1.2 Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar
“Umumiy psixologiya” o’quv fanini o’zlashtirish natijasida bakalavr:
-psixologiya fanining mazmuni, mohiyati, psixika va ongni taraqqiyoti, bilish jarayonlari, psixik holatlar, shaxsning hissiy-irodaviy sohasi, individual-psixologik xususiyatlarini, psixik taraqqiyot va uning omillari, ushbu omillarning psixik rivojlanishga ta`sir ko’rsatish mexanizmlari va qonuniyatlarini, ontogenezning turli bosqichlarida psixik rivojlanishning asosiy xususiyatlarini bilishi bilishi kerak;
-talaba shaxs, muloqot, faoliyat, individual xususiyatlar yuzasidan tushuncha, tasavvurga ega bo’lish bilan birga, psixik rivojlanishga ta`lim-tarbiya jarayonlarining ta`sir xususiyatlarini prognoz qila olish, ushbu jarayonni shu asosida loyihalashtirish va amaliy faoliyatga tadbiq etish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak;
-talaba shaxsdagi psixologik jarayon, holatlarni yuzaga kelish mexanizmlari, qonuniyatlari, tuzilishi, tashqi omillar ta`siriga berilishiga doir hamda shaxs kamoloti yo’lida ta`lim-tarbiya ishlarini to’g`ri tashkil qilish malakalariga ega bo’lishi kerak.
1.3 Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi
“Umumiy psixologiya” fani asosiy umumkasbiy fani hisoblanib, 1-5-semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish uchun o’quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy iqtisodiy (falsafa, pedagogika va h.k), matematika va tabiiy-ilmiy (informatika va axborot texnologiyalari, yosh fiziologiyasi va gigiena va h.k) blokidagi fanlar bilan aloqada o’rganilib, bu fanlardan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik
Ushbu o`quv fani bo`yicha nazariy va amaliy mashg`ulotlarda biogenetik qonunlar, psixologik nazariyalar, falsafiy qarashlar, tarixiy jarayonlar va zamonaviy ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar e`tiborga olinishi lozim.
Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim. Bu ta`lim o`z mohiyatiga ko`ra ta`lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to`laqonli rivojlanishlarini ko`zda tutadi. Bu esa ta`limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma`lum bir ta`lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog`liq o`qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta`lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida mujassam etmog`i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo`g`inlarini o`zaro bog`langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo`naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta`lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o`quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo`naltirilgan ta`limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o`quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o`z-o`zini faollashtirishi va o`z-o`zini ko`rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta`limni tashkil etish. Demokratik, ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e`tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta`lim. Ta`lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta`lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob`ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo`llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta`minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo`llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o`quv jarayoniga qo`llash.
O`qitishning usullari va texnikasi. Ma`ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta`lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.
O`qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o`zaro o`rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O`qitish vositalari: o`qitishning an`anaviy shakllari (darslik, ma`ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |