Yillik sur’ati bir necha o’n yoki yuz foizni tashkil etgan inflyatsiya pul tizimining boshlanayotgan yoki kuchayayotgan inqirozi belgisidir. Giperinflyatsiya uning halokatini, butun bozor mexanizmi falajlanishini anglatadi.
Giperinflyatsiyaning rasmiy mezoni amerikalik iqtisodchi Filipp Kegan tomonidan kiritilgan. F. Kegan giperinflyatsiyaning boshlanishi deb narxlarning birinchi bor 50% dan oshgan oyni, tugallanishi deb esa narxlarning o’sishi bu sur’atdan pasaygan va shundan so’ng kamida bir yil davomida undan oshmagan oydan oldingisini hisoblash kerak deb taklif qilgan. Giperinflyatsiya sharoitida pul o’zining qiymat o’lchovi va almashinuv vositasi singari funktsiyalarini bajarolmay qoladi. Normal iqtisodiy munosabatlar buziladi. Mablag’lar ishlab chiqarishga emas, balki tovar-moddiy boyliklari jamg’arishga yo’naltiriladi.
Inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning xaqiqiy hajmi qisqarishi bilan bir vaqtda nominal hajmining ortib borishi kabi vaziyat sodir bo’ladi. Daromadlarni ishlab chiqarish tomonidan ta’minlanmagan o’sishi aholi qo’lidagi puliing taklif qilinayotgan tovar va xizmatlardan oshiqchaligiga olib keladi. Bunday hol pul birligining xarid quvvatini pasaytiradi, bir miqdordagi pulga joriy yilda o’tgan yildagiga nisbatan aholi kamroq mahsulot sotib oladi, ya’ni, uning real daromadi kamayadi. Inflyatsiyaning o’sish sur’atini quyidagicha aniqlash mumkin:
Inflyatsiya o’sish sur’ati =
R1 – joriy yilning narxlar indeksi;
4.Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi siyosat
4.Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi siyosat
Inflyatsiyaga qarshi siyosat - narxlar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflyatsion keskinlikni yumshatishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Inflyatsiyaga qarshi siyosati inflyatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga qaratilgan faol va inflyatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv ko’rinishda bo’lishi mumkin.
Inflyatsiyaga qarshi siyosati o’z ichiga quyidagilarni oladi:
-yalpi talabni tartibga solish;
-yalpi taklifni tartibga solish.
Keynschi iqtisodchilar birinchi yo’nalish tarafdorlari bo’lib, ular davlat buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi taklif darajasini ko’tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatning bu tadbirlari iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va ishsizlikni kamaytiradi.
Ammo bunday inflyatsiyaga qarshi siyosati davlat byudjeti taqchilligini yuzaga keltiradi va qo’shimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tug’diradi. Keyns davlat byudjeti taqchilligini davlat tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan.