Ajniyoz nomidagi ndpi tarix fakulteti "Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi" kafedrasi 4-b bosqich



Download 185,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana21.02.2020
Hajmi185,3 Kb.
#40521
1   2   3
Bog'liq
milliy goya targiboti asosiy usullari


davlatlarning 

targ’ibotga 

qaratayotgan 

e’tibori va uslublari. 

 

Bugungi  kunda  rivojlangan  davlatlar  qudratli  targ`ibot  mashinasiga  ega 



bo`lishga  intilayotganini  alohida  ta'kidlash  lozim.  Masalan,  o`z  faoliyatining 

targ`ibotiga  AQSh  hukumati  yiliga  2,5  milliard  dollar  sarflashi  bеjiz  bo`lmasa 

kеrak. Fransiya ham o`z siyosatini aholiga tushuntirish ishlariga yiliga 100 million 

frankni  bеkorga  sarflamayotgandir?  Bu  ma'lumotlar  targ`ibot  nafaqat  dinda, 

biznеsda muhimligini, balki siyosatda ham, ma'naviy-ma'rifiy ishlarda ham muhim 

ahamiyat kasb etishini ko`rsatadi. 

Xo`sh,  jahonning  yеtakchi  davlati  sanalmish  AQShda  fuqaro  tarbiyasi 

qanday  yo`lga  qo`yilgan?  Amеrikaliklarga  qanday  g`oya  va  qadriyatlar 

singdirilmoqda?  Bu  savollarga  javob  topish  uchun  fuqaro  tarbiyasi  qanday 

g`oyaviy ustunlarga tayanishini aniqlash kifoya. AQSh fuqarolari Konstitutsiyani, 

amеrika  davlatchiligining  asoschilari  va  dеmokratik  tamoyillarni  muqaddas  dеb 

biladilar  va  bu  tuyg`uni  yoshlarga  singdirish  haqida  tinimsiz  qayg`uradilar. 

Yoshlarda  erkin  yashashga  ishtiyoq,    mustaqillikni  qadrlash  tuyg`usi 

shakllantiriladi.  

AQSh nimaning evaziga  fan va tеxnologiyalar sohasida boshqalardan o`zib 

kеtdi?  Bu  savolning  ham  javobi  bor:  Amеrikada    erkin  fikr  va  ijodiy  tafakkur 

qadrlanadi  hamda  o`zgacha  fikrlaydiganlarga  nisbatan  bag`rikеnglik  qaror  


21 

 

toptirilgan. Lеkin amеrikalik fuqaroni tarbiyalashning eng asosiy jihati boshqa bir 



g`oyada  yashirin.  U  ham  bo`lsa,  har  bir  insonni  noyob  istе'dod    egasi  dеb  bilish, 

har  bir  shaxsga  hazrati  inson  sifatida  murojaat  qilishdir.  Insonga  bunday 

munosabat,  so`zsiz,  uning  salohiyatini  yuzaga  chiqarishga  imkon  bеradi.  Aynan 

shu g`oya ta'sirida  amеrikaliklar orasida o`zini «o`rtamiyona odam» dеb biladigan 

yoxud  «mеn  bir  oddiy  odam»  dеb  gapiradigan  kishilar  nihoyatda  kam  uchraydi. 

Amеrika  fuqarolari    adolatni  ham  o`ziga  xos  tarzda  tushunadilar:  shaxs  nimagaki 

erishsa,  qanday  maqomni  egallasa,  bunga  faqat  o`z  aqli  va  istе'dodi  bilangina 

yеtishadi.  Shunday  qilib,  har  bir  amеrikalik  bolaligidanoq  kimgadir  va  nimagadir 

orqa qilishga emas, balki o`z kuchiga tayanishga o`rgatiladi.   

Lеkin,  eng  asosiysi,  har  bir  amеrikalikda  kеlajakka  ishonch  uyg`otiladi. 

Xuddi  ana  shu  «amеrika  orzusi»  kishilarni  yangi  maqsadlar  sari  rag`batlantiradi, 

yangi  g`oyalarni  amalga  oshirishga  shavq  uyg`otadi.  Xulosa  yasaydigan  bo`lsak, 

dеmokratiya  qoidalari  va  erkinlik  Amеrika  mafkurasining  poydеvorini  tashkil 

etadi.  Bunday  tarbiya  natijasida  faqat  o`z  kuchiga  ishonish,  ruhiy  ozodlik  va 

mustaqil fikrlash kabi xislatlar amеrikaliklarning qon-qoniga singib kеtgan.  

Albatta,  yuqorida  kеltirilgan  fikrlar  «AQShda  bu  borada  muammo  yo`q 

ekan» dеgan xulosa uchun asos bo`lmaydi. Oxirgi paytlarda erkinlikka hadеb urg`u 

bеravеrish  oqibatida  amеrikaliklar  erkinlikni  jamiyat  oldidagi  majburiyatlardan 

ham  ozodlik  sifatida  idrok  eta  boshladilar.  Shu  bois  hozirgi  kunda  AQShning 

ziyolilari  tomonidan  yangi  mafkura  -  «libеral-natsionalizm»  mafkurasini  yaratish 

zarurligi  haqidagi  fikr  o`rtaga  tashlanmoqda.  Bu  mafkura  milliy  va  irqiy  jihatdan 

bo`linib  kеtgan  ko`p  sonli  ijtimoiy  guruhlarni  «AQSh  -  millatlar  hamjamiyatidir» 

g`oyasi  atrofida  birlashtirishni  nazarda  tutadi.  E'tibor  bеradigan  bo`lsak,  yangi 

mafkurada milliy omilning ustuvorligi o`rnatilmoqda. Dеmak, gap AQSh da asta-

sеkinlik  bilan  yagona  milliy  vujudni  shakllantirish,  xalqning  birdamligini 

kuchaytirishga xizmat qiluvchi mafkurani yaratish haqida borayotir.  



22 

 

 



Endi misol tariqasida Sharqqa murojaat qilaylik. Sharqning eng ilg`or 

mamlakatlaridan  biri  -  Yaponiyada  fuqaroni  tarbiyalashning  eng  samarali  va 

ta'sirchan  usulidan  foydalaniladi.  Bunday  tarbiyaning  asosiy  maskani  sifatida 

maktab  tanlangan.  Chunki  maktabda  bola  bilim  olishdan  tashqari  shaxs  sifatida 

ham shakllanadi. Kunchiqar mamlakatda fuqaro tarbiyasi «axloqiy tarbiya» tizimi 

doirasida  amalga  oshiriladi.  Rasmiy  hujjatlarda  «axloqiy  tarbiya»  tizimi 

quyidagicha nomlanadi: «xaraktеrni shakllantirishga yo`naltirilgan ta'lim», «davlat 

uchun  maqbul  axloqiy  sifatlarni  tarbiyalashga  qaratilgan  faoliyat»,  "fuqarolik 

axloqi asoslarini tarbiyalash». Aslida bu tizim millatni tarbiyalash tizimi vazifasini 

o`taydi.  Undan  qudratli  mafkuraviy  ta'sir  vositasi  sifatida  ham  foydalaniladi. 

Ko`pchilik olimlarning fikricha, aynan «axloqiy tarbiya» tizimi mamlakat iqtisodiy 

ravnaqining  g`oyaviy  asosini  tashkil  qiladi.  Chunki  bu  tizim  ishlab  chiqarishda 

ma'naviy salohiyatdan unumli foydalanishga yo`naltirilgan.   

Ikkinchi  jahon  urushidan  xaroba  bo`lib  chiqqan  mamlakatning  30-40  yilda 

ishlab  chiqarish  hajmi  bo`yicha  dunyoda  ikkinchi  o`ringa  chiqib  olgani 

ko`pchilikning  xayratini  uyg`otadi.  “Kichik  bir  orolning  bunday  qisqa  vaqtda 

hunarmandchilik ustaxonalaridan avtomatlashgan sanoatgacha bo`lgan yo`lni bosib 

o`tganligini  qanday  tushuntirish  mumkin?".  Mazkur  savolga  javoban  yaponlar 

quyidagicha javob bеradilar:  

Yaponiya mеnеjmеntining oltin qoidasiga ko`ra, insondan qimmatroq boylik 

yo`q.  

 

 

 

 


23 

 

II-BOB.  Bugungi  kunda  ta’limni  zamonaviylashtirish  va 



metodlar asosida darsni tashkillashtirish masalalari. 

2.1.  Ta’limda  an’anaviy  va  noan’anaviy  uslublarning  farqi, 

ijobiy va salbiy taraflari. 

Bugungi  kunda    ta’lim    texnologiyalarini    shartli    ravishda    ikki    turga  

ajratish mumkin: 

1. An’anaviy.         2. Noan’anaviy. 

An’anaviy    ta’lim  texnologiyasi    -  muayyan  muddatga  mo‘ljallangan,  

ta’lim  jarayoni  ko‘proq  o‘qituvchi  shaxsiga  qaratilgan  bo‘lib,  o‘qitishning 

an’anaviy shakli, metodi  va  ta’lim  vositalarining  majmuidan  foydalanib  ta’lim-

tarbiya  maqsadiga erishishdir. 

Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim 

jarayoni  markazida  talaba  shaxsi  bo‘lib,  o‘qitishning  zamonaviy  shakli,  faol 

o‘qitish  metodlari    va    zamonaviy    didaktik    vositalarning    majmuini    ta’lim    -  

tarbiya    ishidan  ko‘zlangan  maqsad  va  kafolatlangan  natijaga  erishishga 

yo‘naltirishdir. 

Noan’anaviyta’lim  texnologiyasi  an’anaviy  ta’lim  texno-logiyasidan  farq 

qilib,  talabalarning    bilish    imkoniyatlarini    rivojlanishiga    sharoit    yaratadi,  

mustaqil  ishlashlariga    alohida    e’tibor    beriladi,    bilish    faoliyatlari    izlanuvchan  

va  ijodiy harakterga ega bo‘ladi. Dars tuzilmasi o‘zgaruvchan bo‘ladi.  

Noan’anaviyta’lim texnologiyasi o‘z navbatida uchga bo‘linadi: 

• Hamkorlikda o‘rganish 

• Modellashtirish 

• Tadqiqot (loyiha) 


24 

 

Hamkorlikda o‘rganish - talabalarning bilimlarni o‘zlash-tirish, singdirish, 



mustahkamlash  bo‘yicha  reproduktiv  faoliyatini  ta’minlovchi,  mahorat  va 

malakani  ketma-ketlik  bo‘yicha  talabaning  bevosita  boshchiligida  ishga  solishni 

tashkil  etishga  asoslangan  o‘qitish  va  bilim  olishdir.    U    talabalarning  mustaqil 

guruhlarda  ishlashi  evaziga  ta’lim  olishini  ko‘zda  to‘tadigan  metodlardan  iborat. 

Bularga  «Kitob  bilan  ishlash»,    «O‘quv    suhbati»,    «Davra  suhbati»,  «Aqliy  

hujum»,  «Kichik    guruhlarda  ishlash»,  «Bahs-munozara»  kabi  metodlarni  kiritish 

mumkin. 

Modellashtirish -  real  hayotda  va  jamiyatda  yuz  beradigan  hodisa  va 

jarayonlarning  ixchamlashtirilgan  va  soddalashtirilgan  ko‘rinishini  auditoriyada 

yaratish    va    ularda    talabalarning    shaxsan    qatnashishi    va    faoliyat    evaziga  

ta’lim  olishini  ko‘zda  to‘tadi.  Uning  asosiy  maqsadi  talabalarning  faqat  tinglashi 

emas,  balki  bilimlarni  o‘zlashtirishda  bevosita  ishtirokini  ta’minlash  orqali  ta’lim 

jarayonining  samaradorligini  oshirishga  qara-tilgan.  Bularga  ishbop  o‘yinlar  va 

rolli o‘yinlar kabi metodlarni kiritish mumkin.  

Tadqiqot    -    talabalar    tomonidan    muammoni    tushunish    va    echish,  

mustaqil  bilim  olishni  kuchaytiradigan  va  shunga  unday-digan  usullar 

yig‘indisidan iboratdir. Tadqiqotning  maqsadi  dars  jarayonida  talabalarda  savol  

qo‘yish  va  ularga  javob 

izlashida    qiziqishini    uyg‘otishga    qaratilgandir.    Unda    o‘qitish    talabalarni  

amaliy  izlanish  jarayonida bevosita qatnashishini ta’minlaydi. Bularga  muammoli 

vaziyat,  loyihalash  metodi,  mus-taqil  izlanish,  yo‘naltiruvchi  matn  kabi  metodlar 

kiradi. 


Milliy  istiqlol  g`oyasi  targ`ibotida  auditoriyani  sеgmеntlash,  kishilarni 

alohida guruhlarga bo`lib ta'sir ko`rsatish katta ahamiyat kasb etadi. Aksincha, bir 

vaqtning  o`zida  juda  kеng  auditoriyani  va  ko`p  ob'еktlarni  qamrab  olishga 

intilishning samarasi kam bo`ladi.  



25 

 

Mafkura targ`ibotining bizda kеng rasm bo`lgan turi    voizlarning faoliyati 



bilan bog`liq. Targ`ibotning bu shaklining samaradorligini oshirish alohida e'tibor 

talab  qiladi.  Chunki,  birinchidan,  voizlar  nutq  so`zlaydigan  auditoriyalarga 

odamlarni  to`plash  ba'zida  majburiy  tus  oladi.  Auditoriyaga  ixtiyoridan  tashqari 

boshlab kеlingan insonda esa hali va'zni eshitmayoq, ichki qarshilik paydo bo`ladi. 

Dеmak,  hali  targ`ibot  boshlanmasidanoq  u  tеskari  samara  bеrishi  ehtimoli 

kuchayadi.  Ikkinchidan,  bunday  norozi  auditoriyani  o`ziga  og`dirish,  unga  ta'sir 

ko`rsatish,  uni  ilhomlantirish  voizdan  juda  katta  mahorat  talab  etadi.  Hamma 

voizlarda ham shunday istе'dod bormikan? 

Ta'kidlash  joizki,  milliy  istiqlol  g`oyasi  targ`ibotining  ta'sirchanligini 

oshirishdagi  eng  asosiy  shartlardan biri -     mafkuraning targ`iboti  zimdan  amalga 

oshirilishi zarurligidir. Inson unga ta'sir o`tkazilayotganini sеzmasligi lozim.  

   Zamonavi  Innovatsion   texnologiyalar  pedagogik  jarayon  hamda  o‘qituvchi  

va    talaba  faoliyatiga    yangilik,    o‘zgarishlar    kiritish    bo‘lib,    uni    amalga  

oshirishda  asosan interaktiv metodlardan to‘liq foydalaniladi.  

Interaktivmetodlar - bu jamoa bo‘lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik 

ta’sir  etish  usullari  bo‘lib  ta’lim  mazmunining  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Bu 

metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog o‘quvchi - talabalarning 

birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. 

Noan’anaviyta’lim texnologiyasida asosan yangicha uslublar yani meto’dlar 

orqali o’qtish yaxshi samara bermoqda,   

Masalam: Faol o‘qitish metodlarini tanlash. 

Ta’lim 


texnologiya 

elementlarini 

tanlash 

va 


amalga 

oshirishda  

talabalarningo‘quv  bilish  faoliyatlarini  e’tiborga  olish  lozim.  Amaliyotdagi  oddiy 

qoida shu haqda guvohlik  beradiki,  nazariy  darsning  dastlabki  20  daqiqasida  

talabalarga  yangi 


26 

 

bilimlarni    berish    amalga    oshiriladi,    keyin    esa    bahs-munozara,    kichik  



guruhlarda  ishlash  va  boshqa  shu  kabi  noan’anaviy  metodlarni  amalga  oshirish 

orqali berilgan bilim mustahkamlanishi lozim. 

Har  qanday    holatda    ham    nazariy    dars    jarayonida,    masalan    faqat  

ma’ruza o‘qiladigan vaqt 20 daqiqadan oshmasligi kerak.  

Chunki o‘rganishning dastlabki 20 daqiqasi eng samarali, 30 daqiqadan keyin 

esa o‘rganishni davom ettirish motivasiyasi tezda pasaya boshlaydi. 

Nazariy dars o‘tkazishda qo‘llaniladigan ketma-ketlik quyidagilardan iborat: 

1. Qiziqtirish (motivatsiya) 

2. Ma’lumot berish 

3. Bilim berish 

4. O‘rganilgan bilimlarni qayta ishlash bo‘yicha topshiriqlar berish 

5. Analiz va sintezlar 

6. Baholash  

Ushbuketma-ketlik  uchun  vaqt  odatda  45  yoki  60  daqiqani,  kattalar  uchun  esa     

90    yoki    120    daqiqani    tashkil    etadi.    Bunda    nazariy    dars    o‘tkazishning  

yuqorida  keltirilgan  olti  bosqichini  bosib  o‘tish  shart.  Dars  boshlanishidan  avval 

rejalashtirish fazasining natijalarini qisqacha tekshirib ko‘rish lozimdir. 

 

Ta’lim  texnologiyalarini    loyihalashtirishda    biz    uchun    muhimi,      o‘quv 



jarayonining    tartibi    va    rejimi    emas.    Bizni    ko‘proq,    ta’lim    oluvchilar    bilan 

hamkorlikdagi  faoliyatimizning  tashqi  ifodasi  sifatida,  uning  tashkiliy  shakli 

qiziqtiradi.  Bizning  ta’lim  oluvchilar  bilan  hamkorlikdagi  faoliyatimiz,  sinf-

dars  tizimi  doirasida,  ta’limni  tashkillashtirish  shakllarining  quyidagilarida  o‘z 

ifodasini topadi:  


27 

 

-- frontalish barcha ta’lim oluvchilar bilan bir vaqtda ishlash; 



--guruhlarda ishlash: 

--statik juftliklarda ishlash; 

--guruhlarda ishlash; 

--guruhlararo ish; 

--individual ishlash. 

Ushbu    tashkiliy    shakllarning    har    biri    jamoaviy    va    individual    ta’limni 

birgalikdagi  olib  borishni  turliligi,  ta’lim  oluvchilarning  mustaqillik  darajasini 

turliligi, biz tomondan o‘qitish jarayonini boshqarishni turliligi va boshqalar bilan 

tavsiflanadi. 

Eng    avvalo,    ta’limning    guruhli    shakli    «ta’lim    beruvchi    -    ta’lim  

oluvchi»  dialogidan  voz  kechishini  va  «ta’lim  beruvchi  -guruh  -  ta’lim  oluvchi» 

ko‘rinishidagi uch tomonlama o‘zaro munosabatga o‘tishni nazarda to‘tadi. O‘quv 

guruhi,  tarkibi  bo‘yicha  harakatchan  kichik  guruhlarga  bo‘linadi  va  ularning  har 

biri  o‘zicha  o‘quv  materialini    o‘zlashtiradi.    Tajriba    shuni    ko‘rsatadiki,    shu  

tufayli    biz    bilan    ta’lim  oluvchilar    o‘rtasida    ancha    mustahkam    aloqa  

o‘rnatiladi,    shaxsiy    va    bir    vaqtning  o‘zida  ta’lim  jamoaviy  ruhiy  holat 

kuchayadi. 

Hamkorlikda  ishni  bajarish  uchun  ta’lim  oluvchilarning  guruhlarini  qanday 

tashkil  qilish  mumkinligini  ko‘rib  chiqdik.  Shu  guruhlarda  ishni  tashkil  qilish 

jarayonida hisobga olish zarur bo‘lgan omillarda to‘xtalamiz.  

Ta’lim    maqsadlarini    aniq    belgilab    olish    va    ushbu    ishdan    rejalashtirilgan 

natijalarni    ifodalash    zarur.    Ta’lim    oluvchilar,    guruhlarda    ishlash    paytida  

qanday bilimlarni, mahorat va ko‘nikmalarni egallashlari zarur? Ta’limning ushbu 

shakli,ta’lim  oluvchilar  qanday  shaxsiy  sifatlar  va  xususiyatlarni  shakllantirishga, 

qanday motivasiyalarni uyg‘onishiga ko‘maklashadi. 


28 

 

2.2.      Metodlar  va  ularni  Milliy  g’oya  targ’ibotida 



qo’llashning ahamiyati. 

 

Metod–  tabiiy  va  ijtimoiy  hayot  hodisalarini  tadqiq  qilish,  bilish 

usuli,harakat qilish usuli, tarsidir. 

Metodika    –    biror    ishni    tashkil    qilishda    maqsadga    muvofiq    qo‘llanadigan 

usullaridir. 

 

«KLASTER» metodi 

Klaster  metodi  pedagogik,  didaktik  strategiyaning  muayyan  shakli  bo‘lib,  u 

o‘quvchilarga  ixtiyoriy  muammo  (mavzu)lar  xususida  erkin,  ochiq  o‘ylash  va 

shaxsiy  fikrlarni  bemalol  bayon  etish  uchun  sharoit  yaratishga  yordam  beradi. 

Mazkur  metod  turli    xil    g‘oyalar    o‘rtasidagi    aloqalar    to‘g‘risida    fikrlash  

imkoniyatini  beruvchi tuzilmani  aniqlashni  talab  etadi.  «Klaster»  metodi  aniq  

obektga    yo‘naltirilmagan  fikrlash  shakli  sanaladi.  Undan  foydalanish inson  miya 

faoliyatining ishlash tamoyili  bilan  bog‘liq  ravishda  amalga  oshadi.  Ushbu  metod 

muayyan 


mavzuning 

o‘quvchilar 

tomonidan 

chuqur 


hamda 

puxta 


o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga 

xizmat  qiladi.  Stil  va  Stil  g‘oyasiga  muvofiq  ishlab  chiqilgan  «Klaster»  metodi 

puxta o‘ylangan  strategiya  bo‘lib,  o‘quvchilar  bilan  yakka  tartibda  yoki  guruh  

asosida  tashkil    etiladigan    mashg‘ulotlar    jarayonida    foydalanish    mumkin.  

Metod    guruh  asosida    tashkil    etilayotgan    mashg‘ulotlarda    o‘quvchilar  

tomonidan  bildirilayotgan g‘oyalarning  majmui  tarzida  namoyon  bo‘ladi.  Bu  

esa  ilgari  surilgan  g‘oyalarni umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish 

imkoniyatini  yaratadi.  «Klaster»  metodidan  foydalanishda  quyidagi  shartlarga 

rioya qilish talab etiladi: 

 


29 

 

 

1. Qiziqtirish (motivatsiya) 

 

 



 

2. Ma’lumot berish 



 

3. Bilim berish 



 

 

4. O‘rganilgan bilimlarni qayta ishlash bo‘yicha topshiriqlar berish 



 

 

5. Analiz va sintezlar 



 

 

6. Baholash  



 

Nazariy dars o‘tkazishda qo‘llaniladigan 

ketma-ketlik quyidagilardan iborat: 

 


30 

 

«VEN DIAGRAMMASI» strategiyasi metodi 

Ushbu  strategiya    o‘quvchilarda    mavzuga    nisbatan    tahliliy    yondashuv,    ayrim 

qismlar    negizida    mavzuning    umumiy    mohiyatini    o‘zlashtirish    (sintezlash) 

ko‘nikmalarini  hosil  qilishga  yo‘naltiradi.  Strategiya  guruhlarni  shakllantirish 

asosida sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 

Yozuv  taxtasi  o‘zaro  teng  to‘rt  bo‘lakka  ajratiladi  va  har  bir  bo‘lakka  quyidagi 

sxema chiziladi: 

 

 

 



 

 

 



111 

 

 



 

 

 



 

 

Strategiya  o‘quvchilar  tomonidan  o‘zlashtirilgan  o‘zaro  yaqin  nazariy  bilimlar, 



ma’lumotlar  yoki  dalillarni  qiyosiy  tahlil  etishga  yordam  beradi.  Ushbu 

strategiyadan  muayyan  bo‘lim  yoki  boblar  bo‘yicha  yakuniy  darslarni  tashkil 

etishda foydalanish yanada samaralidir. 


31 

 

Aqliy hujum metodi 

Aqliy      hujum      -  g‘oyalarni  generatsiya  (ishlab  chiqish)  qilish  metodidir.  «Aqliy 

hujum»  metodi  biror  muammoni  echishda  talabalar  tomonidan  bildirilgan  erkin 

fikr  va  mulohazalarni  to‘plab,  ular  orqali  ma’lum  bir  echimga  kelinadigan  eng 

samarali  metoddir.    Aqliy    hujum    metodining    yozma    va    og‘zaki    shakllari  

mavjud.  Og‘zaki shaklida  o‘qituvchi  tomonidan  berilgan  savolga  talabalarning  

har  biri  o‘z  fikrini og‘zaki  bildiradi.  Talabalar  o‘z  javoblarini  aniq  va  qisqa  

tarzda  bayon  etadilar. 

Yozma  shaklida  esa  berilgan  savolga  talabalar  o‘z  javoblarini  qog‘oz 

kartochkalarga qisqa  va  barchaga  ko‘rinarli  tarzda  yozadilar.  Javoblar  doskaga  

(magnitlar 

yordamida) 

yoki 


«pinbord» 

doskasiga 

(ignalar 

yordamida) 

mahkamlanadi.  

«Aqliy  hujum»  metodining  yozma  shaklida  javoblarni  ma’lum  belgilar 

bo‘yicha  guruhlab  chiqish  imkoniyati  mavjuddir.  Ushbu  metod  to‘g‘ri  va  ijobiy 

qo‘llanilganda  shaxsni  erkin,  ijodiy  va  nostandart  fikrlashga  o‘rgatadi.             

Aqliy  hujum    metodidan    foydalanilganda    talabalarning    barchasini    jalb    etish 

imkoniyati  bo‘ladi,  shu  jumladan  talabalarda  muloqot  qilish  va  munozara  olib 

boorish madaniyati  shakllanadi.  Talabalar  o‘z  fikrini  faqat  og‘zaki  emas,  balki  

yozma  ravishda    bayon    etish    mahorati,    mantiqiy    va    tizimli    fikr    yuritish  

ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi talabalarda turli g‘oyalar 

shakllanishiga  olib  keladi.  Bu  metod  talabalarda  ijodiy  tafakkurni  rivojlantirish 

uchun xizmat qiladi.  

  

Vazifasi      .      «Aqliy    hujum»    qiyin    vaziyatlardan    qutulish    choralarini  



topishga,  muammoni  ko‘rish  chegarasini  kengaytirishga,  fikrlash  bir  xilligini 

yo‘qotishga  va  keng    doirada    tafakkurlashga    imkon    beradi.    Eng    asosiysi,  

muammoni    echish  jarayonida  kurashish  muhitidan  ijodiy  hamkorlik  kayfiyatiga 

o‘tiladi va guruh yanada jipslashadi. 



32 

 

 



Obyekti   .   Qo‘llanish  maqsadiga  ko‘ra  bu  metod  universal  hisoblanib 

tadqiqotchilikda    (yangi    muammoni    echishga    imkon    yaratadi),    o‘qitish  

jarayonida  (o‘quv  materiallarini  tezkor  o‘zlashtirishga  qaratiladi),  rivojlantirishda 

(o‘z-o‘zini  bir  muncha  samarali  boshqarish  asosida  faol  fikrlashni  shakllantiradi) 

asqotadi. 

Qo‘llanish        usuli.        «Aqliy    hujum»    ishtirokchilari    oldiga    qo‘yilgan  

muammo  bo‘yicha  har  qanday  mulohaza  va  takliflarni  bildirishlari  mumkin. 

Aytilgan fikrlar yozib  boriladi  va  ularning  mualliflari  o‘z  fikrlarini  qaytadan  

xotirasida    tiklash  imkoniyatiga  ega  bo‘ldi.  Metod  samarasi  fikrlar  xilma-xilligi 

bilan  tavsiflanadi  va  aqliy  hujum  davomida  ular  tanqid  qilinmaydi,  qaytadan 

ifodalanmaydi.  Aqliy  hujum  tugagach,    muhimlik    jihatiga    ko‘ra    eng    yaxshi  

takliflar  generatsiyalanadi  va muammoni echish uchun zarurlari tanlanadi. 

«      Aqliy    hujum»    metodi    o‘qituvchi    tomonidan    qo‘yilgan    maqsadga  

qarab  amalga oshiriladi: 

1.    Talabalarning  boshlang‘ich  bilimlarini  aniqlash  maqsad  qilib  qo‘yilganda,  bu 

metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi. 

2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib 

qo‘yilganda - yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi. 

3.    O‘tilgan    mavzuni    mustahkamlash    maqsad    qilib    qo‘yilganda    -    mavzudan 

so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.  

«   Aqliy hujum» metodining afzallik tomonlari: 

-  natijalar  baholanmasligi  talabalarni  turli  fikr-g‘oyalarning  shakllanishiga  olib 

keladi; 

- talabalarning barchasi ishtirok etadi; 



33 

 

- fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi; 



- talabalarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati mavjud; 

-talabalarda mavzuga qiziqish uyg‘otish mumkin. 

«   Aqliy hujum» metodining kamchilik tomonlari: 

- o‘qituvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik; 

- o‘qituvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi. 

«   Aqliy hujum» metodining tarkibiy tuzilmasi: 

«Aqliy hujum» metodining bosqichlari: 

1.  Talabalarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini 

(fikr, mulohaza) bildirishlarini so‘raladi; 

2. Talabalar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi; 

3.    Talabalarning    fikr-g‘oyalari    (magnitofonga,    videotasmaga,    rangli 

qog‘ozlarga yoki doskaga) to‘planadi; 

4. Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi; 

5. Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi. 

«   Aqliy hujum» metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar: 

a) bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi. 

b)  bildirilgan  har  qanday  fikr-g‘oyalar,  ular  hatto  to‘g‘ri  bo‘lmasa  ham  inobatga 

olinadi. 

v) bildirilgan fikr-g‘oyalarni to‘ldirish va yanada kengaytirish mumkin. 

 

 



34 

 


Download 185,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish