Bog'liq Aholi bandligini oshirishdai – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni o’rni
Birinchi yo’nalish – ishlab chiqarish jarayonlari va tadbirkorlik tarkiblarini boshqarish. Tadbirkorlik faoliyatining ushbu yo’nalishi menejment tamoyillarining turi sifatida mustaqil rivojlanadi. Tadbirkor menejmentning asosiy tamoyillarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi va zamonaviy menejer bo’lmog’i lozim.
Ishlab chiqarishni boshqarish hech qachon tadbirkorning boshqa yo’nalishlaridan ajratilgan holda olib borilishi mumkin emas: u ishlab chiqarishni faqat iste’molchilar uchun tashkil qiladi. Shuning uchun ham tadbirkor faoliyatining ikkinchi yo’nalishi bozorni har tomonlama o’rganishdir. Bozorda bo’layotgan jarayonlarni tahlil qilmasdan turib tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish mumkin emas.
Sheriklar bilan bo’ladigan aloqalarni yaxshi yo’lga qo’yish tadbirkorlik faoliyatining uchinchi yo’nalishidir. Bunda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yo’lida sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko’tarish va eski munosabatlardan voz kechish maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida zikr etilgan ilmiy asoslar, tamoyillar O’zbekistonda tadbirkorlik, uning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni tizimli tahlil qilish, bashoratlash hamda qaror qabul qilishga asos bo’ladi.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik va xususiy biznes korxonalarining ahamiyati ortib bormoqda. Masalan, xalqaro kichik va o’rta sanoat korxonalari federasiysining ma’lumotlariga qaraganda ishlab chiqaradigon mahsulotlarning 50% foizi, ish bilan ta’minlanganlarning 30% foizini va kapital investisiya hamda eksportning ulushining ham 30 % foizli ulushi kichik korxonalarga to’g’ri keladi.
Hozirgi kunda kichik korxonalar soni quyidagi tavsifga ega:
-AQSh kichik biznaes bilan shug’ullanuvchi korxonalarning soni 13 mlndan ko’p;
-Angliyada kichik biznes bilan shug’ullanuvchi korxonalarning soni 2,37 mln.-dan
ko’p;
-Yaponiyada kichik biznes bilan shug’ullanuvchi korxonalarning soni 6,5 mlndan ko’p;
Bu korxonalarning hayotiylik davri o’rtacaha 6 yilni tashkil qiladai.
Hozirga kunda kichik biznesning YaIMdagi ulushi rivojlangan mamalakatlarda quyidagi tavsifga egadir:
Yaponiyada bu ko’rsatgich 79% foizni tashkil qiladi.
Germaniya - kichik biznes mamalkatidir. Hozirgi kunda Germaniyada 3,5 mln kichik korxonalar mavjuddir. Bu Germaniyada faoliyat ko’rsatayotgan hamma korxonalarning 80 % foizini tashkil qiladi.Ish bilan band bo’lganlarning 70 %foizi kichik korxonalar zimmasiga tushadi. Mamlakat byudjetining 41% foizi kichik korxonalar tomonidan to’ldirilmoqda.
Germaniyada 60-70 % foiz ro’xatga olingan patentlar kichik korxonalar zimmasiga tushadi.