Jaloliddin Rumiyning “Ma’naviy Masnaviy” asari yetti asr
mobaynida gʻarbu-sharq olimlari oʻrtasida turli bahsu
munozaralarga sabab boʻlib kelmoqda. Jahon mutafakkirlari
tomonidan Rumiyga bashariyat shoiri deb tasnif berilishi, uning
“Masnaviy” asari esa Qur’ondan keyin turuvchi kitob, tasavvuf
qomusi,
ma’naviyat
dengizi
yoki
dunyo
kitobi
deb
119
baholanishiyoq bu asarning qadri va nufuzi nechogʻligidan
dalolatdir.
Sobiq Sovet davrida mistik shoir deb qoralangan va
oʻrganilmagan Jaloliddin Rumiy ijodiga, xususan uning “Ma’naviy
masnaviy” asariga bugun Oʻzbekistonda jiddiy munosabat
shakllanmoqda. Masnaviyning she’riy va sharhiy tarjimasi ham
nashrdan chiqqan.
Rumiy she’riyati sharq she’riyatining eng yuksak choʻqqisi
hisoblanadi. Rumiyga oʻxshab inson qalbini tadqiq qilgan, inson
ruhiyati, insonning ma’naviy kuchini she’riyatda ifodalagan shoir
gʻarbu-sharqda
kam
topilishini
aytishadi
mutaxassislar.
Adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul:
“Rumiy she’riyatining oʻziga
xos bir jihati shundan iboratki, siz birinchi navbatda oʻzingizda
insonga ishonchni mustahkamlaysiz. Va insonning ilohiyligini Rumiy
judayam teran tarzda ochib beradi. Rumiy she’riyatining quyoshi –
Ishq. Insonni bir haqiqat, yoki insonni bir Ishq atrofida birlashtirish
boʻlsa agar, Rumiyning she’riyati shu ishqni amalga oshira oladi.
Biz aytamiz, komil inson boʻlish uchun tasavvufni bilish kerak, dinni
bilish kerak, falsafani bilish kerak, tarixni va hokazo. Shularni
hammasini Rumiy oʻz ijodida sintezlashtirgan. Insonni Rumiy
she’riyati adashishlardan, yuzakiliklardan, sayozliklardan, har turli
mahdudliklardan xalos qiladi. Shu uchun bu qancha tarixiy she’riyat
boʻsa, xuddi shuncha zamonaviy she’riyat.”
Jahon
madaniyatidagi
eng
buyuk
yodgorliklardan
biri
hisoblangan Jaloliddin Rumiyning “Ma’naviy masnaviy” kulliyoti
toʻliq 6 daftardan, aniqrogʻi 54 ming misradan iborat boʻlib, u
mavlono tomonidan 10 yil mobaynida yozib tugatilgan.
Xoʻsh, Rumiy “Masnaviy”sida nima ifodalanganki, yetti asrdan
ortiq vaqt oʻtsa ham, u haqdagi mulohazayu munozaralar hamon
tugallanmay davom etmoqda?
“Man bandayi Qur’onam agar jon doram,
Man xoki rahi Muhammadi muxtoram.
Gar naql kunad juz in kas az guftoram,
Bezoram aʻzo, va zin suxan bezoram”
U kishi aytadilarki: “Masnaviyi mo doʻkoni vahdat ast, gʻayri
vohid har chi bini on bat ast” degan. Masalan, “Bizning
Masnaviymiz bu vahdat doʻkoni, agar sen shu doʻkonda vahdatdan
120
boshqa narsani koʻrsang, bilginki u butparastlikdir. Demak, bu
doʻkonda vahdatdan boshqa hech narsa yoʻq.
12-rasm (slayd taqdimoti uchun maxsus)
Ya’ni,
“Masnaviy” boshdan-oyoq xudoning yagonaligi va iymon
masalalarini atroflicha inkishof etadi, kashf etadi
. U qaysi rivoyatga
murojaat qilmasin, vahdat gʻoyasiga kelib taqaladi. Uning nazarida
“Masnaviy”ning oʻzak masalasi – iymon masalasi”
, – deydi shoir
Asqar Mahkam.
Dunyoning koʻpgina mamlakatlarida, jumladan, Eron, Turkiya,
Pokistonu Hindistonda masnaviyshunoslik maktablari mavjud.
Shoʻro
inqilobigacha
boʻlgan
Oʻzbekiston
hududida
ham
masnaviyshunoslik keng rivojlangani
, Rumiyning bu kitobi har bir
ilmli xonadonda Qur’ondan keyingi muqaddas kitob singari
asralgani aytiladi
.
Masnaviyni hech kim oʻzbek shoiri Boborahim
Mashrabchalik sharhlolgan emas,
deb hisoblaydi shoir va tarjimon
Asqar Mahkam.
Eslaylik, Mashrabning “Mabdayi nur” kitobini. Biz juda koʻp
buyuk shoirlarni bilamiz, masalan, turkiyalik Abdulboqi Gulpunarli,
Eronda Badiuzzamon Furuzonfar, Said Ja’fari Shahidiy va hokazo
juda koʻp masnaviyshunoslar bor. Lekin hech kim “Masnaviy”ni
Mashrabchalik sharhlamagan. Chunki Mashrab oʻzi valiyulloh shoir
boʻlganligi uchun, oʻsha “Mabdayi nur”da “Masnaviy”ni she’riy yoʻl
bilan sharhlaydi. Va bevosita ikkinchi Masnaviyni yaratadi-ki, uning
nomini Nurning ibtidosi, yoki nurning asosi, boshlanishi, mabdasi
deb ataydi. Mashrabning xizmati shundan iboratki, u Masnaviyni
shunchaki turli xil falsafiy maktablar, oqimlar, turli mas’hablar
121
nuqtayi nazaridan emas, balki chin valiy sifatida, yoki komil bir
inson sifatida oʻzining qarashlarini bildiradi. Va “Masnaviy”ning
ba’zi bir baytlarini hatto tarjima qilib ham bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |