yakka tartibdagi mehnat faoliyati,
ya’ni
uy sharoitida kiyim-bosh, poyabzal tikish, mebel yasash, maishiy xizmat
ko’rsatish;
agrar faoliyat,
ya’ni yer, yer uchastkasining barcha turlaridan
foydalanish;
an’anaviy uy ishlari -
ovqat tayyorlash, bolalarga qarash, kir yuvish,
uy tozalash, kiyim, poyabzalni ta’mirlash va h.k.;
yakka tartibdagi oilaviy savdo
-
ilgari to’plangan oilaviy mulkni sotish, turli tovarlarni olib-sotish.
Iqtisodiy nomehnat funksiyalar: oilaviy lizing (uy, dala-hovli, yer,
avtomobil, qayiq kabilarni ijaraga berish va shu kabi); bo’sh turgan pullarga
qimmatli qog’ozlar (veksellar, obligasiyalar, aksiyalar va h.k.) sotib olish va
foydalanish.
Oila daromadlarining asosiy qismi mehnatda, ijtimoiy ishlab chiqarishda
qatnashishdan olinadigan daromad, ijtimoiy trasnfertlardan yuzaga keladi.
Oila byudjeti daromad va xarajat qismlarga bo’linadi Oilaning daromadlari
va xarajatlariga ta’sir etuvchi omillar oilaning turi (soni va ijtimoiy-demografik
tarkibi, "ishlovchilar" va boqimandalarning o’zaro nisbati va shu kabilar), ish bilan
bandlik xarakteri, olinadigan daromadlar darajasi, uy-joy, madaniy-maishiy
buyumlar bilan ta’minlanganligi, turar joyi, joylashish xarakteri, istiqomat
qiladigan hududi va hokazolar bilan bog’liq.
Oila byudjetini tekshirish asosida
ishchi va xizmatchilar, kolxozchilar va alohida pensionerlar oilalarining
daromadlari yig’indisi hisoblab chiqiladi. Daromadlar yig’indisi tarkibiga ish haqi
(jamoa xo’jaliklari a’zolariga haq to’lash), pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar va
ijtimoiy iste’mol fondlaridan boshqa to’lovlar kiradi, jumladan, bolalarni
maktabgacha tarbiya muassasalarida, bolalar lagerlarida tarbiyalash uchun
dotasiyalar, shuningdek, sanatoriyalar, dam olish uylariga bepul va imtiyozli
yo’llanmalar qiymati, shaxsiy tamorqa xo’jaligidan olinadigan daromadlar ham
kiradi.
Bozor iqtisodiga o’tish yillarida oilalar umumiy daromadlari shaxsiy
umumiy daromad va aholining yalpi daromadlari tarkibi o’zgarishlarga yuz tutadi
va bu o’zgarishlar quyidagilarda namoyon bo’lmoqda:
1) ish haqi daromadlarning asosiy qismini tashkil etadi, ammo uning
salmog’i pasaymoqda;
2) Ijtimoiy Iste’mol Fondidan to’lovlar barcha daromadlarning taxminan 1/6
qismini tashkil etadi va o’sib borishi kuzatilmoqda;
3) shaxsiy tomorqa xo’jaligidan olinadigan daromadlar salmog’i oshib
bormokda, aholi iste’mol muammosini o’z kuchi bilan hal etishga urinayotgan
hozirgi murakkab iqtisodiy vaziyatda bu tabiiy holdir.
4) boshqa manbalar salmog’i oshib bormoqda va bu o’sishning davom etishi
kutilmoqda;
5) bozor iqtisodiyoti sharoitida ishga layoqatli har bir inson o’z moddiy
farovonligi uchun o’zi ma’suldir.
Oila byudjeti asosida
Do'stlaringiz bilan baham: |