bo’linadi: 1.Tasdiq gap. 2.Inkor gaplar.
Tasdiq gaplar narsa-hodisalar orasidagi munosabatning mavjudligini tasdiqlaydi. Masalan: Yig’im-terim tugadi. Qor yog’di.
Inkor gaplar esa shu munosabatning mavjudligini inkor qiladi. Masalan: Yig’im-terim tugamadi. Qor yog’madi. Tasdiq va inkor kategoriyalari orasida chambarchas bog’liqlik bor. Har qanday tasdiqdan inkor, har qanday inkordan tasdiq kelib chiqadi. Havo sovuq (issiq emas). Havo issiq (sovuq emas).
Inkor gaplar tasdiq gaplar asosida maxsus inkor ko’rsatkichlari (qo’shimchalar, so’zlar) yordamida hosil bo’ladi. Tasdiq gaplar esa bunday ko’rsatkichlarga ega emasligi bilan xarakterlanadi.
Inkor gaplarni hosil qiluvchi vositalar quyidagilar:
1. Kesim vazifasida kelgan fe’lning bo’lishsiz formasi orqali: Farida o’qimagan.
2. Fe’lning sifatdosh formasi va emas orqali: Farida o’qigan emas.
Eslatma: emas so’zi sifatdoshdan boshqa so’zlar bilan birgalikda ham inkor gaplarni yuzaga keltirishi mumkin: Nazira yomon qiz emas.
3. Fe’lning sifatdosh formasi Q yo’q modal so’zi orqali: Gavhar aytgani yo’q.
4. Takrorlanib kelgan na yordamchisi orqali. Bunda na yordamchisi ko’pincha bo’lishli fe’l bilan birgalikda keladi: Gavhar na o’qidi, na yozdi.
5. Hech bo’lishsizlik ma’nosini ifodalovchi so’z bo’lishsizlik fe’li va olmosh bilan birgalikda inkor gaplarni yuzaga keltiradi. Masalan: Hech kim majlisga kelmadi.
6. Ba’zan inkor ma’nosi intonatsiya yordami bilan ham beriladi. Bunda gap tasdiq formasida bo’ladi – Ha, tog’ang keldi. Borasan-a borasan!
7. Sifatlarda qo’llaniladigan -siz qo’shimchasi ham gapni inkor mazmuni bilan bog’laydi. Masalan: U qobiliyatsiz. Keldibek madaniyatsiz. Bunday hollarda sifatlar kesim yoki kesimning aniqlovchisi bo’lib kelishi lozim.
Demak, inkor vositalari asosan uch xil ekan: leksik vositalar, grammatik vositalar, intonatsion vositalar.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish