Ahmedov Abdulaziz ning qurilish fizikasi fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi



Download 18,87 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi18,87 Kb.
#569203
Bog'liq
Ahmedov Abdulaziz 09-20

Andijon iqtisodiyot va qurilish


Insitutining Arxitektura yo`nalishi 09-10-guruh
talabasi
Ahmedov Abdulaziz
ning qurilish fizikasi fanidan
tayyorlagan

Mustaqil ishi.

Mavzu: O`zbekistonning iqlimiy va fizik-gealogik


ma’lumotlari:Quyosh radiatsiyasi harorat, namlik
va shamol rejimlari.
O'zbekiston okean va dengizlardan uzoqda, evrosiyo materigining ichki qismida joylashganligi tufayli kontinental iqlimga ega bo'lib, osmoni nixoyatda ochiq, seroftob, uzoq davom etadigan jazirama issiq va quruq yoz bilan, shu geografik kenglik uchun birmuncha sovuq qish bilan tavsiflanadi. O'zbekistonda iqlimning barcha unsurlarining yillik o'zgarishi orasida katta tafovutlar mavjud bo'lib, ular eng avvalo iqlim hosil qiluvchi omillarning xususiyatlariga bog'liq.
O'zbekiston iqlimi uning geografik o'rni va u bilan bog'liq holda quyosh radiatsiyasi, atmosfera tsirkulyatsiyasi, relefi, er yuzasining holati, iqlimga kishilar xo'jalik faoliyatining (antropogen) ta'siri natijasida tashkil topadi.
O'zbekiston iqlimini hosil qiluvchi omillar ichida eng muhimlaridan biri — uning geografik o'rni va u bilan bog'liq quyosh radiatsiyasidir. Quyosh radiatsiyasi barcha tabiiy jarayonlarning eiergetik negizi (bazasi) hisoblanadi. Quyosh radiatsiyasi esa o'z navbatida joyning geografik kengligiga, havoning ochiqligiga va Quyoshning nur sochib turadigan davriga uzviy bog'liqdir.
Ma'lumki, O'zbekiston cho'l zonasida, asosan subtropik kengliklarda, okeanlardan ichkarida joylashgan. Bu esa uning iqlimidagi ba'zi xususiyatlarni, chunonchi, Quyoshni ufqdan baland turib uzoq vaqt yoritib va isitib turishini, kam bulutli bo'lishligini shakllanishida muhim o'rin tutadi. O'zbekiston ancha janubiy kengliklarda (taxminan 37° va 45°-36 shimoliy kengliklarda) joylashganligi tufayli yozda Quyosh nuri ancha tik tushib (iyunda shimolda 71—72°, janubda 760 balandda turadi) uzoq vaqt nur sochib turadi. Qishda O'zbekiston shimolida quyosh 21°, janubida esa 29° burchak hosil qilib turadi,. Jumhuriyatimiz hududining shimoldan janubga 8°25 cho'zilganligi tufayli Quyoshning nur sochib turish davri va u bilan bog'liq holda yalpi quyosh radiao'iyasining miqdori ham o'zgaradi. Shu sababli Toshkentda Quyosh yiliga o'rta hisobda 2889 soat nur sochib tursa, eng janubda joylashgan Termizda bu ko'rsatkich 3095 soatni tashkil etadi.

O'zbekistonda yil bo'yi, ayniqsa, yozda xavo ochiq. bo'lib, bulutli kunlar juda kam. Shu tufayli jumhuriyatimizda qishloq xo'jalik ekinlarining pishib yetishadigan davri xisoblangan may—oktyabr oylarida Toshkentda kuyosh 1749 soat nur srchib tursa, Termizda 2012 soatga tsng. Vaxolanki, bu ko'rsatkich Qohirada (taxminan 30° sh. k. joylashgan) etadi (1jadvalga qarang.) Chunki Qohira Urta dengizga yaqin bo'lganligi tufayli bulutli kunlar Toshkent va Termizga nisbatan ko'p bo'ladi. Binobarin, O'zbekiston quyoshli o'lka deb bejiz aytilmagan. O'zbekistonda yozda (iyun—avgust oylarida) Quyosh nur sochib turadigan davri nur sochishn mumkin bo'lgan davrning 84—95%ni, qishda (dekabr—fevral) esa 40—50%ni tashkil etadi.


O'zbekistonning tog'li qismida quyoshning nur sochib turish davri tekislikka nisbatan 600—700 soat kam bo'ladi: tog'larning 2000 m balandlik qismida Quyosh yiliga o'rtacha 2300—2500 soat nur sochib turadi. Buning asosiy sababi tog' yonbag'ri bo'ylab ko'tarilgan sari bulutli kunlarning ortib borishi, tog' yonbag'rining quyoshga nisbatan holati (ekspozio'iyasi)dir.
O'zbekistonda quyosh ufqdan baland bo'lganligi, bulutsiz kunlarning ko'pligi (Toshkentda bir yilda 90 kun, Termizda esa 57 kun bulutli bo'ladi) oqibatida quyosh uzoq vaqt nur sochib turganligi tufayli uning hududiga ko'p yorug'lik energiyasi (issiqlik) tushadi. Jumhuriyatimiz shimoliy qismida har sm2 yuzaga yiliga 136—140 kilokaloriya issiqlik, ya'ni radiao'iya tushsa, janubiy qismiga 160 kilokaloriya issiqlik tushadi. Yalpi quyosh radiao'iyasining miqdori yil bo'yi bir xil taqsimlanmagan. Eng ko'p quyosh radiao'iyasi yoz oylariga (qish oylariga nisbatan 5 marta ko'p) to'g'ri keladi. Hatto O'zbekistonning janubida iyulda radiao'iya balansi 20 kkal/sm2ga yetadi. Bunga sabab yozda quyosh ufqdan balandda turib, uzoq vaqt yoritib, isitib turishidir. Aksincha, qishda quyosh nuri yotiq tushadi, bulutli kunlar ko'p bo'lganligidan kam yoritadi, qor qoplamining mavjudligi tufayli albedo katta bo'ladi. Natijada qishda, xususan yanvarda yalpi radiao'iya miqdori O'zbekistonning markaziy va janubiy qismida musbat bo'lib, bir sm2 yuzaga 0,1—1,0 kkal.ni tashkil etadi. Lekin jumhuriyatimizning eng shimolig'arbiy qismida (Ustyurtda) ba'zi yillarda qishda radiao'iya balansi manfiy bo'lishi mumkin.
O'zbekiston iqlimining vujudga kelishida atmosfera o'irkulyao'iyasining (havo massalarining almashinib turishi) ham ahamiyati katta. Jumhuriyat hududiga yil bo'yi uchta quyidagi asosiy havo massalari ta'sir etib turadi. Arktika, mo''tadil (qutbiy) va tropik.
O'zbekiston hududida atmosfera o'irkulyao'iyasining o'zgarib turish xususiyatlari haqida yaxshi tasavvurga ega bo'lish maqsadida yilning issiq (yoz) va sovuq (qish) fasliga bo'lib tavsif beramiz. Qishda O'zbekiston hududi ko'proq arktika va mo''tadil (qutbiy) xavo massalari ta'sirida bo'lib, ular shimolig'arbdan, shimoldan va shimoli-sharqdan kirib keladi.
Ma'lumki, Turkiston, jumladan O'zbekiston qishda Sibirh antio'iklonidan vujudga kelgan yuqori bosimli barometrik o'qdan janubda joylashgan. Natijada o'sha yuqori bosimli barometrik o'qdan, ya'ni shimoli-sharqdan O'zbekiston hududiga havo massasi kirib kela.di. Bu havo massasi antio'iklon xususiyatta ega bo'lganligi tufayli O'zbekistonga kirib kelgach, havo ochiq, lekin kechalari quruq sovuq, kunduzi esa quyosh nuri ta'sirida bir oz isi boshlaydi, yog'in deyarli yog'maydi. Bunday ob-xavo uch kunga, ba'zan esa beshetti kungacha davom etishi mumkin. Bunday obxavs qish kunlarining 28%ni tashkil etadi. Natijada O'zbekistonni boshqa regionlardan kelgan uncha kuchli bo'lmagan xavo massalari xam o'sha Sibirh antio'iklonidan vujudga kelgan (mo''tadil Sibir-qutbiy) havo massasi ta'sirida o'zining xususiyatini o'zgartirib Turon (maxalliy kontinental) xavo massasini xosil qiladi.
Qishda O'zbekiston hududiga ba'zan iliq tropik havo massalari Eron-Afg'oniston tomondan kirib keladi. Natijada, Turkistonning janubiy qismida mo''tadil mintaqa sovuq havosinl Eron va Afg'onistondan kirib kelgan iliq tropik havosidan ajratib turuvchi qutb fronti vujudga keladi.

Abdulaziz Gr, [31.05.21 21:28]


Front chizig'i atrofida ob-xavo beqaror bo'lib, o'iklonlar harakati kuchayib, Kaspiy dengizining janubiy va Qopetdog' bilan Parapamiz tog'larining oralig'idagi Tajang va Murg'ob vodiylari orqali Turkistonga kirib keladi xamda shimoli-sharq tomonga qarab harakat qiladi, oqibatda Qozog'iston hududida u kuchsizlanib qoladi.
O'iklonlar o'zi bilan issiq tropik havo massasini olib kelganligi tufayli ular qoplab olgan joylarda havo ilib (harorat 15—20 gacha ko'tariladi), bulutlar ko'payib, yog'inlar yog'adi, Bunday obhavo qish kunlarining 25%ni tashkil qiladi.
Mo''tadil va Arktika sovuq havo massalari Rossiya tekisligining janubisharqiy qismi orqali shimoli-g'arbiy va shimoliy tomondan O'zbekiston hududiga esadi. Bu havo massalari qish junlarining 24%ni tashkil qiladi. Shimoliyg'arbiy tomondan bostirib kiradigan havo massasi O'zbekiston hududini ancha sovitib, kunlik haroratni —10—20° pasaytiradi. Buning ustiga ba'zan qishda Arktika sovuq havo massasi ham bostirib kirib, turib qolishi natijasida harorat yanvar oylarida —35°gacha pasayishi mumkin. Bunday sovuqlar 1930 yil dekabrda, 1948 yil dekabr, 1949 yil yanvarda, 1969 yili yanvar oylarida kuzatilgan. 1948/49 yili qishda sodir bo'lgan ana shunday sovuq kunlar O'zbekistoniing janubi va hatto Eronda sodir bo'lib, juda ko'p mevali daraxtlarni sovuq urib, quritib yuborgan.
Yuqorida qayd qilganimizdek, o'iklonlarning sharqqa qarab siljishi oqibatida O'zbekiston hududiga g'arbdan mo''tadil mintaqaning dengiz havo massasi ham kirib keladi. Bu havo massasi O'rta va Qora dengizlari orqali o'tganligi tufayli nam bo'lib, yomg'ir, ba'zan esa qor yog'ishiga sabab bo'ladi. Bunday obhavo qish kunlarining 11%ni tashkil etadi.
Yilning issiq faslida O'zbekistonda havo o'irkulyao'iyasi qish faslidan keskin farqlanadi. Chunki may oyidan boshlab Turon tekisligi havosi tezda qizib ketishi oqibatida past bosimli markaz — termik depressiyasi vujudga keladi. Natijada havo o'ta qizib mahalliy kontinental Turon tropik havosi shakllanadi va bu davrda O'zbekistonda harorat ko'tarilib Termizda 50°ga yetishi kuzatilgan. Bunday obxavo (termik depressiyali kunlar) yoz davrining 15%ni tashkil qiladi.
Yozda Turon tekisligining shimolida mo''tadil (qutbiy) front chizig'i joylashib, bir tarmori Qozogistonda, ikkinchi tarmori esa Qora dengizning shimoli va Volga daryosining O'rta oqimida joylashib, havo bosimi yuqoridir. Natijada termik depresiya o'sha yuqori bosimli havo massasini xuddi so'rg'ich (nasos) kabi tortib olishi oqibatida shimoldan, shimolig'arbdan va g'arbdan salqin havo massasi Turon tekisligi tomon esadi. Ma'lumotlarga qaraganda yozda shimoliy va shimoli-g'arbiy (yoz kunlarining 38%ni tashkil etadi) hamda g'arbiy (yoz kunlarining 29%) salqin havo massalari Turon tekisligida qishga nisbatan 1,5—2,0 marta ko'p takrorlanadi. Ammo Turon tekisligi qizib ketganligi tufayli uning obhavosini u qadar o'zgartira olmaydi, faqat haroratini 3—10°ga pasaytiradi, binobarin, hamon havo ochiq, quruq, nisbiy namlik kam bo'lib, kondensao'iyalanish jarayoni qiyinlashadi. Shu tufayli Turon tekisligida shimoliy, shimoli-g'arbiy va g'arbiy havo massalari yozda ko'p essada, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Bu havo massalari O'zbekiston tog'larida (yuqoriga ko'tarilgan sari havoning sovib borishi oqibatida) sovib, bulutlar hosil qilib, yomg'ir, ba'zan esa qor tariqasida yog'inlarni vujudga keltiradi.

Quyosh radiatsiyasi - Quyoshning elektromagnit va korpuskulyar (zarra) nurlanishi. Quyosh radiatsiyasi Yerdagi deyarli barcha jarayonlarning energiya manbai hisoblanadi. Korpuskulyar Quyosh radiatsiyasi asosan protonlardan iborat boʻlib, Yer yaqinidagi tezligi 300–1500 km/sek, oʻrtacha konsentratsiyasi 5—80 ion/sm2. Quyosh faolligi maksimum, boʻlganda va katta chaqnashlardan keyin Yer yaqinidagi protonlar konsentratsiyasi 103 ion/sm2gacha yetadi. Quyosh chaqnashlari paytida katta energiyali (7-103eV) zarrachalar (asosan, protonlar) paydo boʻladi. Yerga tushayotgan umumiy kosmik nurlar chaqnashini Quyosh radiatsiyasi koʻrini-shida ifodalaydi. Quyosh elektromagnit nurlanishining asosiy qismi spektrning koʻzga koʻrinadigan nurlari qismiga toʻgʻri keladi. Quyosh toʻla nur energiyasining Yer atmosferasidan tashqarida (Quyoshdan 1 astronomik birlik uzoqlikda)gi Quyosh nurlariga tik boʻlgan 1 sm2yuzada 1 min.da tushadigan miqdoriga quyosh doimiysi deyiladi. Quyosh doimiysi Quyoshning u.mumiy energiyasini hisoblash, tadqiq etish, uning Yerga taʼsirini oʻrganish maqsadida maxsus aktinometrik styalarda oʻlchab boriladi. Quyosh doimiysining hozirgi paytdagi qiymati 1,95 kal/(sm2min) yoki 136-106 erg/(sm2sek.). Quyosh faolligi maksimumga yetganda Quyosh nurlanishi bir oz ortadi, lekin bu miqdor umumiy nurlanishning 1% dan ortmaydi. Quyoshning radionurlanishlari Yer atmosferasidan toʻliq oʻtmaydi, chunki atmosfera radiodiapazonning bir necha mm dan bir necha m gacha qismi uchungina shaffofdir. Radionurlanishlar Quyoshning faolligi bilan bogʻliq. Quyosh radionurlanishlari juda ham kuchsiz boʻlib, F=10~22Vt/(m2sekTs) birlikda oʻlchanadi. Quyoshning qisqa toʻlqinli nurlanishlari Yer atmosferasida toʻla yutilib qoladi. Bu nurlanishlarga oid maʼlumotlar asosan, geofizik raketalar, Yer sunʼiy yoʻldoshlari va kosmik zondlar yordamida olinadi. Quyoshning rentgen nurlanishlari (toʻlqin uz. \A dan 100 A gacha) tutash va ayrim chiziqlarning nurlanishidir. Bu nurlanishlarning intensivligi quyosh faolligiga mos ravishda quchli oʻzgaradi (Yer orbitasida 0,13—1erg/sm2-sek) va faollik maksimumga yetganda rentgen nurlanishlari spektrning qisqa toʻlqinlarida kuchayadi. Quyoshning rentgen va ultrabi-nafsha nurlari juda oz (15 erg/sm2sek) energiya olib kelsa-da, bu nurlanishlar Yer atmosferasining yuqori qatlamlariga kuchli taʼsir qiladi. Quyoshda gamma nurlanishlari ham topilgan, lekin u yetarlicha oʻrganilmagan.




Shamollar sxemasi (meteorologiyada) — maʼlum joydagi (mahalliy) shamol rejimi (yunalishi) ni ifodalaydigan grafik. Odatda, koʻp yillik kuzatishlar asosida oylik, mavsumiy va yillik grafiklar tuziladi. Ufqning asosiy yoʻnalishlari boʻylab bir markazdan taralgan nur shaklidagi chizigʻutarning uzunligi shu yoʻnalishda esgan shamollarning qandaydir qiymatiga (ularning takrorlanishiga, oʻrtacha tezligiga, shu ikki miqdorning koʻpaytmasiga va boshqalarga) mutanosib (uygʻun) boʻladi. Shamollar sxemasi. Nurlar (chiziklar)ning har biri shamolning qaysi tomonga esishini koʻrsatadi (mas, Gʻ — gʻarb, Sh — shimol, SHQ — sharq, J — janub, SHGʻ — shimoligʻarb, SHSHQ shimolisharq, JSHQ — janubisharq, JGʻ — janubigʻarb). Nurlarining uchlari siniq chiziklar yordamida birlashtiriladi. Shamollar sxemasining fan va xalq xoʻjaligidagi nazariy va amaliy axamiyati katta.
Download 18,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish