Ahmad yassaviyning pedagogic g’oyalari



Download 34,07 Kb.
bet1/2
Sana28.04.2022
Hajmi34,07 Kb.
#588693
  1   2
Bog'liq
AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIC G’OYALARI


AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIC G’OYALARI

Reja:

  1. Xoja Ahmad Yassaviydir. Tasavvufi

  2. Ahmad Yassaviy hikmatlari

  3. Ahmad yassaviy haqida

Ma’lumki, insonni tarbiyalaydigan har qanday voqelik pedagogik unsurdir. U xoh buyum bo‘lsin, xoh yirik ta’limot, maqsadi tarbiyalash, yaxshilik va ezgulikka chorlash, diniy yo dunyoviy bilim berish bo‘lsin mohiyatan pedagogikaga uyg‘un hisoblanadi. Aynan shunday ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtirgan, Sharq pedagogikasi tarixiga ulkan hissa qo‘shgan shaxslardan biri mutasavvif Xoja Ahmad Yassaviydir. Tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri Xoja Ahmad Yassaviy 11-asrning 2-yarmi (taxminan 1166-yil) da Yassi yaqinidagi Sayram shahrida tavallud topgan. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan bo‘lgan. Yassaviy tug‘ilgach, ko‘p o‘tmay onasi — Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz


mashg‘ul bo‘ladi. Yassaviy opasi bilan Yassiga ko‘chib borgach, 1-ustozi Arslon bob bilan uchrashadi va undan tahsil oladi («yetti yoshda Arslon bobom izlab topdim...»). Yassaviy Yassida botin ilmi sirlarini mukammal o‘zlashtirgan. O‘sha zamonlarda ilmma'rifatning Movarounnahrdagi markazlaridan bo‘lgan Buxoroda Turkistonning turli tomonlaridan tolibi ilmlar yig‘ilishgan. Arslon bob ko‘rsatmasi bilan Yassaviy ham Buxoroga boradi. Davrning eng peshqadam olimi va sufiysi Shayx Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, unga murid tushadi. Buxoroda u arab tili bilan bir qatorda fors tilini ham chuqur o‘rganadi. Forsiyda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan tanishadi. Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Abdulloh Barqiy, Xoja Hasan Andoqiylar bilan hamsuhbat va hammaslak bo‘lib, Yusuf Hamadoniy muridlari qatoridan o‘rin oladi.[1]1 Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tasavvuf ta’limoti va nomdor so‘fiy olimlar haqida qayd etar ekan, Yassaviy to‘g‘risida «Maqomoti oliy va mashhur, karomoti
matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob g‘oyatsiz va shohu gado aning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish», — deydi. Bu fikr Yassaviyning Yassiga qaytib kelib,
yangi bir tariqatga asos solgan murshid sifatida shuhrat topgan davrlariga tegishlidir. XI asrda Markaziy Osiyoda rivojlangan tasavvuf ta’limoti diniy ta’limot bo‘libgina qolmay, muhim ijtimoiy ahamiyatga ega, o‘ziga xos ta’limiy va tarbiyaviy
g‘oyalarni jamlagan yo‘nalish bo‘lgan. Tasavvuf ta’limotida ustoz va shogirdlik an’analariga qat’iy amal qilingan, hur fikrlilik va odamiylik fazilatlari shakllantirilishiga
muhim e’tibor berilgan. Mazkur jihatlar Ahmad Yassaviy ijodida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Yassaviy hikmatlarida ifodalangan Vatan, inson kamoloti, iymon, diyonat, nafsga
berilmaslik, rahm-shafqatlilik haqidagi axloqiy-falsafiy fikr-g‘oyalar hozirgi yoshlar tarbiyasida ham qimmatli qadriyat bo‘lib, ular milliy pedagogikamizga qo‘shilgan katta
hissadir. Ahmad Yassaviyning asarlari tasavvuf g‘oyalarini omma ko‘ngliga chuqur singdirishga qaratilgan. Abdurauf Fitratning ta'kidlashicha, Yassaviyning «adabiyotda
tutgan yo‘li sodda xalq shoirlarimizning tutg‘on yo‘lidir... Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan she'rlar bilan barobar». Yuqorida ta’kidlanganidek, Ahmad Yassaviy merosida uning “Hikmat” nomi bilan yuritilgan she’rlar to‘plami zalvorli o‘rin egallaydi. Mazkur she’rlar to‘plami adabiy muhitda “Devoni hikmat”nomi bilan mashhur. Shuningdek, uning pedagogik
qarashlari «Rasoil» («Risolalar») asarida ham aks etgan.
«Yassaviya» tariqatining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari bo‘lmish «Hikmat»da mufassal bayon etilgan. XII asrdagi turkiyzabon she'riyatning ajoyib namunasi bo‘lgan, keyingi davrlardagi turkiy adabiyotga katta ta'sir ko‘rsatgan
«Hikmat» asarida «Yassaviya» ta'limotidagi poklik, halollik, to‘g‘rilik, mehr-shafqat, o‘z qo‘l kuchi, peshona teri va halol mehnati bilan kun kechirish, Alloh taolo visoliga yetishish yo‘lida Insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilg‘or
umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan. Ahmad Yassaviy hikmatlari mavzu jihatidan rangbarang. Ularni chin dildan
oʻqib, anglashga harakat qilinsa, o‘quvchi “Inson” degan mavjudotni kashf eta boshlaydi, oʻz-oʻzini taftish etadi. Bu “kashfiyot” (oʻz-oʻzini anglash) o‘quvchini astasekin oʻtkinchi hoy-u havaslardan uzoqlashtiradi, mohiyatga yuzlantiradi. Odamlikka
undaydi. . Bu undashlarning bir uchi Yassaviy hikmatlari tilining sodda va 1 Насафий. Хожа Аҳмад Яссавий –Тошкент:Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1993
2 Zunnunov A. Pedagogika tarixi. –Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati , 2004

xalqchilligiga borib tutashsa, ikkinchi uchi kuchli badiiy ifodalar bilan qalbga kirib


borish, she’rxonni ham ma’naviy ham badiiy tarbiyalashda ko‘zga tashlanadi.
Yassaviy hikmatlarida ilmga intilish,bilimga,ma’rifatga chorlash yetakchilik
qiladi, misralarda ilmli kishilarning qadri baland bo‘lishi bot-bot uqtiriladi:

Download 34,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish