Shu savlat, shu shavkat bilan yurdilar,
Ani qo‘ndirib o‘rdaga qo‘ydilar.
Shuningdek ko‘rib bo‘ldi to‘y kunlari,
Havo ko‘p sovuq, qish uzun tunlari.
U yutgan kumushdek edi qori muz,
Sovuqdan ko‘rinmas ko‘zi, qaysi yuz.
Sovuqning kuchin qandayin bil sano,
Nafas chiqsa qaytib kirolmas yana,
Vale uy ichida bahor o‘xshayur,
Chamandek bo‘lib lolalar ochilur.
Uchib sa’va, bulbullari sayrashur,
Oqar suv, otar suvlari ko‘p erur.
Qo‘yilmish bu uylarga xon taxtasi,
Kabobu, sharobu, taom barchasi.
Har ustalda qo‘ymish necha xil sharob,
Biri qip-qizildir, biri durri nob.
Ko‘targan qadah g‘am yuzin ko‘rmagay,
Aning ko‘nglida qayg‘udin qolmagay.
Oyoq oltin erdi, piyola billur,
Kishi ichganda aksin anda ko‘rur.
Bu xontaxtaga o‘ltirur, aylanib,
Pari chehralar, sarvi qadlar kelib.
Yuzi olmadek, ko‘ksida nori bor,
Gapirsa aning og‘zida boli bor.
Qo‘sha o‘ltirur eru xotinlari,
Olur bir-biridan asix ko‘zlari.
Yana shuncha davlat bilan mahliyo,
Kelur hammaning ustiga bir qator.
Debon xush kelibsiz bu fursat o‘tar,
G’animat bilingki, bu kun xush kechar.
Ishorat qilib der erdi: dilxush qiling,
Bu dam xushligini g‘animat biling.
Qilolmas bu to‘yning kishi ta’rifin,
Yozolmaydi hech kimsa mingdan birin.
Magar Donish etmish aning vasfini,
Bo‘lak kimsa bilmas edi qadrini…
Do'stlaringiz bilan baham: |