Ahmad Yassaviy
( 1166-67)
Ilk turk mutasavvifi, yassaviylik (jahriylik) tariqatining asoschisi, orifona she’riyat boshlovchisi. 11 asrning so’ngida Turkistonning Yassi (ayrim manbalarda Sayram) qishlog’ida Shayx Ibrohim oilasida tug’ilgan. Shayx Arslonbobdan ta’lim olgan. Buxoroda Yusuf Hamadoniyga uchinchi xalfa bo’lgan, shayxlikni Hamadoniyning to’rtinchi xalfasi Abduxoliq G’ijduvoniyga topshirib, Yassiga qaytgan. Oltmish uch yoshida chillaxona qazdirib, “buyuk turk piri olamdan etakni silkkan” (Alisher Navoiy).
Yassaviylik tariqatining asoslari “Faqrnoma” (ayrimlar Yassaviyga nisbat beradilar), “Maslakul-orifin”, “Lama’ot”, “Samaratul-mashoyix”, “Javohirul-abror” kabi manqaba va risolalarda aks etgan.
“Devoni hikmat” kitob shogirdlari tomonidan tartib berilgan. Unda ilohiy ishq g’oyasi va ma’rifiy mazmun yetakchilik qiladi. Hikmatlar ma’no va mohiyat e’tibori bilan Qur’oni karim va Muhammad alayhissalom hadislariga chuqur bog’langan. “Devoni hikmat”ning 20dan ortiq nusxalari O’R FA ShI jamg’armasida saqlanadi. Asar qo’lyozmalaridan eng qadimgisi 17 asrga tegishli.
Yassaviy merosi va tariqati xorijda L. Massignon, A. Arberri, M. Smitt, X. Kisling, F. Mayer, A. Shimmel, R. Xartman, F. Ko’prulu, J. Trimingem, K. Eraslon, Idris Shox, Devin Di Uis; Rossiyada A. Krimskiy, I. Petrushevskiy, E. Bertels; O’zbekistonda Fitrat, A. Sa’diy, E. Rustamov, B. Qosimov, I. Haqqulov, N. Hasanov tomonidan o’rganilgan.
Qabri Qozog’istonning Turkiston shahrida, 14 asrda Amir Temur tomonidan ta’mirlangan. Turkistonda Ahmad Yassaviy nomidagi turk-qozoq universiteti mavjud.
Hikmat 1
Bismilloh deb bayon aylay hikmat aytib,
Toliblarg’a durru gavhar sochtim mano.
Riyozatni qottig’ tortib, qonlar yutub,
Men daftari soniy so’zin ochtim mano.
So’zni aydim harkim bo’lsa diydor talab,
Jonni jong’a payvand qilib, ragni ulab,
G’arib, yetim, faqirlarni ko’nglin siylab,
Ko’ngli butun xaloyiqdin qochtim mano.
Qayda ko’rsang, ko’ngli sinuq marham bo’lg’il,
Andog’ mazlum yo’lda qolsa, hamdam bo’lg’il.
Ro’zi mahshar dargogiga mahram bo’lg’il,
Movumanlik xaloyiqdin qochtin mano.
G’arib, faqir, yetimlarni R a s u l so’rdi,
O’shal tuni Me’roj chiqib diydor ko’rdi,
Qaytib tushub g’arib, faqir holing so’rdi,
G’ariblarni izin izlab tushtum mano.
Ummat bo’lsang, g’ariblarg’a tobe’ bo’lg’il,
Oyat, hadis har kim aytsa, some’ bo’lg’il,
Rizqu ro’zi harna bersa, qone’ bo’lg’il,
Qone’ bo’lub, shavq sharobin ichtim mano.
Madinaga R a s u l borib, bo’ldi g’arib,
G’ariblig’da mehnat tortib, bo’ldi habib,
Jafo tortib, yaratqang’a bo’ldi qarib,
G’arib bo’lub, uqbolardin oshtim mano.
Oqil ersang, g’ariblarni ko’nglin ovla,
Mustafodek elni kezib, yetim kovla,
Dunyoparast, nojinslardin bo’yun tovla,
Bo’yun tovlab, daryo bo’lub toshtim mano.
Ishq bobini Mavlom ochqach menga tegdi,
Tufroq qilib, hozir bo’l, deb bo’ynum egdi,
Boron sifat malomatni o’qi tegdi,
Paykon olib, yurak-bag’rim teshtim mano.
Ko’nglum qottig’, tilim achchig’, o’zum zolim,
Qur’on o’qub amal qilmay, yolg’on olim,
G’arib jonim sarf aylayin, yo’qtur molim,
Haqdin qo’rqub, o’tga tushmay, pishtim mano.
Oltmish uchga yoshim yetti, o’ttum g’ofil,
Haq amrini mahkam tutmay, o’zum johil,
Ro’za, namoz qazo qilib, bo’ldum kohil,
Yomon izlab, yaxshilardin kechtim mano.
Vo darig’o, muhabbatni jomin ichmay,
Ahli ayol, xonumondin tugal kechmay,
Jurmu isyon girihlarin munda chechmay,
Shayton g’olib, jon berarda shoshtim mano.
Imonima changal urub, qildi g’amnok,
Piri mug’on hozir bo’l, deb sochti taryok,
Shayton la’in mendin qochib ketti bepok,
Bihamdilloh, nuri imon ochtim mano.
Piri mug’on xizmatida yugrub yurdum,
Xizmat qilib, ko’zim yummay hozir turdum,
Madad qildi, Azozilni qavlab surdum,
Ondin so’ngra qanot qoqib uchtim mano.
G’arib, faqir, yetimlarni qilgin shodmon,
Halqalar qilib aziz joning ayla qurbon,
Taom tobsang, joning birla qilgil mehmon,
Haqdin eshtib bu so’zlarni aydim mano.
G’arib, faqir, yetimlarni har kim so’rar –
Rozi bo’lur ul bandadin parvardigor,
Ey bexabar, sen bir sabab, o’zi asror,
Haq Mustafo pandin eshtib, aydim mano.
Yeti yoshda Arslonbobg’a qildim salom:
“Haq Mustafo amonatin qiling in’om”,
O’shal vaqtda ming bir zikrin qildim tamom,
Nafsim o’lub, lomakong’a oshtim mano.
Hurmo berib, boshim silab, nazar qildi,
Bir fursatda uqbo sari safar qildi,
Alvido, deb bu olamdin guzar qildi,
Maktab borib, qaynab, jo’shub-toshtim mano.
“Inno fatahno”no o’qub, ma’no so’rdum,
Do'stlaringiz bilan baham: |