T/r
|
|
Odamlar nobud bo’lish darajasi
|
Tirik qolish
|
Nobud bo’lish
|
1
|
1-kun
|
93%
|
7%
|
2
|
2-kun
|
81%
|
19%
|
3
|
3-kun
|
33%
|
67%
|
4
|
4-kun
|
19%
|
81%
|
5
|
5-kun
|
7%
|
93%
|
6
|
6-kun
|
2%
|
98%
|
Zilzila talafotlarini kamaytirishda yana nimalarga e’tibor berish lozim?
Zilzilagacha:
1. Seysmik bardoshli inshootlarni loyihalashtirish. Binolarni zilzila kuchiga bardoshli qilib loyihalashtirish shart.
2. Mavjud inshootlarni mustahkamlash. Eski va zaif inshootlarda buzilish xavfining oldini olish uchun mustahkamlash ishlari olib borilishi shart.
3. Qurilish qoidalari va me’yorlari.Insonlar xavfsizligini ta’minlovchi puxta o’ylangan me’yorlar ishlab chiqilishi va amal qilinishi shart.
4. Hududlarni seysmik rayonlashtirish va erdan foydalanishnirejalashtirish.Seysmik xavfning manbai bo’lgan, yer uzilmalari, ko’chki tarqalgan maydonlarda qurilish ishlari bo’lmasligi qat’iy ma’n etilishi lozim.
5. Tabiiy ofatga tayyorgarlik.Qutqaruv xizmati tayyorgarligi kuchaytirilishi va xavf yuzaga kelgan paytda harakat qilish rejalari ishlab chiqilishi lozim.
6. Aholiga ta’lim berish va mashq qildirish.Insonlar zilzila haqida ma’lumotga ega bo’lishlari va doimo tayyorgarlik choralarini ko’rib qo’yishlari shart.
7. Sug’urta qilish. Sug’urta tizimi zilziladan talafot ko’rgan ob’ektlarni moddiy ta’minlanish kafolatini berishi lozim.
8. Oldindan aytish va ogohlantirish. Aloqa vositalaridan umumiy holatda berilgan ma’lumot asosida aholi dastlabki tayyorgarlikni zudlik bilan amalga oshirishi kerak.
Zilziladan so’ng:
1. Qutqaruv xizmati. Malakali mutaxassisga ega bo’lgan xizmat ko’rsatish bo’limlari Shikastlanganlarga tez yordam ko’rsatishi, yong’inni nazorat qilishi, jamoat tartibini saqlashi va me’yoriy turmush tarzini tiklashlari shart.
2. Odamlarning mustaqil harakati. Har bir kishi nafaqat o’zi to’g’risida, balki boshqalar to’g’risida ham qayg’urishi va yordam berishi lozim.
3. Qurilish tashkilotlari. Tegishli tashkilotlar elektr manbai, suv tarmog’i, transport harakatini tiklash bo’yicha keng ko’lamli ishlarni amalga oshirishlari lozim.
4. Moddiy yordam.Zilzila talafotidan aziyat chekkan insonlar, aholi o’rtasida hukumat yordami bir xilda bo’lishini ta’minlashlari lozim.
5. Ijtimoiy yordam va axloqiy tavsiya. Jamoat tashkilotlari ayrim yoki bir guruh jabrlanganlarga yordam ko’rsatish, kuchli qo’rquv va vahima holatiga tushib qolgan odamlarga yaqindan maslahat va tavsiya berishlari shart [8].
Afsuski, bizda zilzilaga ko’p to’xtalishning imkoniyati yo’q. Ammo, yuqorida ta’kidlangan amaliy tadbirlarni aholi o’rtasida keng targ’ib qilib, ularning ma’lum darajada bilimlarini oshirishga erishsak, Shuning o’zi xavfni oldindan bilishlikka olib keladi, bu esa ayrim to’g’ri harakat choralarini ta’minlanganligidan dalolat beradi.
Shuni unutmasligimiz kerakki, hukumat tomonidan qanchalik dolzarb qarorlar qabul qilinmasin, “qutqaruv xizmati” malakali mutaxassislar, zamonaviy texnika bilan ta’minlanmasin, fuqaro muhofazasiga e’tibor kuchaytirilmasa, respublika aholisi, ayniqsa vazirlik, idora, tashkilot rahbarlari yoppasiga tayyorgarlikdan o’tmasa, bu tadbirlardan kutilganidek natijaga erishish va eng muhimi xavfning oldini olish, undan keladigan zararni kamaytirish juda mushkuldir.
Nazorat savollari:
Tabiiy tusdaqi favqulodda vaziyatlar haqida ma’lumot bering
Texnogen tusdaqi favqulodda vaziyatlar haqida ma’lumot bering
Tabiiy va texnogen tusdaqi favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish haqida ma’lumot bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |