Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti sapayeva feruza davlatovna


(!) Mashgʻulot uchun mohiyat va tahlil



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/162
Sana27.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#414202
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   162
Bog'liq
matnshunoslik fanidan maruza mashgulotlarini tashkil etish (1)

 
 (!) Mashgʻulot uchun mohiyat va tahlil 
Qo‘lyozma hoshiyasining matnshunoslik tadqiqida muhim 
ahamiyatga ega ekaniga birmisol: 1940-yili Sadriddin Ayniy 
“Xamsa”ning tanlanma nusxasini tuzib chiqadi.
68
Sadriddin Ayniy 
bu kitobni tanlanma nusxa deb ataydi va nashr xususida shunday 
yozadi: “AlisherNavoiyning “Xamsa”sida 50 ming misradan ortiq 
she’r bor. Keng o‘quvchilar ommasi uchun uni bir butun holda tezda 
egallab olish ancha og‘ir bo‘ladi. Shuning uchun men bu 
qiyinchiliklarni nazarga olib, Navoiy yubiley komitetining 
topshirig‘I bilan qo‘lingizdagi bu tanlanma nusxani vujudga 
keltirdim. Bu nusxani tartibga solishda harbir doston va bo‘limlardan 
xarakterli bo‘lgan parcha va misralarni terib oldim. Ammo har bir 
doston va boblarning ayrim tashlangan parcha va misralarning 
mazmunini bayon qildim. San’atkorona ishlangan, lekin u san’at 
oddiy o‘quvchilarning ko‘ziga ilinmay qoladigan, tushunishi 
qiyinroq bo‘lgan misra va baytlarni va shuningdek, Navoiyning 
shaxsiy hayotiga, yoki zamondoshlariga oid bo‘lgan joylarni izohlab 
o‘tdim. Ba’zi parcha va hikoyalarni tuzilishlari va ulardagi 
qahramonlar to‘g‘risidagi o‘z fikrimni ham bet ostida bayon 
qildim”
69

A.Hayitmetov ta’kidlaganidek, S.Ayniy “Xamsa” dostonlari 
matnlarini izohlash, ularga lug‘atlar tuzish, ulardagi she’riy 
san’atlarni o‘rganish, tushunilishi qiyin bo‘lgan baytlarni 
soddalashtirib berish kabi masalalar ustida ko‘p ilmiy izlanishlarn 
iolib bordi
70
. Mazkur ish ilmiy qimmati, Navoiy adabiy merosini 
ko‘p sonli she’riyat muxlislari o‘rtasida targ‘ib etish yo‘lidagi 
68
Навоий Алишер. Хамса. Қисқартириб нашрга тайёрловчи Садриддин Айний. 
Масъул муҳаррир П.Шамсиев. –Т.

Ўқувпеднашр

1940. 
69
Садриддин Айний. Алишер Навоий. Хамса. –Т.

Ўқувпеднашр

1940. – Б.10 – 11.
70
Қаранг

Ҳайитметов А. Забардаст навоийшунос//Ўзбек тили ва адабиёти

2003. № 
5. – Б.19.
132


ahamiyati va matnshunoslik ishlari bajarilish saviyasi nuqtayi 
nazaridan chinakamiga salmoqlidir.
S.Ayniy tomonidan tayyorlangan “Xamsa” asari tanlanma 
nusxasi xususida B.Valixo‘jayev va R.Vohidov quyidagi fikrlarni 
bildirishadi: “Sadriddin Ayniy bu katta va mas’uliyatli ish jarayonida 
“Xamsa” dostonlari mazmuni va asosiy sujet chizig‘ini saqlab 
qolishga harakat qilgan. Shuningdek, u obrazlar xarakterini 
gavdalantirib ko‘rsatuvchi, ularning orzu-intilishlarini aks ettirgan 
satrlarni aynan saqlab qoladi. Sadriddin Ayniy tomonidan 
qo‘llangan bu usul xalq og‘zaki ijodi dostonlarini xotirga keltiradi. 
Eslatilgan 
xususiyat 
birinchi 
galda 
“Xamsa” 
tarkibidagi 
dostonlarning nazmunasr qorishmasida berilishida ko‘rinadi”
71
.
“Xamsa” hoshiyalarida Sadriddin Ayniy tomonidan berilgan va 
buyuk shoir badiiy mahoratini ochishga xizmat qiladigan izohlar 
chuqur ilmiyligi bilan ham diqqatga molikdir. 
 
14-rasm (slayd taqdimoti uchun maxsus) 
Atoqli olim Najmiddin Komilovning mazkur Alisher Navoiy 
gaʻzallariga bitgan sharhlari 1991-yilda “Kamalak” nashriyotida 
nashr etilgan “Alisher Navoiy. Gʻazallar. Sharhlar” toʻplamidan joy 
olgan edi. Bundan avval hazrat Navoiy gʻazallariga yozilgan sharhlar 
71
Валихўжаев Б.

Воҳидов Р. Навоий ижоди – илҳом манбаи. – Т.

Фан

1981. – Б.30–
31. 
133


“Sharq yulduzi” jurnalida birin-ketin paydo boʻla boshlagan. Alisher 
Navoiyning lirik asarlari jamlangan “Xazoyinul maoniy”devonida 
ikki yarimmingdan ortiq gʻazal bor. 
Sharq adabiyotida biror shoirga 
bunchalik koʻp gʻazal yozish nasib boʻlmagan.
Ammo gap faqat sonda emas. Navoiy qalbidan quyilib chiqqan 
gʻazallarning har biri daho ijodkorning benazir san’ati va 
tafakkuridan guvohlik beradigan badiiy durdona moʻjizadir. 
Navoiy oʻz ijodida arxaik soʻzlar, arabiy va forsiy soʻz 
izofalaridan mumtoz adabiyotga mansub boshqa shoirlar soʻzlarida 
koʻp foydalangan.Navoiy “Xamsa” sining birinchi dostoni “Hayratul 
abror” boʻlib, u 3988 baytdan iborat, 64 bob 29 maqolatdan tashkil 
topgan. U aruzning sari bahrida yozilgan. Nomidan kelib chiqqan 
holda hamd va na’tlar berilgan. Navoiyning dunyo haqidagi 
qarashlari mana shu muqaddimada oʻz aksini topgan. Uningcha, 
dunyoning boshi ham, oxiri ham, yaratuvchi ham, kuzatuvchi ham 
Ollohdir. “Farhod va Shirin” da qahramonlar sevgi sarguzashtlari 
orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, 
insonlik faqat muhabbatda emas, balki oʻsha sharafli nomning 
himoyasi orqali ekanini uqtiradi. Sharq tarixidagi “Xusrav va Shirin” 
voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali oʻzining komil 
inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan.
 
15-rasm (slayd taqdimoti uchun maxsus) 
134


“Layli va Majnun” dostonida arab ertaklari orqali ma’lum sujet 
oʻzining tugal shaklini topdi. Unda ishq falsafasi betakror uslubda 
ifoda qilindi. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, Sayqaliy 
dostonlari uchun ma’naviy zamin boʻldi. 
“Xamsa” tarkibidagi “Sabbayi sayyor” va “Saddi Iskandariy” 
shohlik bilan bogʻliq masalalarni birinchi oʻringa olib chiqdi. 
Matnshunos olim Porso Shamsiyev Navoiy “Xamsa” sining toʻla 
va yaxlit bir kitob holida nashrga tayyorlash borasida murakkab 
matnchilik tadqiqiy ishlar olib bordi.Hamid Sulaymonov Navoiyning 
“Xazoyinul maoniy” asari tanqidiy matnini tayyorlab nashr ettirdi. 
Bu asar inson bolasining murakkab va yuksak tafakkuri hamda 
behisob his-tuygʻulari bilan bogʻliq minglarcha she’r va oʻnlarcha 
she’r turlarini oʻz ichiga olgan majmua boʻlib, Sharq adabiyoti 
tarixida noyob hodisadir. 

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish