Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti sapayeva feruza davlatovna



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/162
Sana27.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#414202
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   162
Bog'liq
matnshunoslik fanidan maruza mashgulotlarini tashkil etish (1)

نتم
َ
ضرلاا
), yoʻlning oʻrtasi (
نتم
َ
قيرطلا
), kitob sahifasidagi yozuvlarning hoshiya va sharhlardan xoli 
asosiy qismi
21
(
نتم
َ
باتكلا

matn
soʻzi bilan ifodalangan. Shunindek, 
bu soʻzning “mustahkam; pishiq” kabi sifat ma’nosida kelgan turi 
ham mavjud. Tilimizga oʻzlashgan 
matonat

metin
soʻzlari ham 
matn
bilan oʻzakdoshdir. 
“Adabiyotshunoslik terminlari lugʻati”da tekst soʻzi “avtorning 
asl soʻzi, asarning qoʻlyozmasi yoki nashr etilgan nusxasi”
22

“Slovar-spravochnik lingvisticheskix terminov” kitobida “yozuv 
yoki nashrda aks ettirilgan nutqiy asar (bayon qilish”)
23
, “Hozirgi 
oʻzbek tili faol soʻzlarining izohli lugʻati”da “matn – mazmunan va 
mantiqan oʻzaro aloqador boʻlgan gaplar yoki alohida olingan gap”
24

“Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati”da “matn – yonma-yon 
harflar, yozuv orqali aks ettirilgan nutq, umuman, nutq parchasi; 
tekst”
25
tarzida turlicha ifodalangan. Matn bilan teng ma’noda 
qoʻllanadigan 
tekst
soʻzi lotincha 
textus
soʻzidan olingan boʻlib, 
“toʻqima mato; toʻqish; oʻrish; chirmash; qoʻshish” kabi ma’nolarni 
anglatadi. Bu soʻzning nisbatan kengroq va qamrovli izohini 2010-
yil “Akademnashr” nashriyotida chop etilgan “Adabiyotshunoslik 
lugʻati”da koʻrish mumkin:
1) “
Tekst
– yozuvda qayd etib qoʻyilgan nutq. Termin bu 
ma’nosida ogʻzaki nutqqa qarshi qoʻyiladi;
2) nutqiy asar, jumladan, adabiy asarning yozma (harflar) yoki 
ogʻzaki (tovushlar) belgilar vositasida qayd etilgan konkret-hissiy 
(koʻrish yo eshitish) qabul qilinadigan tomoni. Bu ma’nodagi 
tekst
matnshunoslikning obyekti sanaladi;
3) nutqiy kommunikatsiyaning nisbiy butunlik, yaxlitlik kasb 
etgan va nisbiy avtonomlik, alohidalik xususiyatiga ega eng kichik 
birligi, ya’ni adabiy-badiiy asar. Bu ma’nodagi 
tekst
ning mazmuni 
21
Қадимий
(
қўлёзма ва баъзан тошбосма) китобларда асл матн ҳошия билан 
ажратилган. Матн шарҳлари ҳошияда гир айланасига битилган. Бу ўринда шу ҳолат 
назарда тутиляпти. 
22
Ҳомидий Ҳ.

Абдуллаева Ш.

Иброҳимова С. “Ўқитувчи”

Т. 1970

222-бет. 
23
Розенталь Д.Э.

Теленкова М.А. М.

“Просвещение”

1976

483-стр. 
24
Ҳожиев А.

Нурмонов А. ва бошқа. Т.

“Шарқ”

2001

130-бет. 
25
Ҳожиев А. Т.

“Ўзбекистон миллий энциклопедияси”

2002

61-бет. 
34


uni tashkil qilayotgan nutq birliklari, ularning oʻzaro aloqalari 
bilangina cheklanib qolmaydi. Butun sifatida u muallif tomonidan 
muayyan nutqiy situatsiyada tugʻilgan, uning butun sifatidagi 
mazmun-mohiyati oʻzidan tashqaridagi reallik bilan bogʻliq holda 
voqe boʻladi”
26

E’tibor berilsa, 
matn
soʻzining lugʻaviy ma’nolari qaysidir 
darajada oʻzak tushunchada qarorlashgan: “narsaning ustki, yuza 
qismi”, “aks ettirilgan nutq”, “yozuv orqali aks ettirilgan nutq”, 
“yozuvda qayd etib qoʻyilgan nutq”. Bu ma’nolar asarning yozma 
yoki ogʻzaki belgilar vositasida qayd etilgan tashqi, ya’ni konkret-
hissiy qabul qilinadigan tomonini aks ettirsa, 
tekst
soʻzining 
“pishiqlik, mustahkamlik, butunlik”ka dalolat qiluvchi lugʻaviy 
ma’nolari esa matn tushunchasining ichki xususiyatlarini anglatadi.
Atama tushunchasini izohlashda gapni 
manba
va 
matn
soʻzlari 
misolida boshlashimizga sabab, avvalo, mavzuimiz adabiy 
manbashunoslik va matnshunoslik muammolarini oʻrganishga 
bagʻishlangan. Qolaversa, butunni anglash uchun uning tarkibiy 
qismlari haqida toʻlaroq tasavvurga ega boʻlish anglash jarayonini 
faollashtiradi. Hodisa anglangani sayin maqsad oydinlasha boradi, 
muammo yechimiga yoʻl ochiladi.
Ma’lum adabiy asar boʻyicha tadqiqot olib borayotgan 
manbashunos oʻzi oʻrganayotgan obyektning yaxlit butunlik sifatida 
yuzaga kelishiga sabab boʻlgan 
ta’sirlar zanjiri
ni tiklaydi, tadqiq 
etilayotgan asarning bu silsiladagi oʻrnini belgilaydi, xalqalar 
orasidagi munosabatlarning umumiy qonuniyatlarini aniqlaydi. 
Manbashunoslik tadqiqi mana shu uzluksiz jarayon ichida kechadi. 
Yuqorida matnning tashqi, ya’ni yozuvda ifodalanishi haqida 
soʻz borib, asarning bu jabhadagi tadqiqi matnshunoslik obyektida 
kechishi aytilgan edi.
Shu jihatdan matnshunoslik ilmida oʻrganiladigan matn 
tilshunoslikdagi matn tushunchasidan farqlanadi.
27
Matnshunoslikda 
26
Д.Қуронов ва бошқа. Т.

“Akademnashr”

2010

329-бет. 
27
Тилшуносликда матннинг кўриниши эмас

тузилиши кўпроқ эътиборга олинади. 
Шунинг учун бу соҳада “
матн нима?”

“матннинг энг кичик бирлиги нимадан иборат?”
каби саволларга жавоб топиш бирламчи аҳамиятдаги масаладир. Қаранг

М.М.Бахтин. 
Эстетика словесного творчества. М.

Искусство

1979; Ролан Барт. Избраннные работы

Семиотика.Поэтика. –М.

1989; М.Йўлдошев. Бадиий матн лингвопоэтикаси. Т.

“Фан”

35


har qanday yozuv matn sanaladi. Muayyan matnning paydo 
boʻlishidan to oxirigi holatigacha davom etgan jarayon 
matn tarixi
ni 
tashkil qiladi. Aksar matnlar ma’lum vaqt mobaynida subyektiv 
(muallif, kotib, nashrga tayyorlovchi, muharrir) va obyektiv 
(ijtimoiy) omillar ta’sirida oʻzgarishga uchraydi. Matnshunosning 
vazifasi mana shu oʻzgarishlarni aniqlash, ularni tarixiy, ilmiy 
dalillar bilan asoslash va shu yoʻl bilan asl matnni tiklashdir. 

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish