oilaning iste’mol daromadi
hisoblab chiqiladi, u
umumiy daromadlardan farqli o’laroq, o’z mazmun-mohiyati jihatidan oilaning
soliq va jamg’armalari chiqarib tashlangandan so’ng qolgan pul xarajatlariga
to’g’ri keladi. Uning hajmi, miqdori xarajat turlariga qarab taqsimlanadi.
Oilaning umumiy daromadlarini tahlil etishda quyidagi ko’rsatkichlar
hisoblab chiqiladi:
ovqatlanish xarajatlari;
nooziq-ovqatlarni sotib olish xarajatlari;
maishiy xizmat, soliq, yig’imlar, to’lovlar xarajatlari;
naqd pul, jamg’arma banklariga qo’yilgan jamg’armalar, chorva,
parranda va boshqalar tabiiy ko’payishi natijasida jamg’armalarning oshishi.
Statistik amaliyotda, shuningdek, ta’lim olish, tibbiy xizmat qiymati va uy-
joy uchun dotasiyalar ham qo’shilgan umumiy daromadlar miqdori ham hisoblab
chiqiladi. Bu ko’rsatkichlardan, odatda, xalqaro tekshiruvlarda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |