3.Qaralmishnmg egalik qo’shimchasisiz shakillanishi: bizning uy, sizning ayvon, Bizning yorni ko’rgan bormi(
Qaratuvchili birikmadan bu vazifada kelayotgan so’zlarning o’zaro munosabatlaridan turli ma‘nolar anglashilishi mumkin:
1. Qarashlilik: Azizaning kitobi, mening onam.
2. Xoslik: olmaning bari, piyozning pusti.
3. Butun bo’lak: stolning oyog’i, uyning eshigi,
4. Tur-jins: olmaning yaxshisi, odamning aqllisi.
5. Bajaruvchi va harakat munosabati: bolaning yig’isi, itning hurishi.
Bu ma‘nolarning barchasi [Ism q.k. - Ism e.q. = qaratuvchi va
qaralmish] qolipi emas, balki so’zlarning ma‘noviy munosabatlari hosilasidir.
Qaralmishdagi egalik affiksi qaratuvchining qaysi shaxsda ekanligini bildirib turadi. Shu boisdan ko’p hollarda qaratuvchi qo^llanilmasligi ham mumkin: ukang, kitobing kabi. Bunda ta‘kid muhim rol o’ynaydi. Qaratuvchini ta‘kidlash lozim bo’lganda, u, albatta, qo’llanadi. Boshqa hollarda qaratuvchining qo’llanishi nutqiy ortiqchalikn i keltirib chiqaradi.
Umuman, qaratuvchining qo’llanmasligi quyidagi hollarda yuz beradi:
1 .Qaratuvchi vazifasida o’zlik olmoshi qo’llanishi lozim bo’lganda: Salim o’rtoqlariga xat jo’natdi.
2. Qaratuvchidan anglashilgan ma‘no birinchi gaplardan ma‘lum bo’lib turgan bo’lsa, uslubiy ortiqchalikdan qochish maqsadida: Men sevgan qizimga uylandim. (Mening) Xotinimning otasi savdogar edi.
3. Ta‘kidlash lozim ko’rilmaganda: Bog’imda anorim bor.
So’z kengaytiruvchilari va gap kengaytiruvchilarining muvofiqlashuvi va farqlanishi. So’z kengaytiruvchisi so’z semantik imkoniyatidagi bo’sh o’rinlarni to’ldiruvchi antantlardir. Aktantlar nutqiy gaplar tarkibida so’z birikmalarini hos il
qiladi. Bu birikuvchilarda bo’sh o’rinlari to’ldirilayotgan (biriktiruvchi) so’z hokim so’z, bush o’rmm to’ldirayotgan so’z tobe so’z sifatida namoyon bo’ladi. Masalan, qizil olma birikuvida qizil so’zi olma so’zi zamiridagi ma‘noviy mohiyatning «belgi» ma‘no bo’lakchasini muayyanlashtiruvchi aktant bo’lib, olma so’ziga «xizmat qilayotganligi» bois unga tobe unsur maqomida bo’ladi. Demak, biror so’zga tobelanib kelayotgan so’z bo’sh o’rinni to’ldiruvchi, aktant atamalari bilan yuritiladi. Ana akt antlar nutqda, an‘anaviy tahlil usullari asosida aytganda, ega, hol, to’ldiruvchi, aniqlovchi atamalari bilakn nomlanadi. Biroq bu atamalar ostida tushuniluvchi hodisalar so’z kengaytiruvchilari va gap kengaytiruvchilari farqlanishi nuqtai nazaridan bahola nsa, butunlay boshqa holat vujudga keladi. Kengayuvchi so’z gapning kesimi mavqeida kelganda, gap kengaytiruvchilari gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo’ladi. Masalan, Jahongir kitobni tez o’qidi gapining lisoniy struktur sxemasi quyidagicha:Bundagi uchta so’z bevosita konstruktiv bo’laklari voqelantiruvchidir. Bular: Jaxongir, tez, o’qidi. Faqat kitobni so’zi bevosita o’qi so’zi orqaligina lisoniy strukturaga daxldor bo’ladi. Bular Jahongir tez o’qigan kitobni men olaman tarzida o’zgartirilsa, oldingi gapda gap kengaytiruvchisi va gapning konstruktiv bo’laklari ifodalovchilari bo’lgan Salim, tez so’zlari endi oldingi mavqelaridan mahrum bo’ladi. Ulardagi konstruktiv bo’laklarga bevosita daxldorlik bilvositalikka, gap kengaytiruvchil ik so’z kengaytiruvchilikka aylanadi.Oldingi gapda bevosita gap kesimidagi Pm ga daxldorlik kas b etib turgan Jahongir va tez so’zlari kesimdagi atov birligi (W) kengaytiruvchisi bo’lgan kitobni so’zshaklining aktanti hisoblangan o’qigan so’zining kengaytiruvchilaridir.Ko’rinadiki, gapning konstruktiv tizimidan faqat Pm ga bog’langan hokim uzv o’rin oladi. Hokim uzvga tobelangan, ergashib kelayotgan aktantlar nutqiy gap tarkibidagina bo’ladi. Nutqiy gap qanchalik kengaymasin, u, kengaymagan ko’rinishida bo’lgani kabi, lisoniy strukturaga bir xil daxldor bo’ladi. Misolga murojaat qilamiz: Shavkat tayyorlanayotganda bexabar edi. Bu gapning struktur sxemasi quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |