159
tuzlari bo‗ladi. Tuproqdagi Ca miqdori 3% dan ortiq bo‗lsa, ular kalsiyga boy
tuproqlar hisoblanadi; bu xildagi tuproqlar yoki sirka kislotalar ta‘sirida «qaynab
chiqadi». Tuproqning kolloid kompleksida Ca kolloid zarrachalar tomonidan
o‗zlashtirilgan ionlar shaklida bo‗ladi. H+ va OH– erkin ionlar soni, ya‘ni
tuproq eritmasining reaksiyasi kolloidlarning kalsiy bilan to‗yinish darajasiga
bog‗liq bo‗ladi. Shunday qilib, kalsiy tuproqning ekologik xossalarini
aniqlashda katta ahamiyatga ega bo‗ladi. Gumid iqlimida yuvilish kuchli
darajada bo‗lganligi uchun kalsiy kam bo‗lgan tuproqlar ustunlik qiladi, arid
iqlimida
esa buning aksi kuzatiladi, ya‘ni tuproq kalsiyga boy bo‗ladi.
O‗simliklar kalsiyni o‗zlashtirib, uni yuvilib ketishdan saqlaydi, ular nobud
bo‗lgandan keyin esa kalsiy yana tuproqqa qaytib tushadi. Kalsiyning bunday
aylanib yurishida ildizi tuproqqa chuqur kirib boradigan o‗simliklar,
shuningdek, daraxtlar ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‗ladi. O‗t o‗simliklardan,
Ca ni to‗plashi bo‗yicha, dukkakdoshlarni ko‗rsatish mumkin, ular kalsiyni
tuproqning chuqur qatlamlaridan o‗zlashtiradi, nobud bo‗lganda esa tuproqning
yuza qatlamini yana kalsiyga boyitadi.
Kalsiy ko‗p jihatdan tuproqning fizik va kimyoviy xossalariga, ya‘ni shu
bilan o‗simliklarga bilvosita ta‘sir ko‗rsatadi. Yerga kalsiy solinsa (ohaklash),
vodorod va aluminiy ionlarning zararli ta‘sirini kamaytiradi, bu esa chirindi
mavjud bo‗lgan sharoitda tuproqning mustahkam donador strukturasini hosil
qiladi, natijada tuproqning suv-havo hamda issiqlik rejimi yaxshilanadi,
unumdorligi ortadi. Bundan tashqari, kalsiy tuzlari temir va aluminiyning qiyin
eriydigan fosfatlar bilan almashinuv reaksiyasiga kirishib, ularni eruvchan
holatga, ya‘ni o‗simliklar foydalanishi uchun qulay shaklga o‗tkazadi.
Kislotalarni neytrallovchi CaCO
3
bilan boy bo‗lgan tuproqlar neytral yoki
kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega (pH-7,0 ga yaqin) bo‗ladi. Lekin Ca
miqdorining ortishi tuproqning ishqoriyligini yanada kuchaytirmaydi. Chunki
pH tuproq tarkibidagi karbonatlar yig‗indisiga bog‗liq bo‗lmaydi. Tuproqning
neytral reaksiyasi tuproq mikroorganizmlari uchun qulay sharoit yaratadi va
160
tuproqning ko‗p xossalarida o‗z aksini topadi. Odatda, ohakli tuproqlar har doim
quruq va issiqroq bo‗ladi.
Oziqlanishning muhim elementi hisoblangan Ca moddalar almashinuvi
ichki hujayralarga ta‘sir ko‗rsatadi. U ayniqsa zararli tuzlarni neytrallaydi va
ularning zaharli ta‘sirini to‗xtatadi. Ba‘zi turlarda hujayra
shirasida Ca keragidan
ortiqcha bo‗lishi kaliy elementi o‗zlashtirilishini pasaytiradi va ba‘zi fiziologik
jarayonlarda zararli ta‘sir etishiga sabab bo‗ladi.
Kalsiy tuproqning ko‗p xossalariga bog‗liq bo‗ladi. Agar mazkur tuproq
kalsiy kam bo‗ladigan tuproq xossalariga ega bo‗lsa, u vaqtda bu xildagi
tuproqlar kalsifitlar uchun ham yaroqli bo‗lishi mumkin. Bizningcha, bu holda
o‗simliklarda tuproqning kimyoviy xossalari qanchalik ta‘sir ko‗rsatsa, fizik
xossasi ham shunchalik ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan, kalsifinlar ohakli tuproqlarni
afzal ko‗radi, chunki bu xildagi tuproqlar quruq, issiq va havoni yaxshi
o‗tkazadigan bo‗ladi. Shunday qilib, kalsifillik va kalsifoblik masalasi juda
murakkab bo‗lib, uni barcha turdagi o‗simliklar uchun bir tomonlama hal qilish
mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: