DORIVOR O‟SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI
187
Namunalarni tahlil qilishdan oldin o'simlikning rivojlanish davri, tushgan qor
qalinligi yoki muzlangan qatlam qalinligi, qisqasi, o'simliklarning nobud bo'lishiga
ta'sir etgan omillar aniqlanadi. Qazib olingan namunalar ehtiyotlik bilan
laboratoriyaga olib kelinadi va usti namlangan qop yoki boshqa material bilan
yopilib, 5-6
0
S haroratda 3-5 kun saqlanadi. Keyinchalik namunalardagi bug'doy
bargining rangi, nobud bo'lgan o'simliklar soni, tupda nobud bo'lgan va bo'lmagan
poyalar soni, umuman zararlanmagan tup va undagi poyalar soni aniqlanadi.
Hisoblashdan oldin barcha o'simlik tuplari tuproqdan tozalangan va ildizlari
yuvilgan bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |