Mamlakatning
tashqi savdo balansi (to’lov balansi)
mazkur davlatning chet
ellik sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning holatini ifodalab, uning
kredit-pul, valyuta, byudjet-soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish va davlat
qarzlarini tartibga solishi uchun indikator bo’lib xizmat qiladi.
Tovarlar eksporti va importi o’rtasidagi farq savdo balansini tashkil
qiladi.
Investitsiyalardan sof daromadlar (chet eldan sof omilli daromadlar) kreditli
xizmatlardan olinadigan sof daromad hisoblanib, u chet ellarga qo’yilgan milliy pul
kapitali hisobiga keladi. Agar chet elga qo’yilgan milliy kapital mazkur mamlakatga
qo’yilgan chet el kapitaliga qaraganda ko’proq miqdorda foiz va dividend keltirsa,
bunda investitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks holda esa salbiy bo’ladi.
Sof transfertlar xususiy va davlat mablag’larning boshqa mamlakatlarga
o’tkazilgan summasini bildiradi (pensiya, sovg’a, chet elga pul o’tkazishlar yoki
chet mamlakatlarga insonparvarlik yordamlari). Bunday to’lovlar mamlakatda
mavjud chet el valyutalari zahirasini kamaytiradi.
Makroiqtisodiy modelda joriy operatsiyalar hisobi qoldig’i quyidagicha
ifodalanadi:
X
-
M
=
X
n
=
Y
-
(S+I+G)
eksport
import
sof eksport
YaIM
absorbtsiya
Absorbtsiya - yalpi ichki mahsulotning mazkur mamlakatdagi uy
xo’jaliklari, korxonalar va davlatga realizatsiya qilinadigan qismi.
Kapital harakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan barcha xalqaro
bitimlar o’z ifodasini topadi. Bular chet elliklarga aktsiyalar, obligatsiyalar,
ko’chmas mulk va h.k. sotishdan olinadigan daromadlar hamda chet eldan aktivlar
sotib olish natijasida vujudga keladigan sarf xarajatlar.
Kapital harakati
balansi
=
Aktivlar sotishdan
tushumlar
_ CHetdan aktivlar sotib
olishga sarflar
CHet el aktivlarini sotish chet el valyutalari zahiralarini ko’paytiradi, ularni
sotib olish esa kamaytiradi. Markaziy bank tomonidan chet el valyutalarining
sotilishi va sotib olinishi
rasmiy zahiralar bo’yicha operatsiyalar
deyiladi. Bu
operatsiyalar Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari bilan bir xil emas.
Rasmiy zahiralar bilan operatsiyalar natijasida joriy hisobdagi qoldiq summasi,
kapital harakati hisobi va zahiralar miqdorining o’zgarishi nolni tashkil qilishi zarur.
Respublikamizda davlat byudjeti taqchilligi ijobiy tavsifga egaligi, tashqi savdo
aylanmasida ijobiy salьdoga erishilganligi (2007 yil 3755,9 mln. AQSH dollari
miqdorida) va oltin-valyuta zaxiralarimizning yildan-yilga ko’payib borayotganligi
«...O’zbekistonning o’z majburiyatlari bo’yicha vaqtida hisob-kitob qilish kafolatini
beradigan eng ishonchli, to’lovga qodir hamkorlar qatoridan munosib joy olishini
ta’minlaydi»
1
.
1
Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш – барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош мақсадидир.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2007 йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий
ривожлантириш якунлари ва 2008 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг энг муҳим устувор
йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2008 йил 9 февраль.