Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – bu
mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda
iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olish jarayoni
hisoblanadi.
Barcha iqtisodiy jarayonlarning baynalmillalashuvi natijasida jahon
xo’jaligining quyidagi tarkibi vujudga keldi:
1)
tovar va xizmatlar jahon bozori;
2)
kapitallar jahon bozori;
3)
ishchi kuchi jahon bozori;
4)
xalqaro valyuta tizimi;
5)
xalqaro kredit-moliya tizimi.
Milliy xo’jaliklar va ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakllangan
jahon xo’jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |