1.1 Ish bilan bandlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va uning asosiy turlari hamda shakllari
Aholini ish bilan ta’minlash inson ijtimoiy rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri bo‘lib, umehnat masalalari bilan bog‘liq muammolarni hamda mehnatga bo‘lgan taklif va talablarni qondirish yo‘llarini ochib beradi. Ish bilan bandlik kishilarning ish joylari qayerdaligidan qat’i nazar, ijtimoiy foydali mehnatda qatnashish yuzasidan o‘zaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaridir. Ish bilan bandlik munosabatlari, mehnatga layoqatli kishilarning qanchasi va qay darajada ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishini ko‘rsatadigan ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichdir.
Ish bilan bandlik ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida namoyon bo‘lar ekan, uni quyidagicha ta’riflash mumkin. Ish bilan bandlik – fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq, ularga ish haqi yoki mehnat daromadi keltiradigan faoliyatdir.
Aholining ish bilan bandlik konsepsiyasi jamiyatniijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muayyan bosqichidagi ish bilan ta’minlanishning xususiyatini ochib beradigan qarashlar, tasavvurlar tizimidir.
Hozirgi vaqtda ish bilan band aholiga barcha yollanib ishlayotgan xodimlar, o‘quvchilar, harbiy xizmatchilar bilan bir qatorda o‘zini o‘zi mustaqil ravishda ish bilan ta’minlaydigan fuqarolar va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan fuqarolar kiritilgan.
Aholining ish bilan bandlari:
a) pul bilan to‘lanadigan yoki natura holidagi haq evaziga yollanib, shuningdek o‘z faoliyati evaziga qancha muddat haq yoki daromad olishidan qat’i nazar, foyda yoki oilaviy daromad olish uchun yollanmasdan haftasiga kamida 2 soat ish bajarganlar;
b) kasalligi yoki jarohatlanganligi tufayli, bemorlarga qarab turuvchilar;
yillik mehnat ta’tili yoki dam olish kunlarida, o‘z ish joyidan tashqarida ta’lim olganlar;
ma’muriyat tashabbusi bilan ta’minoti saqlab qolingan yoki saqlanmagan holda mehnat ta’tilida bo‘lgan va boshqa shunga o‘xshash sabablar bilan vaqtincha ishda bo‘lmaganlar;
v) oilaviy yoki xususiy kichik korxonada haq olmasdan ish bajargan shaxslardan tashkil topadi.
Ish bilan band bo‘lgan aholiga ikki guruh fuqarolar kiradi:
1. Ko‘ngilli ravishda ish bilan band bo‘lmagan, er-xotindan birining, ota-onasi va boshqalarning mablag‘lari hisobiga yashaydigan fuqarolar.
2. Noilojlikdan ish bilan band bo‘lmagan xodimlar kiradi. Ular, o‘z navbatida:
a) mustaqil ravishda ish qidirayotganlar;
b) ish bilan band etishga ko‘maklashuvchi Markazlar yordamida ish qidirayotgan va rasmiy maqomga ega bo‘lgan holda ishsizlik yuzasidan nafaqa oladigan ishsiz fuqarolarni o‘z ichiga oladi.
Iqtisodchilar ish bilan bandlikning turli shakllarini ajratadilar, ularning ayrim belgilariga qarab guruhlarga bo‘linishi 1-chizmada keltirilgan. Ushbu chizmada keltirilgan ish bilan bandlik shakllari O‘zbekistonda hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan ish bilan bandlik munosabatlari modelini tashkil etadi. Bu modelda ish bilan bandlikning yangi shakllari, ish bilan bandlik chegaralarining kengayishi ham, ish bilan bandlik u yoki bu shakllarining hozirgi realliklarga to‘g‘ri keladigan mazmun bilan to‘ldirilishi ham aks ettirilgan.
1 -chizma1
Yollanib ishlaydiganlar – ish bilan bandlarning eng ko‘p sonli guruhi bo‘lib, mulkchilikning har qanday shaklidagi korxona rahbari yoki alohida shaxs bilan pul yoki natura holida haq oladigan mehnat faoliyati shartlari haqida yozma mehnat shartnomasi, kontrakt yoki og‘zaki bitim tuzgan shaxslarni o‘z ichiga oladi.
O‘z-o‘zini yollash tufayli mustaqil ish bilan bandlik (self-employment) aholining ish bilan bandligini ta’minlashda nisbatan yangi shakldir. Bu shunday ijtimoiy, huquqiy munosabatlarki, ularga kishilar ijtimoiy foydali mehnatda qatnashish tufayli kirishadilar. Ular shaxsiy tashabbus, mustaqillik va mas’uliyatga asoslanadi hamda, odatda, mehnat daromadi olishga yo‘naltirilgan bo‘ladi va insonning o‘zini namoyon etishi va o‘z shaxsini qaror toptirishini keltirib chiqaradi. Bunda miqdor emas, balki sifat ko‘rsatkichi muhimroqdir.
Mehnatga layoqatli aholini qamrash bo‘yicha ish bilan bandlikto‘liq va to‘liqsiz (qisman) ish bilan bandlik bo‘lishi mumkin.
Ish bilan to‘liq bandlik – jamimehnatga layoqatli aholiga ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanishning haqiqiy imkonini berishdir. Biroq 100,0%dan kamroqni tashkil qiladigan ish bilan bandlikdir. To‘liq ish bilan bandlik noiloj ishsizlikning mavjud emasligiga tengdir.
To‘liqsiz (qisman) ishsizlik to‘liqsiz ish vaqtining miqdoriy xususiyatlari bo‘yicha quyidagi shakllarga ajratiladi:
To‘liqsiz ish mobaynida bandlik(qisqartirilgan ish haftasi, qisqartirilgan ish kuni). Bu ish vaqtining inqirozli qisqartirilishi natijasidir. Bunday tartib korxonalarning malakali va tajribali xodimlarni saqlab qolish va ishsizlikning oldini olishlariga imkon beradi.
Qisqa to‘liqsiz ish haftasiqisqa ish haftasi son jihatidan kamroq (to‘rt yarim, to‘rt, uch) ish kuniga taqsimlangan ish haftasining meyoriy uzunligidir. Bu ish kunining uzayishiga olib keladi. Uch kun va undan ham kamroq ish kunida ishlab beriladigan, uzunligi 30-34 soat bo‘lgan to‘liqsiz qisqa ish haftasi qisqa ish haftasining o‘ziga xos tartibidir. Ish bilan bandlik nuqtai nazaridan ushbu tartib hafta davomida har kuni ishlanadigan taqdirda mavjud bo‘lishi lozim bo‘ladigan ish o‘rinlari sonini ikki hissa ko‘paytirish imkonini beradi.
O‘tkazilgan tekshirishlar ana shunday tartib bo‘yicha ishlaydigan xodimlar soni ortishini ko‘rsatmoqda. Masalan, AQShda oxirgi 10 yil mobaynida bunday xodimlar soni 1,5 baravar ko‘paydi.
Ish o‘rinlarini bo‘lish. Bu, jumladan, ish vaqtining inqirozli bo‘linishidir. Bir ish o‘rni ikki xodim o‘rtasida bo‘linadi. Kishilar ish soatlari, ish haqi, dam olish kunlari, ijtimoiy imtiyozlarni bo‘ladilar. Bu ish bilan bandlik siyosatining moslashuvchanligini ta’minlash va malakali ishchi xodimlarni saqlab qolishga yordam beradi. Masalan, Buyuk Britaniyada ish o‘rinlarini taqsimlash maxsus dasturi bor. Unga ko‘ra hukumat korxonalariga har bir bo‘lingan ish o‘rni uchun 750 funt sterlingdan mablag‘ beradi.
Ish vaqtining muqobil tartibi. Bu ikki xodimni ish bilanto‘liqsiz bandlik shart-sharoitlarda ishlatish tartibi bo‘lib, u kamroq qo‘llanadi. U, shuningdek, ish o‘rinlarini bo‘lish hamdir. Lekin bunda ikki kishi bir ish o‘rnida navbati bilan (masalan, hafta oralatib) ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |