Annotation
This article by K. Ya. Petrovskaya in English reviews one of the syntactic and stylistic events which were divided and studied on the result of comparing some additional events to one another, with the same kind of functional differences is given with analyzed examples.
Key words: isolated members of a sentence, structural types, semi-predicative, case, punctuation, secondary members of a sentence, semi-separate parts.
Ajratilgan gap bo‘laklarining tilda qadimiy hodisalardan biri ekanligini ko‘rsatuvchi dalillarni K.Ya.Petrovskayaning ingliz tilida ajratilgan bo‘laklar ustida olib borgan ilmiy izlanishida keltirgan misollar namunasida ham kuzatish mumkin.
K.Ya.Petrovskaya o‘zining ingliz tilida ajratilgan bo‘laklar ustida olib borgan ilmiy izlanishida gap bo‘laklarining ajratilishiga ta’sir qiluvchi omillarni, ya’ni sabablarni oddiygina takrorlab qolmasdan, ularning yangi-yangi sabablarini ochib, misollar namunasida konkretlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Uning ta’kidlashicha ajratilgan bo‘laklardan oldin yoki so‘ng qo‘yiladigan tinish belgilar (vergul, tire) ajratilgan bo‘laklarning ko‘rsatgichi hisoblanadi, boshqacharoq qilib aytganda “ajratilgan” yoki “ajratilish” terminining grammatik mazmuni bu – tinish belgilarning borligidadir 2.6. K.Ya.Petrovskaya o‘zining ushbu tezisini ingliz tilining grammatik qurilishiga moslashtirgan holda shunday yozadi: “Agarda ingliz tilida ba’zi-ba’zida ajratilgan bo‘laklardan oldin yoki so‘ng tinish belgisi qo‘yilmasa ham, ularni ajratilgan bo‘laklar, aniqrog‘i «yarim holatga ega bo‘lgan ajratilgan bo‘laklar” (muallifda “poluobosoblennыy”) deb izohlash maqsadga muvofiqdir. “Yarim holatdagi ajratilgan bo‘laklar” termini faqatgina ingliz tili uchun xos bo‘lgan xususiyatdir” 2.6. Muallifning ushbu tezisini tasdiqlash maqsadida quyidagi misolni namoyish etamiz.
M.: 1. He and Mencken and I all went to Hoby Cross together 3.116. (U va Menken va men, hammamiz mashhur amerika universitetida o‘qiganmiz).
Demak, muallifning ta’kidlashicha - He and Mencken and I – bu yarim holatdagi ajratilgan gap bo‘lagi hisoblanadi, agarda – I- dan so‘ng vergul qo‘yilganda edi, u to‘liq xarakterga ega bo‘lgan ajratilgan bo‘lak statusiga ega bo‘lgan bo‘lar edi.
Biroq, xuddi shunday xarakterga ega bo‘lgan ajratilgan bo‘laklar ham to‘liq xarakterdagi ajratilgan bo‘laklarga xos bo‘lgan barcha xususiyatlarni o‘zida shakllantiradi, ya’ni o‘zi bevosita tobe bo‘lgan bo‘lakning mazmunini konkretlashtiradi, izohlaydi, aniqlaydi, ya’ni unga qo‘shimcha ma’no ifodalab, uning mazmunini boshqalardan ajratib, bo‘rttirib ko‘rsatadi. Xuddi shunday holatni biz yuqorida namoyish etilgan misol namunasida kuzatamiz, ya’ni ajratilgan bo‘laklar orqali – all – so‘zining mazmuni aniqlanmoqda.
K.YA.Petrovskaya ajratilgan gap bo‘laklariga xos bo‘lgan xususiyatlarni ingliz tili materiallarida izohlab berish bilan birga, u ajratilgan bo‘laklarni yuzaga keltirishda ta’sir qiluvchi sabablarni kengaytirib, ularni konkretlashtiradi. Yuqorida qayd qilingan – “o‘ziga xos ohang”, “mazmuniy mustaqillik”, “mantiqiy urg‘u”, “o‘ziga xos to‘xtam”, “tinish belgilar” kabi omillarga “yarim predikativlik”ni ham kiritadi. Ajratilgan bo‘laklarning ayrim strukturaviy tiplariga xos bo‘lgan “yarim predikativlik”, “to‘la bo‘lmagan hukm” kabi tushunchalar boshqa shu sohada ilmiy izlanishlar olib borgan olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarida o‘z ifodasini topmagan, vaholanki, K.Ya.Petrovskayaning ushbu ilmiy-tadqiqot ishi oldinroq bajarilgan edi, biroq ushbu ish tadqiqotchilarning nazaridan chetda qolib ketganday. K.Ya.Petrovskaya gap bo‘laklarining ajratilishiga ta’sir qiluvchi omillarni yanada konkretlashtirib quyidagi natijalarga erishadi.
Muallifning ta’kidlashicha gap bo‘laklari quyidagi sharoitlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina ajratilishi mumkin (misollar muallifning ishidan namoyish etilganligi sababli sahifalarni keltiramiz):
1) Hol ega bilan kesim oralig‘ida kelsa:
M.: 1. “... and Greta, with all the strength of her small hands, began to turn screws 3.10.
2) Hol – and bog‘lovchisi bilan bog‘langan uyushiq kesimlar oralig‘ida kelsa:
M.: 2. “- Gyr had long stopped playing, and, by the French window, stood gazing out into the dark” 3.10.
3) Hol kesimning qismlari oralig‘ida kelsa.
M.: 3. “– Ralph had, from motives of delicacy, avoided increasing the hidden anxieties” 3.10.
4) Hol kesim bilan vositasiz to‘ldiruvchilar oralig‘ida kelsa:
M.: 4. “He then explained, preserving every professional discretion, the riddle in Soames’case” 3.12.
5) gap boshida kelsa:
M.: 5. “Giving his hand to I rene, he allowed himself to be conducted to the door” 3.12.
6) Agarda gap tarkibida bir nechta hol uyushib kelsa, ulardan biri ajratilgan bo‘lak funksiyasida kelaolishi mumkin:
M.: 6. “That evening, on his retern from the City, he called at Bosinney’s office” 3.13.
7) Holning hajmi nihoyatda kengaygan bo‘lsa:
M.: 7. “He again directed his attention - with an excess of anxiety, which he could hardly account for – in the direction where he had first beheld it” 3.13.
8) Agarda muallif shu gap bo‘lagining ma’nosini bo‘rttirib, boshqa bo‘laklardan ajratib ko‘rsatish niyatida bo‘lsa:
M.: 8. “I know the chap as owns the forrets”, said Bob in a hoarse treble voice” 3.13.
K.Yа.Petrovskaya gap bo‘laklarining xuddi shunday tartibda ajratish sabablarini faqatgina hol namunasida emas, balki aniqlovchi va to‘ldiruvchilar namunasida ham ko‘rsatishga xarakat qiladi.
Muallif tomonidan taklif etilgan sabablardan eng muhimi bu – muallifning biron-bir gap bo‘lagini ajratib ko‘rsatish niyatidir. Chunki ushbu jumlaning ma’nosi juda ham chuqur, sabab u yozuvchining individual uslubi bilan uzviy bog‘liq, ya’ni boshqacharoq qilib aytganda qaysi bir gap bo‘lagi ajratilishi mumkin, yoki qaysi bir ajratilgan gap bo‘lagining matn tarkibida kengroq yoyilishi, yoki kamdan-kam uchrashi, bularning hammasi sintaktik yo‘l bilan emas, balki faqatgina stilistik yo‘l bilan aniqlanishi mumkin. Uning shunday ekanligini tasdiqlash maqsadida biz akademik G‘. Abdurahmonovning quyidagi mulohazasini keltirishni o‘rinli deb hisoblaymiz: “Gapning ajratilgan bo‘laklari muhim uslub vositalaridan biridir. Murakkab fikrni sodda, ixcham va ta’sirli ifodalash usullaridan biri ajratilgan bo‘laklardan foydalanishdir. Shuning uchun ham ajratilgan bo‘laklar masalasi grammatika bilangina emas, uslub, ohang, tinish belgilari masalalari bilan ham bog‘lanadi. Ajratilgan bo‘laklar o‘zining grammatik belgisi mazmuni va vazifasiga ko‘ra, sintaksisning maxsus sohasi – murakkab gap sintaksisining o‘rganish manbaidir” 1.47. Akademik G‘.Abdurahmonovning ushbu tezisida tom ma’no bor, uning shunday tom ma’noga ega ekanligi muallifning ushbu tezisida keltirilgan – “ajratilgan bo‘laklar o‘zining grammatik belgisi mazmuni va vazifasiga ko‘ra, sintaksisning maxsus sohasi – murakkab gap sintaksisining o‘rganish manbaidir” bilan ifodalanadi. Ular ajratilgan gap bo‘laklariga har tomonlama izoh berishganlar, biroq tarkibida ajratilgan gap bo‘lagi mavjud bo‘lgan sodda gaplar sodda gapligicha, qo‘shma gaplar qo‘shma gapligicha tahlil qilingan, ularga nisbatan murakkab gap sintaksisi nuqtai nazaridan yondoshilmagan.
Foydalanilgan adabiyotlar
Abdurahmonov G’. O’zbek tili grammatikasi. – T: Fan, 1996.-248 b.
Petrovskaya K.YA. Obosoblennye vtorostepennye chleny predlojeniya v sovremennom angliyskom yazyke. Avtoref. diss. na. soisk. uchen. step. kand. filol. nauk. L., 1953. – 6 s.
E.Hemingwoy. Fiesta, p. 116
Do'stlaringiz bilan baham: |