Ахборот – комуникация технологиялари воситасида ўқувчиларнинг ўқув – билув мотивларини шакллантиришнинг илмий – назарий асослари



Download 183,34 Kb.
bet50/55
Sana10.09.2021
Hajmi183,34 Kb.
#170789
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
alisher axborot texnologiyalari kurs ishi MAGISTR

Guruhlar

Sifat

Samara

Nazorat sinf

71%

79%

Tajriba sinf

89%

88%

Tadqiqot ishi davomida darslarda AKTning qo‘llanilishi o‘quv motivlarining shakllanishiga, bu esa bevosita ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi.




3-BOB BO’YICHA XULOSALAR


  1. Bizning tadqiqot ishimiz davomoda olib borilgan tajriba-sinov ishlarimizda boshlang’ich sinf o‘quvchilarning o‘qish faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘qish motivlarni shakllantirish va ustunligini ta'minlash xususiyatlariga e'tibor qaratilgan.

  2. O‘qituvchi o‘quvchilarda mustahkam ta'lim motivlarini shakllantirish uchun o‘quvchilarning o‘zini rivojlantirish motivatsiyalarining o‘sishi dinamikasini muntazam kuzatib, tahlil qilib borish hamda o‘zlashtirishda nuqsoni mavjud ayrim o‘quvchilar faoliyatiga tegishli tuzatishlarni kiritib borishi talab qilinadi.

  3. O‘quvchilar motivlarini aniqlashning individual shakllantiruvchi tajriba metodida topshiriqlar xilma-xilligi va murakkablik darajasining turliligi sharoitida amalga oshirilishi katta samara beradi. Shuningdek, individual shakllantiruvchi-tarbiyalovchi metod o‘quvchilar motivlarini aniqlashning eng samarali metodlaridan biri hisoblanadi.

  4. O‘quvchilarning motivlari va ta'limga bo‘lgan qiziqishlarini aniqlash maqsadida muntazam ravishda ularni (so‘rov o‘tkazib borish) tashxislash hamda tashxis natijalari monitoringini yuritish talab etiladi.

  5. Ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini ma’lum bosqichlar asosida joriy qilinadi.

  6. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv–biluv motivlarini shakllantirishda asosan ta'limni axborot texnologiyalari asosida darslarni tashkil etish, «ta'lim beruvchi-ta'lim oluvchi» dialogidan voz kechishni va «ta'lim beruvchi- AKT-ta'lim oluvchi» ko‘rinishidagi uch tomonlama o‘zaro munosabatga o‘tishni nazarda tutadi.

  7. Axborot – kommmunikatsiya texnologiyalari asosidagi ta'lim berish sharoitlariga nisbatan o‘quvchilarda ko‘nikmalar hosil qilish, ta'lim olish jarayonida axborot–kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va roli bilan tanishtirish natijalari tahlili ijobiy ko’rsatkichlarni qayd etdi.

  8. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim olishda axborot texnologiyalaridan foydalanish yo‘l – yo‘riqlari bilan tanishtirish, ushbu faoliyatning har bir komponenti ahamiyatini ochishga qaratilgan tajriba sinov ishimiz natijalari asodida o’quvchilarda o’quv motivlari shakllanganligi qayd etildi.

  9. Darslarda AKTning qo‘llanilishi o‘quv motivlarining shakllanishiga, bu esa bevosita ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi.


XULOSA
Olib borilgan tadqiqot ishlarimiz quyidagi xulosalarni shakllantirish imkonini berdi:

    1. Ilmiy manbalarning tahlili sharq mutafakkirlari, xorij va o‘zbek psixologlari o‘quv motivlarini ehtiyojlar nuqtai nazaridan tahlil etishga harakat qilganliklarini ko’rsatdi.

    2. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ta'lim jarayoni samaradorligini oshiradigan omillari ichida o‘quv-biluv motivlari birinchi o‘rinda turadi.

    3. Ta'lim motivlari jamiyat va ijtimoiy hayotdan ajralgan alohida bir shakl va ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin emas.

    4. O‘zbekistonda ta'lim jarayonida AKTni qo‘llash bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va uning huquqiy va me'yoriy asoslari yaratilgan.

    5. Axborot texnalogiyalari asosidagi darslarning qulayligi shundaki, unda o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirib olayotganligini doimiy ketma-ket kuzatishga, nazorat olib borishga, ta’lim oluvchilarda o’quv jarayoniga nisbatan qiziqishlarning paydo bo’lishida, o’quv motivlarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi, kerak xollarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi.

    6. Ta'limda AKTning qo‘llanilishi o‘quv–biluv motivlarini shakllantirishda eng muhim vosita hisoblanib, o‘quv motivlarini yuzaga keltirishda AKT (kompyuterli o‘qitish; ta'limda multimediya-tizimlarni qo‘llash; ta'limda interaktiv kompyuter vositalarini qo‘llash) lardan foydalanish yuqori samara beradi.

    7. O‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchilarning tafakkur ko‘nikmalarini va murakkab vazifalarni hal qilish malakalarini rivojlantirishning yangi yo‘llarini ochib beradi, ta'limni faollashtirish uchun prinsipial yangi imkoniyatlarni taqdim qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari auditoriya va mustaqil mashg‘ulotlarni yanada qiziqarli va ishonchli, o‘rganiladigan axborotning katta oqimini oson o‘zlashtiriladigan qilish imkonini beradi.

    8. Axborot texnologiyalaridan foydalanishda axborotlarning jamlanganligi, ko‘rgazmaliligi, ya'ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi, animatsiyalardan foydalanish, ta'lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan ichki harakatlantiruvchi kuchlar(motiv)ni yuzaga keltiradi.

    9. Yuqorida bayon qilingan fikrlardan kelib chiqqan holda quyidagicha xulosaga kelish mumkinki, ta'limda axborot texnologiyalarini o‘rinli qo‘llash pedagoglarning resurslarni o‘zlashtirilishining oshishiga va eng muhimi o‘quvchilarning o‘quv motivlarini shakllanishiga imkoniyat yaratadi.



Download 183,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish