YAna shu zona uchun xos bo‘lgan agrotexnik va mexanizatsiya ishlarini
ta‘minlashiga e‘tibor bsriladi.
Umuman tajriba maydonchasining sathi bu konkret aniq bir holat bo‘lmasdan,
u tajriba vazifasi tuproq sharoiti, ekish usullari ekinlarni parvarish qilish usullari,
hosilni yig‘ish va boshqalarga qarab u yoki bu miqdorda o‘zgarib turishi mumkin.
Hosil maydonchalari - tajriba maydonchalarini ajratib turish uchun yonbosh
va
ztaklardan
himoya
maydonchalari
ajritiladi.
YOnbosh
himoya
maydonchalarining kengligi 0,5-1,5 m bo‘ladi. Ba‘zi hollarda masalan sug‘orish
yoki
gerbitsidlar bilan o‘tkazilgan tajribalarda esa ularning kengligi 2-3 m qilib
belgilanadi.
Sort sinov ishlarida esa yonbosh himoya maydonchalari kichikroq qilib, bir
sort ikkinchisidan 20-40 sm himoya maydonchasi orqali ajratiladi.
Etaklardan himoya maydonchalari 2 m dan kam bo‘lmasdan, mashina bilan
agregatlar ishlatilganda, ularni dala etaklarida qayrilib olishlari uchun esa 5 m
etakdan himoya maydonlari qoldiriladi.
Tajriba maydonlarining shakli-haqida gapirilganda ularning uzunligining
(bo‘yining) ekinga bo‘lgan nisbatlari tushiniladi. Maydonlar bu munosabatga qarab
kvadrat, 10x10 yoki 5 x5, to‘g‘ri turt burchak 5x10 yoki 4x20m va cho‘zik 2,5x40
yoki 4x60m bo‘lishlari mumkin.
Tuproq sharoitlari turlicha bo‘lgan uchastkalarda cho‘ziq maydonchalar
yaxshi natija beradilar. Lekin bu maydonchalarning parametrlari katta bo‘lgani
uchun himoya maydonlariga ko‘p yer uchastkasi sarf etiladi. Kvadrat formasidagi
maydonchalar yonma-yon variantlar bir-biriga taasuroti ko‘p bo‘lgan holatda
yaxshi natija beradi. Masalan: dorivorlar sanalganda ularning boshqa
maydonchalarga shamol yordamida tarqalishini oldini oladi.
Umuman tajriba maydonining shakli to‘g‘risida fikrlanganda ko‘proq to‘g‘ri
to‘rtburchakli va kvadrat formalarga e‘tibor beriladi.
Tajriba maydonchalarining yo‘nalishi — bu maydonchalarning dala tajriba
uchastkasida joylanuv holatidir. Umuman tajriba maydonlarining yo‘nalishi shu
yer uchastkasini tuproq unumdorligini yuynalishida bo‘lgani ma‘quldir. Bu holda
hamma variantlar bir xil sharoitda bo‘ladilar. Tajriba maydonchalari qiyalik
yerlarga joylashtirish zarur bo‘lgan taqdirda ularning shu qismini yo‘nalishi
bo‘yicha joylashtirish lozim.
Agar tuproq sharoitlari bir xil yoki ular bir holatga keltirilgan maydonlar
bo‘lsa, tajriba maydonchalarining yo‘nalishi hoxlagan ko‘rinishda bo‘lib, bunda
faqat ko‘llaniladigan texnik holatlar nazarga olinadi.
Takrorlanishlar. Takrorlanish va variantlarni yer maydonida joylashtirish
sxemasi.
Dala tajribasining aniqligini va hosil etilgan o‘rtacha qiymatlarini ishonchlilik
darajasi tajribani vaqt va maydonda takrorlanishiga chambarchas bog‘likdir.
Tajribani maydonda (er uchastkasida) takrorlanishi bu har bir variantni
o‘xshash tajriba maydonlaridagi uchrash qiymatiga tushunilsa, vaqt davomida
takrorlanish esa, tajribani necha yil davomida sinab ko‘rilishidir.