Ajardi: Islomshunoslik (Islom tarixi va manbashunoslik) 3-bosqich talabasi: Ismoilova Sofiya Ilmiy-rahbar


Fors va turkiy tillardagi matnlarining tarqalishi



Download 52,83 Kb.
bet5/6
Sana18.07.2022
Hajmi52,83 Kb.
#823747
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Safiya

2.2 Fors va turkiy tillardagi matnlarining tarqalishi
Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat7.
Qadimgi Turk manbalari orasida XVII asrda Sibir hamda Mo’g’ilistonda, Oltoy hamda O’zbekistonda topilgan runiy bitiklar alohida qiymatga ega. Bu yozuvlarning yetti guruhi – Lena – Baykalbo’yi bitiklari, Yenisey, Mo’g’uliston, Oltoy, Sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo bitiklari ma’lum. Bu bitiklar O’zbekiston xalqlarining arablar istilosi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotini o’rganishga yordam beradi.
“Buxoro tarixi” “Buxoro tarixi”, “Tarixi Narshaxiy” va “Tahqiq ul-viloyat” (“Buxoro viloyati tahqiqi”) nomlari bilan mashhur bo’lgan bu asarda Buxoro va quyi Zarafshon vohasida joylashgan shahar va qishloqlarning jo’g’rofiy holati, aholisining VII-X asrlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotini aks ettirgan qimmatli tarixiy manbadir.
Kitob muallifining nomi qisqacha Narshaxiy (899-959 yy.) deb ataladi. Uning to’liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Jaxfar ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Shariq bo’lib, X asrda ijod qilgan buxorolik ymrmk tarixchi sifatida mashhurdir. Tarixchi Sam’oniyning ma’lumotiga qaraganda, Narshaxiy asli Buxoroning Narshax (hozirgi Vobkent yonida) qishlog’idan. Narshaxiy o’z asarini 944 yili yozib tugallagan.
“Buxoro tarixi” asarining Narshaxiy yozgan arab tilidagi asli saqlanib qolmagan. Asar 1128 yili farg’onalik (Quva shahridan) Abunasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Qubaviy tarafidan ilk bor qisqartirilib forsiy tilga tarjima qilingan. Oradan taxminan 50 yil o’tgach, 1178 yili kotib Muhammad ibn Zufar ibn Umar“Buxoro tarixi” tomonidan ikkinchi marta tahrir etildi.
Shuni ham ko’rsatish lozimki, “Buxoro tarixi” asarining bizgacha yetib kelgan nusxalarida 1178-1220 yilgi voqealar bayoni uning tarkibiga kiritib yuborilgan. Shunga qaraganda, Narshaxiyning asari uchinchi marta noma’lum muharrir tomonidan to’ldirilgan ko’rinadi.


“Buxoro tarixi” O’zbekistonning arablar tomonidan bosib olinishi, bu yerda islom dinining tarqatilishi hamda mamlakatning Somoniylar hukmronligi yillaridagi tarixini bayon etadigan noyob manbadir.
Bu asarning forsiy matni 1892, 1894, 1904 va 1939 yillarda Parij, Buxoro va Tehronda chop etilgan. Kitob rus, ingliz va o’zbek tillariga (1897, 1954, 1966 yillari) tarjima qilingan.
“Hudud ul-olam” “Hudud ul-olam” fors tilida yozilgan (982 y.) birinchi jug’rofiy xarakterdagi asardir. Kitobning to’la nomi “Hudud al-olam min Mashriq ila-l Mag’rib”dir( “Sharqdan Ғarbga qarab joylashgan mamlakatlarning chegaralari”). Asar muallifi noma’lum. U Guznono (Afg’onistonning sharqi-shimoliy qismida joylashgan qadimiy viloyat) hokimlaridan (Farug’iniylar) biriga atab yozilgan. Kitobning yagona qo’lyozma nusxasi sharqshunos A.G.Tumanskiy (1861-1920 yy.) tomonidan 1892 yili Buxoroda topilgan.
“Hudud ul-olam” asari muqaddima va 59 bobdan iborat. Uning 1-7 boblarida yerning tuzilishi, dengizlar, orollar, tog’lar, daryolar, cho’lu biyobonlar hamda dunyoning inson yashaydigan to’rtdan bir qismi – rub’i maskun va unda istiqlmat qiluvchi xalqlar, rub’i maskunning mamlakat hamda viloyatlariga taqsimlanishi haqida umumiy mulohaza yuritiladi.
8-59- boblarida sharqdan g’arbga qarab joylashgan mamlakatlar, ularni xalqi, o’sha mamlakatlarda ishlab chiqariladigan asosiy matolar, ayrim o’rinlarda esa savdo-sotiqning umumiy ahvoli xususida so’z boradi.
“Hudud ul-olam” asarida O’zbekistonning shaharlari, aholisi va ularning mashg’uloti haqida qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz.
Asarning matni aynan (fotomatni) faksimilesi, kirish va zarur izohlar bilan birga, 1930 yili V.V.Bartold tarafidan, inglizcha tarjimasi esa (tadqiqot va izohlar bilan birga) 1937 yili V.F.Minorskiy tarafidan nashr etilgan. Uning forscha matni ikki marta (M.Sotude va sayyid Jaloluddin Tehroniy tarafidan) Eronda chop etilgan. 1983 yili asarning tojikcha nashri amalga oshirilgan.


Ushbu kitob fors tilidagi ilk tarixiy-jug’rofiy manba sifatida juda qimmatli asar hisoblanadi.
“Siyosatnoma” Bu mashhur asar muallifi Nizomulmulk laqabini olgan Saljuqiylar davlatida vazir sifatida xizmat qilgan yirik davlat arbobi va tarixchi olimdir. Uning asli ismi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Ishoq at-Tusiy (1018-1092 yy.) bo’lib, Saljuqiy hukmdorlar Sulton Alp Arslon (1063-1073) hamda Sulton Malikshoh I larning bosh vaziri bo’lgan va bu davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o’ynagan. U saltanatdagi tarqoqlikka barham berish, markaziy davlat tuzumini mustahkamlash, davlatning moliyaviy ishlarini tartibga solish uchun harakat qilgan. Shuning uchun unga mamlakatni tartibga soluvchi, ya’ni Nizomulmulk nomi berilgan. Nizomulmulk Bag’dodda “Nizomiya” atalmish musulmon huquq-aqoid maktabiga asos solgan.
“Siyosatnoma” asarining boshqa nomi ”Ciyar al-muluk” (“Podshohlarning turmushi”)dir. Kitob 1092 yili yozib tugallangan. U 51 bobdan iborat bo’lib, unda davlat tizimi, moliyaviy hisob-kitob ishlari, qo’shin tuzulishi, mansablar va ularga amaldorlarni tayinlash tartibi, amaldorlar faoliyati muammolari xususida fikr yuritiladi.
Asarda O’zbekiston tarixiga oid muhim va qimmatli ma’lumotlar bor. Somoniylar zamonida turk g’ulomlarining davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o’rni, Turkiston xonlari Qoraxoniylar saroyida xizmat qiluvchi xodimlarning maishiy ahvoli, Somoniylar xizmatida bo’lgan amirlar unvonlari, Xorazmshoh Oltintosh (1017-1032) bilan Sulton Mahmud Ғaznaviyning vaziri Ahmad ibn Hasan o’rtasidagi yozishmalar ana shular jumlasidandir. Asarda, bundan tashqari, karmatlar, botiniylar harakati, Muqanna qo’zg’oloni haqida ham ayrim diqqatga sazovor ma’lumotlar mavjud.
“Siyosatnoma”ning forschasi 1931, 1956 yillari, frantsuzchasi 1893 yili, inglizchasi 1960 yili hamda ruschasi 1949 yili B. D. Zaxoder tomonidan chop qilingan. Kitob o’zbek tiliga ham tarjima qilingan.


“Chor maqola” “Chor maqola” nomi bilan mashhur bo’lgan bu qiziqarli asar muallifi Nizomiy Aruziy Samarqandiydir. Uning o’z ismi Najmuddin Ahmad ibn Umar ibn ali bo’lib, asli Samarqandlikdir. Otasi bir vaqtlar Saljuqiy Alp Arslon xizmatida bo’lgan. Bo’lg’usi olim IX asrning 90- yillarida tug’ilgan, 1116-1119 yillari Sulton Sanjar (1118-1157) saroyida Nishopurda hayot kechirdi, so’ngra Gur va Bomiyonda (Afg’onistonning markaziy qismida joylashgan viloyatlar) hukm surgan Shansabiylar xizmatiga kirdi va umrining oxirigacha o’sha yerda yashadi.

XULOSA
Eng qad. turkiy yozma yodgorliklar (urxunenisey yozuvida) 7— 11-asrlarga mansub boʻlib, ular, asosan, qabrtoshlar tarzida Shim. Mongoliya, Qirgʻizistonda, Yenisey daryosining yuqori qismi, Talas vodiysida va boshqa joylarda topilgan. Brahmi va sugʻd yoʻzuvlarida bitilgan qad. turkiy yodgorliklar ham uchraydi (Sharqiy Turkiston va Oʻrta Osiyo). Keyinchalik uygʻur va arab alifbolari asosidagi turkiy yozuv sharqsa (Qashqar, Oʻrta Osiyo, Oltin Oʻrda hududi, Volgaboʻyida) va gʻarbda (saljuqiylar davlatida, Ozarbayjon, Turkiya va boshqa hududlarda) rivojlandi. Xitoyda yashovchi uygʻurlar 11-asrdan hozirgigacha arab alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanadilar.
Qadimgi yozuv anʼanalariga ega boʻlgan turkiy xalkdarning aksariyati (oʻzbek, uygʻur, turk, ozarbayjon, turkman, tatar, boshqird kabi) 20-asrning 20-yillarigacha arab alifbosi asosidagi yozuvga ega boʻlgan. Turk tili 1929-yildan lotin alifbosi asosidagi yozuvga oʻtgan. Sobiq SSSRdagi barcha Turkiy tillar uchun 20-yillar oʻrtalarida lotin grafikasi asosida alifbolar ishlab chiqildi va ular 1930-yilgacha ixtiyoriymajburiy tarzda ana shu yozuvga oʻtkazildi; 1938—40 yillarda esa ayni shu tartibda rus grafikasi asosidagi yozuvga oʻtkazildi. SSSR parchalanib ketgandan keyin 1991-yilda Ozarbayjon va Turkmanistonda, 1993-yilda Oʻzbekistonda lotin yozuviga asoslangan alifbo joriy etish haqida qaror qabul qilindi va bu qarorlar amalga oshirilmoqda.


Download 52,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish