Aktiv audit
jarayonida birinchi o‘rinda axborot tizimi komponenti yoki
iste’molchining shubhali yomon niyatdagi faolligi hamda odatdan tashqari
ko‘rinishli xatti-harakati oldindan qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga ko‘ra
tekshiriladi.
Bunday faollikni noqonuniy xuquqlarni olish uchun qilingan yoki qonuniy,
lekin xavfsizlik siyosatiga zid harakatlar deb qabul etish ma’quldir. Xujumlar har
qanday xavfsizlik siyosatiga zid ekanligi ma’lum. Shuning uchun ham ularni
aniqlash maqsadida har qanday xavfsizlik siyosati uchun begona bo‘lmagan
universal usullardan – signaturalardan foydalanish va ularni kirib kelayotgan
hodisalar oqimi ichidan ekspert tizimlari yordamida ajratib olish lozim.
Xujum signaturasi deb bajarilishi xujum amalga oshganligi щaqida xabar
beruvchi va ma’lum bir oqibatlarga olib keluvchi shartlar majmuasiga aytiladi.
Sodda qilib aytganda, bu xujum ro‘y berganligidan xabar beruvchi belgilarni
aniqlovchi shartlar to‘plamidir. Bunga eng oddiy misol, ketma-ket uch marta
noto‘g‘ri terilgan tizim yoki servis parolidir. Unga javoban tizim o‘z ishini
to‘xtatadi, ya’ni qulflanib qoladi.
Qonuniy xuquqlardan foydalanib xavfsizlik siyosatiga zid harakat qilishni
xuquqini su’istemol qilish deb ataymiz. Bu holat ishlab chiqilgan xavfsizlik
siyosatining murojaatni cheklash vositalariga mos kelmasligi orqasida kelib
chiqadi. Unga eng oddiy misol, katta imtiyozli iste’molchining boshqa
iste’molchilarning shaxsiy fayllarini ochib ko‘rishidir. Operatsion tizim qayd
etadigan axborotlardan buni aniqlash va xavfsizlik administratoriga bu щaqda
xabar berish mumkin, lekin bu ishni amalga oshirish uchun xavfsizlik siyosatining
mos vositalari bo‘lishi lozim.
Odatdan tashqari holatlar qilinishi lozim bo‘lmagan ishlarni qilish yoki
qilishga urinish, masalan, soni cheklangan amallarni ko‘rsatilgan sondan ko‘proq
marta bajarishga intilish statistikasiga ko‘ra aniqlanadi. Rivojlantirilgan tizimlarda
uzoq muddatli ishlash xususiyatlari va qisqa muddatli ishlash xususiyatlari
solishtirib ko‘riladi.
Aktiv audit vositalariga nisbatan birinchi va ikkinchi turdagi xatolar: mos
ravishda xujumni o‘tkazib yuborish yoki bekorga bong urish xollari ko‘riladi.
Birinchi turdagi xatolik – xujumni o‘tkazib yuborishning naqadar istalmaydigan
щolat ekanligini gapirmasa ham bo‘ladi, lekin ikkinchisi ham anchagina yoqimsiz
holatdir. Chunki qimmatli vaqt va mablag‘ni bekor ketishiga, muhim vazifalarni
bajarishdan chalg‘ishga va balki yangi xujumni o‘tkazib yuborilishiga olib keladi.
Signatura usulining ustunligi shundaki, u tezkor, ikkinchi turdagi xatoliklarga kam
olib keladi va xulosalari asoslangan bo‘ladi. Asosiy kamchiligi yangicha
xujumlarni va eskilarining boshqacharoq ko‘rinishlarini taniy olmasligidir.
Signatura usulida universallik, xulosalar asoslanganligi va notanish usuldagi
xujumlarni taniy olish imkoniyati mavjud, ya’ni birinchi turdagi xatoliklarni
kamaytiradi. Kamchiliklariga ikkinchi turdagi xatoliklarning nisbatan yuqori foizi,
tartibga rioya qilmaslik odatiy xol bo‘lgan va bunday xatti-harakatlar asta-sekin
noqonuniy harakatlarga o‘tadigan yoki bir xil ishlash usuli mavjud bo‘lmagan
(statistikaga ko‘ra 5-10% iste’molchilar shunday ishlar ekan) sharoitlarda yomon
ishlashidir.
Aktiv audit vositalari havfsizlik tizimining istalgan qismida joylashishi
mumkin – chegarada tashqi tarmoq bilan ulanish nuqtalaridagi shubhali faollikni
(nafaqat beruxsat kirishga urinish, balki xavfsizlik xizmatlarining imkoniyatlarini
aniqlash maqsadidagi) aniqlaydi. U ichki va tashqi iste’molchilarning shubhali
harakatlarini to‘xtatishi, servislar fao-liyatidagi xavfsizlik buzilishi yoki texnik-
dasturiy kamchiliklarga bog‘liq muammolarni aniqlashi, murojaat etish
imkoniyatiga qilinadigan xujumlardan himoyalashi mumkin. Lekin, aktiv audit
o‘n-o‘n besh yildan beri rivojlantirilayotganiga qaramay xaligacha uni aylanib
o‘tish holatlari mavjud. Boshida o‘xshash bir xil xujumlarni tezgina aniqlashning
iloji bo‘lgan bo‘lsa-da, hozirgi kunda oldindan noma’lum ko‘rinishli xujumlar,
taqsimlangan va vaqt oralig‘iga cho‘zilgan hamda shu kabi boshqa xujumlarni
aniqlashda ko‘plab muammolar paydo bo‘ldi. Yaqin o‘rtada buning yechimini
topish ehtimoli kam. Faqatgina signaturalar bazasini o‘z vaqtida to‘ldirib borish
yo‘li bilan kurash olib borish bunday yechim bo‘la olmaydi. Shunga qaramay aktiv
audit qatlamma-qatlam himoyaning muhim qatlamlaridan biridir.
Aktiv auditning quyidagi funktsional komponentlari mavjud:
- qayd etiladigan (registratsion) axborotni generatsiyalash (ishlab chiqarish)
komponentlari. Ular nazorat etilayotgan obyektlar va aktiv audit vositalar o‘rtasida
chegarada joylashganlar;
- generatsiya qilingan qayd axborotini saqlash komponentlari;
- qayd axborotini chiqarib olish komponentlari (sensorlar).
Odatda tarmoq va
xost sensorlarini ajratishadi, birinchisi, tarmoq kartalari eshitib olish rejimiga
moslangan
ajratilgan
kompyuterlar,
ikkinchisi,
operatsion
tizimlarning
registratsion jurnallarini o‘qiydigan dasturlardir. Kommutatsion texnologiyalarning
rivojlanishi bilan ularning farqlari asta-sekin kamayib bormoqda, ya’ni tarmoq
operatsion tizimlarining bir qismiga aylanib borayotgan tarmoq sensorlari
ishlayotgan tarmoq uskunalari ichiga o‘rnatilmoqda;
- registratsion axborotni ko‘rish komponentlari. Shubhali aktivlikka nisbatan
ko‘riladigan chorani aniqlashda yordam berishi mumkin;
- sensorlardan kelgan axborotni tahlil etish komponentlari. Yuqorida aytib
o‘tganimiz chekli sonli amallar sonini aniqlovchi (analizator), xavfsizlik
siyosatining buzilishini aniqlovchi vositalar, xujum signaturasini aniqlovchi
ekspert tizimlari, noodatiy xatti-harakatni topuvchi statistik aniqlovchilar shular
sirasidandir;
- tahlilda qatnashuvchi axborotni saqlovchi komponentlar – masalan, vaqt
bo‘yicha bo‘lib taqsimlangan xujumni aniqlashda asqotadigan axborotlarni;
- qaror qabul qilish va chora ko‘rish komponentlari ("reshatel"
).
"Reshatel" lar
nafaqat mahalliy analizatorlardan, balki tashqi analizatorlardan ham axborot olib
taqsimlangan hodisalarning korrelyatsion analizini amalga oshiradi;
- nazorat obyektlari щaqidagi axborotni saqlovchi komponentlar. Ularda
passiv ma’lumotlar, obyektdan qayd axborotini chiqarib olish yoki chora ko‘rish
uchun zarur usullar va hokazolar saqlanadi;
- aktiv audit menedjerlari uchun tashkiliy qobiq vazifasini bajaruvchi
komponentlar, ya’ni monitorlar - analizatorlar, "reshatellar", obyektlarning
tavsiflari omborlari va interfeys
komponentlarini birlashtiradi. Interfeys
komponentlari jumlasiga boshqa, hox teng xuquqli bo‘lsin, hox ierarxik-
monitorlar bilan interfeys komponentlari kiradi. Bu interfeyslardan keng miqyosli,
taqsimlangan xujumlarni aniqlashda zarurdir;
- xavfsizlik administratori bilan interfeys komponentlari.
Aktiv audit vositalari menejer/agent
arxitekturasi asosida quriladi
.
Agent,
ya’ni yordamchi komponentlar sifatida sensorlardan foydalaniladi. Analiz, ya’ni
tahlil etish, qaror qabul qilish – menejerlar funktsiyasidir. Albatta menejer va
agentlar o‘rtasida ishonchli kanallar mavjud bo‘lishi shart.
Interfeys komponentlarining muhimligi shundaki, ular turli ishlab
chiqaruvchilarning mahsulotlarini bir-biriga moslashi, menejerlar - analizator va
«reshatellar» o‘rtasida gorizontal aloqalarni amalga oshirish, ierarxik tuzilmalarda
pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga axborot uzatish kabi imkoniyatlar
yaratadilar.
Yana shuni ta’kidlash lozimki, aktiv audit va boshqaruv vositalari
arxitekturalarida umumiylik mavjud, chunki ular bitta maqsadga qaratilgan. Yaxshi
o‘ylab tashkil etilgan interfeys komponentlari bu vositalarning birgalikda ishlashini
ancha yengillashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |