II.2.O`qitishning no`ananaviy metodlari.
O‘qitishning noan’anaviy metodlariga (usullariga) kelsak, ularning turlari (soni) juda ham ko‘payib ketgan. Ularni orasidan, shu kunda pedagogik jamoatchilik o‘rtasida keng muhokama qilinib, amaliyotga tavsiya qilinayotganlaridan ba’zilarini (“Kichik guruhlar”, “Bahs-munozara” usullarida o‘qitish, “Loyihalash”, “Muammoli vaziyat”, “Aqliy hujum”, “Rolli o‘yinlar” metodlari) qaraymiz. O‘qitishning noan’anaviy metodlari ichida o‘qitishning muammoli metodi (ba’zida muammoli-izlanish metodi kabi ham ataladi) o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, tahlil qilish va xulosa chiqarish qobiliyatlarini rivojlantirishda alohida o‘rin tutadi. Bu yerda biz ushbu metodni kengroq qaraymiz.
Muammoli o‘qitish bilishga oid vazifalarni O‘quvchilar oldiga izchil va maqsadga qaratilgan holda qo‘yishni nazarda tutadi, O‘quvchilar ularni O‘qituvchi rabarligida hal qilar ekanlar, yangi bilimlarni faol O‘zlvashtiradilar. Bilish muammosi ko‘pincha tegishli O‘quv predmeti uchun eng tipik vazifalarni qO‘yish yordamida O‘rtaga tashlanadi. Muammoli O‘qitishda qO‘yiladigan vazifalar birinchi navbatda O‘quvchilarni yangi temaga hozirlash va bilish jarayonini aktivlashtirish uchun qO‘llaniladi. Muammoli yondoshishda bunday vazifalar odatda nazariy qoidalarn xabar qilishdan oldin keladi. Vazifa quyidagi talablarni qondira oladigan bo‘lsagina bilish muammosiga aylanishi mumkin:
1. O‘quvchilar uchun bilish qiyinchilikka ega, ya’ni o‘rganilayotgan muammo ustida fikr yuritishni talab qiladi.
2. O‘quvchilarda bilishga qiziqish uyg’otadi.
3. Appertseptsiya printsipi bo‘yicha o‘quvchilarning avvalgi tajribasi va bilimiga tayanadi.
Birinchi talab boshqalarining o‘rtasida asosiy, markaziy o‘rinni egallaydi. Uning mohiyati shundan iboratki, o‘qituvchi darsda bilish qiyinchiligi vaziyatini atayin yaratadi, bunda o‘quvchilar yangi temani o‘rganish uchun bir yoki bir necha operatsiyalar: analiz, sintez, taqqoslash, analogiya, umumlashtirish kabilardan mustaqil foydalanishning zarurligiga duchor qilib qo‘yiladi. Muammoli vaziyat o‘quvchilarning ixtiyorsiz diqqatlariga tayanib, ularda asta-sekin o‘rganish ob’etiga nisbatan ixtiyoriy e’tiborni, premetni mavjud qiynchiliklarga qaramay o‘zlashtirib olishga intilishni uyg’otadi. Muammoli vaziyatni yaratish muammoli O‘qitish sistemasida boshlang‘ich fursat (faza, palla) hisoblanadi. Keyin o‘quvchilar o‘qituvchining yo‘naltiruvchi ta’sir bilan bilish muammolarini hal qilishning quyidagi bosqichlarini mustaqil o‘tishlari kerak.
1. Muammoni hal qilishning gipotezalarini, mumkin bo‘lan variantlarini ko‘rsatish.
2. Gipotezalarni nazariy yoki amaliy tekshirish.
3. Eng real gipotezani tanlash.
4. Bilish xulosasini ifodalash.
Muammoli vaziyatlarni yaratish usullari va yo‘li. Bilish vazifalarining qo‘yilishida muammoli savollar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular muammoli vaziyatlar yaratishning har qanday boshqa usullariga tegishli ravishda qoyiladi. Bilishga doir savol o‘quchilar uchun muayyan darajada qiyin bo‘lishi, ulardagi mavjud bilimlarning cheklanganligini ko‘rsatishi va ayni vaqtda, ular bajara oladigan bo‘lishi, ya’ni idrokning hayotiy tajribaga va nazariy bilimlarning zapasiga bog‘liqligini hisobga olishi zarur.
Appertseptsiya o‘quvchilarda yangi temaga nisbatan aktiv munosabatni uyg‘otish imkonini beradi, chunki ilgari hosil bo‘lgan vaqtincha aloqalar (singnallar yoki infomatsiyalar) bosh miya qobig’ida yangi aloqalarning (signallar yoki informatsiyalarning) paydo bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, “quvvat” tushunchasini o‘rganishdan oldn “Er kovlovchi bilan ekskovatorning ish qobiliyatlarini qiyoslash uchun ular bajargan ayni bir ishning miqdorini bilishning o‘zi yetarlimi?” degan savol qo‘yiladi. O‘quvchilar savolga javob berishlari uchun mavjud ma’lumotlarning yetarli emasligini payqaydilar va bir ishning o‘zini bajarish uchun ketgan vaqtni ham bilish zarurligini taxmin qilishlari (anglab yetishlari) kerak. Hatto bunday uncha katta bo‘lmagan mustaqil qadam o‘quvchilarni yangi, “quvvat” degan fizik tushunchaning kiritilishini ancha tushunib yetilgan holda zaruriyat deb bilishga olib keladi. Bilishga doir vazifa darsda muammoli namoyish tajribalari formasida qo‘yilishi mumkin. Masalan, “Arximed kuchi” temasini o‘qituvchilar muammoli tajribadan boshlaydilar: dinamometrga metall kubni ilib qo‘yadilar, dinamometrni ko‘rsatuvini qayd qiladilar, so‘ngra kubni suvga tushiradilar va yana asbobning ko‘rsatuvini hisoblaydilar. Shundan keyin o‘quvchilar oldiga poblemali savol qo‘yiladi: “Nima uchun dinamometr prujinasi endi ozroq cho‘zilyapti? Bu xodisaning sababini kub qirrasidagi (yoqlaridagi, tomonlaridagi) bosimni hisoblab tushuntirib berishga urinib ko‘ring”. O‘quvchilar botirilgan jismga suyuqlik ichidagi bosim ta’siri to‘g’risidagi bilimlardan foydalanishlari va jismning pastki qirrasiga (tomoniga, yog‘iga) bo‘lgan bosi kuchi uning yuqori qirrasiga (tomoniga) bo‘lgan bosimning kuchidan katta ekanligini, shuning uchun ham jism suyuqlik ichidan turtilib chiqishi haqidagi xulosaga kelish kerak. Shunday qilib, suyuqlikning turtib chiqaruvchi kuchi to‘g’risida shunchaki aytilib qolmay, balki u ma’lum darajada o‘quvchilar tomonidan aniqlanadi ham.
Muammo qo‘yib bo‘lingach, biz o‘quvchilarni yana fikr yuritish operatsiyasidan foydalanishga, ammo endi gipoteza qo‘yish, ularning realligini muhokama qilish, bilish xulosalarini chiqarish maqsadida, ya’ni muammoli vaziyatlarni hal qilish uchun yanada chuqurroq, sistemali ravishda va izchillik bilan foydalanishga undaymiz. Bilish muammolarini ilgari surish va hal qilish jarayonlari uzluksiz zanjirga o‘xshaydi, yagona bo‘lib qo‘shilib ketadi, chunki muammoni ilgari surar ekanmiz, biz bir vaqtning o‘zida uni hal qila boshlaymiz, bu o‘z navbatida yangi muammoni qo‘yishga olib keladi. Umuman esa yangi ilmiy tushunchalarni faol, muammoli bilishning bir-biriga zid va uzluksiz jarayoni amalga oshiriladi.
Muammoli-izlanish, og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarning o‘zaro bog’liqligi. O‘qitishning muammoli-izlanish metodlari amalda o‘qitishning og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlari yordamida qo‘llaniladi. Shu sababli o‘quv materialini muammoli bayon qilish metodlari, muammoli va evristik suhbatlar, muammoli-izlanish tipidagi ko‘rgazmali metodlarni qo‘llash, muammoli-izlanish amaliy ishlarini yoki hatto tadqiqotchilik ko‘rinishidagi ishlarni olib borish haqida gap yuritiladi. O‘quv materiallarini muammoli hikoya va muammoli tuzilgan lektsiya metodida bayon qilish o‘qituvchining bayon jarayonida fikr yuritishini, faktlarni isbotlashini, tahlil qilishini va tinglovchilarning tafakkurini yanada aktivroq va ijodiyroq qilib, o‘ziga ergashtirishini nazarda tutadi. O‘qituvchi materialni shunchaki “bayon qilmaydi”, balki u muammo ustida ovozini chiqarib mulohaza yuritadi, masalani yechishga qanday qilib yondoshishni, uni yechish yo‘llarini qidiradi. Muloxaza yuritish jarayonida ba’zi fikrlarni ular asossizligini ko‘rib inkor etadi (chiqarib tashlaydi), boshqalarini esa rivojlantirib, shu zaylda oxir-oqibat to‘g‘ri va aniq yechimga keladi.
Evristik va muammoli-izlanish suhbati muammoli O‘qitish metodlaridan biri hisoblanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar oldiga bir qator izchil va bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan savollarni qo‘yadi, o‘quvchilar bularga javob berar ekanlar, ayrim taxminlarni aytishlari va so‘ngra ularning to‘g’riligini mustaqil isbotlashga harakat qilishlari kerak, bu bilan ular yangi bilimlarni o‘zlashtirishda mustaqil olg’a qadam tashlashga harakat qiladilar. O‘qitishning muammoli-izlanish metodlarida ko‘rgazmali qurollar endilikda eslab qolishni faollashtirish maqsadida emas, balki darslarda muammoli vaziyatlarni yaratadigan vazifalarni qo‘yish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari, keyingi vaqtlarda ko‘rgazmali qurollar tobora ko‘p tayyorlanmoqdaki, ularda bir qator rasmlar va sxemalar ko‘rinishida o‘quvchilarning qanadydir umumlashtirishni aytib berish, ustun bo‘lgan sababalarni ajratib ko‘rsatish uchun mustaqil fikr yuritishlarini talab qiluvchi muayyan vaziyatlar tasvirlanadi.
Muammoli-izlanish mashqlari o‘quvchilar o‘zlarini yangi bilimlarini o‘zlashtirishlariga olib keladigan harakatlarning ma’lum turlarini o‘qituvchining topshirig‘iga ko‘ra mustaqil bajara oladigan bo‘lganlarida qo‘llaniladi. Bunday mashqlar, masalan, fizika darsliklarida keng berilgan, unda amaliy vazifalarni yechish jarayonida o‘quvchilar bilimlarning yangi elementlarini qo‘llamayodilar, balki aynan o‘zlashtiradilar, keyin bu elementlar tushunib yetiladi va trenirovka mashqlarin bajarayotganda qo‘llaniladi. Muammoli-izlanish mashqlari faqat yangi temani o‘zlashtirishga yondoshishdagina emas, balki uni yangi asosda mustahkamlashda, ya’ni bilimlarni chuqurlashtiruvchi mashqlarni bajarayotganda ham qo‘llash mumkin.
Tadqiqotchilik laboratoriya ishlari muammoli amaliy ishlarning qimmatli turi hisoblanadi. Bunday laboratoriya ishlari nazariyani o‘rganishga qadar o‘tkaziladi va O‘quvchilarni ayrim o‘quv “kashfiyotlari”ni qilish zarurligiga ro‘para qiladi.
Muammoli o‘qitish faqat o‘zlashtiruvchilargagina emas, balki hammaga mO‘ljallanganligini ta’kidlash muhim. Ishning mohiyati shundaki, muammoli yondoshuv barcha o‘quvchilarni bo‘lajak muammoga qiziqtirishga, beixtiyor ajablanishga, uning haqida o‘ylashga, eng real gipotezani tanlashga olib kelishi kerak. Muammoli o‘qitish, nihoyat, o‘quvchilarning fikr yuritishlarini boshqarish, o‘quvchilarda tezda axborot olish va unga darhol o‘z mulohazasini bildirish imkonini beradi. Lekin muammoli o‘qitishning o‘z-o‘zidan bo‘ladigan ob’ektiv ijobiy ta’siriga umid bog‘lab bo‘lmaydi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchilarga nisbatan alohida yondoshish kerak bo‘ladi. Bilish vazifalarini qo‘yishda o‘qituvchilar ular qyinligining variantligini ta’minlaydi, bunin uchun bo‘sh o‘zlashtiruvchilarni ancha yengil savollarga javob berishga tortadi, ularning javoblarini rag‘batlantiradi va bu bilan ancha murakkabroq muammolar ustida fikr yuritishga qatnashish uchun qiziqtiruvchi omil yaratadi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchilar uchun topshiriqlar ular bajara oladigan, o‘zgaruvchan (prolemali savollar bilan birga qo‘shimcha yo‘llovchi savollar beriladi), ishni bajarish to‘g‘risida instruktsiya bo‘lishi kerak. Bo‘sh o‘quvchlarga muammoli tajribalar o‘tkazishni tayyorlash va o‘tkazishni topshirish ayniqsa foydalidir, bu o‘quvchi tafakkurini faollashtiradi. O‘qitishga muammoli yondoshish, odatda, ayni bir darsning o‘zida axborot-reproduktiv metod bilan birga qo‘shib boriladi, chunki tema mazmunida doimo o‘quvchilarga ma’lum qilinishi mumkin bo‘lgan yoki, aksincha, ular uchun murakkab, bajarishga qurbilari yetmaydigan, tushuniritilishi lozim bo‘lgan savollar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham izlanish va reproduktiv xarakterdagi o‘qitishning xilma-xil metodi va usullarini optimal tarzda birga qo‘shib borish zarur bo‘ladi. Bugungi zamonaviy dunyo ta’lim sohasidagi har bir detalga zamonaviy nigoh bilan qarashga undaydi. Shu jumladan har bir fanni o‘z o‘quv metodikasidan tashqari, unda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ham mujassamlashtirgan tarzda o‘quvchilarga o‘rgatish ayni kunlardagi dolzarb masalalardan biridir. Ushbu maqolada muallif Fizika fanining dunyo hamjamiyatidagi ahamiyati va ushbu fanni o‘quvchi-talabalarga o‘rgatishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish haqida batafsil bayon etilgan. Fizika bo‘yicha mutaxassislik nafaqat fizika, balki barcha muhandislik va axborot/informatika fanlari bo‘yicha aspiranturaga mukammal tayyorgarlikni ta'minlaydi; hayot fanlari, shu jumladan molekulyar biologiya, genetika va neyrobiologiya; yer, atmosfera; iqtisod va moliya; va davlat siyosati va jurnalistikada asqatadigan sohadir. Siz fizikasiz muhandis yoki shifokor bo‘lolmaysiz; O‘qituvchilik bilan shug'ullanish ehtimoli kamroq; sizning video o‘yinlaringiz zerikarli bo‘ladi va animatsion filmlaringiz haqiqiy ko‘rinmaydi; Sizning global isish haqidagi siyosat qarorlaringiz unchalik ahamiyatli bo‘lmaydi. Fiziklar uchun maxsus so‘raladigan ish e'lonlari soni, masalan, muhandislarnikidan kichikroq bo‘lsa -da, fizika bO‘yicha malakaga ega bo‘lganlar uchun mehnat bozori har xil va har doim kuchli. Fizika miqdoriy, tahliliy tafakkurni rivojlantirganligi sababli, fiziklar boshqa texnik mutaxassislarga qaraganda yuqori boshqaruv va siyosat lavozimlarida bo‘lish ehtimoli ko‘proq faoliyat yuritishadi. AQSh hukumatidagi ilm -fan bilan bog'liq uchta yuqori lavozimdan ikkitasi - energiya vaziri va Oq uyning fan va texnologiya siyosati idorasi direktori - hozirda fiziklardir. Hammamiz, shu jumladan professional fiziklar, - O‘rta maxsus ta'lim tizmidagi fizika kurslarini qiyin deb bilamiz, chunki ular bizdan ko‘plab kasblar bO‘yicha fizika bO‘yicha O‘qitishni qimmatli qiladigan ko‘plab tushunchalar va kO‘nikmalarni O‘zlashtirishni talab qiladi. Bu shuni anglatadiki, tarix yoki psixologiya yoki kompyuter dasturlash kabi boshqa fanlarga qaraganda, fizikani kollejdan keyin (mustaqil yoki ish joyida) O‘rganish ancha qiyin.
Bugungi kun fizika O‘qituvchisi oldida turgan dolzarb muammolardan biri ta'limning zamonaviy texnologiyalarini loyihalash va uni O‘qitish amaliyotida qo‘llashdir. Fizika O‘qituvchisi O‘quvchilarga fizika fanidan zaruriy bilimlarni beribgina qolmay, ularda fanga nisbatan qiziqish uyg'ota olishlari kerakki, natijada bu sohada yaxshi mutaxassis, yetuk kadrlar yetishib chiqishiga erishilsin. O‘qituvchi O‘tgan har bir dars boshqa darsdan farq qilishi, bugungi O‘tiladigan dars kechagisiga nisbatan mukammal bo‘lishi kerak. Darsni yangi pedagogik texnologiyalar:
— axborot vositalaridan foydalanib;
— kO‘rgazmali qurollari yordamida;
— interfaol metodlarni qo‘llashorqali; va h.k.lardan foydalanib tashkil etsak, bu dars O‘quvchi ongiga yaxshi yetib boradi va xotirasidan joy oladi. O‘quvchining ilmiy dunyoqarashi kengayib, bilim darajasi ortadi. An'anaviy ta'limdan farqli zamonaviy ta'limni tashkil etishdan maqsad ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni O‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan kO‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek O‘quvchilar faoliyati, bilimini nazorat qilish, ularning bilim, kO‘nikma va malakalarini baholash fizika fani O‘qituvchisidan katta pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga yangicha yondashishni talab etadi. Hozirgi kunda dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida O‘quvchilarning ilmiy faoliyatini, ijodkorligini oshiruvchi va shu bilan bir qatorda ta'lim-tarbiya jarayoninig samaradorligini kafolatlovchi yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashborasida katta tajriba tO‘plangan. Shu tajriba asosini tashkil qiluvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilib, bu metodlarni dars jarayoniga qO‘llay bilish bugungi zamon fizika O‘qituvchisi zimmasiga yuklatilgan yuksak vazifadir. Pedagogik texnologiyaning muvaffaqiyatli loyihalanishi va yakuniy natija(samara)ning kafolatlanishi O‘qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasi va darsda ularni tO‘g'ri baholay olishiga bog'liqdir. Har bir O‘tiladigan darsda ta'limning aniq maqsadining belgilanishi O‘qitish texnologiyasini loyihalashda muhim shartlardan biri sanaladi. Bunda fan mavzulari bO‘yicha O‘qitishning tashxislanuvchi maqsadi aniqlanadi.
Fizika fan sifatida O‘tilgan vaqtdan boshlab fanning ma'lumotlar bazasi ko‘payib katta hajmni tashkil etmoqda va u yuqori tezlikda yil sayin boyib boryapti. Shu sababdan fizikani O‘tish jarayonida faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olish va O‘quvchining O‘zlashtirish qobiliyatlariga mos holda ma'lumotlar hajmini miqdoriy O‘lchamga keltirish zarur. Ta'lim tizimida multimediali elektron O‘quv adabiyotlar, ma'ruzalar virtual laboratoriya ishlari, har hil animatsion dasturlar slaydlar yaratishda kerak bo‘ladigan maxsus dasturlar hisoblanadi. Ta'lim tizimida yuqorida keltirilgan dasturlarda tayyor modellar mavjud bo‘lib bunda foydalanuvchi boshlang'ich parametrlarni kiritib bir necha turkum ishlarni (laboratoriya, yong'in xavfsizligi masalalarini tahlil qilishda, taqdimot ma'ruzalarida animatsiyalar) dan keng foydalanishi mumkin. Fizik jarayonlarnmodellashtirish imkoniyatini beradigan dasturlariga: MatCad, MatLab, Maple, Crocodile, Physics, Electronics Workbench va boshqa dastur paketlarini misol keltirish mumkin. Axborot texnologiyalarning imkoniyatidan foydalangan holda kompyuter modellarini O‘quv jarayonlarida foydalanish O‘zining samarasini beradiberadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |