Агрономия мутахассисликлари талабаларига укитиладиган биологик фанлар орасида мухим назарий ва амалий ахамиятга эга



Download 1,22 Mb.
bet2/4
Sana29.09.2019
Hajmi1,22 Mb.
#22792
1   2   3   4
Bog'liq
Маруза матн


Маъруза № 2
Mavzu: Ҳозирги замон ижтимоий тараққиёт ва фан-техника инқилоби шароитида ekologiya

Reja:

  1. Ijtimoiy ekologiya muammolarining hal etilishi.

  2. Ijtimoiy ekologiya muammolarni hal etishda fan texnikaning roli

  3. Orol va Orol bo`yi muammolarni hal etish yo`llari.

Ekologiya muammolarini hal etish uchun barcha respublikalarda tabiatni muxofaza qilish va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish buyicha keng kullamli tadbirlar majmuini amalga oshirish, ekologik vaziyat murakkab rayonlar buyicha tabiatni muxofaza kilishning xududiy-majmuini tarixlarini ishlab chiqish lozim bo`ladi Moddalarning biologik aylanishiga madad berish ekosisltemaning bosh vazifasidir. U tizimni tashkil etuvchi populyasiyalar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar asosida amalga oshadi. Zotlar bilan aloxida populyasiyalar urtasidagi o`zaro ta`si turli usullarda ruy beradi.

Ammo ular orasida biologik va energiyaning bir shakldan boshqasiva aylanishini ta`minlaydigan tropik aloqalar eng ahamiyatlisidir. Ayni bir vaqtda har bir populyasiya muhitning aniq sharoitlarida turning yashash shaklini ifodalaydiki, uning vazifasi saqlash va qayta ishlab chiqarishdir. Tabiatdan foydalanish va atrof-muhitni muxofaza qilishni qulaylashtirish soxasida asosli va amaliy-ilmiy tadqqqotlarni intensiv rivojlantirmay turib, neosferani - inson va jamiyatning tabiatga oqilona munosabati sohasini ta`minlab bo`lmaydi. Ekologik muammolarning keskinlashuvi shuningdek, chiqindilarni zararsizlantirish tizimlari quvvatlarni oshirishdan chiqindisi ham texnologiya jarayonlarga sifat jixatidan o`tish mas`uliyatini yuklaydi. Orol dengizi xavzasi tabiiy muxitining hozirgi axvoli va rivojlanishi jarayonini taxlil etish. Ekologik vaziyatning yanada keskinlashtirishni ko`rsatmoqda. Orol muammosi borgan sari murakkablashayotir. Mintaqaning axvoli va rivojlanishida tobora yangi-yangi muammolar paydo bo`lmoqda. Ularni barchasi tez va juda ildam hal etishni talab qiladi O`nlab yillardan beri ko`ndalang turlari asosiy muammoni hal etish uchun ko`proq ko`p loyixalar taklif qilindi, ammo xozircha ularning birortasi ham hayotga joriy etilmadi. Bu loyixalarning hammasini ikki guruhga birlashtirish mumkin:

1.Oral dengizi xavzasi ichki resurslari suvlarini burib yuborishni taklif etayotgan (intraragional) loyixadir.

2.Suvni chetdan, ya`ni xavzadan tashkaridan oqizib keltirishni taklif etayotgan (exetraregional) loyixadir.

Orol denzizi satxini mahalliy resurslar hisobiga barqarorlashtirishni ko`zda tutuvchi loyixalar quyidagi manbalar suvini dengizga oqizishni taklif qiladi:

1. Kollektor - drenaj tizimlari suvlarini.

2. Sariqamish. Dengizko`l. Sultontog`, Makanqun, Arnasoy. Aydar va Sudochil tashlanma ko`llarini suvlarini.

3 Gidromelioratsiya tizimlari samaradorligini oshirish, sug`orish texnologiyasini yaxshilash, suv resurslarini xududiy qayta taksimlash va bashqa tadbirlar xisobiga istiqbolda tejab qolinadigan suvlarni.

Orol dengizi xavfzasida hayotni saqlab qolish buyicha ikki bosqichli tadbirlar taklif etildi. Birinchi boskich ekologik muvozanatni tiklash, ya`ni yiliga 30 km3 hajmda suv oqizish orqali Orol darajasini 38 metr belgida barqarorlashtirish.


Bu muljao quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:

  • Daryo deltlari atrofida suvi boshqa yoqqa oqib chiqmaydigan dambalar
    yo`qotiladi, bu Orol uchun 10 km3 suv beradi;

  • Xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida suv sarflash salmog`ini 15-20
    foizga kamaytirish (sug`orishda suvni tejash texnologiyasini joriy
    qipish, sug`orishlarni epchil rejalashtirish tizimini
    avtomatlashtirish, suvni hisob-kitob bilan ishlatish va suvga haq
    to`lash xisobiga) bu yana dengizga 103 suv beradi.

  • butun Orol bo`yidagi drenaj suvlarini to`plash va dengizga yo`llash,
    butun Orol bo`yidagi Qoraqalpog`iston xududi, Xorazm. Toshxovuz, Qizil
    O`rda viloyatlari drenaj suvlarini to`plash va dengizga yo`llashni
    ta`minlaydigan qurilishni jadallashtirish, Daryolik va Ozerniy
    kollektorlarini Orol dengiziga burib yuborish. Arnasoy Otdor
    pastligi ostidagi suvning chiqishiga yo`l quymaslik. Bu tadbirlar
    uo`liga 7 km3 suv beradi.

Muallifning fikricha, Amudaryo va Sirdaryo bo`ylari kollektorlari Orolni saqlab qolaolmaydi va bu daryolardagi suv sifatini yaxshilamaydi. Aksincha Orol «yuvindi chuquriga aylanadi”.

Bu kollektorlar to`la xajmda Orolga yetib bormaydi, chunki ularning puli Buzaubay va Toshquduq qumloqlarini kesib o`tadiki, butun suv o`n yillab qumloqni tuydirishga sarf bo`lib ketadi.



Ikkinchi bosqich - Oral dengizini kafolatli saqlash uchun suvni bo`shatib olish va sug`oriladigan yer maydonlarini kengaytirish. Bu maqsadda quyidagi tadbirlar amalga oshirish orqali erishiladi:

  • 1995 yilgacha zaxarli kimyoviy moddalar va pistisidlardan
    foydalanishni to`xtatib turish:


Foydalanilgan adabiyotlar:

  • I.A. Karimov “Ozbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” Toshkent 1995 yil

  • I.A. Karimov “O`zbekiston XXI-asr bo`sag`asida havfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari!” ToshkentO`qituvchi” 1997 yil

  • I.A. KarimovO`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan qurmoqdamizToshkentO`qituvchi” 1999 yil

  • I.A. KarimovIjtimoiy ishlarimizni oxirigacha yetkazaylikToshkentO`qituvchi” 1994 yil

  • I.A. KarimovYuksak malakali mutaxassislar taraqqiyot omiliToshkentO`qituvchi” 1995 yil

  • I.A. Karimov “O`zbekiston mustaqil taraqqiyot yo`lida” Toshkent “O`zbekiston” 1991 yil

  • I.A. Karimov “Hushyorlikka dav`at” Toshkent “O`qituvchi” 1999 yil

  • Yu. Shodimetov “Ijtimoiy ekologiyaga kirish” Toshkent 1994 yil

  • Vernadskiy “Biosfera” Moskva 1967 yil

  • G.A.Novikov “Osnova obshey ekologii i oxrana prirodi”.

  • Sergeyiv “Injenernaya geologiya”

  • A.Xo`jaxonov “Atrof muhitni muhofaza qiling” Toshkent “Ibn Sino” 1985 yil

  • P. Baratov “Yer bo`limi va o`lkashunoslik” Toshkent “O`qituvchi” 1990 yil

  • A. Islomov “Ekologiya ta`lim tarbiya”

  • R. Rahmatov Toshkent “O`qituvchi” 1997 yil

  • K. Hasanjonov “Ximiyalashtirish va atrof muhitni muhofaza qilish”

  • Vernaskiy “Razmeshlinniy naturalis” Moskva 1977 yil

  • Novikov “Osnovi obshey ekologii i oxrana prirodi ” 1979 SP

  • A. To`xtayev “Ekologiya” Toshkent “O`qituvchi” 1998 yil

  • M.Tenglashev “Orol madad so`raydi” Toshkent “Mehnat” 1987 yil

  • L.Alebekov “Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish” Toshkent “O`qituvchi” 1982 yil

  • Z.Egamberdiyeva “Tabiat va inson” Toshkent “Mehnat” 1986 yil



Маъруза № 3

Mavzu: Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish
Reja:
1.Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish zarurati.

2.Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish asoslari.

3. Ekologiya huquqining predmeti.

4.Xalqaro ekologiya huquqi.

5.Ekologiya huquqining o’ziga xos usullari

6.Ekologik huquqning boshqa huquq sohalaridan farqi.
Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish zarurati

Siz ekologiya va atrof-muhitni muho­faza qilish haqidagi tasavvurlarga ega bo'ldingiz. Uning umumiy va xususiy jihatlarini ko'rib chiqdingiz. Ekologik muammolarning yil sayin ko'payib borayotganligiga ishonch hosil qildingiz. «Ushbu muammolarni bartaraf etish, atrof-muhitni barqaror va xavfsiz holda ushlab turishi faqatgina dunyo hamjamiyatimng birgalikdagi harakati va ushbu harakatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishgina insoniyatni ekologik inqirozdan olib chiqishi mumkin», deydi buyuk ingliz ekolog olimi Yu.Odum. Bu haqda 2002 yil Janubiy Afrika Respublikasining Yoxanasburg shahrida bo'lib o'tgan «Barqaror rivojlanish»ga oid xalqaro sammitda ham alohida e'tibor berilgan.

Kishilik jamiyatining bundan keyingi rivoji qanday yo'ldan borishi kerak, degan o'rinli savol tug'iladi. Bizning fikrimizcha, yagona yo'l umuminsoniy qadriyatlarni ifoda etuvchi, xalqaro huquq prinsiplaridan kelib chiquvchi va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlovchi huquqiy-demokratik yo'ldir. Hozirgi davrda butun dunyo hamjamiyati uchun eng dolzarb masala, bu barqaror rivojlanishdir. Ta'kidlash joizki, odamlar, avvalambor, o'z sihat-salomatligi, tinchligi va baxtli hayoti uchun qayg'uradilar, albatta. Ana shunday ezgu niyatlarini amalga oshirishda kishilar butun kuch-g'ayratlarini ishga soladilar, muayyan davlat tarkibidagi turli progressiv jamoa (uyushma)larga birlashadilar. Kishilik jamiyatining hozirgi rivojlanish bosqichidagi, bunday xatti-harakatlari kishilarning yurish-turishi, ya'ni hayot faoliyatini ifodalovchi qoida va me'yorlar orqaligina amalga oshiriladi. Ij-timoiy munosabatlarning ana shunday yozma ifodasi fanda huquq deb ataladi.

Atrof-muhit muhofazasi, uning buzilgan qismlarini qayta tiklash, atrof-muhit xavfsizligini ta'minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish jarayonida yuzaga keladigan kishilar o'rtasidagi munosabatlar ijtimoiy munosabatlar turkumiga kirib, fanda umumlashtirilgan tarzda uni- ekologik munosabat, aniqrog'i, ekologik-huquqiy munosabat deb ataladi.

Barqaror rivojlanish yo'lida turgan har qanday davlat uchun huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish pirovard maqsad hisoblanadi. Chunki unda xalq irodasi qonunlarda aks etadi, fuqarolarning davlat boshqaruvida faol ishtirok etishlari qonun ustivorligini ta'minlashda va adolatni yuzaga chiqarishda so'zsiz xizmat qiladi.

Ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga solish uchun milliy va xalqaro huquqda ekologik me'yorlar va qoidalarni tabiat qonuniyatlariga mos ravishda ishlab chiqish, ularni vakolatli davlat organlari, nodavlat tashkilotlar yoki jamoalar tomonidan qabul qilish, faoliyat ko'rsatuvchilar (ishtirokchilar) o'rtasida ushbu me'yorlarni umummajburiy kuchga ega qilish va albatta, huquqiy madaniyatli kishilarni rag'batlantirish, huquqbuzarlarni esa tegishli yuridik javobgarlikka tortish mexanizmi (muqarrarligi)ni yaratish zarur. Aks holda, atrof-muhitni muhofaza qilishning huquqiy jihatdan tartibga solish imkoniyatini yuzaga chiqarish mumkin bo'lmaydi.Demak, ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga solish nafaqat atrof-muhit muhofazasiga, balki xalqlar va davlatlar o'rtasida barcha mahalliy, mintaqaviy va umumbashariy masalalarni demokratik yo'sinda hal etishga hamda insoniyatni barqaror rivojlanish tamoyillariga rioya qilishga olib kelar ekan.



Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish asoslari

Atrof-muhitni huquqiy muhofazalash huquqshunoslikda «Ekologiya huquqi» fani bilan bog'liq. Chunki atrof-muhitni muhofaza qilishga doir ijtimoiy munosabatlar aynan ekologik munosabatlar doirasiga kiradi. Наг bir fanda bo'lganidek, Ekologiya huquqida ham uning o'ziga xos ob'yekti, predmeti, prinsiplari (yo'naltiruvchi qoidalari), usullari, manbalari va amaliy tatbiq qilishning huquqiy doirasini belgilab olish muhim ahamiyatga ega.



Ekologiya huquqining ob'yekti — amaldagi huquq normalari bilan tartibga solish imkoniyati bor bo'lgan atrof tabiiy muhit unsurlari, resurslari va ularning majmualari. Tabiiy ob'yekt yoki majmua ekologiya huquqining ob'yekti bo'lishi uchun quyidagi 4 ta talabga javob berishi lozim:

  1. qonunlar, ya'ni ekologiya huquqi manbalari bilan tartibga solish imkoniyatiga
    ega bo'la olishi;

  2. tabiiy kelib chiqqanligi;

  3. yaxlit bir ekologik tizimda bo'lishi;

  4. inson uchun havotiv zarur omil hisoblanishi

Mazkur talablarning birortasiga ham javob bera olmagan moddiy boylik yoki tabiiy unsur ekologiya huquqining ob'yekti bo'la olmaydi. Masalan, tuproq Yer sharining eng ustki unumdor qatlami bo'lib, odamzoddan ancha oldin, uzoq geologik davrlar mobaynida paydo bo'lgan. Yer, suv, yer osti boyliklari, o'simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi va boshqa tabiiy unsurlar bilan birga yaxlit ekologik zanjirda turadi. Ushbu zanjirning tarkibiy qismlari biri-ikkinchisi bilan uzviy bog'langan ekologik tizimdadir. Ularsiz hech bir tirik organizm yashay olmaydi. Xalqaro shartnoma, muayyan davlat konstitutsiyasi, yer qonunchiligi asosida tuproqdan oqilona foydalaniladi va uning muhofazasi ta'minlaniladi. O'zbekistonda yerga oid munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan maxsus qonunlar majmui — «Yer kodeksi» amalda. Shunday qilib, yer (tuproq) atrof-muhitning ajralmas bir tabiiy bo'lagi sifatida ekologiya huquqining to'laqonli ob'yekti hisoblanadi. Xuddi shunday ko'rsatkichlarga yer osti boyliklari, suv, atmosfera havosi, o'simlik va hayvonot dunyosi, o'rmon va tabiat komplekslari ham egadir.

Ekologiya huquqi ob'yektlarining o'ziga xos xususiyati va ularni mulk sifatida o'zlash-tirish imkoniyatlariga qarab milliy va xalqaro ekologiya huquqi ob'yektlariga ajratiladi.

Milliy ekologiya huquqi ob'yekti, o'z navbatida, quyidagi 4 qismga ajratiladi:

  1. tabiiy ob'yektlar;

  2. tabiiy resurslar;

  3. tabiiy komplekslar;

  4. antropogen, ya'ni kishilar faoliyati natijasida o'zgargan hududlar.

Tabiiyunsurlar— kishilar faoliyati aytarli darajada kuchli ta'sir ko'rsatmagan, ob'yektiv mavjud va ma'lum huquqiy normalar asosida foydalaniladigan yer usti va yer osti manbalari. Ularga barcha qidirib topilgan yoki hali topilmagan qazilma boyliklar, o'simlik va hayvonot dunyosi, suv havzalari, yer (tuproq) va atmosfera havosi kiradi. Bularning hammasi yagona ekologik tizimlarda turuvchi, insonga bevosita yoki bilvosita xizmat qiluvchi va qonun me'yorlari orqali muhofazaga muhtoj tabiiy unsurlar hisoblanadi.

Tabiiy resurslar — kishilarning hayotiy faoliyatlarida islilatilayotgan yoki ishlatish arafasida (zahirada) turgan tabiiy ob'yektlar. Ular, nafaqat oqilona foydalanish, shuningdek, muhofaza qilish qoida va me'yorlarini o'rnatilishiga ham muhtojdir.

Tabiiy komplekslar — muayyan hududda yagona ekologik tizimda turuvchi tabiiy komponentlar (yer,suv, yer osti boyliklari, atmosfera havosi, o'simlik va hayvonot dunyosi)ni bir paytning o'zida muhofaza qilish va ulardan birgalikda foydalanish ob'yekti.

Antropogen omil tufayli o'zgargan hududlar — alohida huquqiy chora va tadbirlarni ishlab chiqishga muhtoj bo'lgan, kishilar faoliyati natijasida o'zgargan tabiat komponentlarini o'zida mujassamlashtiruvchi ob'yektlar. Ular, shartli ravishda, kishilarning xo'jalik faoliyati toifalariga qarab quyidagilarga ajratiladi:

  1. aholi punktlari tegra(zona)lari;

  2. sanoat tegralari;

  3. qishloq xo'jalik tegralari yoki agrar tegralar.

Atrof-muhit va organizmlar o'rtasidagi tabiiy munosabatlarga buzilishi yoki o'zgarishi sabablarini o'rganish hamda barqarorlashtirish yuzasidan huquqiy qonun hujjatlarni tatbiq etish.

Ekologiya huquqining predmeti atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, buzilganlarini qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanishga qaratilgan barcha ijtimoiy ekologik-huquqiy munosabatlar, Ushbu munosabatlar Ekologiya huquqining ob'yektlariga nisbatan yuzaga keladigan kishilar (sub'yektlari)ning katti-harakatlari yig'indisidir.

Ekologiya huquqining sub'yektlari — ekologik-huquqiy munosabatda qatnashuvchi jismoniy va yuridik shaxslar, davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar.

Ekologiya huquqining prinsiplari atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni barqarorlashtirishga yo 'naltiruvchi qoidalar. Ekologiya huquqi prinsiplari milliy va xalqaro huquq normalarida aks ettirilgan bo'ladi va qonun me'yorlarini qanday qoidalar asosida ishlab chiqish hamda ularni amalda qo’llash yo'llarini ko'rsatib beradi.

O'zbekiston Respublikasida Ekologiya huquqining milliy prinsiplari 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi qonunning 4-moddasida aks ettirilgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat:

-jamiyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ilmiy asoslangan holda uyg'unlashtirish;

-tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun haq to'lash va umumiy asoslarda foydalanganlik uchun haq to'lamaslik;

-ekologik ekspertiza o'tkazilishning majburiyligi;

-ta'lim muassasalarida ekologik ta'limning majburiyligi va hokazo.

Ekologiya huquqining prinsiplaridan biri, «ta'lim muassasalarida ekologiya o'quvining majburiyligi»dir. Uning negizida uzluksiz ta'lim tizimining hamma bosqichlari(maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'lim, o'rta maxsus va oliy ta'lim, aspirantura, doktorantura va malaka oshirish)da ekologiyaga doir o'quv predmetlari yoki maxsus o'quv soatlarini tashkillashtirish yotadi. Boshqacha qilib ifodalansa, har qanday ta'lim bosqichida, albatta, ma'lum darajada ekologiyaga doir bilimlarni berilish talab etiladi. Aks holda, ta'lim muassasasi rahbariyatining harakati yoki harakatsizliklari "huquqbuzarlik" deb e'tirof etiladi va tegishli yuridik javobgarlikka tortish uchun asos bo'la oladi. Xalqaro ekologiya huquqi prinsiplari davlatlar yoki xalqaro uyushmalar tomonidan qabul qilingan yuridik hujjatlarda o'z aksini topgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat:

-tabiiy resurslarga davlat suverenitetligi;

-davlatlarning o'z yurisdiksiyasi(nazorati)dan tashqaridagi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi;

-insonlar ekologik huquqlarining ustivorligi;

-barcha sohada ekologik nazoratni amalga oshirish;

-ekologik axborotlar almashuv erkinligi;

-ekologik inqirozli holatlarda davlatlarning bir-biriga yordam ko'rsatishi;

-ekologik nizo va kelishmovchiliklarni tinch yo'l bilan hal qilish va hokazo.

Xalqaro ekologiya huquqi prinsiplari Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha o'tkazgan Stokgolm (1972) konferensiyasi, Yevropada xavfsizlikni ta'minlashning yakuniy Xelsinki (1975) hujjati, Umumjahon tabiat Xartiyasi, BMT Nizomining 2-moddasi va shunga o'xshash bir qator xalqaro deklaratsiya, shartnoma, xartiya, konvensiya va rezolyutsiyalarda o'z ifodasini topgan. Masalan, «Tabiiy resurslarga davlat suverenitetligi» prinsipi 1962 yil 14 dekabrdagi BMT konferensiyasida qabul qilingan bo'lib, u har bir BMT a'zosi (sub'yekti)ga o'z hududidagi yoki nazorat doirasidagi yer kengliklaridan mustaqil foydalanish va ularni o'zlarining milliy qonunlariga binoan muhofaza qilish huquqini beradi.

-Ekologiya huquqining o'ziga xos usullari umumiy huquqshunoslik tamoyillaridan kelib chiqqan holda namoyon bo'ladi. U ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solish yo'li demakdir. Ekologiya huquqi usullari ma 'muriy, fuqaroviy va aralash turlariga ajratiladi. Masalan, ma'muriy-huquqiy usulda ekologik munosabat ishtirokchilari(sub'yektlari)ning notengligi, ya'ni davlat hukmdorligi asosida huquqiy boshqaruv tamoyillari amal qiladi. Tabiatni muhofaza qiluvchi yoki undan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning xatti-harakatlarini davlat tomonidan ta'qiqlash, ruxsat etish, cheklash, mahrum qilish(olib qo'yish) normalari orqali tartibga solib turiladi. Bu esa, ekologik tizimlarni yaxlit «zanjir»da turishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.

Fuqarolar va har bir davlatning ekologik huquqlari qonuniy tarzda belgilangan bo'ladi. Aynan shu mazmundagi atrof-muhitga munosabat hamda unga zarar yetkazmaslik me'yorlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50 va 54-moddalarida o'z ifodasini topgan.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ham ma'muriy, ham fuqaroviy, ya'ni aralash ekologik usullar qo'llaniladi. Masalan, Respublikamizda dehqon xo'jaliklari tomonidan qishloq xo'jalik mahsulotlarini etishtirish 2000 yil 25 mayda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Xususan, qishloq xo'jalik mahsuloti (poliz, ko'kat, meva-sabzavot va shu kabilar)ni yetishtirishda ular ekologik toza mahsulot olishga o'z e'tiborlarini qaratishlari kerak bo'ladi va bu faoliyat davlat ekologik ekspertizasi orqali tartibga solinadi.



_—-Ekologiya huquqining manbai - ekologik tnunosabatlarni tartibga solish uchun yo 'nahirilgan huquqiy hujjatlar tizimi. ushbu huquqiy hujjatlar quyidagi talablarga javob bergan holatdagina Ekologiya huquqining manbai bo'la oladi:

  1. vakolat berilgan davlat organlari tomonidan qabul qilingan bo'lishi;

  2. tegishli doirada majburiy ahamiyat kasb etishi;

  1. atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga
    qaratilishi;

  2. rasmiy shakl, tuzilma, amal qilish muddati va boshqa huquqiy talab-
    ko'rsatkichlarga javob bera olishi.

Ekologiya huquqi manbalari yuridik kuchiga ko'ra, Konstitutsiya va Konstitutsiyaviy qonunlar, qonunlar, qonun osti me'yoriy hujjatlariga ajratiladi.

Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlarga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda unga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishga oid qonunlar kiradi. Ular umumxalq muhokamasidan o'tadi va Respublikamiz Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi.

Qonunlarga tabiatni muhofaza qilish, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, Suv va suvdan foydalanish, Yer osti boyliklari, Ekologik ekspertiza, Chiqindilar to'g'risidagi qonunlar va Yer, Havo, Jinoyat, Ma'muriy javobgarlik, Fuqarolik kabi kodekslar kiradi. Ular ham Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadi va Prezident imzosi bilan amalga joriy qilinadi.

Qonun osti me'yoriy hujjatlarga Prezident, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davkt qo'mitalari, huquqni muhofaza qilish idoralari kabi vakolatlangan davlat organlari tomonidan qabul qilingan qaror, farmon, farmoyish, buyruq, yo'riqnoma kabilar kiradi va ular konstitutsiyaviy qonunlar va qonunlarni amalga oshirilishini ta'minlaydi. Ular ekologik munosabatlarni atroflicha me'yorlab berilganligi bilan ajralib turadi va shuning uchun ham uning amaliy ahamiyati juda katta hisoblanadi. Ekologiya huquqi manbalarini, odatda, mazmun va mohiyatiga ko'ra ikki xil turga ajratadi: tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish qonunchiligi.

Tabiatni muhofaza qilish qonunchilik manbalariga asosan tabiiy ob'yektlarni kompleks ravishda muhofaza qilish va bir paytning o'zida ulardan oqilona foydalanish me'yorJari va qoidalari o'rnatilgan huquqiy hujjatlar kiritiladi. Ularga Tabiatni muhofaza qilish, Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, Atmosfera havosini muhofaza qilish, Ekologik ekspertiza to'g'risidagi qonunlar va shularga binoan qabul qilingan qonun osti me'yoriy hujjatlarni kiritish mumkin.

Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qonunchilik manbalariga tabiiy resurs-lardan yakka tartibda yoki bir nechtasidan kompleks foydalanish va bir paytning o'zida xuddi shu tartibda muhofazalashga yo'naltirilgan huquqiy hujjatlar kiradi. Yer osti boyliklari, Suv va suvdan foydalanish, O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish kabi qonunlar va qonun osti me'yoriy hujjatlar shular jumlasidandir.

Ekologiya huquqining boshqa huquq sohalaridan farqi - muayyan davlatlarning ichki ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda xalqaro huquq normalarini keng qo'llanishidadir. Chunki ekologik xavf-xatar, inqirozli vaziyat yoki tabiiy-antropogen ofat hech qanday ma'muriy chegaraga bo'ysunmaydi. Ularga xalqaro hamjamiyat va tashkilotlar, davlatlararo qabul qilingan huquqiy hujjatlar kiradi. Masalan: 1963 yilda qabul qilingan «Atom qurolini sinovdan o'tkazishni taqiqlash to'g'risida»gi shartnoma, «Tabiiy muhitga harbiy va boshqa har qanday adovatli ta'sir qiluvchi maqsadlarda foydalanishni taqiqlash» 1985 yilgi «Vena konvensiyasi», 1997 yil 28 fevralda qabul qilingan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining «Almati deklaratsiyasi» kabi xartiya, rezolyutsiya, bitim, kelishuvlar kiradi.Yuqorida ko'rsatilgan xalqaro normativ hujjatlar O'zbekiston Respublikasida amal qilishi uchun vakolatlangan shaxslar tomonidan imzo chekilgan bo'lishi va albatta, Oliy Majlis tasdig'idan o'tishi (ratifikatsiya qilinishi) lozim. Aynan shunday holatdagina O'zbekistonda xalqaro huquq me'yorlari milliy qonun me'yorlariga nisbatan ustivorlik prinsipiga ega bo'ladi, ya'ni tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda birinchi galda qo'llaniladi.

Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish uchun tegishli davlat organlari tomonidan qabul qilingan huquqiy me'yorlarning qo'llaniladigan joylari, ya'ni huquqiy doirasi mavjud va ular uch qismga ajratiladi: mahalliy, davlat, xalqaro miqyosda.



Mahalliy miqyosda tatbiq qilinadigan ekologik me'yoriy hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 68 va 69-moddalarida aks ettirilgan ma'muriy-hududiy birliklar - Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumardar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar bo'yicha qabul qilinadi va qo'llaniladi.

Davlat miqyosida tatbiq qilinadigan ekologik me'yoriy hujjatlar butun davlat, ya'ni O'zbekiston Respublikasi bo'yicha qabul qilinadi va qo'llaniladi hamda milliy ekologik xavfsizlikni ta'minlashga yo'naltirilgan bo'ladi. Ularni qabul qilish va ijrosini nazorat etish faqatgina davlatning markaziy organlari zimmasidadir.

Xalqaro miqyosdagi ekologik me'yoriy hujjatlar ikki va undan ortiq davlatlar hududidagi mintaqa, qit'a yoki kurraviy ekologik xavfsizlikni ta'minlashga yo'naltirilgan bo'ladi. UJarning ijrosini ta'minlash ishtirokchi(tegishli) davlatlar yoki vakolatlangan xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Adabiyotlar ro'yxati

l.Karimov I. XXI asr bo'sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -Т., "O'zbekiston", 1997

2.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - Т., "O'zbekiston", 1999 3.S.Gulomov M, Jo rayev Y. Ekologiya : jinoyat va jazo. Т., "O'zbekiston".

4. Roziqov K. Atrof-muhit va inson ekologiyasi muammolari, Т.,TITLP,

5.S.Roziqov K, To'xtayev S, Nigmatov A, Sultonov R . Ekologiya va atrof- muhit haqida yetti saboq . Т., "Bioekosan", 2004

6. RafiqovA. Geoekologik muammolar. -Т., "O'qituvchi", 1998

7.T.Ergashev A. "Umumiy ekologiya" Т., "O'qituvchi" 2002

8.Ekologiya va hayot. -Т., "Oz'bekiston", 2002

9.To'xtayev A.S. Ekologiya. - "O'qituvchi", 2001

lO.Nigmatov A. Ekologiya nima? -Т., 'TDYul nashr.",2002



11.Nigmatov A. Inson va tuproq. - Т., "G'afur G'ulom", 2002

Маъруза № 4

Mavzu: Muhitning kimyoviy va biologik zaharlanishi.

Reja:

1.Atrof-muhit ifloslanishining asosiy sabablari.

2.Ozon havo muhitining ifloslanishi.

3. Suv muhiti va uning ifloslanishi.

4.Litosferadagi o’zgarishlar- tuproqlarning ifloslanishi.

5.Biosfera o’zgarishlari va har xil kasalliklarning vujudga kelishi.
Sayyoramizdagi hayotiy muhitlar: havo, suv, tuprog'u zamin va o'simligu hayvonlar olami hamda boshqa ko'plab muhim omillarning tabiiy sifat va miqdor ko'rsatkichlari hozirgi davrda keskin o'zgargan. Bu haqda yuqorida ham, ma'lum darajada. ma'lumotlar ko'rsatildi. Bunga insonlarning o'zlari sababchi, albatta. aniqroq fikr bildiradigan bo'lsak, shu paytgacha insonlar barcha tur tabiiy manbalarga, ya'ni organik va noorganik borliqdan foydalanishda suiis-te'molchilikka yo'l qo'yib, atrof — muhitga katta ziyon etkazgan desak, aslo xato bo'lmaydi. O'rnida ta'kidlash joizki, hozirgacha yer yuzida 80 mlrd. kishidan oniq odamlar yashab o'tgan (Fransiyalik olimlarning hisob - kitobi) va so'zsiz, tabiatga turli davrlarda turlicha ta'sir ko'rsatishgan.

Yer yuzida odam zoti paydo bo'libdiki, o'zining barcha hayoti va faoliyati ehtiyojlarini to'la qondirish maqsadida atrof - muhitdagi hayotiy omillarga nisbatan doim tejamsizlik (nooqilona) munosabatida bo'lgan. Albatta, dastlabki davrlarda, ya'ni odamlar son jihatdan unchalik ko'p bo'lmagan ibtidoiy zamonlarda, tabiiy hududlar Yer yuzida yetarli darajada mo'l bo'lgan va atrof — muhit o'z tabiiy ko'rsatkichlarini tiklab turishga muvaffaq ham bo'lgan. O'zini o'zi tiklay olish xislati tabiatga xos ekanligi ilmiy manbalarda yetarli darajada asoslab berilgan.

Yuqoridagilardan tashqari, qayd etish joizki, o'tgan bir necha ming yilliklarda mehnat qurollari va turli sohalarda ishlatiladigan asbob-uskuna, boshqa vositalar ham hozirgidek, texnik jihatdan murakkab, ayniqsa, unchalik ko'p ham bo'lmagan. Demak, tabiiy muhit va hayotiy manbalarga kuchli ta'sir o'tkazilmagan, desa bo'ladi. Atrof-muhit va tabiatga ta'sir so'nggi yuz yillik - XX asrda nihoyatda kuchayganligi, asosan, fan-texnika misli ko'rilmagan yuqori darajada bo'lganligidir.

Yer yuzida odamlar sonining jadallik bilan ortishi, shu bilan birga, ayniqsa, texnik taraqqiyot natijasida atrof-muhit va Yer tabiatida chuqur ekologik o'zgarishlar amalga oshdi. Ma'lumotlarga qaraganda, 1000 yil oldin jami odamzod Yer yuzida atigi bir necha yuz million kishinigina tashkil etgan, XX asr boshiga kelib, 1,5 mlrd dan sal ortiqroq bo'lgan. So'ngra demografik o'sish nihoyatda kuchaygan (Demografiya - aholishunoslik fan sohasi). Fikrimiz isboti uchun ta'kidlash mumkin: 1940 yilda butun dunyoda odamlar soni 2,3 mlrd, 1980 yili - 4,4 mlrd va 2000 yilga kelib esa, 6 mlrd kishidan ortib ketgan.

O'tgan asrda ilrn-fan va texnik kashfiyot va ixtirolar turli soha ishlab chiqarishlarida amalda keng qo'Uanila boshlandi ham. Buning negizida, so'zsiz - cheksiz ko'payib borgan insoniyat talab-ehtiyojlarini to'laroq qondirish zaruriyati yotadi, albatta. Kerakli barcha modda, mahsulot va materiallar faqat tabiiy manbalardan beayov foydalanish hisobigagina olina boshlandi: o'rmonlar qirqildi, bo'sh yotgan quraq Yerlar qishloq xo'jaligi maqsadlari uchun o'zlashtirildi, ko'plab suv omborlari tashkil qilindi, turli-tuman yer usti va yer osti qazilma boyliklari qazib olinib, qayta ishlana boshlandi va hokazo. Xullas, dunyo miqyosida har xil sanoat korxonalari, texnika — transport vositalari, energetika inshootlari faoliyat ko'rsata boshladi.

Ko'pchilikka yaxshi ayonki, deyarli hamma texnik va texnologik qurilmalardan atrof-muhitga tarkib-tuzilmalari bo'yicha o'ta zararli yot unsurlar, chiqindi moddalar sifatida, chiqarib tashlanmoqda. Ular gaz, suyuq va qattiq holatdagi kimyoviy modda - mahsulotlardir. Aslida, ularni qayta ishlash ham mumkin. Lekin, ko'p hollarda, nafaqat qayta ishlash, hatto, ular yetarli daraj'ada tozalanmay va zararsizlantirilmasdan tashlab yuboriladi. Hozir ham, ko'pincha, shunday. Natijada, hayotiy muhitlar o'z tabiiy ko'rsatkichlarini yo'qotib, o'zgarib, pirovard natijada turli xil muammolar yuzaga keldi. Quyida Yerdagi 4 asosiy hayotiy muhitlar misolida, shu haqda ma'lumot beriladi.

Havo muhitining Ifloslanishi. Ma'lumki, barcha tabiiy omillar uchun eng zarur havo muhitidir. Boshqacha aytganda, havo Yerdagi jami tirik organizmlar (o'simliklarvahayvonlar) hamdajonsiz tabiat — mineral jinslar o'rtasidagi uzluksiz modda — energiya almashinish jarayonlarini amalga oshishini ta'minlaydi. Havo muhiti bo'lmaganda hayot ham bo'lmas edi.

Nihoyat, havo asosiy hayotiy muhit bo'lishi bilan birga, Yer ob-havosi, uning iqlim sharoitini, davriy ravishda, takror shakllanib turishi uchun muhim omildir ham. Fikrimizni tasdiqlash uchun olim va mutaxassislar amalga oshirgan ayrim ilmiy kuzatuv hamda tadqiqot ishlari natijalarini bayon etamiz. Aniqlanishicha, havo muhiti bo'lmasa, Yer yuzida kecha va kunduz haroratlari 200 °S gacha bir-biridan farq qilishi mumkin ekan. Tabiiyki, bunday sharoitda hech bir jonzot, yashamasligi aniq, umuman, bunga chidashi ham mumkin emas.

Havo, nafas olish manbailigidan tashqari, yuqorida ta'kidlangandek, ko'plab Yerdagi tabiiy jarayonlarni talab darajasida amalga oshishi uchun asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Birgina misol, har yili qayta-qayta takrorlanib turadigan yil fasllari, ularning o'ziga xos ob-havo, yog'in-sochini va boshqa iqlimiy ko'rsatkichlarning namoyon bo'lishi aynan atmosfera vositasi tufaylidir.

Dunyo miqyosida, evolyutsion tarzda, kishilik jamiyatining rivojlanishi amalga oshib, davrlar o'tish bilan asta-sekin turli-tuman sanoat korxonalari, energetik inshoot va shunga o'xshash texnogen omillar vujudga kelib, ularning faoliyati sabab, atrof tabiiy muhitga salbiy ta'sir kuchaya bordi. Jumladan, havoga juda ko'plab har xil gaz, iflos gazsimon va zararli moddalar chiqarib yuborila boshlandi.

Havo muhitida kimyoviy birikmalar, kislorod gazi va suv bug'lari bilan ta'sirlashib, quyosh nurlari vositasida, har xil kimyoviy, fizik-kimyoviy jarayonlarni sodir etub, yanada xavfli kimyoviy birikmalarni hosil qilishi olib borilgan tadqiqot va kuzatuvlar natijasida isbotlangan. Masalan, kislotali yomg'irlar, turli rangda va sifatdagi yog'ilgan qorlar, «Ozon yorig'i» va "Atmosfera dimiqishi" kabi muammolar aynan shunday o'zgarishlarning oqibat natijasidir. Xususan, sanoati va texnik vositalari nihoyatda ko'p bo'lgan Ovro'pa shaharlari havo muhitida kuzatiladigan achchiq (ko'zni yoshlantiruvchi) qora-qurum tutun (smog) lar ham havoga chiqarib yuborilayotgan zaharli gaz moddalari va ulardan hosil bo'lgan birikmalar mahsullari hisoblanadi.

Hozirgi davrga kelib, shuni alohida qayd etmoq kerakki, havoni ifloslaydigan texnik-texnologik omillar juda ko'paygan. Misol uchun, metallurgiya sanoatida faoliyat ko'rsatuvchi birgina d о m n a qurilmasi faoliyatini olib ko'raylik.

Ularda tabiiy ma'danli mineral jinslar qayta ishlanadi. Bunda, muayyan metall ajratib olinishi bilan birga, havoga yuqori haroratda tonnalab is gazi, hamda karbon. azot va oltingugurt oksidlari, metan va boshqa karbonvodorod birikmalari kabilar tashlab yuboriladi. Shunga o'xshash chiqindi gazlar qozonxona, issiqlik stansiyalari. turli texnik-transport vositaiaridan ham chiqarib yuboriladi.

O'tkazilgan hisob - kitoblarga ko'ra, shu narsa ham aniqlanganki, 1 ta yengil avtomashina 1 yil davomida, o'rtacha harakar faoliyati bilan, 2 t miqdorda benzin sarf etadi. Buning uchun havo muhitidan 30 t kislorodni olib ishlatib, uning o'rniga har xil qizigan holdagi gaz moddalarni. ya'ni 60 kg is gazi, 50 kg metan va boshqa karbonvodorodlar, 30 kg azot oksidlari, 5 kg turli aralashma (aerozol) lar, 3 kg gacha oltingugurt oksidi, 5 kg benzopirin, 700 kg yuqori haroratli karbonat angidridi va boshqalarni chiqaradi.

Hozirgi davrda, dunyo miqyosida olib qaralsa, har xil rusumdagi bir necha yuz millionlab avtomobillar, yuk mashinalari, samolyot va paraxodlar, shuningdek, ichki yonish dvigatellariga asoslangan turli texnik vositalardan ham foydalaniladi. Bular uchun, xomashyo sifatida, xilma xil tarkib tuzilma va sifatdagi yonilg'ilar - neft va ko'mir mahsulotlari, yonuvchi tabiiy gaz va hokazolar ishlatiladi. Pirovard natijada esa, havoga, yuqorida qayd etilgandek. turli xil zaharli chiqindi moddalar tashlab yuborilmoqda.

Yana bir misol, XX asrning 80-yillarida olib borilgan kuzatuvlar va bajarilgan hisob-kitoblarga ko'ra, 1 yil davomida butun dunyo bo'yicha havo (atmosfera) muhitiga 260 mln t atrofida karbon oksidlari, xuddi shuncha oltingugurt oksidi, 50-60 mln t miqdorida azot oksidlari, karbonvodorodlar va boshqa xil gazsimon organik birikmalar chiqarib yuborilgan. Hozirgi kecha-kunda atrof - muhitga chiqarilayotgan gaz va gazsimon chiqindilar bundan ham ko'p bo'lib, ular, ayniqsa, havo muhitini dahshatli sur'atda ifloslab buzmoqda. Ana shunday chiqit gazlarni hosil qilib chiqarib tashlaydigan texnik-transport vositalari ham, energetik qurilma va inshootlar ham, sanoat korxonalari va boshqa manbalar ham dunyo miqyosida hozirgi paytda nihoyatda ko'payib ketgani hammamizga yaxshi ayon.

Yuqoridagilardan tashqari, yangi yaratilgan texnik vositalar, mehnat va urush qurollari, hatto, fazoni tadqiq qilishga mo'ljallangan uchish vosita (raketa) lar sinovi, hamda u yoki bu muayyan Yer hududlarida olib boriladigan turli darajadagi urushlar natijasida ham, ko'plab gaz chiqindilari havoni ifloslantirmoqda. Shu kabi ifloslanishlar sabab ham, Yer atmosferasida turli toifadagi ekologik muammolar yuzaga keldi. «Ozon yorig'i», «Havo dimiqishi» («Parnik effekti»), iqlim va ob-havo ko'rsatkichlarining qator yer hududlarida o'zgargani, ayniqsa, suv toshqinlari, kutilmagan paytda haddan tashqari yog'in-sochinlarning bo'lishi, kislotali yomg'irlar va hokazolar shular jumlasiga kiradi.

Havo muhiti bilan bog'liq turli ekologik muammolarni bartaraf qilish bo'yicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirilmas ekan, yerda kelgusida hayot umuman katta xavf ostida qolishi mumkin. Shuning uchun ham dunyo hamjamiyati yakdillik bilan, birlashgan holda, havo muhiti (atmosfera) ni muhofazasiga doir bir qator zarur chora-tadbirlarni ishlab ham chiqqan. Shu bilan birgalikda, har bir davlat o'z hududida aniq ishlarni bajarishi zarurligi ham belgilangan. Shu bilan bog'liq holda, bizning fikrimizcha, havo muhitni ifloslantiradigan turli manbalarni qat'iy nazorat ostiga olib, kerak bo'lganda, hatto, ular faoliyatini taqiqlab qo'yish maqsadga muvofiq. Xususan, sovutish vositalarida freon (xlor-ftorli karbonvodorod birikma) larni qo'llashni ta'qiqlangani ayni muddao, albatta.

Suv muhiti va uning ifloslanishi. Tabiatda iste'molga yaroqli suv manbalari va ulardagi suv miqdorlari chegaralangan. Bu haqda oldin ham gap borgan edi. Mavjud bo'lgan manbalari ham turli oqava va chiqit moddalar aralashishi tufayli ifloslanmoqda. Hozirgi davrda dunyo miqyosida, ichimlik suv tanqisligi muammosi yuzaga kelgani ham ko'pchilikka yaxshi ayon. Respublikamiz va umuman Markaziy Osiyo mintaqasida ham shunday muammo mavjudligini qayd etmoq kerak.

Tabiiy suv manbalarining hozirgi paytda ifloslanishi, asosan, iflos oqavalar hisobiga bo'lmoqda. Ma'lumki, iflos oqava suvlar, odatda, 2 xil yo'l bilan sodir etiladi: birinchisi, tabiiy omillar sabab. Ularga yog'in-sochinlar natijasida paydo bo'ladigan, masalan, katta miqdorda magistral yo'llar va ishlab chiqarish korxonalar hududlarida paydo bo'ladigan iflos oqavalar, hamda bahor faslida sodir bo'ladigan sel va suv toshqinlari natijasidagi iflos suvlar kiradi. Ikkinchi yo'li, bu sanoat korxonalari, xonadonlar va kommunal - maishiy xo'jaliklar faoliyati bilan yuzaga keladigan katta miqdordagi tashlandiq oqava suvlari.

Yuqorida ko'rsatilgan oqava suvlarining, ayniqsa, ikkinchi turlari tarkibida suv muhitini buzadigan, ular sifatini o'zgartiradigan turli-tuman zararli birikmalar nihoyatda ko'p bo'ladi. Ma'lum bo'lishicha, hozirgi paytda, bir kecha-kunduzda dunyo miqyosida, faqat sanoat korxonalari hisobiga, 100 mln m kub dan ortiq


miqdorda iflos oqava suvlar hosil bo'lar ekan. Biosfera uchun o'ta zararli va xavfli har xil yot unsurlar, jumladan, zaharli kimyoviy moddalar va har xil turdagi og'ir metallar (radioizotoplar ham), shuningdek, ko'plab kasalliklarni keltirib chiqaradigan bakteriya - vimslarning oqavalarda bo'lishi eng katta muammolardandir.

Ta'kidlash joizki, iflos oqava suvlar ko'proq quyidagi ishlab chiqarish sohalarida sodir bo'ladi:

- rabiiy ma'danlarni qayta ishlaydigan tog' — kon sanoati, metallurgiya va
ba'zi mashinasozlik korxonalari;


- energetika (AES, issiqlik elektr stansiyalari, qozonxona va b.) shahobchalari;
-
sellyuloza va qog'oz ishlab chiqarish korxonalari;

- kimyo, neft kimyosi va dori-darmon ishlab chiqarish (farmasevtika) korxonalari;

  • oziq-ovqat va biotexnologiya mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalar;

  • qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi (agrosanoat) va dehqonchilik:

  • kommunal xo'jalik, maishiy xizmat ko'rsatish sohalari va xonadonlarda hosil bo'ladigan oqava suvlar va boshqalar.

Ko'pchilikka ayonki, tabiiy оmillar ta'siri (vaqti — vaqti bilan turli fasllar)da paydo bo'ladigan oqavalar suv havzalariga tushsa ham, ma'lum vaqt o'tishi bilan, biologik jarayonlarning tabiatda uzluksiz bo'lib turishi natijasida. tozalanishi muqarrar. Lekin ba'zi sanoat oqava suvlarining tabiatda o'z-o'zidan tozalanishi juda qiyin. Shuning uchun bunday oqava suvlarni, o'zlari hosil bo'lgan manbalaridayoq, yaxshilab tozalanishi maqsadga muvofiq. Biroq. hozirgi davrda juda ko'p turdagi ishlab chiqarish oqavalari oxirigacha tozalanmay tashqi muhitga chiqarib tashlanadi va buning oqibatida muammolar sodir bo'lmoqda ham. Shu kungi gidrosfera bilan bog'liq kuzatilayotgan ko'plab ekologik muammolar ayniqsa, toza ichimlik suvi tanqisligi, kasalliklar ortib borishi va hokazolar fikrimiz dalilidir.

Tozalanmaydigan va mavjud suv manbalarini bulg'ayotgan iflos oqavalarga ekinzor yerlar va chorva mollari fermalari hududlaridan oqib chiqadigan suvlarni ham kiritish mumkin. Ularning tarkibida mineral o'g'it (nitrat va fosfat) lar, hamda gerbisid moddalar qoldiqlari bo'lganligi sabab, bunday suvlardan foydalangan tirik organizmlarda har xil kasalliklar kuzatilmoqda. Masalan, odamlar oshqozoni faoliyati buzilish holarini ko'rsatish mumkin.

Tarkibida uran, plutoniy, stronsiy kabi radioaktiv element izotoplari, shuningdek, qo'rg'oshin, simob va boshqa og'ir metallarni tutadigan turli xil oqavalar tirik jonzotlar uchun o'ta xavfli hisoblanadi. Ta'kidlash joizki, hozirgi paytda tabiiy suv manbalarining radioaktiv moddalar, og'ir metallar va zararli bakteriyalar bilan ifloslanishi ko'plab kuzatilmoqda. Bunday oqava suvlarning, asosan, 3 xil yo'l bilan bo'lishi aniqlangan:

  • birinchisiAES reaktorlarida ishlatib bo'lingan yadroviy yonilg'i modda
    qoldiqlarining oqava suvlar tarkibiga o'tishi, shuningdek, radioaktiv chiqitlarning
    yirik suv havzalari tubiga hamda yer osti qatlamlari orasiga ko'milishi tufayli;

  • ikkinchi yo'liradioaktiv izotoplar bo'lgan tabiiy ma'danlarni qazib olish
    va yuvish jarayonlarida sodir bo'ladigan oqavalarning suv havzalariga kelib
    qo'shilishi; Shunday holatga misol, O'zbekiston va Qirg'iziston Respublikalari

chegaraviy hududlaridagi suv manbalarining (masalan, Norin daryosining) radioaktivlik darajasi nisbatan yuqoriligi;

- uchinchisi, bu kasalxona va sihatgohlardan chiqadigan, hamda chorva mollari fermalari oqavalari, ularning pirovard natijada, suv havzalariga qo'shilib qolayotgani.

Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkin: havo va suv muhitlarining jiddiy sur'atda ifloslanib borishi negizida, asosan, turli ishlab chiqarish sohalari uchun zarur bo'lgan tabiiy manba (resurs)larni qayta ishlash jarayonlarida sodir etilayotgan ham gaz-gazsimon, ham suyuq — oqava, hamda qattiq holatdagi chiqit moddalar ta'siri yotadi. Sunday chiqitlar tufayli, nafaqat atmosfera va gidrosfera, balki litosfera va biosfera ham borgan sari ifloslanib bormoqda.

Litosferadagi o'zgarishlar — tuproqlarning ifloslanishi. Davrlar o'tishi bilan, umuman, Yer yuzasi qatlamlarining tarkib-tuzilmasi va sifat ko'rsatkichlari ham o'zgarib borayotgani kuzatilmoqda. Odamlarning Yer yuzida ko'payishi, ya'ni demografik omil sabab, hozir inson oyog'i yetmagan joy qolmadi ham desak, aslo xato bo'lmaydi. Boshqacha aytganda, odamzod yashamaydigan tabiiy holatdagi hududlar yildan — yilga keskin kamaymoqda. Shu narsa ham yaxshi ma'lumki, inson qayerda yashamasin —o'z ehtiyojlarini, asosan, tabiat hisobiga qondirishga harakat qiladi. Shu bilan birga. turli-tuman ishlab chiqarish korxonalarini barpo etadi va turli xil texnika vositalari, turli ko'rinishdagi transportlardan foydalana boshlaydi. Buni natijasi nimalarga olib kelishi esa, yuqorida bayon qilingan ma'lumotlardan juda yaxshi ko'rinib turibdi.

Masalaning boshqa tomoni, ya'ni insoniyat faoliyati (antropogen omil) natijasida, nafaqat litosferaning tarkib — tuzilmasi, Yerdagi barcha tabiiy manbalar holati, shuningdek, yer landshaft manzarasida ham keskin o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Fikrimiz isboti uchun quyida misollar keltiramiz.

Ko'pchilikka yaxshi ayonki, hozirgi davrda, turli — tuman sanoat korxonalari, energetika tarmog'i va boshqa sohalarni xomashyo bilan ta'minlash maqsadida litosfera qa'ridan tabiiy gaz, neft, ko'mir va boshqa har xil ma'danli va ma'dansiz minerallar qazib olinmoqda. Xuddi shuningdek, yer osti suvlaridan ham jadal sur'atlarda foydalanilmoqda. Natijada, nafaqat tabiiy manbalar zahiralarining kamayishi, hatto, litosfera qatlamlari tarkibida har xil ko;rinish va hajmlarda bo'shliqlar paydo bo'lishi bilan Yer qatlamlari siljishlari kuzatilmoqda ham.

Yuqoridagidek o'zgarishlar tufayli, yer osti qatlamlariga xos tektonik kuch va jarayonlarning har xil ko'rinishda ta'siri ham namoyon bo'lmoqda. Yer ko'chmalari, har xil darajadagi silkinish (zilzila) lar va boshqa turdagi abiotik voqea - hodisalar borgan sari ko'plab kuzatilayotganini ham ko'rsatish mumkin. Boz ustiga, ayniqsa, biosfera uchun o'ta xavfli chiqit moddalar (yadroviy chiqitlar) ham litosfera tarkibiga joylashtirilmoqda. Bular hammasi hozirning o'zida yangi-yangi ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Litosferaga chiqarib tashlanayotgan chiqit moddalar miqdori bo'yicha bir qator ma'lumotlarni keltiramiz. XX asr oxirlarida faqat 1 yilda 100 mln t.dan ortiq turli xil tarkibidagi qattiq chiqitlar hosil bo'lgan va atrof - muhitga chiqarib tashlangan. Xuddi shunday chiqitlar Fransiyada 600 mln t.. AQSh da 5 mlrd. t. dan ortiq darajada bo'lgan. Endi, dunyo bo'yicha 200 dan ortiq davlat borligi inobatga olinsa, 1 yilning o'zida qancha miqdorda qattiq chiqit moddalarning paydo etilishini tasavvur qilish unchalik qiyin emas. Ana shunday chiqindi moddalarning aksariyati qayta ishlanmay, tozalanmay, zararsizlantirilmasdan litosferaga tashlanishi, tabiiyki, kelgusida ko'plab yangi ekologik muammolarni keltirib chiqarishi muqarrar.

Biosfera o'zgarishlari va har xil kasalliklarning vujudga kelishi. Yuqorida bayon qilinganidek, atrof — muhitga chiqarib tashlanayotgan gaz. suyuq oqava va qattiq holatlardagi chiqit moddalar hozirning o'zida tabiatga katta ziyon yetkazmoqda. Turli ekologik muammolar hozir biosfera (o'simlik va hayvonot olami)ni ham qamrab olgan. Bunga eng yaxshi dalil o'simlik zararkunandalarining ortib borishi, kasallanishi va ular mahsuldorligining kamayishi, hayvonot olamida kuzatilayotgan turli — tuman kasalliklar, hatto, ko'plab biologik turlarning yo'qolib iqirilib) borayotganidir.

O'simlik va hayvon turlarining keyingi vaqtda yo'qolib borayotgani, og'ir kasalliklarga chalinayotgani, shu jumladan, odamlarning ham kasallanishlarini ortishi haqida ashyoviy ma'lumotlarni ta'kidlash ham joizki, axborot manba-laridan bilib olish mumkin. Shu bilan birgalikda, yil sayin o'simlik va hayvonot dunyosida ko'plab biologik turlarning yo'qolib borayotgani sababli, ularni muhofaza qilish bo'yicha turli chora-tadbirlar ham ko'rilmoqda. Turli davlatlarda, shu jumladan O'zbekistonda ham, ko'plab «Qo'riqxona» va «Davlat buyurtmalari» tashkil qilinib, o'simlik va hayvonot olamini muhofaza qilinishidan darak beradi.
Adabiyotlar ro'yxati

l.Karimov I. XXI asr bo'sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -Т., "O'zbekiston", 1997

2.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - Т., "O'zbekiston", 1999 3.S.Gulomov M, Jo rayev Y. Ekologiya : jinoyat va jazo. Т., "O'zbekiston".

4. Roziqov K. Atrof-muhit va inson ekologiyasi muammolari, Т.,TITLP,

5.S.Roziqov K, To'xtayev S, Nigmatov A, Sultonov R . Ekologiya va atrof- muhit haqida yetti saboq . Т., "Bioekosan", 2004

6. RafiqovA. Geoekologik muammolar. -Т., "O'qituvchi", 1998

7.T.Ergashev A. "Umumiy ekologiya" Т., "O'qituvchi" 2002

8.Ekologiya va hayot. -Т., "Oz'bekiston", 2002

9.To'xtayev A.S. Ekologiya. - "O'qituvchi", 2001

lO.Nigmatov A. Ekologiya nima? -Т., 'TDYul nashr.",2002



11.Nigmatov A. Inson va tuproq. - Т., "G'afur G'ulom", 2002

Маъруза № 5
Atrof –muhit muhofazasining ekologik huquqiy asoslari va shaxsning javobgarligi.
Reja:

1. O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish muammolariga e'tibori.

2. Davlat huquqiy qoidalariga binoan.

3. Tabiat va tabiiy boyliklardan foydalanish yo'llari.

4. Yer boyliklari va tuproqni muhofaza qilish.

5. Tabiat va uning zaxiralaridan foydalanish hamda muhofaza qilish.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab tabiatni muhofaza qilish muammolariga katta e'tibor berib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, «Tabiatni muhofaza qilish» haqidagi qarorlar va boshqa qonun-qoidalarda tabiiy zaxiralar, tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishning ekologik huquqiy asoslari bayon qilingan.

Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatlar, ularning rivojlanishi davlatning huquqiy qoidalarida qayd qilingan. Davlatning ekologik dasturi, uning harakat qilish funksiyalari, inson bilan tabiatning katta-kichik elementlari, birliklari a'rtasidagi munosabatlar, ekologik normalar, shaxsning tabiatga bo'lgan huquq, vazifalari ekologik qonunlarda o'z aksini topgan. O'zbekiston Respublikasining qonunlari: «Tabiatni muhofaza qilish» to'g'risidagi, «Suv va suvdan foydalanish haqida», «Yer to'g'risida», «Atmosfera havosi to'g'risida» qonunlar qabul qilingan.

Ma'lumki, butun tabiiy obyektlar - yer, yer osti va yer usti boyliklari, suv, o'rmon, atmosfera havosi, o'simlik va hayvonlar olamining vakillari davlat mulki hisoblanadi. Shu boyliklardan foydalanishning qonun-qoidalari bo'lib, davlatning maxsus ruxsati yoki viloyat, tashkilot bilan davlat o'rtasidagi shartnoma asosida tabiiy boyliklardan foydalaniladi.

Davlat huquqiy qoidalariga binoan, mamlakatning har bir aholisi toza, sog'lom va go'zal tabiat, uning elementlari - yer, suv, o'rmon, o'simlik qoplami va hayvonlar vakillarini ijaraga olib, foydalanish huquqiga egadir.

Eslatma: Ekologik ta'lim-tarbiyaning bu dasturi biz tomonimizdan 1991-yil «Atrof-muhit muhofazasi va ekologik ta'lim-tarbiyaga oid ko'p yillik o'quv va ilmiy dastur hamda rejalar» nomi bilan bosmadan chiqarilgan. Bu dasturda ekologik ta'lim-tarbiya bo'yicha bog'chalardan boshlab to oliygohlarda mutaxassislar tayyorlashning 2005-yilgacha rejalari ishlab chiqilgan. Ikkinchidan, har bir o'quv predmetining o'ziga xos dasturlari bo'lib, ular pedagoglarda bordir.

Tabiat uning, tabiiy zaxiralari-havo, suv, yer boyliklari davlat va uning huquqiy tashkilotlari tomonidan nazorat qilinadi. Har bir tabiiy zaxiradan foydalanish ekologik va iqtisodiy tomondan rejalashtirilgan dastur asosida olib boriladi, nazorat qilinadi. Huquqiy va tashkiliy davlat nazorati: tabiatning holati, uni boshqarish ekologik nazorat formasi; davlat va turli tashkilotlar, korxonalararo ekologik nazorat, sanitar-ekologik nazorat va jamoatchilik (mahalla tozaligi, suv tozaligi) nazorati o'rnatiladi.

Tabiat va tabiiy boyliklardan foydalanish jarayonida yo'llar, korxonalar, turli gidrotarmoqlar qurilishida har bir obyekt, uning loyihasi ahamiyati, tabiatga keltiradigan foyda va ziyoni har tomonlama o'rganiladi va ekologik ekspertizadan o'tkaziladi. Obyektning ekologik ekspertizasi bilimdon, tabiatning ekologik qonunlarini yaxshi biladigan mutaxassislar tomonidan ekspertiza qilinadi, baholanadi. Obyektning ekspertizasini keng jamoatchilik ham ko'rib chiqib, uning yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlaydi.

T.abiatda sodir bo'ladigan turli tabiiy ofatlar - yer silkinishi, yer siljishi, suv bosishi, qor ko'chishi, tinimsiz shamol, sel kelishi kabi ekologik ofatlarning oldini olish, kelib chiqish sabablarini aniqlash, tasodifan yuzaga kelgan tabiiy holatlar chegaralarining kengayishini to'xtatish kabi ekologik- huquqiy chora-tadbirlar ko'riladi. Shu yo'l bilan tabiatning turli qismlaridan yuzaga kelgan yomon holatlarga barham beriladi (suv bosishda to'g'onlar qurish, kelayotgan selni to'xtatish, chigirtkaning ko'payishini kimyoviy yo'l bilan yo'q qilish va hk.), tabiatning kichik qismida uning muhofazasi amalga oshiriladi.

Tabiat elementlari bo'lmish suv, havo, yer, o'simlik va hayvonlar vakillari, yer usti - yer osti zaxiralarining tuzilishi, tarkibini buzgan, sonini kamaytirgan, tabiiy holat go'zalligiga, suv tozaligiga, putur yetkazgan, daraxtlarni kesgan, o't qo'ygan, hayvonlarni ruxsatsiz otgan, o'ldirgan, yer usti zaxiralarini o'g'irlagan tashkilotlar, ularning vakillari davlat oldida javobgardir. Tabiatning ekologik holatini buzgan tashkilot yoki shaxs sifatida davlat qonun-qoidalari bo'yicha javobgarlikka tortiladi yoki tabiat, davlatga yetkazgan zarari uchun jarima to'laydi.

Bunday ekologik-huquq qoidalari buzilishini xo'jalik rahbarlari yoki jinoiy huquq tashkilotlari kuzatishi kerak. Chunki tabiatning tabiiy holati buzilishi, havo, suvning ifloslanishi, tuproqning zaharlanishi, o'simlik, hayvonlar sonining kamayishi natijasida tabiat boyliklaridan foydalanish-ning hajmi, sifati kamayadi, oxir-oqibat insonlar hayotiga xavf tug'iladi, salomatlik darajalari pasayadi, turli kasalliklar paydo bo'ladi, o'lim ko'payadi. Shuning uchun ekologik-huquqiy javobgarlikni kuchay-tirishda huquqni himoya qiluvchi sud tashkilotlari-xo'jalik sudlari, prokuratura, ichki ishlar xodimlarining roli kattadir. Ular tabiat, uning boyliklarini muhofaza qilishda, tashkiliy hamda huquqiy tomondan, aholini ekologik tarbiyalashda ham katta ish olib boradilar.

Tabiatning Yer va yer fondidan foydalanish, muhofaza qilish ham O'zbekiston Respublikasi qonunlari asosida yer reformasi asosiy yo'nalishlari, maqsadlari va yer fondini davlat tomonidan huquqiy muhofaza qilinishi qayd qilingan. Qonunlarda yer, shaxsiy mulk muammosi, yerdan umrbod foydalanish, ijaraga olish borasida xo'jaliklar, ayrim shaxslarning huquqlari o'z aksini topgan. Qonunda davlat, xo'jaliklar va ayrim shaxslar o'rtasidagi munosabatlar shartnoma asosida amalga oshirilishi, shartnomani cho'zish yoki to'xtatish kabi holatlar davlat nazorati ostida bo'lishi ochiq ko'rsatilgan. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishning huquqiy asoslari: Yer muhofazasi, yer huquqlari, xo'jalik huquqlari, fuqarolik va jinoiy javobgarlik qonun-qoidalari asosida amalga oshiriladi.

Yer boyliklari va tuproqni muhofaza qilish huquqiy qonun-qoidalarga asoslangan. Ma'lumki, sayyoraning toza qatlami tuproq bo'lib, uning ekologik va iqtisodiy funksiyasi, ahamiyati juda yuqoridir.

Yer boyliklari va tuproqni muhofaza qilish davlatlarning qonun-qoidalari asosida olib boriladi. Yerni muhofaza qilish huquqiy chora-tadbirlari, undan foydalnish hisobi, choralari va ayniqsa, qishloq xo'jalik yerlari sifati, unumdorligini saqlash, buzilgan yerlarning bioekologik xususiyatlarini tiklash, tuproq unumdorligini oshirish, sug'orish va melioratsiya ishlarini yaxshilash, tuproqni turli zaharli moddalar bilan ifloslanishdan muhofaza qilish va bu sohada turli chora-tadbirlarni ishlab chiqish kerak.

Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish davlatning maxsus tashkilotlari nazoratida bo'ladi. Yerga oid qonun-qoidalarni buzgan shaxslar tashkilotlar va xo'jaliklar maxsus huquqiy qonunlari asosida jazolanadilar. Suv boyliklaridan foydalanish ham u yoki bu davlatning qonun-qoidalari asosida olib boriladi, ya'ni: suv havzalari va ulardagi suvlarni huquqiy muhofaza qilish, suvning bioekologik va iqtisodiy funksiyasi ahamiyatini bilish, suvni ifloslovchi manbalarni aniqlash, suv zaxiralari kamayishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Undan tashqari, suv havzalari va ulardagi suvlarni muhofaza qiluvchi qonun-qoidalarni bilish, ish olib borish kerak.

Davlat tashkilotlari suv zaxiralarini hisob-kitob qilib, rejalar asosida undan foydalanish yo'llarini ishlab chiqadi. Ma'lum davlatlarda suvdan foydalanish uchun haq to'lanadi. Sanoat, qishloq xo'jaligidan chiqqan oqova suvlar ma'lum ruxsatlar asosida ko'rsatilgan joylarga tashlanishi va toza tabiiy suvlarni ifloslamasliklari kerak. Sayyoradagi ayrim suv to'planuvchi vohalar, katta daryolar, ko'llar doim davlat nazorati ostida bo'lsa, ayrimlari (Baykal, Issiqko'l) YUNESKO nazoratida hamdir.

.Atmosfera havosi qonunlar asosida muhofaza qilinadi. Turkiston Respublikalarida atmosfera ifloslanishiga barham berish va havo ifloslanishining oldini olishga qaratilgan qator umumdavlat chora-tadbirlarni belgilab beruvchi ko'plab qarorlar e'lon qilingan. Mehnatkashlarning yashash sharoitini yaxshilash, turar joylarning sanitariya holatini muhofaza qilish maqsadida maxsus sanitariya inspeksiyasi ishlaydi va uning aniq vazifalari belgilab berilgan. Markaziy Osiyo Respublikalari atmosfera havosini muhofaza qilish bo'yicha ko'rsatmalari 1991-1993-yillar ichida «Tabiatni muhofaza qilish» haqidagi qarorlarida o'z aksini topgan. Davlatlar chiqargan qonun-qoidalarda atmosfera havosini huquqiy muhofaza qilish, uning o'lchami, tozaligini nazorat qilish va bu sohada qoidani buzganlarni javobgarlikka tortish ko'zda tutilgan. Atmosfera havosini muhofaza qilish, undan foydalanishning huquqiy qoidalari, chora-tadbirlari asosida amalga oshiriladi. Undan tashqari atmosferaning toza havosidan foydalanish, uni zararli chiqindi va moddalar ta'siridan saqlash maxsus tashkilotlar nazorati ostida bo'ladi. Atmosfera havosidan foydalanish qonunlarini buzgan shaxslar, tashkilotlar, xo'jaliklar «Tabiatni muhofaza qilish» qonunlari asosida jazolanadilar. Tabiiy yer usti va yer osti boyliklardan foydalanish faqat davlat tashkilotlarining ruxsati asosidagina amalga oshiriladi.

Davlat tasarrufida bo'lgan tabiiy boyliklarni huquqiy himoya qilishda doimiy muhofaza, nazorat, eslatish va tiklash kabi chora-tadbirlar qo'llaniladi.

Tabiiy boyliklardan foydalanishda ekologik qonun-qoidani buzgan shaxslar, tashkilotlar va xo'jaliklar davlatning yuridik qonunlari asosida javobgardirlar. Bunday holda xo'jalik fuqaro huquqlari va jinoiy qonunlar qo'llaniladi.

Har bir davlatning «Tabiatni muhofaza qilish va uning tabiiy boyliklaridan foydalanish» ga oid qonuni bo'lib, shu qonun asosida yer usti va yer osti boyliklardan xo'jalikning turli sohalarida foydalaniladi, muhofaza qilish chora-tadbirlari ko'riladi.

Turli davlatlarda atom energiyasidan xo'jalik jarayonlarida foydalanishda atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilishning umumiy qoidalari, radiatsiyadan saqlanish sistemasi bilan ta'minlash, yadro energiyasidan foydalanish va uni xavf-xatarsiz qilishda xalqaro qonunlar, dasturlar asosida ish olib borish kerak.

Undan tashqari, har bir davlatning o'zining milliy huquqlari asosida atom energiyasini rivojlantirish va undan foydalanish yo'llari bo'lib, ular atom energiyasidan foydalanish xalqaro dasturga to'g'ri keladi.

Ma'lum vaqt ichida soni va tarqalgan maydonlari tabiiy sabablariga ko'ra, insonlar ta'siri ostida kamayib, o'simlik, hayvonlar turlarini har tomonlama nazorat qilib turishni ekologik huquq asosida talab qiladi. Turkistonda kam uchraydigan o'simlik turlariga anzur piyoz, lolalar, hayvonlarga yo'lbars, silovsin, ayrim qushlar va baliqlar kiradi.

Qator sabablarga ko'ra, muhit u yoki bu tomonga o'zgarib turishi mumkin, ya'ni vaqt o'tishi bilan o'simlik, hayvon turlari butunlay yo'qolib ketishi yoki aksincha, ko'payib, muhofaza qilish darajasidan chiqib ketishi mumkin. Shu tufayli o'z-o'zidan «Qizil kitob» ni qayta nashr qilish zaruriyati tug'iladi.

O'simlik va hayvonlar turlarini muhofaza qilish keng omma ishtirok etgandagina ijobiy natijalar beradi. Shundagina biz kelgusi avlodlar uchun o'simlik, hayvonlar olamining bebaho boyligini saqlab qoldirgan bo'lamiz. Ma'lumki, har bir o'simlik, hayvon turi muayyan tabiiy majmuada mavjud bo'ladi, ya'ni ular boshqa landshaftlarning hamma komponentlari bilan uzviy bog'langanligi sababli noyob va yo'qolib borayotgan turlar, ular o'sadigan, yashaydigan butun tabiiy muhit bilan birga muhofaza qilinadi.

Ji'simlik va hayvonlar olami vakillarini muhofaza qilish Markaziy Osiyo Respublikalarining «Tabiatni muhofaza qilish» qonunlari asosida amalga oshiriladi. Shunday qonunlarda sayyoradagi o'simlik, hayvonlar qoplamlari, noyob va yo'qolib ketayotgan turlari har tomonlama muhofaza qilinadi. Davlat tasarrufidagi o'rmon fondini huquqiy muhofaza qilishda, foydali o'simlik, hayvonlar turlari tarqalgan hududlar, ularning mahsuldorligi, foydalanish yo'llari, ahamiyati, ekologik, madaniy-estetik va iqtisodiy tomonlari inobatga olinadi. Yuqorida qayd qilganimizdek, tabiatni muhofaza qilishning asosiy elementlarining biri-bu qo'riqxona va buyurtmalar bo'lib, ular o'z navbatida biosfera genofondi - o'simlik, hayvonlar, shujumladan, turli tabiiy zaxiralar, havo, suv, tuproq va tabiiy yodgorliklar (daryolar, sharsharalar, soylar, turli ko'rinishdagi toshlar, masalan, Omon-Qo'ton hududidagi har xil toshlar) ham muhofaza qilinadi. Chunki ular qo'riq-xonalarning fondi hisoblanadi.

Qo'riqxonalarning fondi davlat va uning maxsus tashkilotlari tomonidan boshqariladi, maxsus hududlar sifatida muhofaza etiladi. Qo'riqxonalar, buyurtmalar qatoriga milliy tabiiy bog'lar, parklar ham huquqiy asosda muhofaza qilinib, ularning holati, tozaligi, tarkibini buzgan, maxsus joylardagi daraxtlarni kesgan, o't qo'ygan, foydali o'simlik, hayvonlarga zarar yetkazgan shaxslar, tashkilotlar qonun-qoidalar bo'yicha javobgarlikka tortiladi yoki yetkazgan zararini qoplashga majbur etiladi.

Tabiat va uning zaxiralaridan foydalanish hamda muhofaza qilish borasida sanoat, transport, xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlarining huquqiy tartib-qoidalari asosida ish olib borishlari katta ahamiyatga egadir. Bu sohada davlat tomonidan tabiat va uning boyliklaridan foydalanishni boshqarish, muhofaza qilish yo'llarini qonun-qoidalar asosida amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat boshqarishi asosida havo, yer, suv, foydali qazilmalar, o'rmon, o'simlik va hayvon zaxiralari xo'jaliklarning turli tarmoqlarida ishlatiladi. Tabiiy zaxiralardan foydalanishda, yo'l, korxonalar, qishloq, shaharlar qurilishi, loyihalashda ekologik xavfsizlik, ekologik ekspertiza va prognoz kabi xizmat tashkilotlarining bilimdon muta-xassislari (geologlar, gidrologlar, biolog, geograf, iqtisodchi va boshqalar) tomonidan berilgan tavsiyalar asosida boyliklar reja-larga muvofiq ishlatiladi. Bunday ishlar har bir tashkilotlarning ekologik xizmati tomonidan qonun asosida nazorat qilinadi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy zaxiralardan huquqiy rejim asosida foydalanishda qishloq xo'jaligining roli juda kattadir. Chunki, qishloq xo'jaligiga qarashli turli katta-kichik korxonalar, xo'jaliklar, tashkilotlar tabiatning yer fondi va suv boyliklaridan to'g'ridan-to'g'ri foydalanadi va aholi uchun eng zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiradi. Ammo qishloq xo'jaligi o'z ish faoliyatida suv, yer, o'rmondan foydalanib, o'simliklar zararkunandalariga qarshi kurashish maqsadida ko'plab turli kimyoviy moddalar ishlatadi. Zararli ximikatlarni ko'p miqdorda ochiq joylarda saqlaydi. Shu kimyoviy moddalar ekin maydonlaridan yuvilib, oqar suv sifatida daryolar (Qashqadaryo, Surxon va Sirdaryo), ko'llar (Arnasoy, Sariqamish)ga tushib, yerdagi suvlar, suv jonzotlari (baliqlar)ni zaharlaydi. Shuning uchun qishloq xo'jaligida turli kimyoviy o'g'itlardan foydalanishni rejalashtirish, ularni saqlash va ishlatish yo'llarini doimo davlatning ekologik huquqiy qonun-qoidalari asosida nazorat qilish yo'li bilan yer, suv, havo, o'simlik, hayvonlarni va eng asosiysi, ekologik toza qishloq xo'jalik mahsuloti olishni yo'lga qo'yish shu kunning asosiy vazifasidir.

Tabiiy zaxiralardan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishda shahar-qishloqlarning ham ahamiyati kattadir. Chunki, har bir shahar, qishloq aholisi uchun suv, havo, yer, yoqilg'i (ko'mir, neft mahsulotlari), qurilish materiallari, oziq-ovqat va boshqa hayotiy narsalar zarurdir. Aholining qurilishiga yer, tomorqa, ichishga suv kerak. Aholining xo'jalik ishlarini yuritishi uchun esa transport (mashina, traktor va hokazq) zarur. Odamlarni toza havodan nafas olishi uchun madaniy bog'lar-parklar, gulzorlarning bo'lishi shart. Inson uchun zararli kimyoviy biologik birikmalar, moddalarni ishlatmaslik yo'li bilan shahar-qishloq tozaligi, obodonchiligi va go'zalligini saqlab, sog'lom avlodga ekologik xavfsiz muhit yaratish mumkin.

Ma'lumki, har bir inson tabiatdan va uning tabiiy zaxiralari bo'lmish: havo, suv, yer, o'simlik, hayvon va boshqa tabiiy xom ashyolardan foydalanish huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi yer, suvdan foydalanishi, ularni ma'lum muddatga ijaraga olib, ishlatishi mumkin. Shu yo'l bilan o'rmon boyliklaridan yoki yer osti zaxiralari (tuz, soda, fosfor)ni ham ijaraga olib ishlatishlari yoki dehqonlarning yerdan oilaviy foydalanishlar qonuni Respublika konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida o'z aksini topgan. Har bir shaxsning tabiat va tabiiy zaxiralardan foydalanishi va atrof-muhit, uning boyliklariga zarar yetkazmasliklari, shaxslarning bu sohadagi javobgarlik darajalari ekologik-huquqiy qonunlarda ko'rsatib o'tilgan. Tabiiy zaxiralardan yer, yer osti va yer usti boyliklari ma'lum joyda joylashganligi sababli, ular bir davlat qonun-qoidalari asosida muhofaza qilinadi. Ammo atmosfera havosining chegarasi yo'qligi sababli, uning tozaligi xalqaro hamjihatlik kuchlari tomonidan muhofaza qilinadi. Ma'lumki, ba'zi daryolar bir nechta davlatlarning hududlaridan oqib o'tadi. Masalan, Amudaryo Tojikiston, O'zbekiston, Turkmaniston yerlaridan o'tsa, Sirdaryo Qirg'iziston, O'zbekiston, Tojikiston, Qozog'iston hududlaridan oqib o'tadi. Shu daryolarning suv zaxirasi, foydalanish va daryolar suvining tozaligini muhofaza qilish ko'rsatilgan mustaqil davlatlarning qonun-qoidalari asosida olib boriladi.

Atrof-muhitni xalqaro muhofaza qilish davlatlar, tashkilotlar o'rtasida tuzilgan shartnomalar, kelishuvlar, konvensiyalar asosida olib boriladi va katta muammolar kosmik fazo, atmosfera, dunyo okeani, buyuk daryolar, cheksiz o'rmonlar, noyob o'simlik va hayvonlar turlarini muhofazasi bilan shug'ullanib, tabiatning ekologik turg'unligini saqlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Bu borada BMT qoshidagi YUNESKO, YUNEPO kabi xalqaro tashkilotlar, ular tomondan tuzilgan «Inson va biosfera» dasturlari maqtovga sazovor bo'lib, biosferaning turli hududlarida tabiat turg'unligining buzilishiga qarshi katta ishlar qilinmoqda. Jumladan, Afrikaning Amazonka vohasidagi o'rmonlar kesilishi, Arktika va ayniqsa, Antarktika ustida azon teshigi hosil bo'lishi, Ovro'pa, Osiyo ustida kislotali yomg'irlar yog'ishi, dunyo okeani neft mahsulotlari, radioaktiv chiqindilar bilan ifloslanishi, shu yerdagi biologik zaxiralarning nobud bo'lishi natijasida noyob turlar yo'qolishi va biosfera genofondining kamayishi kabi global ekologik muammolarni hal qilishda xalqaro hamkorlik katta natijalar bermoqda.

Ma'lumki, O'rta Osiyo hududida eng global muammo - bu Orol dengizining fojiali ekologik holati bo'lib, bu sohada ham xalqaro hamkorlik o'z yordam qo'lini cho'zdi. Xalqaro «Orolni saqlab qolish» fondi tuzildi. Fondning yordami bilan Orolbo'yi atrofiga o't-butalar ekish, aholini chuchuk suv bilan ta'minlash, dori-darmonlar, oziq-ovqat yetkazib berish kabi muammolar yechilmoqda.

Xalqaro hamjihatlik Tojikistonning Tursunzoda shahrida joylashgan alyuminiy zavodining zaharli tutun, chang-to'zonini kamaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish yo'llari bilan, Qozog'istonning Jezqozg'on, Semipalatinsk hududlaridagi radioaktivlikdan aholini muhofaza qilish chora-tadbirlari ham ishlab chiqilmoqda.

Adabiyotlar ro'yxati

l.Karimov I. XXI asr bo'sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -Т., "O'zbekiston", 1997

2.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - Т., "O'zbekiston", 1999 3.S.Gulomov M, Jo rayev Y. Ekologiya : jinoyat va jazo. Т., "O'zbekiston".

4. Roziqov K. Atrof-muhit va inson ekologiyasi muammolari, Т.,TITLP,



5.S.Roziqov K, To'xtayev S, Nigmatov A, Sultonov R . Ekologiya va atrof- muhit haqida yetti saboq . Т., "Bioekosan", 2004

Маъруза6
Mavzu: Ўзбекистонда табиатдан фойдаланишнинг хуқуқий экологик тарғиботи
Режа:

1. Табиатдан фойдаланишнинг бошкарувчи давлат ташкилотлари.

2. Табиатни мухофаза килиш давлат кумитасининг вазифалари.

3. Атроф муҳитни мухофаза килувчи халкаро ташкилотлар.




1. Табиатдан фойдаланишнинг бошкарувчи давлат ташкилотлари

Атроф муҳитни мухофаза килиш борасидаги давлат бошкаруви системаси деганда давлат ташкилотларининг табиий ресурсларини кайта тиклаш улардан окилона ва тегишли фойдаланиш,атроф муҳитни мухофаза килиш сохасидаги масалаларни хал килиши учун каратилган ташкилий фаолият тушунчалари.

Табиатдан фойдаланишни бошкарувчи давлат ташкилотларига куйидагилар киради:

1. Узбекистон Республика ВМ кошидаги атроф муҳитни мухофаза килиш ва табиий ресурслардан окилона фойдаланиш комиссияси.

2. Узбекистон Республика Олий кенгаши кошидаги атроф муҳитни мухофаза килиш комиссияси.

3. Табиий муҳитни назорат килувчи Узбекистон Республикаси гидрометралогия давлат кумитаси.

4. Узбекистон Республикасининг табиатни мухофаза килиш давлат кумитаси.

Табиатни мухофаза килиш кумитаси 1988 йили ташкил килиниб, атроф муҳитни мухофаза килиш, табиий ресурслардан окилона фойдаланиш борасида давлат назорати ва тармоқлараро бошкарув ишларини амалга ошириради. Унинг асосий вазифалари куйидагилардан иборат:

1.Республикада табиатни мухофаза фаолиятларни комплекс холда амалга ошириш.

2. Атроф муҳитни мухофаза килиш ва табиий ресурслардан окилона фойдаланишнинг ягона илмий - техникавий сиёсатини яратиш.

3. Ўсимлик ва хайвонот оламидан атмосфера хавоси,ер ости сувлари, тупроқлардан фойдаланиш ва мухофаза килиш устидан давлат назоратини урнатиш.

4. Халк хужалигини барча сохаларида кам чикиндли ва чикиндисиз технологияларини жорий килиш.

5. Табиий ресурслардан бешавкат фойдаланувчи атроф муҳитни ифлослантирувчи барча корхона ва ташкилотлар шахсларга нисбатан давлатларга етказаётган зарарларни копловчилар жарималар солиш, жавобгарликни талаб килиш каби ишларни ташкил килиш.

6. Табиатни асраш ва улардан эхтиёткорлик билан фойдаланишни таoминловчи экологик таoлим ва тарбияни тубдан яхшилаш.

Республикада атроф муҳитни мухофаза килиш сохасида халкаро хамкорликлар яхши йулга куйилган.

Хозирги кунда инсонларни и/ч фаолияти натижасида атроф муҳитни ифлосланиши муаммоси нафакат миллий давлат ва регионал, балки планетар холда глобал ахамиятга эга булди. Шуниннг учун атроф муҳитни мухофаза килиш муаммосини хал килишнинг бир давлат худуди билан чегараланиб колмай , барча давлатлар биргаликда иш олиб боришларини такозо этади. Ушбу сохадаги энг кенг халкаро хамкорлик БМТ кошида олиб борилмокда. 1972 йилда атроф муҳит мухофазаси борасида БМТ томонидан атроф муҳитни мухофаза килиш буйича махсус халкаро ташклот ташкил этилди. Унинг номи ЮНЕП -”БМТ ни атроф муҳитни дастури” - деб аталади. ЮНЕП - нинг фаолияти куйдаги йуналишларни уз ичига олади:

1. Ахоли зич жойлашган пунктлардан экологик муаммоларни хал этиш, инсон саломатлиги ва яшаш шароитини яхшилаш .

2. Ер юзи экосистемаларни химоя килиш ва чул зоналарни кенгайишига йул куймаслик.

3. Экологик таoлимни ва ахборот ишларини ташкил килиш .

4. Атроф муҳитни мухофаза килиш сохасида савдо - иктисодий ва технологик алокаларни ривожлантириш.

5. Дунё океанини георлосланишдан сакланиш.

6. Ёввойи ўсимликлар ва хайвонларни химоя килиш.

7. Энергетика сохасида экологик муоммоларни хал килиш.

БМТ кошида атроф муҳитни мухофазаси билан шуғуланувчи яна бир катор ташкилотлар мавжуд булиб улар куйдагилардир: Бутун жахон саломатлик ташкилоти (ВОЗ), Овропа иктисодий комиссияси (ЕЖ) ва бошкалар. 1992 йилда Стокголмда утказилган БМТ нинг атроф муҳитни мухофазаси муоммоларига бағишланган халкаро конференциясида 5 июн куни бутун жахонда атроф муҳитни мухофаза килиш куни деб эoлон килинди ва хар йили шу кун экологик тоза хаво учун деган шиор остида байрам килинади турли хилдаги ойликлар утказилиб келинмокда.


Адабиётлар
1. С.Б.Белов. Охрана окружаюуей средк. М.: Вксшая школа, 1991.- 147с.

2. П.Баратов. Табиатни мухофаза килиш ва узгартириш. Тошкент: Укитувчи, 1980. – 176 с.

3. Д.П.Никитин. Ю.П.Новиков Окружаюуая среда и человек.

М.:Вксшая школа 1980.-240с.

4. Ю.В.Новиков, Р.У.Бекназов. Охрана окружаюшей средк

Тошкент: Изд. полиграфобoедение им. Ибн Сина. 1992.-201с.

5.В.А.Степанов. Охрана природк - текст лекций. Ленинград:1983.- 198с.

6. Ю.В. Новиков. Природа и человек. М.: Просвеуение, 1991.-188с.

7.Н.Жабборов. Химия ва атроф муҳит. Укув кулланма.Тошкент: Укитувчи, 1992.-154с.

8.А.Б.Лосев. Социальная экология/ Учебное пособие. М.: Изд.Просвеуение, 1998.- 222с.

9.Т.А. Алимов, А.А.Рафиков. Экологик хатолик сабоклари. Т.: Узбекистон, 1991.-176с.

10. О.Абдуллаев, З.Тошматов. Узбекистон экологияси бугун ва эртага.Т.: Уз. Р. ФА Фан наширёти, 1992.-99с.




Маъруза № 7
Табиий бойликлар ва ресурслар.
Reja:

1. Атроф муҳит ва табиий ресурслардан тўғри фойдаланиш.

2. Ер ости бойликларни муҳофаза қилиш..

3. Ер куррасида экологик инқирозли объект ва худудларнинг кенгайиши.

4. Yer boyliklari va tuproqni muhofaza qilish.

5. Tabiat va uning zaxiralaridan foydalanish hamda muhofaza qilish.
Атроф муҳит ва табиий ресурслардан тўғри фойдаланиш

Инсон ҳаёти учун зарур бўлган, лекин инсон томонидан бунёд этилмаган ресурсларга табиий ресурслар дейилади. Инсон ҳамма нарсани табиатдан олади. Тирик мавжудотнинг яшаш шарти бўлган ҳаво, сув, ўсимлик, ҳайвонлар ҳам табиий ресурслардир.

Табиий ресурслар реал ва потенциал турларга бўлинади. Ҳозирги вақтда жамият ишлаб чиқаришда фойдаланиладиган ресурслар реал ресурслардир, масалан, дарё, кўл, ер остидаги чучук сувлар. Маълум сабабларга кўра ҳозирги вақтда фойдаланишнинг имкони бўлмаган ресурслар потенциал ресурслар бўлади. Масалан, океан суви, унинг таркибидаги маъданлар,термоядро энергияси ва ҳоказо. Лекин вақт ўтиши, фан-техника ривожоланиши билан потенциал ресурслар реал ресурсларга айланади.

Табиий ресурсларнинг турлари. Табиий ресурсларнинг хусусиятларига қараб, уларни тугайдиган, тугамайдиган ва тикланадиган ресурсларга бўлиб ўрганиш қабул қилинган. Айрим тадқиқотчилар эса тикланадиган ресурсларга ўсимлик, ҳайвонлар, қисман тупроқ, баъзи бир тузлар киради. Лекин уларни тиклаш учун зарур шароит ва вақт керак. Баъзи ресурслар кўплаб ишлатилиши (ов қилиниши, фойдаланиши) натижасида тикланмайдиган бўлиб қолиши ҳам мумкин, яъни тури бутунлай йўқолиб кетса, тиклаб бўлмай қолади. Ўрмонларнинг кўплаб кесилиши тупроқлар эрозиясига сабаб бўлади. Тоғ жинсларидан 30 см қалинликдаги тупроқнинг ҳосил бўлиши учун эса 15020 минг йилдан ортиқ вақт керак бўлади.



Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish