Ajiniyoz nomidagi NDPI Ellikqal'a pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi yo'nalishi talabasi Raximova Yulduzning Matematika o'qitish metodikasi fanidan kusr ishi uchun ishlagan taqdimoti.
Boshlang'ich sinflarda natural sonlar ustidagi amallarni o'qitishning muhim masalalari.
Mavzu:
Reja:
1. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari.
2. " O'n" va " Yuzlik" ichida sonlarni nomerlashga o'rganish.
3. "Minglik" va "Ko'p xonali sonlar" ichida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi.
Natural son va nolni nomerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlangich matematika kursini asosini tashkil qiladi. Unga qo'shib algebra va geometriya elementlari o'qitiladi. Dasturda natural sonlar va nol haqidagi ma'lumotlarni asta-sekin o'nlik, yuzlik, minglik va ko'p xonali sonlar konsentrlari (takroriy) kiritish nazarda tutiladi. Bu o'nlik sanoq sistemasining xususiyalari bilan, og'zaki va yozma nomerlashni takror-takror qo'llash orqali beriladi.
Birinchi o'nlikni nomerlashda 1-10 sonlarini sanash, nomerlarni aytish, ketma-ketligini, katta-kichikligini o'zlashtirish nazarda tutiladi. 1-o'nlik bilan nol' soni ham birga o'rgatiladi. Uni bo'sh to'plamning harkteristikasi sifatida berilgan. Nomerlash davomida 11-20, keyin 21-100 ichida sonlarni nomerlash qaraladi. 1-,2-, ....o'nliklarni hosil qilish, birgalikda o'nliklarni, ya'ni o'nli sanoq sistemasining mohiyati tushuntiriladi. Keyingi sinflarda 100 ichida, 1000 ichida va ko'p xonali sonlar og'zaki va yozma nomerlash, arifmetik amallar bajarish, komponentlarning nomlarini o'rgatishlar amalga oshiriladi.
Natural son va nol ustida ishlash boshlang`ich sinflarda 4 yil o`qish davomida olib boriladi. Matematika dasturi natural son va nol haqidagi ma'lumotlarni asta-sekin 10, 100, 1000, ko`p xonali sonlar konsentrlari bo`yicha kiritishni nazarda tutib tuzilgan.
1-sinfda o'qitishning natijasi 10 ichida sonlarni qo'shish jadvalini, shu sonlar tarkibining tegishli hollarini ayirishni ongli va puxta o'zlashtirishni hamda bu o'zlashtirishni avtomatizmgacha etkazishdan iborat bo'lishi kerak. Bolalar 3+6=9 ekanini, 9 bu 4 va 5 ekanini, 9-6=3, chunki 9 bu 3 va 6 ekanini og'zaki bilishlari kerak.
100 ichida sonlarni nomerlash metodikasini o'rganish natijasida o'quvchilar quyidagi ko'nikmalar, malakalarni egallab olishlari kerak:
100 ichida nomerlashda sonlarning nomlarini o'zlashtirish, ular o'nliklardan va birliklardan qanday hosil bo'lishini tushuntirish
Sanoqda sonlarning kelish tartibini bilish . Sonlarning natural ketma-ketligidagi o'rinlarini bilganlikka asoslanib sonlarni taqqoslab olish. ( 45 katta 35 dan, chunki to'rt o'nlik katta uch o'nlikdan ).
100 ichida sonlarni yozish va o'qiy bilish
Natural ketma-ketlikni bilganlikka asoslanib sonlarni
(39+1, 50-1, 27+1, 27-1, 75-1 ) ko'rinishdagi
qo'shish va ayirishni, sonlarni xona qo'shiluvchilarining yig'indisi bilan (68=60+8) almashtirish malakasini egallab olish.
Ikki xonali yozma nomerlash qisman takrorlanib uch xonali sonlarni yozma nomerlashga o'tiladi. "Son" va "raqam" terminlarining ma'nolari va bular orasidagi farqlar; sonlarning yozilishida raqamlarning o'rin qiymati, shuningdek, ikki xonali sonlarning xona tarkibi tahliliga oid bir necha mashqlar bajariladi. O'quvchilarga sonlar kassasidan 0, 3,4, 10, 20, 70, 95, 100, 200, 500, 900, 999 sonlarni olib necha xonali ekanligi tahlil qilinadi. Masalan 547 sonini hosil qilish uchun 500 soni yozilgan va 40 soni yozilgan, 7 soni yozilgan ko'rgazmalar qator qilib doskaga tizib quyiladi va sonlardagi nollar berkitilib ustiga 40 soni, bu sondagi nolni bekitib 7 soni qo'yiladi, natijada 547 soni hosil bo'lishi tushuntiriladi.
1000 dan katta sonlarni nomerlash birliklarni ikki yoqlama guruhlashga asoslanadi: quyi xonaning 10 birligi undan keyingi yuqori xonaning 1 birligini tashkil etadi, quyi sinfning 1000 birligi undan keyingi yuqori sinfning 1 birligini tashkil etadi. II sinf birligi – ming va bu birliklar bilan ularni I sinf birliklari kabi o`nlik, yuzlik, mingliklarga guruhlab sodda birliklar kabi sanaladi. Ko`p xonali sonlar turli sinflar birliklarini sanash natijasida hosil bo`ladi. Shuning uchun ular «Sinflar bo`yicha» o`qiladi va yoziladi, har bir sinf ichida esa sonning hosil qilishi, atalishi va yozilishi 1000 ichida kabi amalga oshiriladi
E'tiboringiz uchun rahmat!
Foydalanilgan adabiyotlar.
- .Jumayev.M.E va boshqalar.Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi (oily o’quv yurti talabalari uchun darslik) Toshkent “Fan va texnologiya” 2005-yil
- Jumayev M.E. va boshqJumayev M.E. va boshq. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan fakul’tativ mashg‘ulotlarni tashkil etish
- .Ahmedov M., Abdurahmonova N., Jumaev M.E. Birinchi sinf matematika darsligi m/q
- N.Abdurahmonova,L.O’rinboyeva 2-sinf matematika darsligi,Toshkent, “Yangiyo’l Poligraf Servis”
Do'stlaringiz bilan baham: |