Ajinizaz atindagi nokis mamleketlik pedagogikaliq institutinin fizika matematika fakultetinin mate



Download 3,05 Mb.
Sana04.02.2022
Hajmi3,05 Mb.
#428634
Bog'liq
Ajiniz nomidagi NDPI ning fizika-matematika fakulteti matematika-informatika talim yonalishining 1B-kuris talabasi Tolegenov Perdebayning ozbek tili fanidan mustaqil ishi. — копия

Ajiniz nomidagi NDPI ning fizika-matematika fakulteti matematika-informatika talim yonalishining 1B-kuris talabasi Tolegenov Perdebayning Ozbek tili fanidan mustaqil ishi

Zamonaviy kasblar.Ozbek tilida neologizmlar REJA: 1)Eng daromadli kasblar? 2)Kelajakdagi eng yaxshi kasblar? 3)Neologizm nima? 4)Neologizm tushinshasi.

Kelajakdagi eng yaxshi va ser daromadli kasblar qaysi?

Bugungi kunda qanday mutaxassislarga talab kuchliroq?

Kelajakdagi insonga kerak bolgan kasblar qaysi?

Bu savolga javob izlayotganda, avvalo, avtomatlashtirish yoki muqarrar ravishda sunʼiy intellekt rivojlanishi bilan almashtirilishi mumkin boʻlgan kasblardan qochish lozim. Sababi, texnologiya rivojlanishi bilan mazkur yoʻnalishdagi ishlar oʻz ahamiyatini yoʻqota boshlashi mumkin. Maʼlum bir ishning dolzarbligiga turli omillar taʼsir qiladi: doimiy rivojlanish, yangi mashina va robotlarning yaratilishi orqali inson hayotining yaxshilanishi, qoʻl mehnati orqali bajariladigan bir qancha amallar oʻrnini texnika bajarishi, sunʼiy intellekt takomillashishi va hakozolar. Uzoq kelajakda qaysi kasbga talab yuqoriroq boʻlishini avvaldan aytish biroz qiyin. Biroq yaqin 5 yil ichida yuqori trendda boʻlishi kutilayotgan kasblarni sanab oʻtishimiz mumkin.

Buxgalter Daromad va xarajatlarni kuzatishda, ularning qonun hujjatlariga muvofiqligini taminlashda, investorlarga, menejment va hukumat vakillariga biznes qarorlarini qabul qilishda zarur boʻlgan miqdoriy moliyaviy malumotlarni taqdim etishga yordam beruvchi soha buxgalteriya hisoblanadi. Shuningdek, buxgalteriya hisobini yuritish korxonaning moliyaviy operatsiyalarini muntazam va batafsil roʻyxatga olishni anglatadi. Ahamiyatlisi, buxgalterlarga talab doimiy tarzda mavjud boʻladi. Chet tillaridan birortasini bilsangiz, masofadan turib kattaroq soʻmmadagi maosh toʻlaydigan bir necha kompaniyada bir vaqtning oʻzida buxgalter sifatida faoliyat yurita olishingiz ham mumkin!

Dasturiy taʻminot ishlab chiqaruvchisi (Software manufacturer) Bilamizki, ushbu kasb IT (axborot texnologiyalari) sohasidagi juda mashhur va yaxshi haq toʻlanadigan ish hisoblanadi. Virtual haqiqat dizayneri(VR designer) VR minigarnituralar va boshqa gadjetlarga talab katta ekanligi oʻz-oʻzidan ushbu yoʻnalishda faoliyat yurituvchi dizaynerlarga kelajakda yaxshi daromad topish mumkin boʻlgan ish oʻrinlarining mavjud boʻlishiga ishora hisoblanadi. Marketing boʻyicha mutaxassis Marketing tadqiqotlari - bu kelajakda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan sohaladan biri sanaladi, sababi kompaniyalar doimiy tarzda yanada koʻproq rivojlanish va kattaroq natijalarga erishishga intilishadi. Mazkur jarayonlarning samarali tarzda amalga oshirilishida esa bevosita marketing tadqiqotlarining oʻrni beqiyos sanaladi. Bunda tovar va xizmatlarini innovatsion usullar bilan targʻib qilish va brend, imijni yaratadigan, saqlaydigan va obroʻsini oshiradigan kasb egalari ham marketologlar safiga qoʻshilib ketadi

Neologizmlar

Neologizmlar yunonsha neos — yangi, logos — soʻz jamiyat taraqqiyoti, hayotning talab-ehtiyoji bilan paydo boʻlgan yangi narsa va tushunchalarni ifodalovchi soʻzlar. N.ning yangiligi dastlab paydo boʻlgan vaqtlardagina sezilib turadi: vaqt oʻtgach, ular "yangilik" xususiyatini yoʻqotib, odatda, faol soʻzlar qatoriga oʻtadi. Masalan, oʻzbek tili uchun bir qancha yil davomida yangi hisoblangan marketing , qayta qurish, reyting , tender soʻzlari hozirgi kunda umumiy isteʼmoldagi soʻzlarga aylanmoqda. Tildagi umumiy Neologizmlar bilan bir qatorda individual uslubiy yoki okkazional neologizmlar ham mavjud. Bunday neologizmlar mualliflar tomonidan maʼlum bir kontekstda uslubiy talab asosida yaratiladi.

Neologizmlar ilmiy asarlarda shu uslubga xos termin sifatida atash (nominativ) vazifasini bajaradi. Badiiy asarlarda, odatda, uslubiy vazifani bajaradi. Neologizmning paydo boʻlish yoʻllari xilma-xil boʻlib, ular tilning mavjud lugʻaviy tarkibi va grammatik qonun-qoidalari asosida yangi soʻz yasash yoʻli, shuningdek, mavjud soʻzning lugʻaviy maʼnolaridan birini yangi maʼnoda qoʻllash yoʻli bilan va boshqa tildan soʻz qabul qilish orqali hosil qilinadi.

E’TIBORINIZ UCHUN RAHMAT


Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish