AHOLINING BO‘SH TURGAN MABLAG‘LARINI TIJORAT BANKLARIGA JALB ETISH MASALALARI. REJA
Aholining omonatlarini jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlov
Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘oliblar sakkizta asosiy va o‘n bitta qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.
Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul mablag‘larini jalb etishni yanada rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
4. Kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish
AHOLINING OMONATLARINI JALB QILISH BO‘YICHA RESPUBLIKA TIJORAT BANKLARI O‘RTASIDA TANLOV Aholining omonatlarini jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida» 2008 yil 31 oktyabrdagi Prezident Qaroriga muvofiq 2016 yil yakunlariga ko‘ra, aholi bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari aniqlandi. Tanlovda jami 27 ta tijorat bankining 855 ta filiali, 4 299 ta mini-banki hamda maxsus kassalari ishtirok etdi. Tanlov g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi 4 fevral kuni O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida bo‘lib o‘tdi.
Har yili o‘tkazib boriladigan mazkur tanlov aholining bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilishda tijorat banklarini rag‘batlantirish va ular faoliyatini kuchaytirish, banklarning investitsiya imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun resurs bazalarini mustahkamlash, omonatlarni jalb etishda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek aholiga ko‘rsatilayotgan bank-moliya xizmatlari sifatini yanada oshirish borasida ilg‘or tajribalarni keng joriy etishga da'vat etmoqda.
2016 yil davomida tijorat banklari aholi omonatlarini jalb qilish yo‘nalishidagi faoliyatlarini jadallashtirgani, bank xizmatlari to‘g‘risida aholining xabardorlilik darajasi oshgani hamda ko‘plab yangi omonat turlari joriy etilgani kuzatildi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘oliblar sakkizta asosiy va o‘n bitta qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi. Quyidagilar tanlov g‘oliblari deb e'tirof etildi: 1. «Aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi banki» nominatsiyasida: Birinchi o‘rin - «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka banki; Ikkinchi o‘rin - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki; Uchinchi o‘rin - O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki.
2. «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi filiali» nominatsiyasida: Birinchi o‘rin - «Oriyent Finans» xususiy aksiyadorlik tijorat bankining Yunusobod filiali; Ikkinchi o‘rin - «Turonbank» aksiyadorlik tijorat bankining Jizzax filiali; Uchinchi o‘rin - «Aziya-alyans bank» aksiyadorlik tijorat bankining Shayxontohur filiali.
3. «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi filiali» nominatsiyasida: Birinchi o‘rin - «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining Shovot filiali, Xorazm viloyati; Ikkinchi o‘rin - O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Ishtixon filiali, Samarqand viloyati;
Uchinchi o‘rin - «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining Chust filiali, Namangan viloyati.
4. «Plastik kartochkalar asosida ish haqi loyihalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha eng yaxshi bank filiali» nominatsiyasida:
Birinchi o‘rin - «Asaka» aksiyadorlik tijorat bankining Sirdaryo viloyat filiali; Ikkinchi o‘rin - «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining Bosh ofisi, Toshkent shahri; Uchinchi o‘rin - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Toshkent viloyat bo‘limi.
5. «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi mini-banki» nominatsiyasida:Birinchi o‘rin - «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankining Samarqand filiali «Temir yo‘l» mini-banki;
Ikkinchi o‘rin - «Kapitalbank» aksiyadorlik tijorat bankining Mirzo Ulug‘bek filiali «Kadishev» mini-banki; Uchinchi o‘rin - «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining Shayxontohur filiali «Xadra» mini-banki.