Ijtimoiy-demografik ko’rsatkichlar
aholining yoshi, jinsi, kasbiy-
malakaviy tarkibini, ishchi kuchini jismoniy takror ishlab chiqarishni ifodalaydi.
Ular ijtimoiy ko’rsatkichlarda o’z aksini topadi va ijtimoiy soha, umuman,
iqtisodiyot taraqqiyoti bilan mustahkam aloqada. Bu omillar aholishunoslikning
tabiiy asoslari, ya’ni aholi, uning ayrim guruhlari sonining o’zgarishi, umr ko’rish
davri haqida tasavvur hosil qiladi.
Ko’rsatkichlarning
obyektiv va subyektiv
turlarga bo’linishi insonlar
hayot faoliyatidagi o’zgarishlarni asoslash zarurati bilan izohlanadi. Obyektiv
ko’rsatkichlar obyektiv (iqtisodiy, texnik va hokazo) bazaga ega bo’lsa, subyektiv
ko’rsatkichlar aholi guruhlari yoki alohida shaxslarning mehnat, oilaviy
munosabatlar, daromadlar, ish, turmush tarzi va shu kabilardan qoniqishi bo’yicha
hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |