Hisobot oddiy, aniq va barcha uchun tushunarli bo’lishi kerak.
Hisobotni korxona rahbari va boshqa tegishli shaxslar imzolashi lozim
Hisobotda tushunarsiz va o’chirib yozilgan raqamlar bo’lmasligi kerak.
Buxgalteriya hisoboti uchun hisobot davri «Buxgalteriya hisobi to’grisida» gi konunning 18-moddasiga asosan 1-yanvardan 31 dekabrgacha bo’lgan kalendar yili hisoblanadi. Davriy hisobotlar esa, kalendar yildan farqli 3,6,9 – oy muddatlarga tuziladi. Buxgalteriya hisobining milliy andozasi. №1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ning 61-moddasiga asosan «Hisobot davrining so’nggi kalendar kuni buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlari – uchun hisobot sanasi hisoblanadi. Masalan, yillik Buxgalteriya balansi uchun hisobot sanasi 31-dekabr hisoblansa, yillik moliyaviy natijalar to’grisida hisobot uchun 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo’lgan davr hisobot davri hisoblanadi.
Buxgalteriya hisoboti topshirilish davriga (tuzilishi muddatiga) qarab bo’linadi:
45-Mavzu : Korxonalarning moliyaviy holatini o’rganishning ahamiyati,mazmuni vazifalari va axborot manbalari.
Reja.
1.Xisobotning moxiyati, turlari va axamiyati.
2.Joriy xisobotning tarkibi va uni tuzish.
3.Yillik xisobotning tarkibi va uni tuzish.
4.Yillik xisobotni kurib chikish va topshirish tartibi.
Adabiyotlar
1.«Korxona tashkilotlarning choraklik va yillik moliyaviy xisobot shakllari va xajmini tasdiklash tugrisida» Uz.R. moliya vazirligining 1997-yil 15 yanvardagi 5-son buyrug’i
2.Abdukarimov I.T. «Moliyaviy hisobotni o’qish va tahlil qilish yo’llari». Toshkent 1998 y.
3.Rizaev CH. va boshqalar «Jamoa, shirkat xo’jaliklarida va boshqa korxonalarda choraklik, yillik buxgalteriya hisoboti shakllarini tuzish uchun qullanma. Toshkent 2001 yil.
2.Qo‘shimcha adabiyotlar.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni 1996 yil 30 avgust
O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni. «O‘zbekiston ovozi»
«Mahsulot (ish xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 54-sonli Qarori
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari