Baholash mezonlari
|
Eng yuqori ball
|
To`plangan ballar
|
Kurs ishining sifatli bajarilishi va rasmiylashtirilishi
(40 ball)
|
Rejaning tuzilishi va izchilligi
|
5
|
|
Kurs ishining mazmuni
|
10
|
|
Ma’lumotlarning yangiligi
|
10
|
|
Savodxonligi
|
10
|
|
Xulosaning asosliligi
|
5
|
|
Himoya vaqtidagi ma’ruzasi
(30 ball)
|
Kurs ishi mavzui va mazmunini izohlay olishi
|
10
|
|
Mustaqil mulohaza va ijodiy yondashuvi
|
10
|
|
Mavzu bo`yicha taklif va tavsiyalarini bayon etishi
|
10
|
|
Himoya vaqtida berilgan savollarga javob berishi
(30 ball)
|
Mavzuga oid ilmiy-nazariy ma’lumotlarni bilishi
|
10
|
|
Mavzuga oid ilmiy-metodik tajribalardan xabardorligi
|
10
|
|
Savollarga javob berishda o`z mulohazalarini asoslay olishi
|
10
|
|
J A M I
|
100
|
|
Soatboyeva Oftobxonning Hozirgi o`zbek adabiytili fanidan "Matn va uning leksik semanti xususiyatlari” mavzusida tayyorlagan kurs ishi va himoyasi uchun «_____» ball («_____» %) qo`yildi.
«_____» __________ 2020- yil
Komissiya a’zolari: : p.f.n.dots.SH.SH.Yuldasheva
R EJ A:
I. Kirish.
Matn haqida umumiy ma'lumot.Matnda leksik vositalarning tutgan o`rni.
Asosiy qism.
a)Ma'nodosh shakldosh so`zlarning badiiy matnda tutgan o`rni.
b)Paronim va zid ma'noli so`zlarning estetik vazifalari.
c)Ko`p ma'noli va eskirgan va yangi so`zlarning ishlatilishi.
d)SHeva so`zlar va barqaror birikmalarning matn tarkibida qo`llanilishi. III.Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Respublikamiz mustaqillika erishgandan so`ng uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng islohotlar milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtiradigan, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirilgan, jahon andozalari darajasiga mos ravishda xayotga tatbiq qilishga qaratildi. Zero, kelajagi buyuk davlatni barpo etishda yangicha fikrlaydigan, yuksak malakali va chuqur bilimli mutaxassislarni, yoshlarni, tayyorlash davr talabi hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida rivojlanishni boshlagandan beri ilm-fan va milliy madaniyatimizni har bir sohasida jiddiy o`zgarishlar yuz bera boshladi. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “O`tgan davr mobaynida davlat tilining hayotimizdagi o`rnini kuchaytirish, uni tom ma’nodagi milliy qadriyatga aylantirish yo`lida ilgari tasavvur ham qilib bo`lmaydigan ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlol yillarida o`zbek tilining qo`llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o`ziga xos xususiyatlariga bag’ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o`quv qo`llanmalari, yangi-yangi lug’atlar ko`plab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o`z hissasini qo`shmoqda.
Matn ta’rifi masalasi matn lingvistikasining eng muhim va dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Chunki tilshunoslikda bu masalada yagona fikrning o`zi yo`q. Zero, “Ammo hayratlanarlisi shundaki, - deb yozadi rus tilshunosi E.S.Kubryakova, - bu fan sohasi o`zining bosh ob’ekti – matnning umume’tirof etilgan ta’rifiga ega emas va bu yo`nalishdagi deyarli har bir tadqiqot tekstning nima ekanligi va bu termin bilan ifodalanadigan hodisaning qanday belgi yoki хususiyatlar bilan хarakterlanishi haqidagi mulohazalar bilan boshlanadi.”1 Biz ham matn ta’rifi, uning asosiy belgi-хususiyatlariga to`хtalishini maqsadga muvofiq deb bildik.
Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, matn tushunchasini material jihatdan tayin etish va ta’riflashda mutaхassislar o`rtasida yagona fikr yo`q, aksincha, bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan ikki хil qarash mavjud. Ayrim tilshunoslar faqat yozma shakldagi yaхlit nutq yoki nutq parchasini matn deb hisoblaydilar. Masalan, rus tilshunosi L.M.Loseva “matn” tushunchasini aniqlashda barcha matnlar uchun хos bo`lgan belgilardan kelib chiqish lozimligini aytadi va bu belgilarning birinchisi sifatida uning yozma shaklda bo`lishini alohida qayd etadi.2 Matnni lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida rus tilshunosligida ilk o`laroq batafsil o`rganganlardan biri I.R.Galperin matnning ontologik va funktsional belgilarini namoyon etadigan yetakchi jihatlardan biri sifatida yozma hujjat tarzida reallashadigan tugallanganlik”ni alohida ta’kidlab ko`rsatadi. Uningcha, matn yozuvda qayd etilgan nutqiy asardir.
Ammo matnning yozma yoki og’zakiligi uning ontologiyasi va funktsiyasiga nechog’lik bog’liq yoki bog’liq emasligi muallif tomonidan aniq-tiniq ko`rsatib berilmagan. Matnning mohiyati va kommunikatsiya jarayonida bajaradigan vazifasi faqat yozuv bilan chegaralanadigan bo`lsa, bu yirik kommunikativ birlikning tildagi o`rni qanday belgilanishi haqidagi masala ochiq qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |