156
VII BOB
TUPROQNING EKOLOGIK MUAMMOLARI
Tuproq qoplami yerning mustaqil qobig‗i (pedosfera) bo‗lib, biosferaning
energiya balansida muhim rol o‗ynaydi. V.V.Dokuchayev tuproqlarni yerning
ustki qobig‗ini hosil qiluvchi alohida tabiiy jismlar deb ta‘riflaydi. Tuproqlar
tog‗ jinslaridan fizik-geografik muhit bilan organizmlarning ta‘siri ostida paydo
bo‗lgan. Tuproqning asosiy xususiyati o‗simliklar organik moddalar hosil
qilishini, ya‘ni uning unumdorligini ta‘minlash uchun sharoit yaratishdan iborat.
Tuproqning ana shu unumdorligi tufayli o‗simliklar bemalol o‗sa oladi va
quyosh energiyasidan foydalanib, yangi organik moddalarni sintezlaydi.
Tuproqning tog‗ jinslaridan farq qiladigan ba‘zi xususiyatlarini aytib o‗tish
mumkin. Bular: tuproq qatlamining vertikal bo‗yicha bir xil emasligi, ya‘ni
gorizontlarga ajralishi; tuproqning muhim botanik – geografik ahamiyatga ega
bo‗lgan bo‗shliqlarida sodir bo‗ladigan fizik xususiyatlar, suv, havo
o‗tkazuvchanlik xossalarga ega ekanligi, tuproqning o‗ziga xos kimyoviy
xossalarga ega bo‗lishi, ayniqsa haydalma qatlamning organik moddalarga boy
bo‗lishi va o‗simliklar uchun muhim bo‗lgan oziqa elementlarini to‗plash
xususiyati; tuproqda juda ko‗p sondagi organizmlar yashashi va o‗simliklarning
ildiz sistemasi bilan o‗zaro bog‗liqligi; tuproqning mavsumiy dinamikasi va yil
fasllarining o‗zgarishi, chunonchi, o‗simliklarning rivojlanish fazalari,
mikroorganizmlarning hayot faoliyati dinamikasi ob-havo sharoiti bilan
bog‗liqligi, tuproqning boshqa barcha xususiyatlariga bog‗liq holda uning
unumdorligi katta ahamiyatga ega.
XIX asrdayoq fitogeografik o‗simliklar xarakteri bilan tuproq orasidagi
bog‗liqlikni o‗rganishga harakat qilganlar. O.Dekandol (1832) tuproqning
organik moddalariga katta ahamiyat bergan: Unger (1836) tuproqning kimyoviy
xossalarini; Turman (1849) fizik xossalarini birinchi o‗ringa qo‗ygan; Gola
158
yetishmasligi o‗simliklarda bir qator morfologik va ekologik holatlarni yuzaga
keltirishi mumkin, bu hol o‗simlikning to‗liq rivojlanishiga imkon bermaydi.
Tuproqning havo rejimi suv rejimi bilan uzviy bog‗langan bo‗lib, tuproq
qancha nam bo‗lsa, unga havo shuncha kam, ya‘ni uning aeratsiyasi ham
shuncha yomon bo‗ladi. Yoki aksincha, tuproq aeratsiyasi qancha kuchli bo‗lsa,
u haddan tashqari qurib ketadi. Yog‗in ko‗p tushadigan gumid iqlimli
oblastlarda (tundrada, ninabargli o‗rmonlarda) tuproq aeratsiyasi juda past
bo‗ladi. Tuproq nami turg‗un bo‗lganda, tarkibidagi loyqa zarrachalari miqdori
ortganda va strukturasi yo‗qolgan hollarda aeratsiya pasayib ketadi. Aksincha,
tuproq serg‗ovak bo‗lganda gravitatsion suv oqimi kuchayadi, bu esa aeratsiyani
va shunga muvofiq ravishda tuproqning qurishini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: