Agrokonsalting


T/R Baholash me’zonlari



Download 2,27 Mb.
bet54/214
Sana07.04.2022
Hajmi2,27 Mb.
#534407
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   214
Bog'liq
Агроконсалтинг МАЖУМА

T/R

Baholash me’zonlari

Reyting ko‘rsatkichlari

Reyting ballari

Taqdim etiladigan hujjatlar

1.

Mutaxassisligi

Fermer xo‘jaligi bo‘yicha maxsus mutaxassislikka ega
agronom, iqtisodchi, yurist Injener, hisobchi, mexanik, zootexnik, veterinar boshqa mutaxassis

10 ball
9 ball


8 ball
7 ball
5 ball

Ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi

2.

Qishloq xo‘jaligidagi ish staji

15 yil va undan yuqori 10 yildan 15 yilgacha
5 yildan 10 yilgacha
3 yildan 5 yilgacha
1 yildan 3 yilgacha

10 ball
9 ball
8 ball
7 ball
6 ball

Mehnat daftarchasi yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi

3.

Ma’lumoti

Oliy
O‘rta maxsus
O‘rta

10 ball
7 ball
5 ball

Ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi

4.

Fermerlikka talabgor yuridik va jismoniy shaxsning hisob varag‘idagi majburiyatlardan ozod bo‘lgan mavjud pul mablag‘i yoki mol-mulki

10 mln. so‘mdan yuqori
5 mln. - 10 mln. so‘mgacha
1 mln. - 5 mln. so‘mgacha 500 mingdan - 1 mln. so‘mgacha

10 ball
8 ball
6 ball
4 ball

Bank ma’lumotnomasi. Tanlovga mol-mulk taklif etilgan taqdirda, uning bahosini va unga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat

5.

Talabgorga yoki uning oila a’zolariga (oila a’zolarining notarial tasdiqlagan roziligi bilan) tegishli yaroqli texnika

Haydov traktori yoki o‘rim texnikasi
Ishlov berish traktori Transport traktori
Yuk mashinasi
YEngil mashinasi
Boshqa qishloq xo‘jaligi texnikasi

10 ball

9 ball
8 ball


2 ball
1 ball
1 ball

Texnik pasport

6.

Oilaviy pudratchi yoki fermer xo‘jaligi boshlig‘i, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) hamda boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari va tashkilotlari rahbari va xodimlari (fermer xo‘jaliklari xodimlari va oilaviy pudratchilar bundan mustasno) uchun so‘nggi uch yil davomida mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarning bajarilishi

3 yil surunkali bajarganda
3 yildan 2 yil bajarganda
3 yildan 1 yil bajarganda

8-10 ball
6-8 ball
4-6 ball (eng yuqori ball barcha turdagi mahsulot yetkazish shartnomalari bajarilganda beriladi)

tuman statistika bo‘limi yoki qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnoma

7.

Arizada va biznes rejada bayon qilingan takliflarning iqtisodiy asoslanganligi

Arizadagi takliflar va biznes rejaning asosiy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqiladi

5 balldan 10 ballgacha

Ariza, biznes reja va zarur hollarda tavsiyanoma xatlar

Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xo‘jaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar ustun xuquqdan foydalanadilar.
Zahira yerlardan yoki yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljalangan yerlardan yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman komissiyasi o‘tkazgan tanlov yakunlariga ko‘ra tuman hokimining qaroriga asosan beriladi.
Qayta tashkil etalayotgan va tugatilayotgan fermer xo‘jaliklarining hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarning o‘tkazgan tanlov yakunlariga ko‘ra tuman hokimining qaroriga asosan beriladi.
Tuman hokimining fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qarori viloyat hokimi boshchilik qiladigan yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi viloyat komissiyasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.
YEr uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer xo‘jaligining boshlig‘i va tuman hokimi tomonidan imzolanadi.
Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan va qishloq aholi punktida turar joyi bo‘lgan shaxslarning tomorqa yer uchastkasi saqlanib qoladi. Fermer xo‘jaligining yer uchastkasi chegaralari naturada (joyning o‘zida) yer tuzish xizmati organlari tomonidan mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan belgilanadi.
Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalaridan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanilishi lozim. Ular xususiylashtirilishi, shuningdek oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob’yekti bo‘lishi va ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas.
YEr uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olishda fermer ho‘jaligi tomonidan garovga qo‘yishi mumkin. Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkasi fermer xo‘jaligi qayta tashkil etilgan taqdirda, agar yer uchastkasining bo‘linishi natijasida Yangi tashkil topgan yer uchastkalarining o‘lchami “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan eng kam o‘lchamlardan kam bo‘lmasa, bo‘linishi mumkin.
YEr uchastkasining o‘lchami va chegaralari faqat fermer ho‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.
Fermer xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqtirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olish shartnomasini amal qilish muddatiga meros bo‘yicha o‘tadi.
YEr uchastkasini ijaraga olish shartnomasini amal qilish muddatlari tugaganidan keyin fermer xo‘jaligi ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga ega. Fermer xo‘jalikning boshlig‘i vafot etgan taqdirda, ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga uning merosxo‘ri ega bo‘ladi.
YEr uchastkasini ijaraga olish shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar kelishuviga erishmagan taqdirda esa, sud tomonidan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Fermer xo‘jaligi tugatilgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi lozim.
Tuman xokimi tomonidan fermer xo‘jaligiga ijaraga yer uchastkasi berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi tomonidan besh kun muddatda namunaviy shaklga muvofiq yer uchastkasini jaraga berish shartnomasi tayyorlanadi.
YEr uchastkasini ijaraga berish shartnomasida yerlarning turlari bo‘yicha yer uchastkasi maydoni, sug‘oriladigan yerlarning sifati aks ettiriladi, yerlarni ijaraga berish muddatlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari belgilanadi, shartnomani bekor qilish shartlari va yer uchastkasidan oydalanish masalalari bo‘yicha nizolarni xal etish yo‘llari ko‘rsatiladi. "Shartnomaning alohida shartlari" bo‘limida yer uchastkasining kuchsizlanganlik xolati, servitutlar, sug‘orish shart-sharoitlari, sug‘orish suvlarini hisobga olish masalalari va tomonlarning xoxishiga ko‘ra boshqa shartlar yoziladi.27
YEr uchastkasini ijaraga berish shartnomasi viloyat hokimi tomonidan tegishli qaror qabul qilingandan keyin tuman xokimi va fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan imzolanadi.
Sug‘oriladigan yerlarning sifati mavjud tuproq xaritalari, tuproq boniteti ma’lumotlari va boshqa materiallar bo‘yicha yoziladi.
Shartnomaga, uning ajralmas qismi sifatida fermer xo‘jaligi yer uchastkasining xaritasi ilova qilinadi. yer uchastkasi xaritasida qabul qilingan belgilarga muvofiq barcha holatlar (sug‘orish, kollektor-drenaj va yo‘l tarmoqlari, yerlar, konturlarning tartib raqami, fermer xo‘jaligi chegaralari) to‘liq ko‘rsatiladi. yer uchastkasi xaritasini yer resurslari bo‘yicha tuman xizmati boshlig‘i, fermer xo‘jaligi boshlig‘i va chegaradosh yer egalari, yerdan foydalanuvchilar vakili imzolaydi.
Shartnomada shuningdek tuproq bonitetining o‘rtacha aniqlangan bali ko‘rsatiladi.
YEr uchastkasini uzoq muddatli ijraga berish shartnomasi tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va fermer xo‘jaligining yer uchastkasini ijaraga olganlik huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Shartnoma tuzilgandan keyin besh kun muddatda yer resurslari bo‘yicha tuman xizmati vakili chegaradosh yer egalari va yerdan foydalanuvchilar vakillari ishtirokida fermer xo‘jaligi boshlig‘iga ijaraga beriladigan yer uchastkasi chegaralarini ko‘rsatadi. Agar chegara suvsiz yerlar bo‘ylab o‘tsa, u holda chegara shudgorlanadi, burilish burchaklariga esa chegara belgilari qo‘yiladi.
Fermer xo‘jaligi yerlarini ko‘rsatish dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, unda fermer xo‘jaligi yerlari tarkibiga kiradigan yerdan konturlari ko‘rsatiladi, ijaraga berilayotgan yer uchastkasi chegaralari (chegaraning joyning qaysi elementlari bo‘ylab o‘tishi, chegaraning ushbu elementlarning qaysi tomonidan o‘tishi va boshqalar) tavsiflanadi.
Dalolatnoma yer resurslari bo‘yicha tuman xizmati vakili, chegaradosh yer egalari va yerdan foydalanuvchilar vakillari hamda fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan imzolanadi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, ulardan bittasi yer resurslari bo‘yicha tuman xizmatida ikkinchisi fermer xo‘jaligi boshlig‘ida saqlanadi.
Yerlarni ijaraga berishni rasmiylashtirish ishlari tugallangan yer tuzish yig‘majildi tayyorlanadi, unda quyidagi hujjatlar mavjud bo‘ladi:
- fuqaroning fermer xo‘jaligi tashkil etish to‘g‘risidagi arizasi;
- yer egasining yoki yerdan foydalanuvchining yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarori;
- yer uchastkalari berish (sotish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman komissiyasining yer uchastkasini ijaraga berishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi yoki mazkur komissiya tomonidan o‘tkazilgan tanlov yakunlari to‘g‘risidagi protokol;
- tuman va viloyat hokimining fermer xo‘jaligiga yer uchastkasini
- ijaraga berish to‘g‘risidagi qarori;
- yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi;
- fermer xo‘jaligining biznes-rejasi yoki faoliyat dasturi;
- fermer xo‘jaligining yer uchastkasi chegaralarini ko‘rsatish dalolatnomasi.
Fermer xo‘jaligiga yer uchastkasini ijaraga berishni rasmiylashtirish bo‘yicha yer tuzish yig‘majildi ikki nusxada tayyorlanadi, ulardan bittasi yer resurslari bo‘yicha tuman xizmatida, ikkinchisi fermer xo‘jaligi boshlig‘ida saqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 476-sonli qarori bilan tasdiqlangan “yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risida NIZOM” ga muvofiq yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi viloyat hokimi tomonidan tegishli qaror qabul qilingandan keyin tuman xokimi va fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan imzolanadi.
Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasida tuman hokimiyati nomidan tuman xokimi “Ijaraga beruvchi” deb hisoblanadi, fermer xo‘jaligi boshlig‘i esa - “Ijaraga oluvchi”.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish