Tuzuvchisi noma’lum bayoz.
Bayozning kotibi, noshiri, matbaa
va yili noma’lum. Titul varagʻi 1-, 2-, 3-, 4- hamda 21-, 26-, 33-, 40-
sahifalari yoʻq. Mazkur bayozda Jomiy, Ado, Kamiy, Saryomiy,
Gulshan kabi 20 dan ortiq shoirning she’rlaridan namunalar bor.
Saryomiy asarlariga ajratilgan sahifalar, gʻazallarning joylanish
tartibi yuqorida sharhlab oʻtilgan 170 inv. raqamli “Gulshani
ash’or”ga koʻp jihatdan yaqin, deyarli bir xil. Shu sababli ularni
takrorlab oʻtirishga hojat sezmadik.
Do'stlaringiz bilan baham: |