Ахборот муаммоси ҳозирги компьютер инқилоби шароитида, яъни ахборотни сақлаш ва узатиш вазифалари деярли машиналар зиммасига юкланган замонда унинг хавфсизлигини таъминлашга ҳамда мустаҳкамлашга эришиш долзарб вазифа ҳисобланади


Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar



Download 0,81 Mb.
bet6/22
Sana25.04.2023
Hajmi0,81 Mb.
#931779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Ma\'ruza matni-1

Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar - tahlilchi, kuzatuvchi uchun o‘ziga xos manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bunday munosabatlar telefon orqali o‘zaro so‘zlashuvlar, SMSlar, audio-videotasvirlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bunday munosabatlarning ko‘proq sub’ektivlikka daxldorligi ishonchlilik darajasiga putur etkazadi. Hattoki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlaridagi o‘zaro muloqotlar, videotasvirlarda ham ba’zan sub’ektivlik omili sezilib turadi.
Axborotlar bilan ishlashdagi tahlilchining birinchi vazifasi manbani to‘g‘ri tanlay olishdir. SHu bilan birga, tanlangan manbadan to‘g‘ri foydalana olish, manbani tahlil qila olish ko‘nikmalarining shakllanganligi ham bu borada muhim rolь o‘ynaydi. Albatta, ba’zan tahlilchi ayrim sabablarga ko‘ra, aniq ma’lumotni ololmasligi mumkin. Masalan, bevosita davlatga yoki shaxsga (oilaviy) tegishli arxivlar.
Manbani to‘g‘ri tanlay olish axborot bilan ishlashning asosiy omilidir. Manba orqali axborotning ishonchliligini tekshirish va aniqlash, axborot qarorini qabul qilish mumkin bo‘ladi.
Axborot bilan ishlash jarayoni - bu iste’molchi tomonidan talab kilinayotgan axborotni to‘liq va qisqa muddatda tayyorlashning davomiyligidir. Bu jarayon axborotni hujjatlashtirish, yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va iste’molchiga uzatishdan iborat bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Axborot bilan ishlash jarayonida bu jarayonda zarur bo‘ladigan vositalar (hujjatlar, texnik uskunalar va b.) to‘liqligi va uzluksizligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro munosabatlar tizimida mutaxassislarning fikricha, axborot bilan ishlash jarayonining muhim jihatlaridan biri - uni yig‘ish, tahlil va xalqaro munosabatlar sub’ektlarining keyingi harakatini bashorat qilish uchun saqlashdir1.
Axborot bilan ishlash bosqichlari umumiy tartibda asosan quyidagilardir:
-tayyorlanishi kerak bo‘lgan axborot (tahliliy ma’lumot) uchun zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirish. Bu o‘z navbatida, tegishli ma’lumotlarni qidirish, yig‘ish, uning sifatini va haqqoniyligini tekshirib ko‘rish jarayonlarini o‘z ichiga oladi;
-hujjatlashtirish - axborot bilan ishlashning muhim tarkibiy kismlaridan bo‘lib, bunda dastlabki natijalar rasmiylashtiriladi;
-faoliyat, jarayon - hujjatlashtirilgan ma’lumotlarni tizimlashtirish.
Ushbu dastlabki jarayondan so‘ng tahlil qilinayotgan ishning manzarasi oydinlashadi va bu o‘z navbatida, quyidagi vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
-baholash (bunda ma’lumotning haqqoniyligiga qarab, uning muhimligi, maxfiyligi darajasidan kelib chiqadi);
-talqin qilish (bunda tahlilchining tajribasi ham hisobga olinadi), omillar roli va o‘rni belgilash;
-aniqlash, yana qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilinmaydimi;
-qo‘llash samaradorligi qay darajada (bunda uni kimga berish mumkin, keyinchalik foydalanish imkoniyati va saqlash qanchalik samara beradi).
Ushbu jarayonda axborot tashuvchi, saqlovchi vositalar ahamiyati ham katta. Axborot ishi vositalari - bu axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tizimlashtirish, saqlashga va uzatishga mo‘ljallangan hujjatli, texnik (elektron) va boshqa ko‘chirish moslamalarining yig‘indisidir. Aksariyat hollarda ushbu vositalar axborot sifatini belgilashda muhim rol o‘ynaydi. Axborot syfati - axborotning ishlanganlik xususiyati bulib, bu xususiyat axborotning tadqiqot uchun amaliy tavsifini aniqlashga xizmat qiladi. Axborot sifati haqqoniylik (axborot manbasi va uzatuvchining ishonchliligi); nisbiylik (axborotning o‘zaro nisbiyligi, ya’ni bir xil paytda, bir xil sharoitda axborotlarning o‘zaro munosabati); o‘z vaqtida (bunda axborotning kerakli paytda ishlatilishi, ya’ni ahamiyatlilik darajasi hisobga olinadi); to‘liklik (tahlil uchun etarli bo‘lishi); muhimligi (aynan ushbu tadqiqot uchun shu axborotnnng ustuvorligi) kabi omillarga uzviy bog‘liq.
Axborotlar bilan ishlash jarayonining eng muhim xususiyati, balki natijasi u oqilona qaror qabul qilish uchun etarli bo‘lishi kerak. Tahliliy-axborotlar (xavfsizlik tizimida axborot deb kuchli tahlilga asoslangan, oqilona qaror qabul qilish uchun etarli bo‘lgan yakuniy ma’lumotga aytiladi) asosan, oliy davlat hokimiyati organlari tizimi, tashqi iqtisodiy faoliyat va xavfsizlik tizimi uchun tayyorlanadi. SHu sababli axborot bilan ishlash jarayonini tahlilchi misolida ko‘rib chiqamiz.
Demak, axborotlar bilan ishlash jarayoni axborotni qidirish, uni ishlash va qayta ishlash, tahliliy-axborot yoki ma’lumot holiga keltirish (ba’zan bu bosqich hujjatlashtirish deb ham yuritiladi), tegishli qaror qabul qilish uchun uzatish, saqlash kabi murakkab bosqichlardan o‘tadi. Bu erda mantiqiy ketma-ketlik juda muhimdir.
Quyida ularni alohida batafsil ko‘rib chiqamiz:
-axborotni qidirish va qo‘lga kiritish. Har qanday axborotni qidirishdan oldin uning mazmun-mohiyatini, maqsadini, taxminan qaerdan izlash mumkinligini, shuningdek, tahlil uchun konkret vazifalarni ajratib olish; kerakli axborot bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sohalar va muammolar ko‘lamini aniqlab olish; qidirishning ko‘lamini belgilab olish; tadqiqot uchun zarur hujjat manbalari turlarini belgilab olish, bu to‘g‘rida kimlar bilishi yoki yo‘nalish berishi mumkinligi, shuningdek uni qanday ko‘rinishda qo‘lga kiritish mumkinligi kabi savollarni aniqlab olish zarur. Bu savollarga javob orqali ayni paytda, qidirilayotgan axborotning qanday xususiyatga ega ekanligi, ya’ni ochiq (maxfiylashtirilmagan), yarim yopiq (maxfiylashtirilmagan, lekin axborot egasi tomonidan nazorat qilinadi) va maxfiy (ruxsatsiz o‘zlashtirishga urinish yoki oshkor qilib qo‘yish mumkin emas) ligi ma’lum bo‘ladi1.
Bu o‘z navbatida, axborotni qidirish bosqichi vaqtining kisqarishiga olib keladi. Odatda, kerakli ma’lumotlarni tashuvchilar doimo quyidagilar hisoblanadi:
-o‘sha axborotni biladigan shaxslar (bevosita axborot bilan ishlaydiganlar. masalan, tahlilchilar, ekspertlar);
-hujjatlar (rasmiy, norasmiy, ish va arxiv materiallari, boshqaruvdagi shaxsning shaxsiy kundaliklari, kuzatuvlari);
-simli va simsiz aloqa vositalari (telefon, radiotelefon, peydjer, teletayp, telefaks, telegraf);
-axborotni qayta ishlovchi elektron tizimlar (kompьyuterlar, noutbuklar, elektron yozuv mashinalari)
-omillarga ta’sir qiluvchi boshqa omillar (xulq-atvor, suhbatlar, harakat yoki harakatsizlik natijalari)
Axborot manbasi bilan tanishayotganda uning imkoniyatlarini o‘rganish (masalan, Axborot agentliklari), axborotdan foydalanish va qo‘llash chegaralarini aniqlash hamda uning ishonchlilik darajasini hisobga olish zarur. Hujjatlar bilan tanishish maqsadida uni o‘zlashtirish usullari:

  • maxfiy ravishda axborot tashuvchining «ombori»ga kirish;

  • ma’lumotlar saqlanayotgan binoga hujum qilish;.

  • rasmiy vakil orqali;

  • axborot jo‘natmalari (xat, banderolь va b.) ni qo‘lga kiritish;

  • kuzatuv kameralari orqali;

  • kuch (yo‘lda) orqali;

  • qabul qiluvchi orqali;

  • nusxa ko‘chirish orqali;

  • xat (konvertni ochmasdan yorug‘lik yoki suratga tushirish orqali);

  • buzilgan yozuvlarni tiklash orqali.

-uni ishlash va qayta ishlash. Ma’lumki, har qanday axborotning o‘z egasiga, tegishli auditoriyasiga ega. Demak, tahlilchi qidirayotgan axborot hech qachon u istagan holda bo‘lmaydi. Dastlabki ishlash jarayonida qidirilayotgan mavzuga oid ma’lumotlar bazasi yaratiladi (bu ko‘rib chiqish, aniqlashtirish, to‘ldirish va tuzatishlar kiritish hamda yakuniy shakllantirish bosqichlarini o‘z ichiga oladi). Axborotni ishlash va qayta ishlash jarayonida kontent-tahlil, ivent-tahlil, induksiya, deduksiya (silogizm), chiziqli, sintez, tizimli tahlil, vaziyat tahlili, operativ tahlil, SWOT - tahlil, Delьfi uslubi usullari qo‘llaniladi2.
- axborotni tahliliy-axborot yoki tahliliy-ma’lumot holiga keltirish implementatsiya tahlili va dalillash (argumentatsiya), ekstrapolyasiya, perspektiv tahlil asoslanadi. Ayni paytda, aynan mana shu bo‘g‘inda tahlilchining mahorati, individual tahlil qilish qobiliyati namoyon bo‘ladi. CHunki bu erda axborotning dalillar bilan me’yoriy to‘yinganligi, voqealar rivojini ssenariylashtirishning oqilonaligi o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
- tegishli qaror qabul qilish uchun uzatish va saqlash axborot bilan ishlashning yakuniy bosqichidir. Bunda tahlilchi tayyor bo‘lgan ma’lumotni so‘ralgan (odatda, lavozim yoki ma’muriy idora jihatidan yuqori turuvchi) sub’ektga taqdim qiladi va nusxasini zarur hollarda yana qo‘llash uchun saqlab qo‘yadi.
Axborot bilan ishlashda qaror qabul qilish qaysi ma’lumotlar haqiqiy yoki soxtaligini aniqlash bilan yakunlanadi. Qaror qabul qilish jarayoni - nima bo‘lgan, nima bo‘ldi, nima bo‘lmoqda va nima bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi modelni tuzish jarayonidir. Axborot ko‘lamidan kelib chikib, model batafsil yoki qisqacha bo‘lishi mumkin. Ayni paytda, model vaziyat mutloq aks ettira olmaydi. Biroq u tahlilchi oldidagi vazifani konkretlashtiradi. SHu sababli, Axborot Qarorini qabul qilish axborotning asl yoki soxta (dezinformatsiya) ligini belgilab berish bilan birga, undagi ortiqcha ma’lumotlarni bartaraf etadi ya’ni, tahlilchini haqiqat sari yaqinlashtiradi.
Axborot qarori quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: aniq xolat to‘g‘risida (masalan, mamlakatdagi umumiy ahvol); dushman tomondagi mavjud axborot asosida (oliy organlar nashrlari yoki davlat boshlig‘i chiqishi); dushman tomonning harakatlari to‘g‘risida (tegishli masala bo‘yicha amalga oshirilgan so‘nggi ishlar).
Axborot manbalari bilan ishlash jarayonidagi yana bir muhim masala dunyo bo‘yicha axborotning notekis tarqalishidir. Bunga esa er yuzida dasturiy ta’minlash mahsulotlari umumiy hajmining 80% ingliz tilida yaratilayotganidir. Vaholanki, jahon aholisining 75% ingliz tilini bilmaydi1. Mazkur omil ham keyingi yillarda har bir mamlakatning o‘z milliy manfaatlari asosida ishlab chiqilgan Axborot xavfsizlik dasturi bo‘lishini taqozo etmoqda.
SHu bilan birga, ma’lumot va xabarlarning ko‘pligi ("izbыtochnost’ informatsiy") ham axborot bilan ishlash jarayonidagi muammolardan bo‘lib, ayni paytda, axborot xavfsizligiga bo‘lgan asosiy taxdidlardan biridir. CHunki, bu nafaqat qaror qabul qilish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi, balki aholini chalg‘itish uchun muhim vositadir. Fuqaro o‘zi uchun birinchi o‘rinda zarur bo‘lgan axborotning o‘rniga boshqa axborotga chalg‘ib qoladi.
To‘plangan axborot interpretatsiyasi muhim bosqichlardan hisoblanadi. Bu o‘z navbatida ishni yakunlab beruvchi bosqich hisoblanadi. Amerika razvedkasi mutaxassisi, uzoq yillar axborot bilan ishlagan V.Plett o‘zining "Strategik razvedkaning axborot ishi" asarida "Faktlar xech narsani bildirmaydi" deydi. O‘z fikrini u bunday tushuntiradi: "Faktlar o‘zida juda kam mazmunni aks ettiradi, ularni boshsa faktlar bilan qiyoslab ko‘rish lozim ".
SHundan kelib chiqib, quyidagilarni ta’kidlash zarur:

  • taxlilchida doimo iste’molchi so‘ragan ma’lumotdan ko‘p axborot bo‘lishi kerak;

  • tahlilchi axborot tayyorlash jarayonida gipoteza bilan baholashni adashtirmasligi lozim.

Manba ya’ni axborot egasi kim: tegishli sohaning yirik mutaxassisi yoki biron-bir tashkilot (tadqiqot instituti). SHu bilan birga, manbalar faqat bir tomon manfaati uchun xizmat qilishi kerak emas. Masalan, Xitoy va AQSH munosabatlarini tahlil qilayotgan tahlilchi faqat bir tomon yoki ikkala tomon pozitsiyalari bilan bir qatorda, bu munosabatlarga ta’sir qiluvchi omillarni ham inobatga olishlari shart. Aks holda, tayyorlangan axborot to‘liq bo‘lmasligi va bu noto‘g‘ri qaror qabul qilishga olib kelishi mumkin.
Axborot bilan ishlaganda manbani to‘g‘ri tanlay olish muhimdir. Imkon darajada manba tanlangan mavzuga va tahlilchi izlayotgan savollarga yaqinroq bo‘lishi kerak. Manbalar orasida ba’zan bir masalaga ikki xil yondoshuv va ikki xil xulosa berilishi mumkin va bu tabiiy hol. Albatta, to‘liq manbani topish qiyin.
Bizningcha, tahlilchi mavzuga aloqador barcha manbalarni o‘rganishi va bunga ko‘p vaqt sarflashi shart emas, balki umumiy tendensiyani, jumladan voqeaning mohiyatini, unga bo‘lgan turli yondoshuvlarni hamda voqeaning keyingi rivojlanish ssenariysini ishlab chiqish etarli deb hisoblagan ma’lumotlar bo‘lganda manbalar bilan ishlash jarayoni to‘xtatiladi.
Ba’zan mavzuga aloqador ma’lumotlar bazasi yaratilgandan so‘ng, ular orasida tahlilchini chalg‘itadigan ma’lumotlar ham uchraydi. Bu dolzarb masala to‘g‘risida yozishni istagan malakasiz mualliflarning ishlari bo‘lishi mumkin.
Tahliliy-axborot tayyorlashda tahlilchi oldida turgan muhim masala tegishli ma’lumotlarni qidirish va vaqtni to‘g‘ri taqsimlashdir. Bu masalaning mohiyatiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, dastlab adabiyotlar bilan ishlash va qisqacha sharh tuzish, axborot egasi yoki aloqador tashkilotga bu to‘g‘rida so‘rov jo‘natish, ishga mutaxassis ekspertlarni jalb kilish va nihoyat to‘plangan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, shaxsiy tuqtai-nazarni bildirish. Aksariyat hollarda, tashqi siyosiy faoliyatda sub’ektivlikdan qochib shaxsiy fikr bildirilmaydi, ko‘proq tajribaga, shunga o‘xshash vaziyatlar ko‘rib chiqiladi.
Axborot bilan ishlashda birinchi navbatda, asosiy maqsadni aniqlab lish zarur. Axborot biron-bir voqea-hodisa to‘g‘risidami yoki aniq bir muammoni echishga qaratilganmi? SHu bilan birga, uning uslubini ham belgilab olish lozim, ya’ni ilmiy-nazariy (maqola) yoki amaliymi (tahliliy ma’lumot).
YUqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, axborot bilan ishlash jarayoni (manbani to‘g‘ri tanlashdan tortib, tayyor tahliliy ma’lumot holiga keltirishgacha bo‘lgan davr) - oddiy xabar yoki ma’lumotlardan shuningdek, quruq raqamlar va fikr-mulohazalardan iborat "xom-ashyo"ni tayyor, oqilona qaror qabul qilish uchun etarli tugallangan holga keltirishni o‘z ichiga oladigan murakkab ayni paytda mas’uliyatli faoliyatdir. Bu faoliyat natijasi ko‘pincha davlatning keyingi pozitsiyasini shuningdek, boshqaruvning samaradorligini belgilab beradi.
SHunday qilib, axborot bilan ishlash jarayonida tahlilchidan quyidagilarga e’tibor berish talab etiladi:
- axborotning manbasiga (davlat arbobi, shaxslar o‘rtasidagi muloqot, intervьyu, uchrashuv, anjumanlar, gazeta, jurnal, kitob, axborot agentligi, xat, elektron);
- axborotning o‘z vaqtida bo‘lishi (ya’ni eskirmaganligi yoki ahamiyatini yo‘qotmaganligi);

  • axborot egasining maqsadini aniqlashga urinish (ya’ni, buyurtma axborot emasmi);

  • axborotning yo‘naltirilganligi (ilmiy-akademik doira, ommabop, ma’muriy, xizmatda foydalanish uchun va maxfiy);

  • ushbu axborot kim uchun tayyorlanmoqda (davlat rahbari, bosh vazir, zazirlar, xavfsizlik xizmati va h.zo);

axborotni tayyorlashdan maqsadni aniqlab olish zarur (ushbu axborot kanday qaror qabul qilishga xizmat qiladi, uning natijasi kelajakda nimalarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, qanday oqibatlarni keltirib chiqaradi).
Ilm-fan, texnika rivojlanishi tarixan amal qilib kelgan kuch-qudrat mohiyatini keskin o‘zgartirib yubordi. Endilikda u yoki bu sub’ektning ustunligi unda ballistik raketalar yoki yadro bombasi kallaklari mikdori bilan emas, balki uning axborot-kommunikatsion vositalari bilan qanchalik ta’minlangani bilan o‘lchanmoqda. Boshqacha aytganda, siyosiy muhitda kuch emas, balki axborot omili tobora muhim ahamiyat kasb eta boshladi. SHuningdek, tashqi siyosiy muvaffaqiyatlar va ichki barqaror rivojlanish, nafaqat iqtisodiy va harbiy qudrat ("qattiq kuch ") bilan, balki jahonda kechayotgan asosiy informatsion va madaniy jarayonlar ustidan nazoratni o‘rnatishga qaratilgan demokratiya dasturlari va demokratiyaning butunlay ijobiy muvaffaqiyatlarga ("yumtoq. kuch") bog‘liqligi bilan aniq bo‘lib bormoqda.
"Axborot" atama va tushuncha sifatida bir necha ma’no hamda izohlarga ega. Bu uning yillar davomida turli yo‘nalishda evolyusion tarzda rivojlanishi bilan bog‘liq. Axborot turli shakllarda bo‘lishi mumkin: kaydlar, intervьyu, xronika, turli hisobotlar ko‘rinishida, tahliliy materiallar, xabarlar, yangiliklar va h.zo.
Xususan, dastlab "axborot" - "tasavvur", "tushuncha", keyinchalik *habar", "ma’lumot", "tushuntirish", "xabarni etkazish yoki unga ega bo‘lish" ma’nolarini anglatdi. Hozirgi kunda "axborot" atamasi o‘rnida aksariyat xollarda, "informatsiya" atamasi ishlatiladi. Bu holat axborotning aslida lotincha informatio (tushuntirish, bayon qilish, xabar, axborot) so‘zidan olingani bilan izohlanadi.
"Axborot" (ingl.: information, rus: informatsiya) atama va tushuncha, shuningdek strategik resurs sifatida tobora jamiyatning barcha sohalariga kirib bormoqda. Kishilarning oddiy kundalik turmush tarzidan tortib, fanlar shakllanishi va rivojlanishida, xalqaro munosabatlar, siyosiy tizim bir me’yorda amal qilishi hamda yaxlit tizim xavfsizligi uchun axborot asosiy zaruriy omildir.
"Axborot" dastlab kishilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotga asoslangan, ya’ni inson asosiy axborot tashuvchi hisoblangan. Keyinchalik yozuv paydo bo‘lishi bilan axborot tashish vazifasini qog‘oz yoki qog‘oz o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bajara boshladi. Natijada shaxslararo muloqotning bir qismi qog‘ozlarga (hujjat, kitob ko‘rinishida) o‘tdi. SHu bilan birga, endilikda axborot almashinish ko‘lami kengaydi, axborotni uzatishda asl mohiyat ishonchliligi oshdi. Eng muhim jihati esa, kishilarning savodxonlik darajasi o‘sishiga sabab bo‘ldi.
Elektron hisoblash mashinalari va kompьyuter kashf qilinishi bilan axborotni avtomatlashtirish imkoniyati tug‘ildi. Bu holat axborot almashish jarayonida shaxs ahamiyatini yanada kamaytirdi.
XX asrning 20-yillarigacha axborot deganda faqat kishilar o‘rtasida og‘zaki yoki yozma uzatiladigan "ma’lumot va xabarlar" tushunilgan. XX asr o‘rtalaridan esa axborot umumilmiy tushunchaga aylandi. Bunda kibernetika nazariyasi hal qiluvchi rolь o‘ynadi. CHunki, mazkur nazariya endilikda axborotni mustaqil o‘rganish mumkin degan g‘oyani keltirib chiqardi.
Axborot tushunchasiga atroflicha yondashish va aniq miqdor o‘lchovi paydo bo‘lishi axborotni o‘rganishga katta qiziqish uyg‘otdi. XX-asrning 60-yillaridagi ko‘p tadqiqotlar axborotni qidirish muammolari bilan uzviy bog‘liq bo‘ldi va aynan shu davrda qidirish tizimlari va usullari yaratildi.
Axborotning strategik resurs ekanligi undan samarali foydalana olish uni va u orqali boshqarish imkoniyatini berishi bilan izohlanadi.
Ayni paytda, axborot sohasida amalga oshirilgan istalgan harakat kisqa muddatda muayyan auditoriya kayfiyatini, u yoki bu masalaga nisbatan karashlarini o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Fanda va huquqiy me’yoriy hujjatlarda axborotga turlicha ta’riflar berilgan. Falsafa ensiklopedik lug‘atida axborot - fanning eng umumiy tushunchalaridan biri va hozirga qadar axborotning yagona ta’rifi ishlab chiqilmagan deyiladi.1
Mazkur lug‘atda axborotning eng ko‘p qo‘llanilayotgan ta’riflari sifatida quyidagilar beriladi: tashqi odamga moslashish jarayonida undan olingan ma’lumot, signal mazmunini ifodalash (N.Viner); entropiyani inkor ettirish (Brillyuen); kommunikatsiya va aloqa, noaniqlikni yo‘q qilish jarayoni (K.SHennon); rang-baranglikni ifodalash (R.Eshbi); O‘ziga xoslik, yangilik, strukturalarning murakkabligi mezoni (A.Molь); tanlash ehtimolligi (YAglom); xilma-xillikni aks ettirish (A.Ursul); mavjud va teng variantlarda eslab qolingan bitta variantning tanlovi (G.Kastler)2.
Ushbu yondoshuvlarda axborot tushunchasining u yoki bu jihati ochib beradi. SHu bilan birga, har qanday axborot uchta asosiy parametrga ega: mazmun, miqdor, qadriyat. Miqdor asosan matematik statistikada (ushbu jihat K.SHennon tomonidan quyidagicha izohlangan: “ma’lumot uzatilganda noaniqlik miqdorining o‘zgarishi axborot miqdorini belgiaydi"), aksiologik va mazmun tomonlari semantik nazariya asosida o‘rganiladi.
Axborotning miqdor tushunchasi axborot ustida so‘z borgan voqeaning extimolli darajasiga teskari proporsional miqdor sifatida ta’riflanadi. Axborot ilmiy tushunchasining ishlab chiqilishi, olam moddiy birligining yangi qirrasini ochib beradi. Ilgarilari butunlay turlicha bo‘lib ko‘ringan ko‘pgina jarayonlarga - aloqaning texnik kanallari bo‘yicha axborotlar berishga, asab tizimining ishlashiga, hisoblash mashinalarining ishini boshqarishning xilma-xil jarayonlariga va h.k., yagona bir nuqtai nazardan qarashga imkon berdi. Bularning hammasi informatsiyani uzatish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari bilan bog‘liqdir. Informatsiyaga semantik yondoshuvning ma’nosi - uni ba’zi tillar, belgilaridan tashkil topgan matnni anglash deb qarashni anglatadi. Ba’zi tizimlarda bu belgilar o‘zaro farq qilinadi va anglanadi (axborot etkazuvchi). Anglash qabul kiluvchi tomonga belgilarni ma’lum bo‘lishini taqozo etadi (axborot qabul qiluvchi). Axborot qabul qiluvchi har bir tushunchani anglash uchun yordam beradigan bilimlar majmuiga ega bo‘lishi lozim. Axborotni uzatuvchi tilidan oluvchi tiliga tarjima qilishi lozim. SHunday usul bilan olingan axborot tizimi atrof-muhitga o‘z munosabatini bildiradi. N.Viner fikricha, jonli tabiat, jamiyat va mashinalardagi barcha boshqaruv va aloqa jarayonlari axborot uzatish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari sifatida qaraladi1.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘atida axborot: 1) taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxs, predmet, dalil, voqea, hodisa va jarayonlar haqidagi ma’lumotlar; 2) dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayonlar haqidagi bilim (ma’lumotlar) hamda tushunchalar yoki buyruqlar; 3) ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega bo‘lgan tushunchalarni ichiga oluvchi dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi ob’ektlar haqidagi bilim (ma’lumotlar); 4) qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan va saqlanishi va kayta ishlanishi lozim bo‘lgan jam dalil va ma’lumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan erkin foydalanish va to‘lovlar, dars jadvali, o‘lchash majmualarining Er va fazo stansiyasi o‘rtasidagi masofa to‘g‘risidagi xabarlar va h.k. lar axborotlar bo‘lishi mumkin. Hisoblash mashinasi ishi uchun zarur bo‘lgan axborot qayta ishlanishi lozim bo‘lgan ma’lumot va dasturdan iborat bo‘lib, dastur ushbu ma’lumotlar bilan nima va qaysi tartibda bajarilishi lozimligini belgilaydi (yoki foydalanuvchiga belgilash imkonini beradi). Axborot nur, tovush va radio to‘lqinlari, elektr toki yoki kuchlanishi, magnit maydoni, qog‘ozdagi belgilar shaklida yaratilishi va tashilishi mumkin. Umuman olganda, xohlagan moddiy tuzilma yoki energiya oqimi axborotni tashishi mumkin. Axborotdan foydalanish ko‘lami jamiyat rivojlanishi darajasini belgilaydi; 5) turli ob’ektlarning o‘zaro ishlashida ro‘y beruvchi aks etish jarayonining faol harakatlarni ta’minlash uchun yaroqli natijalari. SHuningdek, birov, biror narsa to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 6) aks etgan xilma-xillik deya izohlanadi2.
Falsafa qisqacha lug‘atida axborotga ta’rif: 1) ma’lumotlar, dalillarni tasniflash; 2) yangiliklar, yangi ma’lumotlar; 3) ma’lumot natijasida noaniqlik darajasining kamayishi; 3) tabiat va mashinalarda uzatish, aloqa va boshqarish asosidir deb beriladi. Barcha axborotlar 3 ta asosiy tarkibga ega: qadrliligi, miqdori, mazmuni .
YAna bir lug‘atda axborot quyidagicha izohlanadi: 1) Biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma’lumot. Davlatlar o‘rtasidagi muzokaralar natijasida tuzilgan bitim yoki shartnomalar to‘g‘risida hukumatning rasmiy xabari. Xalqaro huquqda ikki va undan ortiq davlat o‘rtasida olib boriladigan diplomatik muzokaralar natijasida tuzilgan bitimlar, shartnomalar yoki qabul qilingan boshqa qarorlar haqidagi xabar ikki yoki undan ortiq davlatlar tomonidan e’lon qilinadi. Ikki davlat o‘rtasida olib boriladigan muzokaralar haqidagi axborot odatda qo‘shma axborot deb ataladi. 2) Ba’zi vaqtli nashrlarning nomi (masalan, O‘.R. Oliy Majlisi axboroti, O‘.R. FAning axboroti, O‘.R. DTMning axboroti va b.)1.
Axborot rivojlanish borishi bilan shug‘ullanuvchi maxsus axboriy nazariya (axborot nazariyasi) shakllandi. Axboriy nazariya – axborotlarni saqlash, uzatish, qayta ishlash va o‘zgartirish usullarini o‘rganuchi nazariya. U aloqa nazariyasi muhandislik muammolari doirasida yuzaga kelgan, so‘ng kibernet tizimlar va boshqarish sohasiga yoyilgan. Axborot tushunchasi axboriy nazariyaning markaziy tushunchasi hisoblanadi. U xabarning kutilmaganlik darajasi bilan bog‘liq. Hodisaning sodir bo‘lishi qanchalik muqarrar bo‘lsa, xabar uning yuz berishi va aksi haqida shuncha kam ma’lumotga ega bo‘ladi. Ross Eshli axborotni shunday ta’riflaydi. Mavhumlikni bartaraf etadi va mavhumlik miqdori bilan belgilanadi. Axboriy nazariyada xabarlar oqimining quyidagi tarixi qabul qilingan: xabar manbai - yo‘nalish uzatgichi - qabul qiluvchi - oluvchi.
Axboriy nazariyada axborotning foydaliligi va maqsadga yo‘naltirilganligiga urg‘u beruvchi pragmatik jihat rivojlanadi. Foydalilik me’yori ham mavhumlik me’yoriga bog‘liqdir. Agar kuzatuvchi ba’zi xabarlarni olar ekan, mabodo bular masalaning boshlang‘ich mavhumligini o‘zgartirsa, bunday xabarga kiritilgan axborotning foydaliligi xabar olingungacha va undan keyingi mavhumlik farqiga teng bo‘ladi. SHu munosabat bilan axborotning tartibga keltiruvchi, nogentropik no‘nalishi haqida gapirish mumkin. Bir qator maxsus fanlar axborot texnologiyalarining turli yo‘nalishlarini o‘rganadi. Masalan, kitobshunoslik, kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik, xujjatshunoslik va h.zo. EHMni keng joriy etish tubdan yangi, qog‘ozsiz axborot haqida so‘zlashga imkon beradi. EHM yutuqlari asosida taraqqiy etayotgan soha informatika deb atalmokda. 1978 yilda YAponiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro kongress ma’lumotida ta’riflanishicha, «informatika tushunchasi mashinalar, matematik ta’minot, tashkiliy jixatlar, shuningdek, sanoat, tijorat, ma’muriy, ijtimoiy va siyosiy ta’sirlarni ham o‘z ichiga olgan xolda axborotni kayta ishlash tizimiga moddiy-texnikaviy xizmat kursatish va uni ishlab chiqish, yaratish, foydalanish bilan bog‘lik soxalarni kamrab oladi»2.
Kibernetikaning mustaqil bo‘limi sifatida axborot nazariyasining rivojlanishi O‘zbekistonlik mutaxassis Abdullaev I.Z. fikricha, 2 yo‘nalishda kechmoqsa:

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish