O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI ОLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NUKUS DAVLAT PEDAGОGIKA INSTITUTI
"TASDIQLAYMAN"
O’quv ishlari bo’yicha prorektor .
________ M.Jumamuratov
«___»______________2021
Umumiy psixologiya
FANINING ISHCHI O’QUV DASTURI
(3-KURS)
Bilim sоhаsi: 100000–Gumanitar soha
Tа’lim sоhаsi: 110000–Pеdаgоgikа
Bakalavriat yónаlishi: 60112200-Jismoniy madaniyat
-
Mashg‘ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
Semestr
|
V
|
VI
|
Ma`ruza
|
36
|
36
|
-
|
Seminar
|
40
|
40
|
-
|
Mustaqil ta`lim soati
|
44
|
44
|
-
|
Umumiy auditoriya soati
|
76
|
76
|
-
|
Umumiy o`quv soati
|
120
|
120
|
-
|
NUKUS - 2021
Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvоfiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi: K.Kenjebaeva- NDPI «Umumiy pedagogika va
psixologiya» kafedrasi, katta o’qituvchisi,
G.Matmuratova – NDPI «Umumiy pedagogika va
psixologiya» kafedrasi, katta o’qituvchisi,
Taqrizchi: Saparov. Sh. - NDPI «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi dostenti
Fanning ishchi o’quv dasturi «Umumiy pedagogika va psixologiya» kafedrasining 2021 yil "____" _____ dagi "№___ - sоn yig’ilishida muxоkamadan o`tgan va fakultet kengashida muxоkama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: Utebaev T.T.
Fanning ishchi o’quv dasturi “Bochlang’ish ta’lim” fakulteti kengashida muxоkama etilgan va fоydalanishga tavsiya qilingan (2021 yil «___»___ № - sоnli bayonnоma).
Fakultet kengashi raisi: Seytjanova U.K
Ishchi uquv dasturi NDPI ilmiy kengashi 2021 yill «__» , № ___ - soni bilan tasdiqlangan.
1.KIRISH
Ushbu dastur Umumiy psixologiya fanining mohiyati, psixikani rivojlanishi, shaxs psixologiyasi, bilish jarayonlari, shaxsning hissiy-irodaviy sohasi, individual-psixologik xususiyatlari, psixologik holatlar hamda shaxsning shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan psixologik fiziologik va jismoniy o’zgarishlar, shuningdek shaxsga xos sifat, xususiyat, holatlar; ta`lim-tarbiya jarayonini to’g`ri tashkil qilishning yoshga bog`liq jihatlarining psixologik mexanizmlarini o’z ichiga qamrab oladi.
1.1 O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarda psixologiya fani, psixika, shaxs, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari, irodaviy sifatlar, hissiy holatlar, individual-xususiyatlarga doir bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir, hamda bo’lajak pedagog mutaxassislar tamonidan psixik taraqqiyot qonuniyatlari, davrlari, mexanizmlari, omillari va shart-sharoitlari haqidagi zamonaviy ilmiy bilimning o’zgartirilishini tashkil etishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga psixologiyaning mohiyati, psixika va ong tushunchalari, psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar, psixik rivojlanish va uning o’ziga xos xususiyatlari, yosh davrlari tasnifi, psixik taraqqiyotning turli bosqichlari uchun xos psixofiziologik va psixologik xususiyatlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |