Kurs ishining maqsadi:Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni suhbat orqali tarbiyalashning usullarini o`rganish.
Kurs ishining vazifalari:
Mavzuga oid ilmiy, o’quv va badiiy manbalarni o’rganish;
Pedagogik tajriba uchun vositalar tanlash;
Bola nutqini rivojlantirish va mashg’ulotlar olib borish;
Olingan natijalar tahlilini amalga oshirish va tegishli tavsiyalar berish;
Kurs ishini talab darajasida jihozlash va rasmiylashtirish;
Kurs ishining predmeti: Bolalarni suhbat orqali tarbiyalash.
Kurs ishining metodlari:
Kuzatish;
Suhbat;
Tajriba;
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, asosiy qism: I bob, II bob, III bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda eng avvalo u bilan suhbatlashishi kerak. Bolalar bilan suhbat jarayonida uning ichki dunyosini, xarakterini va qiziqishlarini bilish mumkin. Chunki bolalar beg’ubordir, ularda g’araz niyat bo’lmaydi. Shuning uchun ular bergan savollarga ro’y-rost javob qaytarishadi. Bu bilan birgalikda tarbiyachiga ham bu bolalarni tarbiyalash birmuncha oson kechadi. Bolalarning nutqini rivojlantirishga harakat qilish tarbiya qilish uchun bosilgan ilk qadamdir. Bolalar o’z fikrini erkin ayta olish, erkin bayon qilish uchun uchun ularda ko’nikma va ravon nutq bo’lishi zarur. Ravon nutqli bolalar fikrini tez va oson yetkazib bera oladi. Agar bolaning nutqida birmuncha nuqson yoki duduqlanish bo’lsa bu bolaning o’zida ham gapirishga, ham fikrini yetkazib berishga birmuncha qiyinchilik tug’diradi, bu tinglovchi tomonga ham oson bo’lmaydi. Chunki ularni tushuna olmasliklari mumkin. Bolalarning nutqini rivojlantirish turli usullari mavjud. Ularning biri bolaning monologik nutqini rivojlantirish, ya’ni bolalarni ko’proq gapirtish kerak. Suhbat jarayonida bolalarga ko’proq savol berib, ularni ko’proq gapirtish kerak. Masalan: o’zing haqqinda aytib ber, senga qaysi multfilmlar yoqadi, sen nimalarni yomon ko’rasan va h.k. Bu kabi savollar berish yordamida bolalarning nutqini ham rivojlantiramiz, ularning qiziqishlari va xarakterini ham bilib olishimiz mumkin. Biz bolaga bu savollarni berar ekanmiz, unga bizning qiziqish bildirayotganimizni, e’tibor markazida ekanligini tushunadi va unga bo’lgan e’tiborni bepisand qoldirmay, aksincha, bundan quvonchga to’lib o’zi haqida barchasini so’zlab beradi. Bola bu suhbat jarayonida nutqiy jihatdan juda ko’plab xatoliklarga yo’l qo’yadi. Masalan; tez-tez gapirishi, duduqlanishi, so’zlarning zanjirini buzgan holda oxirgi so’zlarini qayta-qayta takrorlashi yoki so’zlash jarayonida pauza ushlab qolishi mumkin. Bu bolalarda oddiy hol. Biz ularga bularni o’rgatib borishimiz kerak. Chunki ular hali nutqning qonun-qoidalarini tushunishmaydi. Ularning gapirayotgan gap-so’zlari o’zlari uchun to’g’ri hisoblanadi. Biz ularni asta-sekinlik bilan tushuntirib, to’g’rilab borishimiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |