Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. – T.: O’zbekiston, 1992. 48-bet
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni. /Barkamol avlod orzusi./- T.: O’zbekiston, 1998.-20-29-b.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. /Barkamol avlod orzusi/.- T.: O’zbekiston, 1998.-31-33-b.
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.- T.: Sharq, 2008. 82-b.
Zunnunov A. Pedagogika tarixi. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik.- T.: - Sharq. 2000 y.
Zunnunov A. Xayrullayev M. O’rta osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan manbalar. T.: 1996y. 350-b.
Mavlonova R va boshqalar. Pedagogika T.: O’qituvchi. 2010 y. 254-263 b.
Nishonova S. Sharq uyg’onish davri pedagogic fikr tarqqiyotida barkamol inson tarbiyasi.T.: 1998. 288-b.
Pedagogika. Pedagogika oily o’quv yurtlari uchun darslik. A. K. Munavvarov tahriri ostida. T.: O’qituvchi. 1996.
O’zbek xalq maqollari – T.: “Sharq” 2003y 136-138b
O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish. O’quv metodik qo’llanma. T.: O’qituvchi, 45-47-b.
www. Pedagog. Uz
www. Ziyonet.uz
www. Edu.uz
ILOVA
Ahloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish.
Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli soʼzlarga aytiladi. Maqol oʼzbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli soʼzlashuvda) naql, turklarda ata soʼzi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamsi arabcha [قوڶ] – qavlun – gapirmoq, aytmoq soʼzidan olingan. Ushbu sahifada Tarbiya va odat haqida maqollar keltirilgan
Аygʼir qanday boʼlsa, ot shunday.
Beshikda tekkan, kafanda ketar.
Bir kattaning gapiga kir,
Bir — kichikning.
Bir qilgan — madad,
Ikki qilgan — odat.
Bola boqqandan olov yoqqan yaxshi.
Bola — yoshidan,
Xotin — boshidan.
Bola koʼrganini qilar,
Ota — bilganini.
Bola — loy, ona — kulol.
Bola tuqqanniki emas tarbiyalaganniki.
Bolani soʼksang, beti qotar,
Ursang, eti qotar.
Bogʼing boʼlsa, qoʼra qil,
Oʼgʼling boʼlsa, mulla qil.
Boqsang botir qilasan,
Tergasang — tentak.
Buzishga oʼrganma, tuzishga oʼrgan.
Buzuqi qarisa ham, gʼamzasi qarimas.
Bukrini goʼr tuzatar.
Daraxtdan meva olaman desang,
Niholligidan parvarish qil.
Daraxtiga koʼra — mevasi,
Ota-onasiga koʼra — bolasi.
Dard ketar, odat qolar.
Daryo toʼla suv boʼlsa ham,
It tun bilan suv ichar.
Daryo chuchuk — ariq chuchuk.
Daryo achchiq — ariq achchiq.
Yetti yoshga yetguncha,
Yer toʼqmogʼin yersan.
Yetmish yoshga yetguncha,
El toʼqmogʼin yersan.
Igna qayoqqa yursa,
Ip ham shu yoqqa yurar.
Illat ketar, odat ketmas.
Itni qopagʼon qilgan — egasi.
Katta arava qaydan yursa,
Kichik arava shundan yurar.
Katta boshlar, kichik tashlar.
Kishi yoʼq deb soʼzlama,
Ogʼzing yomon oʼrganar.
Odam boʼlar yigit odatidan maʼlum,
Tulpor boʼlar qulun — muchasidan.
Odam odamdan qutular,
Oʼz feʼlidan qutulmas.
Odat bir, tabiat boshqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |