Xulosa
Zamonaviy axborot texnologiylari-shaxsiy kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda foydalanuvchi ishining do'stona interfeysi axborot texnologiyasidir. Iqtisodiy sohada zamonaviy aborot texnologiyalridan foydalanish iqtisodiy axborotning sifati uning aniqligi, obyektivligi, tezkorligi va buning natijasida sifatida esa boshqaruv qaroqolrini o'z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini ta'minlaydi. Boshqaruv faoliyatini avtomatlashtrish yangi axborot texnologiyalri asosida ma'lumotlarni qayta ishlash, saqlash va qidiruvini amalga oshiradigan”electron ofis” konsepsiyasini paydo bo'lishiga olib keladi. Marketingda zamonaviy axborot texnologiyalrni qo'llash natijasida korxonlar marketing faoliyati samaradorligi oshib, ular bozordagi axborotlardan o'z vaqtida to'liq va aniq foydalanadilar. O'zaro bog'liq bo'lgan ko'p sonli korxonalarni kompleksidan tashkil topgan tijorat strukturalari faoliyatida axborotlarni uzatishi mazkur strukturani normal faoliyat ko'rsatishini birinchi darajali va o'zgarmas faktori bo'lib hisoblanadi. Bunda axborotlarni tezkorligi va ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ko'pgina korxonalar uchun axbortlarni ichki ichki tizimi tashkiliy- texnologik jarayonning vazifalarini yechadi hamda ishlab chiqarish xarakteriga ega. Bu eng avvalo, ichki korxona kanallari orqali maxsuslashtirilgan korxonalardan tushadigan korxonani nusxalashtirilgan mahsulotlar bilan ta'minlash jarayoniga tegishlidir. Bu yerda axborot boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ma'lumotlarni taqdim etishda muhim rol o'ynaydi, hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va uning samaradorligini oshirishini ta'minlovchi faktorlardan biri bo'lib hisoblanadi.
Tezkor (operativ) qarorlar qabul qilishini talab etuvchi ishlab chiqarish jarayonida rejaviy ko'rsatgichlardan chetlanish yuzaga kelishi to'g'risidagi axborotlar muhim rol o'ynaydi.
Qarorlar qabul qilishda mos ravishdagi rolni yangi ilmiy bilimlar, kashfiyotlar to'g'risidagi ma'lumotlar, o'z korxonasi hamda raqobatchi korxonalardagi texnik yangiliklarni o'z ichiga oluvchi ilmiy-texnikaviy axborotlar o'ynaydi. Bu korxonada yuqori darajali raqobatbardoshlikni ta'minlovchi amaliy va o'z vaqtida foydalaniladigan potensial bilimlar, texnik vazifalar hamda uzluksiz to'ldiriladigan umumiy fonddan iborat.
Axborotlar ishlab chiqish va mos ravishda qarorlar qabul qilish uchun ma'ruza, hisobotlar, takliflar tayyorlashda asos bo'lib xizmat qiladi. Har bir konkret axborotning mazmuni boshqaruv bo'g'inlarining ehtiyojlari va ishlab chiqiladigan boshqaruv qarorlari bilan aniqlanadi.
Bugungi kunda mamlaktimizdagi iqtisodiy islohotlarni bosh maqsadi - rivojlangan davlatlar iqtisodiy tizimlari tajribasini tahlil qilgan holda o'zimizga xos bo'lgan milliy iqtisodiy tizimni yartish va takomilashtirib borish. Hozirgi kunda mamlaktimiz jahon bozorlariga raqobatbardosh mahulotlarni eksport qilib o'z ulushiga ega bo'lib bormoqda. Shunday ekan korxonalarimiz mahsulotlarni bozordagi sotish jarayonlari, reklama va boshqa bozor munosabatlarini o'rganish uchun marketing faoliyatini takomillashtirish kerak. Marketing faoliyatini takomillashtirish uchun zamonaviy axborot komunikatsiyon texnolgiyalardan samarali foydalanish kerak. Zamonviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish natijasida iqtisodiyot faoliyatida ishonchli axborotlarga ega bo'lib kelgusi hatti harkatlarini aniq belgilab olish mumkin.Yuqoridgi tadqiqiot natijalari asosida quyidagi takliflarni beramiz:
korxonalarda axborot kommunikatsion texnologiyalar bilan ta'minlash dasturini tuzish;
korxonalarda axborot bo'limlari faoliyatini takomillashtirish;
korxonalar faoliyatida iqtisodiyot bo'limlarni zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylar bilan ta'minlash;
zarur bo'lgan axborotlarni tahlil qiluvchi xodimlar malakasini oshirish;
zamonaviy iqtisodiyot amliyotida mavjud bo'lgan tajribalarni o'zlashtirish;
zamonviy axborot texnologiylar bilan ishlovchi sifatli kadrlarni tanlash ;
iqtisodiyot faoliyatiga doir turli xil halqaro konferensiylar o'tkazish ;
iqtisodiyot faoliyatini takomillashtirishga oid me'yoriy huquqiy bazani takomillashtirish;
iqtisodiyot strategiyasini tanlashda bozorlar o'zgaruvchanligini aniq baholash;
Rivojalangan davlatlar tajribasidan ma'lumki marketing faoliyati korxonlar foliyatini asosiy bo'laglaridan biri hisoblanadi.Chunki bugungi kunda mahsulotlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish emas balki sotish muammo hisoblanadi.
Jahon bozorlarida mahsulotlarimiz o'z o'rniga ega bo'lishi uchun mahsulotlar haqida ma'lumotlarni batafsil yorqin ranglarda foydalnuvchilarga yetkzish, mahsulotlar sifati jahon talablariga moslashuvchnanligi ta'minlash, bugungi kun iste'molchilari istak va imkoniyatlarini tahlil qilish va boshqalar. Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun korxonalar iqtisodiyot faoliyati zamonaviy axborot kommunikatsiyon texnologiyalar va malakali mutaxassislar bilan ta'minlanishi kerak. Jamiyatdagi mavjud vaziyat maktabning maqsad va vazifalari yuzasidan fikr almashish bilan tavsiflanadi. To'liq ta'lim olish istalgan turmush darajasiga erishish uchun zarur shart va iqtisodiyot va umuman jamiyatning rivojlanishidagi eng muhim omillardan biri sanaladi. Ta'lim inson shaxsiyatining, bilim va ko'nikmalarining doimiy rivojlanishi jarayoniga, shuningdek, qaror qabul qilish va turli harakatlarga o'tishga qodir bo'lishi kerak. Haqiqiy - insonning o'zi uchun tanlangan qadriyatlardan tanlagan qadriyatlarga mos ravishda o'z imijini qurish vositasi sifatida ta'limning nuqtai nazari.
Ko'plab o'qituvchilar eski ta'lim tizimidagi ishlarning holatidan mamnun bo'lmaganlar. Avvalo, ta'lim jarayonining tuzilishi bo'yicha bu o'zgarish. Ilgari, o'qituvchi talabaning qancha ma'lumotni bilishi kerak edi. Lekin o'qituvchilar ko'pincha talabaning o'z nuqtai nazariga umuman e'tibor bermaydilar. Shu sababli talaba o'ylab, gapirishni o'rganmagan. Ustoz-shogird munosabatlari asosan avtoritar edi. Ta'lim tizimini modernizatsiya qilish yangi g'oyalar, yondashuvlar, zamonaviy texnologiyalar, o'qituvchilar, olimlar, ota-onalar va o'quvchilar birgalikda ishlamasdan mumkin emas.
Foydalanilgan adabiyotlar
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi: -T.: O`zbekiston 1999
Karimov I. A. O`zbekiston buyuk kelajak sari.-T.: O`zbekiston, 1999.
Karimov I. A. Qishloq xo`jaligi taraqiyoti – to`kin hayot manbai. – T.: O`zbekiston, 1998.
Qayumov F. Q. Effektivnost APK v usloviyax perexoda k rinku: Obshiye i regionalniye problemi. – M.: IPO «Poligran», 1992.
Serova YE. V. Agrarnaya ekonomika: Uchebnik dlya studentov ekonomicheskix vuzov, fakultetov i spetsialnostey. – M.: GU VSHE, 1999.
Uzbekistan: desyat let po puti formirovaniya rinochnoy ekonomiki Koll. Avt.: R. A. Alimov, A. K. Bedrinsev, A. F. Rasulov i dr.// Pod red. A.X. Xikmatova. – T.: O`zbekiston, 2001.- 352 b.
Xakimov R., Otaqulov M., Yusupov E., Yusupov M.S. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti. – (O`quv qo`llanma) T., TDIU, 2004.-160 b.
Salimov B.T., Hamdamov Q.S., Berkinov B.B., Xakimov R., Yusupov M.S., Oripov M.A., O`roqov N.I. - Dehqon va fermer xo`jaliklari iqtisodi – (O`quv qo`llanma) –T.: TDIU, 2004. – 176 b.
Salimov B.T., Hamdamov Q.S., Tursunxo`jayev T.L., To`raxo`jayev T.I., Hakimov R.X., O`roqov N.I, Aripov I.M. -Jahon qishloq xo`jaligi. – (O`quv qo`llanma) – T.: TDIU, 2004. – 128 b.
Abdug`aniyev A., Abdug`aniyev A.A. – Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti – (darslik). – T.: TDIU, 2004. – 304 b.
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |