protokollashtirish
lozim bo‘lsa, chora ko‘rish uchun avval ularni
tahlil qilish va shubhali yoki zararli holatlar ro‘y berganda buni aniqlash uchun
har bir hodisani uzluksiz tekshirib, ya’ni
audit
qilib borish lozim. Yaxshi bilamiz-
ki, tarmoq xilma-xil servislarga ega, demak ularning har birida turli ko‘rinishdagi
voqea-hodisalar ro‘y berishi mumkin. Shuning uchun bu voqea-hodisalarni
servisga qarab emas, balki ularning ichdan yoki sirtdan bo‘ladigan ta’sir ostida
ro‘y berishiga qarab sinflash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu sinflashning ustunligi
shundaki, agar tizim sifatida mahalliy tarmoq bilan ish ko‘radigan bo‘lsak, u
aynan shu tarmoqning ichi va sirtini, agar korporativ tarmoq haqida fikr
yuritadigan bo‘lsak, o‘shaning ichi va sirtini ko‘zda tutadi. Ichki ta’sirlarga tizim
iste’molchilari, administratori va tizim elementlari faoliyati natijalarini kiritish
mumkin. Tizimga tashqaridan o‘tkaziladigan har qanday ta’sir natijalari esa tashqi
voqea-hodisalar sirasiga kiradi.
Protokollashtirish va audit yordamida quyidagi masalalarni yechish mumkin:
- iste’molchi va administratorlarning hisobotlarini ta’minlash;
- bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalarning ketma-ketligini tiklash;
- axborot xavfsizligiga qarshi xatti-harakatlarni aniqlash;
- tizimda bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash va tahlil etish
uchun zarur ma’lumotlarni yetkazib berish.
Barcha voqea-hodisalarni qayd etishning ham o‘z qoidalari bor. Agar tizim
juda muhim vazifa bajarsa va belgilangan vazifadan har qanday chetlashish
noxush vaziyatni tug‘diradigan bo‘lsa, eng mayda tafsilotlargacha qayd etish
lozim bo‘lsa, tizim faoliyatiga sezilarli ta’sir o‘tkazmaydigan voqea-hodisalarni
qayd etish kundalik maqsadlarga ishlatiladigan tizimlar uchun maqsadga muvofiq
bo‘lishi mumkin. Qayd etish batafsilligi darajasini aniqlash uchun bir qancha
omillarni tahlil etishga to‘g‘ri keladi: protokollashtirishning ish sur’atiga va hotira
taqsimotiga ta’siri, tahlil tezkorligi talablari va xarajat mablag‘ining korxona
imkoniyatlariga mosligi, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani to‘liq qondira olishi va
hokazolar shular jumlasidandir. Bu muammoga yondoshish talablari «Olovrang
kitobda» muhokama etilgan va u umumiy xolda quyidagi omillarni qayd etish
muhim deb hisoblaydi:
- tizimga kirish (muvaffaqiyatli/muvaffaqiyatsiz);
- tizimdan chiqish;
- masofada joylashga tizimga murojaat;
- fayllar ustida amallar (ochish, yopish, o‘chirish va nomini o‘zgartirish);
- imtiyozlar yoki xavfsizlikning boshqa atributlarini o‘zgartirish (murojaat
etish rejimi, iste’molchining ishonchlilik darajasini o‘zgartirish va hokazolar).
Protokollashtirish jarayonida har bir hodisa uchun hech bo‘lmaganda ushbu
ma’lumotlarni qayd etish maqsadga muvofiqdir:
- hodisa vaqti va sanasi;
- hodisa manbasi bo‘lgan iste’molchining shaxsiy identifikatori;
- hodisa turi;
- natijasi (muvaffaqiyatli/muvaffaqiyatsiz);
- manbaning manzili (masalan, kompyuterning tarmoqdagi adresi yoki
terminal nomi);
- ta’sir etilgan obyektlar nomi (masalan, o‘chirilgan/ko‘chirilgan fayl, dastur
yoki ma’lumotlar ombori nomi);
- xavfsizlik ma’lumotlari omboriga kiritilgan o‘zgarishlarning mohiyati
(masalan, biror obyekt uchun xavfsizlik atributlarini o‘zgartirish, aytaylik
xavfsizlik metkasini).
«Olovrang kitob» da kiritilgan yana bir tushuncha – bu tanlab protokollash,
ya’ni iste’molchilarni ham, hodisalarni ham kuzatib borib, ularning ichida
shubhaliroq tuyulganlarini protokollashtirishdir. Buning uchun kuzatish jarayonida
oldindan tayyorlab qo‘yilgan namuna–etalonlar asosida bo‘layotgan hodisalarni
maxsus parametrlari bo‘yicha arzimagan tahlil etib, agar natija qoniqarsiz
bo‘lsagina shu hodisaga taalluqli tafsilotlar qayd etiladi.
Protokollashtirish va auditning boshqa xavfsizlik vositalariga bog‘liq
ekanligini aytib o‘tish joiz. Masalan, identifikatsiya va autentifikatsiya iste’molchi
haqidagi birinchi ma’lumotni bersa, murojaatni mantiqiy boshqarish qayd etib
qo‘yiladigan ma’lumotlarning to‘liqligi va konfidentsialligini himoya qiladi. Bu
jarayonga kriptografiya ham o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.
Protokollashtirish va auditning yana bir xususiyati shuki – ular yo‘l qo‘yilishi
mumkin bo‘lgan xujumlar oldini olishga xizmat qiladi. Axir qilayotgan ishinigizni
kuzatib turishgani, uni qaerdadir qayd etib qo‘yishlari, ishning mohiyatini tahlil
etishlari mumkinligini aniq bilsangiz o‘zingizni nojo‘ya xatti-harakatlardan
tiyishingiz tabiiy-ku! Ayniqsa, tizim foydalanuvchisi har bir harakati - xattoki har
bir bosilgan klavishgacha qayd etilishini bilsa! Bundan tashqari, qaydnomalar
nafaqat xavfsizlik rejimi buzilishi щaqida ma’lumot beradi, balki uni iziga qaytarib
oldingi щolatni tiklash (chunki buzishdagi harakatlar ketma-ketligi ma’lum-ku)
uchun ham zarur ma’lumotlarni beradi va to‘liqlikni himoyalaydi. Buzish ketma-
ketligini qayta ko‘rib chiqish servislarning zaif joylarini aniqlash, aybdorni topish,
ko‘rilgan zarar miqdor va maydonini aniqlash hamda normal ish rejimiga qaytishni
ta’minlaydi.
Axborot xavfsizligini buzishga urinishlarni aniqlash auditning vazifasi. Shu
paytgacha audit atamasining ma’nosi turli hisobot va щujjatlarni birma-bir ko‘zdan
kechirib, ularning kamchiliklari bor-yo‘qligini aniqlash uchun ishlatilar edi. Ya’ni,
bo‘lib o‘tgan voqealarning tahlili natijasida biror xulosa berilar edi. Auditning biz
muhokama etayotgan mohiyati esa avtomatlashtirilgan tizimlar faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lgani uchun ham sal o‘ziga yarasha farqlanadi. Tizimlar auditi ikki xil
yo‘l bilan – davriy, ya’ni passiv ko‘rinishda ma’lum bir vaqt o‘tgach, shu vaqt
ichida ro‘y bergan voqea-hodisalar qaydnomasi tahlil etilib xulosalar taqdim etilsa,
aktiv ko‘rinishda har bir joriy soniyada ro‘y berayotgan щolatlar tahlil etiladi va
kerakli tavsiya yoki xabarnomalar hosil qilinadi. Masalan, sovet hokimiyati
davrida KGB yashirin xizmati topshirig‘i bilan ish yuritayotgan nemis
xakerlarining faoliyatini fosh etishga yirik hisoblash markazining kundalik
hisobotlarida har kuni amaldagisidan bir necha tsent farqlanish borligini tekshirish
sabab bo‘lgan. Yana zaif joylarni aniqlagach, tizimni bir necha bor qayta
konfigura-tsiyalash va qayta qurish hamda unumdorlikni tekshirish orqali murojaat
etish imkoniyatining samarasini oshiradi.
Turli vositalardan foydalanuvchi yirik tarmoqlarda proto-kollashtirish va
auditni bir-biriga mos ravishda olib borish qiyin, chunki bu vositalarning
imkoniyatlari qayd etishni amalga oshirishga yo‘l bermasligi mumkin. Masalan,
axborot xavfsizligi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan marshrutizatorlar
(tarmoqda axborot uzatish uchun eng maqbul «yo‘l xaritasi»ni tuzuvchi
komponent) qayd etish imkoniga ega emaslar, shu sababli ularni boshqa servislar
yordamida ekranlash va shu servislar orqali qayd etish zarur bo‘ladi. Yana turli
servislarning voqea-hodisalarini o‘zaro bog‘lash ham o‘ziga yarasha muammolar
tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |