1.3 Suratlar bilan o’tkaziladigan suhbatlar
Suratlardan lug‘at ishining barcha vazifalariia hal etishda foy-
dalaniladi. Bu mashg‘ulot turida tarbiyachining nutqi, ya’ni uning tu-
shuntirishi, yangi so‘zlami aytishi, bolalarga ma’lum bo‘lgan so‘zlar
bilan yangi so‘zlaming ma’nosini taqqoslashi va hokazolar asosiy
o‘rin egallaydi. Buning natijasida bolalarning lug‘ati boyib boradi,
ular suratdagi tasvirlami ko‘rishga va tushunishga o‘rganadilar. Bi-
roq tarbiyachi suratdagi tasvirlar haqida gapirib berish jarayonida bo
lalarga murojaat etadi, ularga ma’lum bolgan so‘ziami faollashtirish
usulidan foydalanadi. Tarbiyachi suratlardan bolalar kuzatishi lozim
bo‘lmagan obyekt, ya’ni narsa va buyum, hodisalar, hayvonlar qush-
lar va o‘simliklar, ayrim tabiat manzaralarining aynan o‘zini ko‘rsata
olish imkoni bo‘lmagan hollardagina foydalanadi. Masalan, yowoyi
hayvonlar, ulaming belgilari, ayrim uy hayvonlari (sigir buzog‘i bi
lan, tuya bo‘talog‘i bilan, eshak xo‘tigi bilan va hokazolami), shahar
va qishloq hayoti, kishilar faoliyati va hokazolar bilan tanishtirishda
suratlardan keng foydalaniladi. Shahar maktabgacha ta’lim muassa-
salarining bolalari surat orqali qishloq hayoti bilan tanishganlarida
ular dehqonlaming mehnati bilan bog‘liq bo‘lgan xirmon, paxtakor,
paxtazor, paxta terish mashinasi, zangori kema, bunker, jo ‘yak, egat kabi scfzlarni bilib oladilar. Qishloq maktabgacha ta’lim muas-
sasalaridagi bolalar esa suratlar yordamida shahar hayoti bilan tani-
shadilar va bekat, shohko‘cha, chorraha, haykal, yodgorliklar, sve
tofor kabi so‘zlar va ularning ma’nosini bilib oladilar. Shuningdek,
suratlardan bolalami sayohatda, sayrda kuzatganlari yuzasidan olgan
bilimlarini aniqlash va mustahkamlash maqsadida foydalaniladi.
Bolalar hayotda ko‘rgan, ularga tanish bolgan buyumlar, narsa va
hodisalami suratda ko‘rib, tez bilib oladilar va tushunadilar, bevosita
kuzatish vaqtida aniqlay olmagan, ko‘rish imkoni bo‘lmagan belgi-
lami, qismlami bilib oladilar. Masalan, uy hayvonlarini, qushlami,
transport vositalarini va boshqalami kuzatganda ko‘p narsalar bolalar
uchun noaniq bo‘ladi. Aytaylik, bolalar maqsadli sayrga chiqqanla-
rida tovuqlami kuzatadilar. Mana shu kuzatishda bolalar xo‘rozning
baqbaqasini, tojini yoki oyoqlaridagi panjalarini, panjalaridagi tir-
noqlarini sezmay qolishlari mumkin. Suratda esa bu aniq tasvirlan-
gan bo‘lib, bolalar xo‘rozning tashqi tuzilishini tasvirlashganda bu
ularning diqqat markazida turadi va pat, toj, baqbaqa, panjalari kabi
so‘zlar bilar. lug‘atlari yanada boyiydi. Suratda tasvirlangan narsani
to‘g‘ri tushunish fikrlash mas’uli bo‘lib hisoblanadi. Bolalar surat yu
zasidan yuri :gan fikrlarini, hosil qilgan tushunchalarini, taassurotlari-
ntso‘z vositisida boshqalarga bildiradilar. Suratda tasvirlangan narsa
va buyumlarni, hodisalaming nomlarini, ularning belgilarini, sifat va
xossalarini >o‘z bilan ifodalaydilar, sayr va sayohatda ko‘rgan narsa-
lari bilan taqqoslaydilar, suratdagi tasvirlar haqida gapirib beradilar.
«Suratlar ko‘rsatish va ularning mazmunini gapirib berish tar
biyachining bolalarga yaqinlashuvida eng yaxshi vositadir», - deb
ko‘rgazmali ishni yuqori baholaydi K.D.Ushinskiy. Suratlami
ko'zdan kechirish va u haqda suhbat mashg‘ulotlari har oyda bir
marta rejalashtiriladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun
mashg‘ulotlarda foydalaniladigan suratlar maxsus nashr etiladi.
Y.G.Baturinaning «Biz o‘ynayapmiz», «Avtobusda ketyapmiz», «Uy
quryapmiz» « 0 ‘rtog‘imizga ko‘maklashyapmiz», «Koptokni qutqar-
yapmiz», «Chana uchyapmiz» suratlari, O.I.Solovyovaning «Bizning
Tanya», «Tanyaning kabutarlari», «Kimning qayiqchasi?», «Yozda»
suratlari, S.A. Veretennikovaning «Uy hayvonlari», «Mushuk bolalari
bilan», «Quyonlar», «Echki bolalari bilan», «Ot toychog‘i bilan»,
«Qo‘ylar qo‘zichoqlari bilan», «Tovuqlar» suratlari shular jumlasiga
kiradi. Ushbu suratlar bo‘yicha mashg‘ulotda bolalar likopcha, kosa,
chinni lagan, qoshiqcha, yeyapti, artyapti, ushlab turibdi, salfetka
so‘zlarini bilib olishadi. «Maktabgacha ta’lim muassasalarida ar-
cha bayrami», «Bolalar tovuq, jo‘jalami boqishyapti», «Tipratikan-
lar», «Quyonlar», «Olmaxonlar», «Tulki», «Bo‘rilar», «Oq ayiqlar»,
«Arslonlar», «Yo‘lbarslar», «Fillar», «Maymunlar» nomli rasmlari,
L.A. Penevskaya, Y.I. Radinaning «Buvimnikiga - mehmonga», «Shar
uchdi», «8 Mart bayramiga onamga sovg‘a», «Maktabda», «Ishga»,
«Shahar ko‘chasi», «Anhorda», «Aziz mehmonlar» nomli suratlari,
bulardan tashqari, qishloq maktabgacha ta’lim muassasalari uchun
F.F.Sovetkinva V.I.Chistyakovning «Bolalar bog‘chasi», «Oila», «Hov-
li>>, «Qishloq ko‘chasi», «Anhorga» nomli suratlari, O.I.Solovyova va
ОA.Frolovaning «Qadrdon dalalar», «Qishloqda bolalar bog‘chasi»,
«Qishloq otxonasida», «Qishloq bog'ida» va boshqa suratlar.
Bolalar o‘z lug‘atlarini transport turlarini tasvirlovchi suratlami
ko‘rib chiqish («Hayajonli uchrashuv» , «Buvimnikiga-mehmonga»,
«vokzalda» va boshqalar) va u haqdagi suhbat mashg‘ulotlari orqali
bcyitib boradilar. Ular bilan tanishish orqali bolalar uchun perron,
v.' kzal, relslar, bekat, yo‘lovchilar vagoni, yuk vagoni, pristan, pa
Ittba kabi so‘zlar tushunarli bo‘ladi. Suratlar bo‘yicha o‘tkaziladigan
mashg‘ulot tarbiyachidan katta tayyorgarlikni talab etadi. Tarbiyachi
surat bo'yicha o‘tkaziiadigan mashg'ulotga tayyorgarlik ko‘rar ekan,
u awalo, surat mazmuni bilan yaxshilab tanishib chiqishi kerak. So‘ng
suratlami ko‘rib chiqish natijasida bolalar nimalami o‘zlashtirishlari
lozimiligini, qaysi yangi so‘zlami esda saqlashlarini va uning mazmuni
ni tushunib olishlarini, suratlami ko‘rib chiqishdagi izchillikni, bolalar
diqqatini nimalarga qaratishni va ular yuzasidan beriladigan savollami
o‘ziga belgilab qo‘yishi lozim. Savollar qisqa va aniq bo‘lishi, bola
lar tajribasiga asoslanishi, ularga fikr yuritishni, boshlang‘ich - oddiy
xulosalar chiqara olishni o‘rgatishi kerak. Shuningdek, tarbiyachi su
ratlar bo‘yicha mashg‘ulotni qanday boshlash va yakunlashni o‘ylab
qo‘yishi, mavzu mazmuniga mos she’rlar, topishmoqlar, maqollar, tez
aytishlar, kichik hikoyalar ham tanlashi kerak.
Suratlar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda bolalarni
so‘zlashuv nutqiga (dialogik) o‘rgatish. Suratni ko‘rish va u haqida
suhbat mashg‘ulotining uslubiyoti xuddi kuzatish mashg1 ulotining
uslubiyotiga o‘xshashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |