Миллий бойлик статистикаси
Миллий бойлик – иқтисодий статистиканинг таянч кўрсаткичларидан биридир. Унинг ҳажми (солиштирма баҳоларда) – мамлакатнинг иқтисодий-ижтимоий салоҳиятини ифодлайди, жон бошига тўғри келадиган миқдори эса – мамлакатнинг иқтисодий ривожланиш даражасига баҳо беради. Жаҳоннинг турли мамлакатларида иқтисодчилар миллий (халқ) бойлиги ҳажмини ҳисоблаш ва мамлакатлараро солиштириш масалалари билан шуғулланганлар. Иқтисодиёт ва статистика тарихидан маълумки, миллий бойликнинг ҳажмини биринчи бор Англияда (1664 йилда) У.Петти ҳисоблаган. Бу кўрсаткич Францияда 1789 йилда, AQSH да 1805 йилда ва Россияда эса 1864 йилда ҳисобланган. Миллий ҳисоблар тизими (МҲТ) иқтисодий статистиканинг назарий-услубий асосини ташкил этади. Шунинг учун миллий бойлик статистикасини тадқиқ қилишда, уни барча қирраларини такомиллаштириш борасида шу МҲТ-93га таянмоқ зарур. Унга биноан, миллий бойлик деганда маълум бир санага институционал бирликлар, яъни мамлакат резидентларига тегишли бўлган капитал соф қиймати тушунилади. Капитал соф қиймати институционал бирликларнинг активлари (номолиявий ва молиявий) ва мажбуриятлари орасидаги фарқ каби аниқланади Миллий бойлик мазкур давлат резидентларига тегишли бўлган номолиявий активлар ва уларнинг ташқи дунёга соф талабини ифодалайди.Маълумки иқтисодий активлар – иқтисодий объект бўлиб, улар институционал бирликларнинг мулки ҳисобланади, ундан эгалик қилиш ёки фойдаланиш туфайли иқтисодий манфаат олинади. Муҳим манфаат – бу келажакда даромад олиш имкониятидир. Баъзи бир активлар: бинолар, жиҳозлар ва бошқалар товар ишлаб чиқаришда ва хизмат кўрсатишда фаол қатнашади ҳамда фойда келтиришда улушга эга бўлади. Баъзилари эса, масалан молиявий активлар – активлар эгасига эгалик қилгани учун мулк даромадини келтиради. БМТ нинг МҲТ – 93 даги концепциясига мувофиқ мамлакат (тармоқ, сектор, ҳудуд) нинг мулкий ҳолати – миллий бойлиги соф активлар қийматига тенгдир. Бу кўрсаткични ҳисоблашда “Активлар ва пассивлар баланси” дан фойдаланилади.
MILLIY HISOBLAR TIZIMI
. Milliy hisoblar tuzumi (MHT) haqida tushuncha va uning rivojlanish tarixi MHT - bu makrodarajada statistik hisoblarni yuritishning xalqaro standarti. Bu standart BMT, XVF, JB, EVROSTAT, Iqtisodiy xamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan qabul qilinga va shu tashkilotlarga a’zo davlatlar amaliyotida qo’llash uchun tavsiya etilgan. Bugungi kunda MHT iqtisodiy faoliyat natijalarini makrodarajada qayd etish va tahlil qilish uchun foydalanadigan o’zaro bog’lik ko’rsatkichlar, tasniflar va schetlar tizimidir. Milliy schetlar tizimini tuzishdan maqsad moddiy ne’matlar va xizmatlar ishlab chiqarish, daromadlarning tashkil topishi, taqsimlanishi, qayta taqsimlanishi va ulardan foydalanish ko’rsatkichlarini, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog’lik makroiqtisodiy jarayonlar va ularning natijalarini mikdoriy tomondan tavsiflash hisoblanadi. Bu tavsif resurslar va ulardan foydalanishni o’zaro bog’lovchi ko’rsatkichlar va jadvallarda balanslash yordamida amalga oshiriladi. MHTning paydo bo’lishi va tarakkiyot bosqichlari. Milliy hisobchilikka oid nazariy va amaliy izlanishlarning boshlanishi XVII-XVIII asrlarga to’g’ri kelib, F.Kene, G.King, U.Petti, J-B.Sey kabi iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida o’z aksini topgan. Angliyaning siyosiy arifmetika maktabi namoyondalaridan G.King va U.Pettining asarlarida Angliya va Irlandiya bo’yicha milliy daromad ko’rsatkichiga oid hisoblar mavjud bo’lgan. XIX-XX asrlarda MHT nazariyasi asoslarining rivoji A.Marshall, DJ.Mill kabi iqtisodichi olimlarning ilmiy ishlari bilan bog’liq bo’lgan. Ayniqsa XX asr o’rtalariga kelib, zamonaviy MHTning kontseptual asoslarini belgilab beruvchi ilmiy izlanishlar va amaliy ishlanmalar paydo bo’ldi. A.Bouli, Dj.Keyns, K.Klark, S.Kuznets, R.Stoun, Ya.Tinbergen, V. Leontev, Dj.Xiks kabi olimlarning ilmiy ishlari zamonaviy MHTning nazariyasi va amaliyoti uchun fundamental ahamiyatga ega bo’ldi. 1929-33 yillardagi buyuk depressiyadan so’ng, ko’pgina davlatlar ma’muriyati iqtisodiyotga ta’sir etish imkoniyatlarini kuchaytirish maqsadida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisobini takomillashtirish bo’yicha ishlarni amalga oshira boshladi. 1939 yilda Millatlar Ligasi 26 ta davlat bo’yicha hisoblarni o’z ichiga oluvchi Jahon iqtisodiy tahlilini chop etdi. 1947 yilda Millatlar Ligasining Statistika bo’yicha ekspertlar qo’mitasi tomonidan memorandum e’lon qilindi, unga Richard Stoun tomonidan “Milliy daromad va unga bog’liq ko’rsatkichlarni aniqlash va baholash” deb nomlangan ishi ilova qilindi. Bu xujjat MHTning yaratilishiga asos soldi. 1953 yilda BMT tomonidan MHT e’lon qilindi. Bu tizim iqtisodiyotda kuzatish mumkin bo’lgan asosiy jarayonlarni tavsiflovchi ko’rsatkichlar hisobini aks ettiruvchi 6 ta schyotdan iborat bo’ldi. 1968 yilda MHTning qayta ko’rib chiqilgan tahriri e’lon qilindi. MHT-68 da iqtisodiy jarayonlarni tavsiflovchi schyotlar ikki guruhga ajratildi: joriy va kapital schyotlar, o’z navbatida bu schyotlar: ishlab chiqarish, iste’mol va kapitaldan foydalanish, daromadlar, xarajatlar va kapital xarajatlarni moliyalash schyotlarini o’z ichiga oldi. 1993 yilda fevral oyida BMTning N’yu-Yorkdagi Statistika komissiyasining navbatdagi sessiyada milliy hisoblar tizimining yangi standarti kabul qilindi. Zamonaviy MHT – bu milliy daromad va yalpi ichki mahsulot hisobini aks ettiruvchi oddiy jadvallar emas, balki mahsulotlar va fondlarning ishlab chiqarishdan to yakuniy foydalanishgacha bo’lgan oqimlarni, qiymatni sektordan sektorga oqimini aks ettiruvchi modeldir. MHT ni yangi nusxasi MHT BMT -1993 y kontseptsiyasi uy xo’jaligini uy bekalarini xizmatini hisoblashga tavsiya kiladi. Shu bilan birga narkotik modda ishlab chiqarish va tarqatish, yashirin ishlab chiqarish sohalarni ham hisobga olishni tavsiya kiladi. O’zbekiston Respublikasida milliy schyotlar tizimini asosiy statistikani jahon standartlari asosida reformatsiya qilish borasida davlat dasturi va uni amaliyotda qo’llanish Mamlakatimizda o’tkazilayotgan islohatlar, xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlanishi, turlicha mulkchilikka asoslangan korporatsiyalar, hissadorlik jamiyatlari, moliyaviy va tijorat muassasalari va shu kabilarni paydo bo’lishi XXB ko’rsatkichlaridan milliy hisoblar tizimi(MHT)ga o’tishni taqazo etadi. Xuddi shuning uchun ham Vazirlar Mahkamasining 1994 yilning 24 avgustidagi 433-sonli qarori bilan O’zbekistonda MHT ni joriy qilishga o’tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |